kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Sonni 1ga va 0ga kopaytirish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sonni 0ga va 1ga ko`paytirish qoidalari o`rgatiladi. Har qanday sonni 0ga ko`paytirsa 0 bo`ladi. Har qanday sonni 1ga ko`paytirsa o`sha sonning o`zi kelib chiqadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Sonni 1ga va 0ga kopaytirish»

Mavzu: Sonni 1, 0 ga ko`paytirish.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ko`paytuvchi, ko`paytuvchi, ko`paytma, ko`paytirish jadvali.

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi; Sonni 1, 0 ga ko`paytirish mavzusini tushuntirish, 1-ko`paytuvchi, 2- ko`paytuvchi va ko`paytmani topish qoidalari bilan tanishtirish, o`zaro teskari masala tuzishni o`rgatish. Misol va masalalarni mustaqil bajarishga o`rgatish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, o`z – o`zini va do`stini baholash, muammoli izlanish, munozara, tezkor savol – javob, didaktik o`yinlar.

Shakl; Jamoa, yakka, juft va guruh bo`lib ishlash.

Jihoz: Texnika vositalari, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, marker, rag`bat kartochkalari, multimedia ilovalari.

Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanadi. O`quvchilarga o`z – o`zini va bir – birini baholashni o`rgatish.

Darsning maqsad va vazifalari:

Ta`limiy: o`quvchilarga Sonni 1, 0 ga ko`paytirish tushuntirish; misol va masalalarni mustaqil ishlashga o`rgatish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash. Sportni sevishga chaqirish va sport to`garaklariga jalb etish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning matematika faniga oid bilim , ko`nikma va malakalarini shakllantirish. Matematik nuyq va xotirani rivojlantirish.

Kutilayotgan natijalar: Sonni 1, 0 ga ko`paytirish malakasini egallash, tenglamalar ishlash, sanoq texnikasini egallash, qisqa masala tuzish malakasini oshirish, hisob – kitob asosida shaxsiy reja tuzish, hisob – kitob bilan ish yuritish, texnika vositalardan foydalanish kompetensiyalariga ega bo`lish.



Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy qism.

O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish

Savol - javob


1 daqiqa

2-bosqich.

Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash

Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi. Matematika fani, DTS talablari. Raqamlar va muhim sanalarni rus va ingliz tillarida bilish.

“Suhbat – munozara”o`yin texnologiyasi



2 daqiqa

3-bosqich.

O`tgan mavzuni so`rash va baholash

Uy ishini bajarilishini nazorat qilish. Geometrik shakllar haqida bilimlarni mustahkamlash. Ko`paytirish va bo`lishning bog`liqligini tushuntirish.

“Savatchani to`ldir” didaktik o`yini



10 daqiqa

4-bosqich.

Yangi mavzu bayoni.

Sonni 1, 0 ga ko`paytirish haqida tushuncha.

Mavzuga oid misol va masalalar yechish.

Multimedia ilova, “Kim topqir” didaktik o`yini


20 daqiqa.

5-bosqich.

Mustahkamlash.

Mavzu bo`yicha misollarni ishlash.

O`zaro teskari masalalar tuzish.

Mozaika, test topshirig`i


7 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.

O`quvchilarning darsda ishtirokini hisobga olib, reytingini e`lon qilinadi. Vazifa tushuntiriladi. Dars yakunlanadi.



5 daqiqa



Matematika.

Mavzu: Sonni 1, 0 ga ko`paytirish.

Darsning maqsadi:

  1. Ta`limiy: o`quvchilarga sonni 1, 0 ga ko`paytirish tushuntirish; misol va masalalarni mustaqil ishlashga o`rgatish.

  2. Tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash. Sportni sevishga chaqirish va sport to`garaklariga jalb etish.

