kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

“Matematika tarixidan: raqamlar qanday paydo bo‘lgan? Matematika tarixidan qiziqarli ma’lumot“

Нажмите, чтобы узнать подробности

Matematika tarixidan: Raqamlar qanday paydo bo'lgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«“Matematika tarixidan: raqamlar qanday paydo bo‘lgan? Matematika tarixidan qiziqarli ma’lumot“»




Toshkent viloyati Chirchiq shahar 18 - umumta’lim maktabi

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Djurayeva Movjudaning

3-sinfda “Matematika tarixidan: raqamlar qanday paydo bo‘lgan?

Matematika tarixidan qiziqarli ma’lumot mavzusidagi dars ishlanmasi






Sinf: 3

Fan: Matematika

Mavzu: Matematika tarixidan: raqamlar qanday paydo bo‘lgan?

Matematika tarixidan qiziqarli ma’lumot 1 - 6 – misol va masalalar

Soatlar soni :1 soat

Mavzuning qisqacha mazmuni: Ko’p xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida haqida , Al-Xorazmiyning matematika rivojiga qo‘shgan buyuk ishlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: matematika fani tarixi, Al- Xorazmiyning fanga qo`shgan buyuk xizmatlari bilan qisqacha tanishtirish. Ko’p xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash, taqqoslash usullari haqida bilim berish. Ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi mantiqiy misollar, bilan ishlash malakalarini o`stirish.

T.k.1 sodda fikrlarni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; matematikaga oid videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;

F.k.1. sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1000 ichida qo‘shish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;

Tarbiyaviy: Al-Xorazmiyning matematika rivojiga qo‘shgan buyuk ishlarini bayon qilish orqali o‘quvchilarda o‘z Vataniga bo‘lgan g‘ururlarini oshirish.Yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik tushunchalarining mazmunini tushuntirish. Buyuk siymolarimizdan faxrlanish tuyg`ularini singdirish va ularga munosib avlod bo`lish tuyg`ularini kuchaytirish

T.k.3. o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;

T.k.4 boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish; atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;

Rivojlantiruvchi: Yangi dars texnologiyalari orqali o’quvchilardagi fikriy bog’liqlikni, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish. Matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish, erkin fikrlash malakalarini o`stirish.

F.k.2. o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi:

Darsning metodi: Suhbat, mustaqil ishlash, bahs – munozara; “Xotira mashqi” ,

Do`stingga pand berma”, “Kim chaqqon” o'yini ,« Kim tez topadi?» interfaol metodi

Darsning jihozi: Darslik, test, mavzuga doir slaydlar.




Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars

Bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy qism

Qism

0‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Suhbat,

2 min

2-bosqich

O’tilganlarni takrorlash

Uyga vazifalar tekshirilib , tahlil qilinadi

Suhbat, Do`stingga pand berma” o’yini

5 min

3-bosqich.

Yangi mavzu

Bayoni

Ko’p xonali sonni xona birliklari yig‘indisi haqida , Al-Xorazmiyning matematika rivojiga qo‘shgan buyuk ishlari to’g’risida ma’lumot berish


Savol-

javob

10 min

4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

.4-masala yechiladi . Ispring dastrurida tayyorlangan test bilan ishlash

Mustaqil ish, savol- javob

23 min

5-bosqich.

Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.


3 min

6-bosqich. Uyga vazifa berish

Darslikdagi 6-misol va 7-masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.


2 min





Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

a) Salomlashish; b) navbatchining axboroti; d) sinf tozaligini nazorat qilish;

e) davomatni aniqlash f) o`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish


II. O`tgan darsda berilgan topshiriqni so`rab , o`quvchilar bilimini baholash.

O’quvchilarni baholashda quyidagicha taqdirlanib borilsa bo’ladi

Bu kartochkalarni o’quvchining darsdagi har bir ishtirokiga berib boriladi.

Dars so’ngida o’quvchilarni to’plagan kartochkalari orqali baholanadilar , bunda o’qituvchi dars jarayonida barcha o’quvchilarni qatnashishlarini ta’minlab , nazorat qilib borishlari kerak .

II. Uy vazifasini tekshirish

Do`stim menga pand berma “ o`yini orqali uyga vazifalari tekshirib baholanadi. Bunda partadoshlar bir- biri bilan daftar almashib tekshiradilar .Do`sti uyga vazifada xato qilgan bo`lsa ‘’Do`stim menga pand berdi.’’ Agar xato qilmagan bo`lsa ‘Do`stim menga pand bermadi’’ deyishadi. (Bunda o`qituvchi o’quvchilarga do`stona munosabat , mehr muhabbat , o`zaro hurmat , insoniy fazilatlarning bezagidir deb uqtirib o`tadi. 6-7-misol va masalalar ekranda namoyish etish orqali tekshiradilar)

6-misol

156 □212 3480 □ 3408 7651□ 7750

308□ 234 1564□1564 9112□ 8999

7 . Voleybol maydonining eni 18 m, bo‘yi enining ½ qismiga

teng bo‘lsa, maydon perimetri va yuzini toping

Eni -18 m

Bo’yi - ↑ ½ m

P(perimetr) -? S (yuza) -? Yechish :18:2= 9 (m bo’yi)

P= 2∙(a+b)=2∙(18+9)=2∙37=74 m∙

S=a∙b=18∙9=162 m 2

Javob : Voleybol maydonining perimetri 74 m , yuzasi 162 m2 III.Yangi mavzuning bayoni:

Matematika tarixidan qiziqarli ma’lumot (O’qituvchi tomonidan tushuncha beriladi )

Natural sonlar ya’ni tabiiy sonlar (1, 2, 3, …) eng qadimiy matematik tushunchalardan biri. U predmetlar (qo‘y, o‘q-yoy) sonini sanashga ehtiyoj tug‘ilganida paydo bo‘lgan. Odamlar o‘zlarini o‘rab turgan narsalardan sanash asboblari sifatida foydalanishgan. Masalan, yog‘ochlarga maxsus belgilar qo‘yishgan, iplarga tugunchalar qilishgan, cho‘plar yoki toshlarni to‘plashgan. Qadimgi Misrda abak hisobni osonlashtiruvchi moslama sifatida xizmat qilgan.



Aslida , faqat 0 va 1 sonlari mavjud bo’lib , qolgan barcha sonlar shu ikki sondan hosil qilinadi .


Ya’ni yo‘q bo‘lsa 0 ga, bor bo‘lsa 1 ga teng. 2 soni ikkita 1 ning, 3 soni uchta 1 ning,

4 soni to‘rtta 1 ning yig‘indisi va h.k. 1000 soni 1000 ta 1 sonining qo‘shilishi

natijasida hosil qilinadi.











M avzuga doir video ilova namoyish etiladi

Al-Xorazmiyning matematika fani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida , o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi. Avvaliga o‘quvchilar Al-Xorazmiy haqida to‘plab kelgan ma’lumotlarini bayon qiladilar. So‘ngra 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlardan ixtiyoriy sonlarni (masalan, 10, 17, 34, 48, 83, 100 sonlarni) hosil qilish mumkinligi, bularning hammasi o‘nlik sanoq sistemasi deb atalishi, ular buyuk bobokolonimiz Muhammad al-Xorazmiy tomonidan birinchi bo‘lib qo‘llanilganligi haqida ma’lumot beriladi.

«... Muhammad Muso Xorazmiyning o‘nlik sanoq sistemasi, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoga birinchi bo‘lib ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji uchun o‘z vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy taraqqiyot rivojiga qanday katta ahamiyatga ega bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda odamzodning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko‘z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk bobokolonimiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o‘zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to‘ladi» deb o’tgan buyuk daholarimizdan biri .

Oziq–ovqat mahsulotlari

1 kunda

Hafta kunlarida

Umumiy sarf

Tuxum

? dona

4 kun

240 dona

Pishloq

9 kg

? kun

36 kg

1-masala. Berilgan jadval usulidagi masalani o`quvchilar bilan birgalikda tushuntirish orqali bajariladi.






Yechish: 240 : 4 = 60 Javob: 1 kunda 60 dona tuxum ,

36 : 9 = 4 pishloq 4 kunda ishlatilgan.

2 – tenglama. Murabbab teng lamalarni yechish usuli o`quvchilarga savol-javob orqali esga olinadi va doskada “Kim chaqqon” o’yini musobaqa tarzida tenglamalar yechiladi . (Ayni paytda faol o’quvchilar tomoni dan tez yechilgan tenglamalarga ballar taqdim etilib boriladi )

346 – x : 9 = 255 (529 – x) + 308 = 384

x : 9 = 346 – 255 529 – x = 384 – 308

x = 91 · 9 x = 529 – 76

x = 819 x = 453

Tekshirish : Tekshirish :

346-819:9=346-91=255 (529-453)+308=76+308=384

255=255 384=384

Dam olish daqiqa” si o`tkaziladi.

Bunda “Xotira mashqi” orqali o’quvchilarni diqqat va zehnlarini oshirishga qaratiladi .

O’quvchilarga ekran orqali 28 , 71, 69, 2 ,134 ,573 ,784 sonlar namoyish etiladi . 20 soniya bu namoyish taqdim etiladi ,keyin o’chiriladi ,1 daqiqa davomida o’quvchilar ko’rgan sonlarini xotirlab yozishlari kerak .Shundan so’ng o’quvchilar qo’llarida qalamlarini olib , ekranda namoyish etilgan sonlar bilan yozgan sonlarini, , “O’z-o’zini baholash “ metodi orqali tekshiradilar

3-topshiriq. Ushbu geometrik figuraning perimetrini topish uchun uning qaysi tomonlari uzunliklari berilishi lozim?

Buning uchun geometrik fuguralarni perimetrini qanday topish qoidasi esga olinadi

Geometrik fuguralarni perimetrini topish uchun – shaklning tomonlari uzunliklari qo’shiladi


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

4 – misol. «Bolajon» telekanalida namoyish etiladigan ko‘rsatuvlar dasturi orqali har bir ko‘rsatuv qancha vaqt davomida uzatilishini toping:

Ko’rsatuvning boshlanish vaqti

Ko’rsatuvning nomi

9:30

Matematikani o’rganamiz

9:50

Multipanorama

11:10

Topgan topaloq


Javob :” Matematikani o’rganamiz “ ko’rsatuvi 20 daqiqa

Yechish :

Ko’rsatuvning nomi

Matematikani o’rganamiz - 9:50-9:30=20 daqiqa

Multipanorama - 11:10-9:30=1soat 20 daqiqa




“Multipanorama”ko’rsatuvi, 1soat 20 daqiqa davom etgan

Test bilan ishlash

ISpring dasturida tayyorlangan testlarni o`quvchilar bilan bajariladi.

1.Sonlar qanday paydo bo’lgan ?

A. odamlarni sanashda

B. pullarni sanashda

C.narsalarni sanashda

D. o’zi paydo bo’lgan

2.Matematika faniga ulkan hissa qo’shgan buyuk bobokalonimiz kim ?

A. A . Avloniy

B. Al Xorazmiy

C . Al Buxoriy

D. Amir Temur

3.Qadimgi Misrda hisoblashni osonlashtiruvchi moslama nima edi ?

A. Abak

B. Kompyuter

C. Barmoqlar

D. Sanoq cho’p

4.Men bir son o’yladim , bu sonni 25 ga ko’paytirsak natija 0 bo’ldi . Men qanday son o’yladim ?

A. 25

B. 625

C. 0

D. 1

5. 9 hafta necha kundan iborat?

A. 63 kundan B. 16 kundan C. 64 kundan D. 54 kundan


V. Baholash. Darsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida ballar (kartochkalar) umumlashtirilib , yakuniy ballar e’lon qilinadi.

VI. Yakunlash Uyga vazifa: 5 – 6 – misol va masala.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
“Matematika tarixidan: raqamlar qanday paydo bo‘lgan? Matematika tarixidan qiziqarli ma’lumot“

Автор: Djurayeva Movjuda

Дата: 28.06.2020

Номер свидетельства: 554205


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства