Научная статья : Использование дидактических игр на уроках математики на узбекском языке
Научная статья : Использование дидактических игр на уроках математики на узбекском языке
Игры подразделяются на творческие и игры с правилами. Творческие игры, в свою очередь включают: театральные, сюжетно-ролевые и строительные игры. Игры с правилами – это дидактические, подвижные, музыкальные игры и игры–забавы.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Использование дидактических игр на уроках математики на узбекском языке»
Использование дидактических игр на уроках математики
MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Buxoro shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli
24- umumta'lim maktabi
Jo'rayeva Nafisa Anvarovna
Жураева Нафиса Анваровна
Средняя школа № 24 города Бухары Бухарской области, Узбекистан
Ko’pchilik olim va faylasuflar, pedagog va psixologlarning aqidalaricha, o’smir-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi borasida, ularning o’qish, yozish, sanash, eshitish, gapirish va hamdardlik qilish kabi qobiliyatlarni o’rganishda maktabning boshlang’ich sinflaridagi jarayon muhim o’rin tutadi.
Bolalarning maktabga borishlari va boshlang’ich sinflaridan umumta’lim bosqichiga o’tishlarida eng kamida quyidagi ikkita muammo yuzaga keladi:
Ta’limning usul va mazmuni o’zgarishi bu - davomotning pasayishi va bolalarda psixologik muammolarning ko’payishiga olib keladi.
O’qishga bolgan tayyorgarlik darajasining nisbatan yangi va murakkabroq saviyada pastroq ekanligi.
Maktabga bo’lgan psixologik tayyorgarlik – bu 6-7 yoshdagi bolalarning ancha murakkab ruhiy holat bo’lib, quyidagi nuqtalarni qamrab oladi:
bolalar tomonidan maktab o’quvchilarining yangi iltimoiy rejasini qabul qilib olinishi;
birinchidan o’qituvchi rahbarligi ostida, keyin mustaqil tarzda ta’lim fa’oliyatini bajarish imkoniyati;
ilmiy atamalarni o’rganish usuli;
o’qituvchi va sinfdoshlar bilan ta’lim jarayonidagi muosharat va hamkorliklarni muayyan tarzda o’zlashtirilishi.
Bolalarning maktabga bo’lgan tayyorgarliklarini ularning yoshiga muvofiq faoliyat turlari doirasida, boshqacha qilib aytganda syujetli o’yin va roller, tasviriy faoliyat, chizmachilik, ertaklarni anglash va hokazolar orqali amalga oshirilish kerak.
Bolalarni boshlang’ich sinflardan ta’limning yuqoriroq pog’onasiga o’tishlarida ularning psixologik tayyorgarligi juda muhim masala hisoblanadi.
Maktab tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning matematik bilimlarini o’zlashtirilishi va ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatining rivojlanishida qiziqarli materiallarning ishlatilishi katta yordam beradi
Qiziqarli materiallarni quyidagi maqsadlarda ishlatilishi yaxshi natija beradi:
matematik bilim, mahorat va malakalarining shakllanishida;
matematik bilim va malakalarining mustahkamlanishida;
matematik ijodkorlik mahorat va malakasi, tasavvurot va tafakkurining shakllanishida;
matematik bog’liqlik va qonuniyatlarini tushinish va geometrik tasavvurotlarining rivojlanishida.
O’smirlarda ma’rifatni o’zlashtirishga bo’lgan shavq-havasini kuchaytirilishida ta’limni didaktik o’yinlarga bog’liq qilinishi maqsadga muvofiq. Bolaga o’rgatadigan material qiziqarli bo’lgan holda osonlik bilan o’zlashtiriladi va uning xotirasida yaxshiroq saqlanadi.
Boshlang’ich sinflarda matematikani o’rgatishida didaktik o’yinlar va qiziqarli materiallarni kiritilishi quyidagi maqsadlarni amalga oshirilishida ko’mak beradi:
matematikani targ’ib etilishida;
o’smirlarning aqliy rivojlanishida.
Bolalar tabiatan ta’lim dasturidagi turli materiallarni o’yin orqali osonlik bilan o’zlashtiradilar. Didaktik o’yinlarning ishlatilishida esa, o’yinning o’zi ikkinchi darajali bo’lib, matematikani o’zlashtirilishiga bo’lgan shavq-havasni rivojlantirish va bu usul orqali matematik bilim va mahorat-malakalarni hosil qilinishi birinchi darajali vazifaga aylanadi.
O’yinning bu vazifalarni bajarilishida quyidagi shartlarni hisobga olish zarur:
O’yin qoyidalari sodda, aniq va hammaga tushinarli bo’lishi zarur. O’yin materiallari bolalarning aqliy imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi kerak.
Ta’lim materiallari tadrijiy va bosqichma-bosqich tarzda murakkablanib borilishi zarur.
O’quvchilarning har qancha ko’pchiligi o’yin jarayonida ishtirok etishlariga ahamiyat berish kerak.
O’yin natijalari bolalarni rag’batlanishiga xizmat qilishi va matematika ta’limining boshlanish davrida muhim omilga aylanishi lozim.
Quyida shu tarzdagi ayrim o’yinlarni keltiramiz. Boshlang’ich sinflari o’qituvchilari matematika ta’limi jarayonida bulardan foydalanishlari mumkin:
"Mening joyim qayerda?"
O’yin maqsadi: Raqamlar tartibi bo’yicha talabalar bilimini mustshkamlash.
Vositalar: 1 dan 10 gacha yozilgan 15 sm + 10 sm o’lchovli varaqchalar.
O’yin tartibi: O’qituvchi bolalarga varaqchalarni bo’lib beradi. O’qituvchi ishorasi bilan talabalar joylaridan turib, doska oldida saf tortishadi va har biri o’z raqam tartibiga muvofiq o’z joyini qanday qilib topganini sharhlab beradi. Bu o’yinni bir necha marta takroran o’tkazish mumkin. Uning qiziqarli o’tishi uchun qatorlar o’rtasida o’tkazilishi afzalroq. Har bir qator bir g’uruh hisoblanadi.
Topshiriqni tez va xatosiz bajargan guruh g’olib sanaladi.
"Juftini toping!"
O’yin maqsadi: Ikkinchi o’nlik sonlar tarkibi borasida o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Vositalar: 11 dan20 gachabo’lgan sonlar va 6+5, 6+6, 8+5, 7+7, 9+7, 9+6, 8+9, 8+7 kabi ifodalar yozilgan 15 sm + 10 sm o’lchovli varaqchalar.
O’yin tartibi: O’qituvchi varaqchalarni bolalarga bo’lib beradi. Bolalar doska oldida saf tortishadi. O’qituvchi topshirig’i bo’yicha, qo’llarida varaqchasi bor bolalar o’z juftlarini topib oladilar, ya’ni javobi qo’llaridagi sonlarga muvofiq bo’lgan ifodani tanlab oladilar. Masalan, qo’lida 12 soni yozilgan bola o’z juftini – qo’lida 6+6 ifodasi yozilgan o’quvchini topib hamrohlik qilishi kerak. Xatolikka yo’l qo’yilgan bolalar o’yindan chetlashtiriladi.
"Estafeta"
O’yin maqsadi: Ikkinchi o’nlik sonlar tarkibi borasida o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
O’yintartibi: O’qituvchi doskaga raqamlarni yozib, guruh namoyandalari uning tarkibini yozishlari lozimligini tushintiradi. Ikkita guruhdan bolalar navbat bilan bir raqamli sonlar juftini yozadilar. masalan:
14 13
7 va 7 6 va 7
8 va 6 8 va 5
9 va 5 9 va 4
Topshiriqni tez va xatosiz bajargan guruh g’olib sanaladi.
"Eng yaxshi hisobchi"
O’yinmaqsadi: O’quvchilarning ko’paytiruv va bo’lishjadvali borasidagi bilimini mustahkamlash.
O’yin tartibi: Doskadao’ng va chap tomonlardan sonlari teng bo’lgan misollar yozilgan: 7x3, 6x7, 3x8, 8x4, 9x3, 7x8, 8x9. Ikkita o’quvchi doskaga chiqariladi. O’qituvchi topshirig’I bilan bittasi chapdan, ikkinchisi o’ngdan misollarni echishiga kirishadi. Misollarni ko’proq va xatosiz echgan o’quvchi g’olib deb bilinadi.
"Jonli matematika"
O’yinmaqsadi: O’quvchilarning ko’paytiruv va bo’lishjadvali borasidagi bilimini mustahkamlash.
Vositalar: Har bir guruh uchunbir raqamli sonlar yozilgan 15 sm + 15 sm o’lchovli varaqchalar yozilgan.
O’yin tartibi: O’qituvchi varaqchalarni bolalarga bo’lib beradi. So’ng taqsimlash bo’yicha javobi bir raqamli sonlar bo’lgan misollar aytadi. Masalan, 63:9. Har bir qatordan qo’llarida 7 raqamli varaqcha bo’lgan bolalar o’rnidan turishlari kerak. Har bir xatosiz va tez topgan javob uchun ball beriladi va shu tartibga muvofiq har bir xato uchun bir ball kamaytiriladi. Eng ko’p ball toplagan guruh golib deb bilinadi.
"Kim tezroq va to’g’riroq"
O’yinmaqsadi: O’quvchilarning ko’paytiruv va bo’lishjadvali, son qimmati raqam mavqeiga bog’liq bo’lgan prinsipi borasidagi bilimini mustahkamlash.
Vositalar: Har bir qator uchun qog’az yoki kartondan kesilgan raqamlar (0-dan 9-gacha).
O’yin tartibi: O’qituvchi kesilgan raqamlar majmo’ini har bir qatorga bo’lib beradi. So’ng misollarni o’qiydi: 5x4, 7x5, 3x6 va hokazo. O’quvchilar javoblarni topishlari va qo’llarida 2 va 0 raqamlari bo’lganlar doskaga chiqib, yonma-yon turib 20 sonini ifodalashi kerak. Javoblarni ko’proq va xatosiz echgan qator g’olib deb topiladi. Ball berish paytida raqamlarning joylashish mavqeiga ham ahamiyat berish kerak. Joylarni aralashtirish ballni kamaytiradi.
"Jonli raqam qo’yish"
O’yinmaqsadi: Ko’p raqamli sonlar tarkibi bo’yicha o’quvchilar tasavvurotini shakllantirish.
Vositalar: Har bir ishtirokchi uchun 0-dan 9-gacha qog’az yoki kartondan kesilgan raqamlar.
O’yintartibi: 6 nafar o’quvchi doska oldiga chiqarilib, har birining qo’liga qog’az yoki kartodan kesilgan raqamlar majmo’i beriladi. Ular sinf jamoasiga qarab turishadi va har biri sonlar jadvalining razryadini ifodalaydi. O’qituvchi yoki boshlovchi ko’p raqamli sonlarni o’qiydi. O’yin ishtirokchilari chapdan o’ngga razryadlari joylashgan o’sha raqamlarni beradilar ( ko’taradilar). Masalan, agar o’qituvchi yoki boshlovchi 4 2 3 0 4 2 sonlarni o’qisa, chapdan o’ngga birinchi o’quvchi 4, ikkinchisi 2, uchinchisi 3, to’rtinchisi 0, beshinchisi 4 va oltinchisi 2-ni ko’taradilar. Sinf jamoasi ishtirokchilar ishi to’g’riligini kuzatadilar.
Mazkur o’yinning qiziqarli o’tishi maqsadida uni 3 guruh o’rtasida ham o’tkazish mumkin. Bu holatda guruhlar navbat bilan bir-birini almashtiradi. O’yin yakunida kamroq xatoga yo’ l qo’ygan yoki umuman xato qilmagan guruh g’olib deb bilinadi.
Bolaning maktabga qadam qo’yishi bilanoq, uning ijtimoiy mavqei o’zgaradi va o’yin joyini ta’lim egallaydi. O’yin faoliyatidan ta’limga o’tish jarayoni o’ziga xos qiyinchiliklarga ega bo’lib, bu narsa birinchi navbatda o’quvchilarning psixologik jihatlari va yoshlariga, diqqat ustuvorligi, xotira va tafakkur ixtiyorsizligiga bog’liq. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etishida ta’lim jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish ayni muddaodir.