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning matematika faniga oid bilim , ko`nikma va malakalarini shakllantirish. Matematik nuyq va xotirani rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi va bilimlarni mustahkamlovchi dars

Dars metodi: Tushuntirish, suhbat, “Tez javob” o`yini, “Aqliy hujum”, “Kim topqir” , “Savatchani to`ldir” , Grafik test , “Plyus, minus, qiziq (PMQ)” metodi savollari,

Dars jihozi: Darslik, multimedia ilovalari, AKT, slayd va mavzuga oid ko`rgazmali qurollar, tarqatmalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: salomlashish;

O`qituvchi:- Assalomu aleykum

Parvozga shay lochinlarim

Mustaqil yurt egalari

Alpomishu Barchinlarim.

O`quvchilar: - Vaaleykum assalom.

- Hozir darsimiz nima?

- Matematika

- Shiorimiz?

Olamiz har on bilim,

O`rganib shodon –kulib.

-Matematika haqida nimalarni bilasiz?

- 1. Matematika kerak bizga,

Har bir shodon o`g`il – qizga.

Aqlimiz va fikrimizni,

Soladi to`g`ri izga.

  • 2. Ibn Sino, Xorazmiy

Qoldirmishlar yaxshi nom.

Bu fan barchaga kerak,

Xoh fazogir, xoh dehqon.

O`qituvchi: Bugun kim navbatchi,

Ham ustozga ko`makchi.

Navbatchi: Sinfda men navbatchi,

Darsga tayyor barcha o`quvchi.

  • O`qituvchi: G`olib bo`lar bugun kim,

Javob bering turmang jim.

  • O`quvchilar baravariga – bizzzz!!!

  • Barakalla!!! Demak a`lo kayfiyatni hamroh qilgan holda darsimizni boshlaymiz.

  • Matematika darsida qanday o`quv qurollar kerak bo`ladi? Ularning nomini ingliz va rus tillarida ayting.

  • K itib , a book, книга



  • Daftar, a notebook, тетрадь



  • Kundalik daftar, a daybook, дневник



  • Ruchka, a pen, ручка





  • Qalam, a pencil, карандаш



  • Chizg`ich, ruler, линейка…



  • Sonlarni hosil qilishda nimlardan foydalanamiz?

  • Raqamlardan

  • Raqamlarni jonlantirib, muhim sanalarni eslaymiz. Qani 0 dan 100gacha bo`lgan sonlar ichidan biron bir raqamni tanlab, undagi muhim sanalarni aytingchi?

  • Men bu raqamlar ichidan “1”ni tanladim. Bu toq son, 1- sentabr mustaqillik kuni, 1-yanvar yangi yilning 1-kuni, 1-iyun “Butun jahon bolalarni himoya qilish kuni”. Qolaversa biz sinfimiz jamoasi bilan doim 1- bo`lishni hohlaymiz .

  • Men 9 raqamini tanladim. 9- bu toq raqam, 9-fevral “So`z mulkining sultoni’ Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlar, 9- may Xotira va qadrlash kuni.

  • Men 14 raqamini tanladim. 14 – bu juft raqam, 14- yanvar “Vatan himoyachilar kuni”, 14- fevral Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni.

  • Men 21 raqamini tanladim. 21-bu toq raqam, 21- 0ktabr “O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”, 21-mart “Navro`z ummum milliy bayramimiz”

  • Men 8 raqamini tanladim. 8 – bu juft raqam, 8- dekabr “Kanstitutsiyamiz qabul qilingan kun”, 8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami.

  • Men 5 raqamini tanladim. 5 – toq son, 2017-2021 – yillar uchun mo`ljallangan istiqbol reja “Harakatlar strategiyasi” 5 ta ustuvor yo`nalishdan iborat. Biz barjamiz 5 (a`lo) baho olish uchun intilamiz.

  1. O`tgan mavzuni mustahkamlash: Uy ishini tekshirish va baholash.

-O`tgan darsda qanday mavzu o`rganganmiz.

- 1,0 songa ko`paytirish.

- Barakalla! O`quvchilar endi o`tgan darsni qanchalik tushunganingizni “Savatchani to`ldir” o`yini orqali mustahkamlaymiz. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, navbati bilan mevalar shakliga yozilgan misollarni yechib, savatchaga soladilar.

Taxminan quyidagicha:





















1-guruh. 2-guruh. 3-guruh.

0·4=0 0·6=0 0·9=0

1·27=27 1·34=34 1·14=14

0·5=0 0·9=0 0·8=0

1·84=84 1·77=77 1·95=95

  1. Yangi mavzu bayoni: Sonni 1, 0 ga ko`paytirish.

1-misol. O`qituvchi ko`rgazmalar yordamida tushuntiradi va qoida bilan tanishtiradi.

a 1 = a





8

Har qanday sonni 1 ga ko`paytirilsa, shu sonning o`zi hosil bo`ladi.

· 1=8 43 · 1 =43 75 · 1=75





a · 0 = 0





9

Har qanday sonni 0 ga ko`paytirilsa, nol hosil bo`ladi.

· 0 =0 37 · 0 =0 98 · 0 = 0





2-misolni o`quvchilar yozuv taxtasida “Kim topqir” didaktik o`yini orqali “Quvnoq vagonchalar”dagi misollar bajaradilar.

64 · 0

29 · 0

……

5 · 1 64 · 0 24 · (32-31)

13 · 1 57 · 1 45 · (18-18)

26 · 1 29 · 0 53 · (19-19)

3- masala.

  1. Uch g`ildirakli 6 ta velosiped uchun nechta g`ildirak kerak bo`ladi?











Qisqa sharti:

1 ta velosiped uchun – 3 ta g`ildirak

6 ta velosiped uchun - ? ta g`ildirak

Yechish: 3 · 6 = 18 Javob: 18 ta g`ildirak kerak bo`ladi

  1. 18 ta kalava jun ipdan 6 juft paypoq to`qildi. Har bir juft paypoq uchun nechta kalava ip ketgan?

18 ta kalava jun



6 juft paypoq.







Yechish: 18 : 6 = 3 Javob 3 ta kalava ip



Shundan so`ng “Plyus, minus, qiziq (PMQ)” metodi orqali tadbirkorlik va uning muhim jihatlari haqida o`quvchilarni fikrlari tinglanadi va darsimiz iqtisodga bog`lanadi.

(+) plyus P – tadbirkorlikning ijobiy jihatlari haqida so`zlaydilar.

(-) minus M – tadbirkorlikning salbiy jihatlarini so`zlaydilar.

(?) qiziqarli Q – tadbirkorlikning qiziq jihatlarini so`zlaydilar.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlashda .



4-misol. O`yla, izla top! Mozaika usulida bajariladi.























5-misol. Sanoq cho`plardan foydalanib bo`linmani toping:

  1. Bo`linuvchi 12, bo`livchi 6, bo`linmani toping:

I I I I I I I I I I I I – bo`linuvchi.

I I I I I I – bo`luvchi.

12:6=2

I I I I I I I I I I I I

  1. Bo`linuvchi 9, bo`luvchi 3, bo`linmani toping:

I I I I I I I I I –bo`linuvchi

I I I – bo`luvchi

9 : 3 =3

I I I I I I I I I

Tarqatmalar yordamida test topshirig`i bajariladi:

TEST

  1. Nol songa ko`paytirilsa qanday son hosil bo`ladi?

  1. O`sha son

  2. Bir

  3. Nol

  4. O`n

  1. Birhar qanday songa ko`paytirilsa qanday son hosil bo`ladi?

a) nol soni

b) o`sha sonning o`zi

d) juft son

s)toq son

3. 0 bilan 6 ning ko`paytmasini toping?

a) 6

b)1

d) 11

s)0

  1. Dars yakuni: O`quvchilarni darsdagi ishtirokiga ko`ra rag`batlantirish va baholash.



  1. Uyga vazifa: 6 -7 – misol masalani tushuntirib berish.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Sonni 1ga va 0ga kopaytirish

Автор: Умматова Рахима Karimberdi qizi

Дата: 21.04.2020

Номер свидетельства: 547566


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства