Просмотр содержимого документа
«Nol bilan tugaydigan sonlarni ko'paytirish»
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
NamanganviloyatiUchqo’rg’ontumani
Xalqta’limibo’limigaqarashli
32-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
BEKMURATOVA NARGIZANING
4- sinf matematika darslari uchun
Bir soatlik
Mavzu: Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko'paytirish.
520-525-misol va masalalar.
Ta'limiy maqsad:
O'quvchilarning og'zaki va yozma hisoblash malakasini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad:
O'quvchilarga misol va masalalarni hayotga moslashtirib, hayotimie4zdan misollar keltirish orqali tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va matematik
bilimlarini rivojlantirish.
Dars turi: aralash, noan'anaviy.
Jihozi: Darslik, harakatli ko'rgazma qurollari, tartib raqamlar,
figuralar, matematik o'yinlar, sehrli bog'dagi daraxtlar,
tarqatmalar, testlar.
Texnik vositalar: Televizor, DVD, proyektor, ekran,
Bizning shiorimiz: “Har sohada a`lo natijalarga erishish”
Darsning borishi:
O`qituvchi: Bir haftada yetti kun,
Yetti kunu yetti tun.
To`g`ri ayting bolalar,
Ayting bu kun – qaysi kun?
Navbatchi hisoboti tinglanadi. O`quvchilarni va sinf xonasini darsga tayyorgarlik holati nazorat qilinadi.
O`qituvchi: Qani bolalarjonlarim,
Mehri qaynoq buloqlarim.
Bugun hamma sog`lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O`quvchilar: Ustoz bizlar sog`lommiz,
Darsga to`liq tayyormiz.
Dars o'quvchilar diqqatini jalb qilish maqsadida she'r bilan boshlanadi.
Matematika fani,
Sevmas taxmin timsolni.
To'rt amalni o'rgansang,
Jon yechasan amalni.
Matematika fanlar ichida shah,
Uning sirlaridan bo'lingiz ogoh.
O'quvchilar matematika fani ekanligini aytadilar.
Matematika kitobimizning muallifi Kim? -
N.U.Bekboyeva, E.Yangabayeva.
Matematika faniga qo'yilgan talablar ? -
000 000 ichida sonlarni o`qib yoza olish.
2. 100 ichida katta sonlar bilan esa yuz ichida amallar bajarishga
keltiriladigan hollarda to`g`ri va tez og`zaki hisoblay olish.
3. Ko`p xonali sonlarni yozma qo`shish va ayrish.
4. Ko`p xonali sonlarni bir xonali va ikki xonali sonlarga yozma
ko`paytirish va bo`lishni hamda hisoblash natijalarini to`g`riligini
tekshirish.
5. 1-2 amalni o`z ichiga olgan masalalarni yecha olish.
6. 1-3 amalni o`z ichiga olgan qavsli va qavssiz sonl ifodalarning qiymatlarini hisoblay olish.
1-o’quvchi: Sanoq sistemasini
Yaxshi bilishim kerak.
Yuz ichida og'zaki,
Qo'shib ayirshim kerak.
2-o’quvchi: Juftlik, o'nliklar bilan
Sanay olishim kerak
Ko'paytirish jadvalin,
Puxta bilishim kerak..
.
O'quvchilar guruhlarga bo'linadi.
Birinchi guruh - «Alisher Navoiy»
Ikkinchi guruh - «Amir Temur»
Uchinchi guruh - «Al Xorazmiy»
O'quvchilar o'z guruhlari nomlarini ta'riflab berishadi.
«Alisher Navoiy» guruhi.
Alisher Navoiy bobomiz 1441 yil 9-fevral kuni Hirot shahrida dunyoga kelganlar. Shoir bolalik chog`laridayoq zehnlari o`tkir bo`lib 4-5 yoshlaridan boshlab o`qish va yozishni bilib olganlar, ko`plab g`azal va ruboiylarni yod bilganlar.
G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg`a tikandek oshiyon bo`lmas emish.
A.Navoiy besh dostondan iborat “Xamsa” asarini yozib qoldirdi. Asar 1483-1485-yillarda yaratilgan. U 26415 baytdan iborat bo`lib “Hayratul - Abror”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sabbai Sayyor”, “Saddi Iskandariy” nomli dostonlardan tashkil topgan.
O`quvchi: Yurakdagi faxrim, g`ururim sizsiz,
Bobojon ruhingiz bizni qo`llasin.
Avlodlar qalbida so`nmas sham kabi,
Nurli manzillarga bizni yo`llasin.
«Amir Temur» guruhi.
Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi bo`lgan.
Amur Temur bobomiz,
Mangu jasur bobomiz.
Jangu jadallar kezgan,
Ulug` davlat yurt kezgan
«Al Xorazmiy» guruhi.
1 dan 9 gacha bo'lgan raqamlarni, ular ustida bajariladigan amallar qoidalarini va boshqa ko'p arifmetik qonunlarni fanga birinchilardan bo'lib vatandoshimiz buyuk matematik Al Xorazmiy (783-850-yil) kiritgan. Uning matematikaga doir bir qator asarlari usha paytda boshqa tillarga tarjima qilinib uzoq vaqtgacha Yevropa universitetlarida hisob ilmidan darslik vazifasini bajarib kelgan. Al Xorazmiy matematikaga doir juda ko'p risolalar yaratgan. Buyuk bobokalonimiz Al Xorazmiy matematika, astranomiya, geografiya fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan.
Sinfga Bilmasvoy kirib keladi.
O'qituvchi aytadi: Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir kattakon sehrli issiqxona bor ekan. U bog'da turli xil mevalar pishgan ekan. Bilmasvoy shu bog' yonidan o'tayotib limon yemoqchi bo'lgan ekan. Sehrli issiqxonadagi limon daraxti shart qo'yibdi. Berilgan misol va masalalarni yechsang limon yeysan debdi. Bilmasvoy yig'lab turibdi. Unga yordam berishimiz kerak. O'quvchilar daraxtdagi limonlarni orqasidagi misollarni doskada yechib, savollarga javob beradilar.
Ularni rag'batlantirish uchun figuralar beriladi. Har bir o'quvchi 5 ta rag'bat nishoni olsa, 5 ta imkoniyatga ega bo'ladi. O'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun testdan foydalaniladi. O'quvchilar guruhlari bilan birgalikda klaster usulida ishlashadi
Tonna
Og`irlik
Gramm o`lchovi
Sentner
Kilogramm
Soat
Vaqt
Asr birligi Minut
Sekund
O'quvchilar jimligini saqlash uchun:
Bildingiz birin-ketin,
Hammangizga ofarin.
Aytingchi endi sizlar,
Matematik maqollar.
Yetti o'lchab bir kes.
Sanamay sakkiz dema.
Bir kun janjal bo'lgan uyda, qirq kun baraka ketadi.
Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
O'quvchilar bugun darsimizni sayohat usulida o'tamiz. Sayohatga borish uchun avtobusga chiqishimiz kerak. Avtobusni kim boshqaradi? Avtobusni haydovchi boshqaradi. Kelajakda siz ham qanday kasb egasi bo'lmoqchisiz? kabi savol- javob o'tkaziladi.
Birinchi bekatimiz «Bilimdonlar» bekati.
O'quvchilar daftari tarqatiladi. Chiroyli yozgan va to'g'ri yozgan o'quvchilar daftarlari namuna sifatida ko'rsatiladi va rag'batlantiriladi.
Yangi mavzu: Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko'paytirish. 520-525-misol va masalalar.
1-bekat. «Zukkolar» bekati.
520-masala.
Qopda 48 kg sabzi bor edi. 4 kun har gal baravardan sabzi olinganidan so'ng qopda 32 kg sabzi qoldi. Har kuni qopdan necha klogrammdan dan sabzi olingan?
Bor edi – 48 kg sabzi
Ishlatildi – 4 kun baravardan
Qoldi – 32 kg
Har kun ishlatilgan sabzi - ? kg.
Yechish: 48-3216
16:44
Javob: 4 kg dan ishlatilgan.
2-bekat «Topqirlar» bekati
521-misol.
37009-11088450=23637
11088=8864
88644508=13372
37009-13372=23637
2т:8кг=2000кг:8кг=250кг
O`qituvchi: G`olib bo`lar bugun kim?
Javob bering turmang jim.
5 22-мисол.
Uchlaridan biri A nuqta bo'lgan ko'p burchaklarni ayting.
ABSD – to'rtburchak, ABO – uchburchak
AOD – uchburchak, ABS – uchburchak,
ASD – uchburchak.
Mисолni o'quvchilar yechib bo'lgandan so'ng dam olish daqiqasi o'tkaziladi.
Ko'p yozdi qo'llarimiz,
Ham charchap ko'zlarimiz.
Bir, ikki, uch,
To'plab oldik kuch.
Harflarimz sara,
Davom etamiz yana.
3-bekat «Bilimdonlar» bekati.
523-мисол.Mustaqil yechish.
654х=810 35х=0 х:27=0
Х=810-654 х=350 х=270
Х=164 х=0 х=0
654164=810 350=0 0:27=0
810=810 0=0 0=0
Testsavollari.
45 so'mga 5 ta albom sotib olish mumkin. 1 ta albom necha so'm turadi?
A). 9 so'm B). 50 so'm D). 8 so'm
Perimetri 32 sm ga teng bo'lgan kvadratni tomonining uzunligini toping?
A). 28 B). 36 D). 8
Akbar 6 ta misol, Islom esa undan 4 marta ortiq misol yechdi. Ikki o'rtoq birgalikda nechta misol yechdi?
A). 24 B). 30 D). 16
Sigir bir kunda 12 litr, echki esa 3 litr sut beradi. Bir sigir va ikki echki bir kunda qancha sut beradi?
A). 12 B). 4 D). 18
Hisoblang: 21 : 7 x 8
A). 32 B). 24 D). 27
Mana o`quvchilar “Matematika saltanati”ga yetib keldik. Kirish uchun esa jumboqli savollarga javob berishingiz kerak.
Guruh sardorlari quyidagi tarqatmalarga javob beradilar.
Darsning yakunida o`quvchilarga bugungi darsning “Eng tirishqoq o`quvchisi”, “Eng zukko o`quvchisi”, “Eng topqir o`quvchisi” naminasiyalari beriladi.