Просмотр содержимого документа
«Matematika "martabali va martabasiz sonlar"»
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ
TA`LIMI BOSHQARMASI
NAMANGAN SHAHAR XALQ TA`LIMI
BO’LIMI
Namangan shahar 26-umumiy o’rta ta’lim
maktabi boshlang‘ich sinf o’qituvchisi
Musabayeva Noilaning
4-sinf matematika fanidan yozgan 1soatlik
Ushbu dars ishlanma Namangan shahar xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 26- umumiy o`rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Musabayeva Noila tomonidan tayyorlangan.
Matematika fanidan dars berayotgan o`qituvchilar uchun foydalanishga mo`ljallangan
Muallif: Musabayeva Noilabonu – Namangan shahar 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi,
Usmanova Saidaxon-Namangan shahar 26-sonli maktabning boshlang`ich sinflar O`IBDO`
Tuzuvchi:Musabayeva Noila 26–sonli umumiy
o`rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf
o’qituvchisi.
Ushbu dars ishlanma 26-maktab Metodika Kengashining
“____” ____________ 201__-yildagi “_____” sonli qarori
bilan foydalanishga tavsiya etildi.
Musabayeva Noilabonu – Namangan shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining ikkinchi toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi. 1992-yil 6-mayda Namangan shahrida tug`ilgan.
2009-2013-o`quv yillarida Namangan Davlat Universiteti Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishlari yo`nalishini tamomlagan.
Muallima pedagogik ish faoliyatini 2012-yil shahardagi 26-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida boshlagan. 2015-yil “Yil o`qituvchisi” ko`rik tanlovida shahar bosqichida 4-o`rinni egallagan.
Darslarni yangi ped tehnologiyalar, AKTdan foydalangan holda olib boradi. Oilali, 2 farzandning onasi.
Matematika 4-sinf
Mavzu: Martabali va martabasiz sanoq sistemasi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad:
O‘quvchilarda pozitsion va nopozitsion sanoq sistemasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Mavzu yuzasidan misol, masalalar yechish.
TK1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
TK2: diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli ob’yekt va hodisalarni taqqoslay olish;
FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish;
Tarbiyaviy: hayvonlarga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, dars davomida misol va masalalar yechish jarayonida mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalash.
TK5: zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab berish;
Rivojlantiruvchi:matematik bilim doiralarini kengaytirish, misol va masala yechish malakalarini rivojlantirish
FK2: o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish.
Darsning turi: Yangi bilim, ko`nikma, malakalarini shakllantiruvchi dars.
Darsning uslubi:Tushuntirish,savol-javob,
Suhbat, test, hikoya.
Darsning jihozi: Tarqatma materiallar, rasmli
ko`rgazmalar, magnitafon, yozuvchilar surati, kompyuter.
Dars sxemasi.
Dars bosqichlari
Bajariladigan ish mazmuni
Bajariladigan ish shakli
Ajratilgan vaqt
1
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga tayyorlash.
Navbatchi ahboroti.
suhbat
2minut
2
Uy vazifasini so`rash.
Uyga vazifasini so`rash.
Savol-javob guruhlar bilan ishlash.
8minut
3
Yangi mavzuni tushuntirish
Rim raqamlari haqida ma`lumot berish ko`rgazmalardan foydalanish.
Rim raqamlarini yozishni va o`qishni o`rgatish.
Ko`rgazmalilik.
14minut
4
Yangi mavzuni mustahkam
Lash
Dam olish daqiqasi.
Guruhlarda ishlash.
15minut
5
Darsni yakunlash
.
Rag`batlanti
rish.
4minut
6
Vazifa
Rim raqamlarini o`rganish
Tushuntirish.
2minut
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
O`quvchi:
Har kun ertalab turib
Boramiz maktab tomon,
Bizlar bilimga chanqoq
Ustozimiz mehribon.
Qo`limiz ko`ksimizda
Hamma: Assalomu aleykum
O`qituvchi:
Raxmat bolajonlarim.
O`tiringlar marxamat
Savollarimga faqat.
Javob beringiz o`ylab.
O`quvchilar: O`ylab javob berishga qilamiz biz harakat.
O`qituvchi: Bolajonlar omonmisiz?
Bugun darsga tayyormisiz?
O`quvchilar: Ustoz bizlar omonmiz.
Bugun darsga tayyormiz.
O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi.
Ustozimga yordamchi.
Pok tutaman xonani.1
Hamda yozuv taxtani.
Ustozimiz shod bo`ling.
Bugun xamma shu yerda.
Darsingizni miriqib.
Eshitish umidida.
Navbatchi o`quvchi darsga qatnashayotgan o`quvchilar haqida ma`lumot beradi.
O’qituvchi:
Hozir darsimiz matematika. Bu fanni o’rganishdan asosiy maqsadimiz nima ekan?
1-o’quvchi:
Matematika faninio’rganishdan maqsadimiz:
- hisoblashni o`rganish;
- masalalar ishlashga o`rganish ;
- sonlarni hisoblashni o`rganish
1-o’quvchi :
Matematika qo`yni to`la sir bo`ladi.
Birni-biga ko`paytirsa –bir bo`ladi.
Derazadan mo`ralaydi olma shoxi.
Urfda bulut- ertaga yomg`ir bo`ladi.
2-o’quvchi:
Matematika- yomg`irlarda chopgum kelar
Jumbog`ingga men xam javob topgim kelar.
Derazadan mo`ralaydi, bodom shoxi.
Boqqa chiqib qo`ng`izlarni o`pgim kelar.
Siyosiy daqiqa:
O`quvchi:
Go`zal yurtim O`zbekistonim
Eng navqiron yoshga to`libsan.
Istiqloldan kulib imkoning
Chindan bugun buyuk bo`libsan.
O`quvchi:
Osmoning tinch xalqing farovon.
Hurlik sabab yo`llaring ravon.
Karvonlaring oshmoqda davon
Chindan bugun buyuk bo`libsan.
O`quvchi:
Odimlaysan shaxdam mustaqil.
Qaro kunlar chekinar nari.
Yetaklaydi yurtboshing oqil
Seni buyuk kelajak sari.
O`quvchi:
Bugun bizlar barkamol avlod
Shu vatanning suyanch ardog`i
Azim chinor bo`lsa gar Vatan.
O ’tgan mavzuni mustahkamlash.
O`tgan darsda o`tilgan o`nlik sanoq sistemasi mavzusi mustahkamlab olinadi.
Sonlar yozuvida ayni bir raqam u qaysi xonada turganiga qarab, har xil qiymatga ega bo‘ladi. Masalan: 273 sonidagi 3 raqami birlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 birlikni anglatadi.
431 sonida 3 raqami o‘nlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 o‘nlikni anglatadi. Bunda uning bu xonadagi qiymati birlar xonasidagi qiymatidan 10 marta ortiq.
394 sonida 3 raqami yuzlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 yuzlikni anglatadi. Bunda uning bu xonadagi qiymati o‘nlar xonasidagi qiymatidan 10 marta ortiq. Shuning uchun sonlarning biz foydalanadigan yozilish sistemasi o‘nli sanoq sistenasi deb ataladi.
O‘nli sanoq sistemasi pozitsion sistemadir, chunki ayni bir raqam, u sonning yozuvida qaysi xonada turganiga qarab har xil qiymatga ega bo‘ladi.
Yuzlar
O‘nlar
Birlar
III xona birligi
II xona birligi
I xona birligi
3
5
2
4
0
7
8
9
0
( Faol o`quvchilarni rag`batlantirib boriladi).
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
Yangi mavzu e`lon qilinadi.
Al-Xorazmiy butun dunyoga raqamlardan qanday foydalanish kerakligini o‘rgatgan olimdir. U 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 va 0 kabi raqamlar hisob-kitob ishlari uchun juda ham qulay ekanini isbotlab bergan. Bu haqida olim o‘zining arifmetikaga oid kitobida batafsil yozib qoldirgan.
Qadimda yevropaliklar sanoq va hisob-kitob ishlari uchun hozirgiday 1, 2, 3 kabi arab raqamlarini ishlatmagan. Buning o‘rniga murakkab rim raqam-laridan foydalanishgan. Rim raqamlarini yozish va o‘rganish qiyin bo‘lgan.
Masalan, oddiy “8” raqamini bildirish uchun to‘rtta belgi ishlatilgan - VIII. Agar 2088 raqamini yozish kerak bolib qolsa, u mana bunday ko‘rinish olar-di - MMLXXXVIII. Qizig‘i, o‘sha davrlarda 0 raqamini bildiruvchi belgi ham bo‘lmagan. Bu esa ko‘plab aniq fanlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan.
Al-Xorazmiy arab raqamlaridagi o‘ziga xoslikni tushuntirib beradi. Ayniq-sa, 0 raqamidan foydalanib istalgan miqdorni bildirish qulay ekanini, bunda rim raqamlariday qiyinchiliktug‘ilmasligini isbotlaydi. Shu tariqa, yevropaliklar murakkab rim raqamlaridan voz kechib, qulay bo‘lgan arab raqamlarini ishlata boshlashadi. Buyuk bobomizni esa algebra fani asoschisi sifatida tan olishadi.
42- va 43-topshiriqlarni o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, bajaradilar va javoblarni A4 formatdagi qog‘ozga yozib beradilar. Qaysi guruh tez va to‘g‘ri bajarsa, rag‘bat oladi.
42-topshiriq. Faqat 8, 0 va 5 raqamlari ishtirok etgan barcha uch xonali sonlarni shunday yozinki, har bir sonning yozuvuda raqamlar:
a) takrorlanmasin; b) takrorlansin.
a) 805, 850, 580, 508;
b) 888, 885, 880, 858, 855, 850, 808, 805, 800,
588, 585, 580, 558, 555, 550, 508, 505, 500.
43-topshiriq. Birliklari o‘nliklaridan 2 marta kichik bo‘lgan barcha ikki xonali sonlarni yozing.
45-topshiriqni o‘quvchilar rolli o‘yin orqali tushuntirib beradi. Bunda 6 ta o‘quvchida qo‘lida yoki bo‘yniga osilgan A4 formatda rim raqamlari bo‘ladi (3 tasida I, 1 tasida V, 2 tasida X). Qolgan o‘quvchilar 1 dan 20 gacha birgalikda sanaganda, tanlangan o‘quvchilardan ayrimlari oldinga chiqib, sonni ko‘rsatadilar, kimdir xato qilsa, uning o‘rniga qolgan o‘quvchilardan birinchi bo‘lib xatoni topgan o‘quvchi chiqadi va ular almashadilar.
Rim raqamlari jami 7ta bo`ladi.
D am olish daqiqasi.
O `qituvchi: Lets pley.
E kranda inglizcha “THE FINGER FAMILY” videosi qo`yiladi. O`quvchilar o`rnilaridan turib qo`shiq ijro qilish bilan birga qo`l va oyoqlarida harakatli mashqlar bajaradilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchi savollarni o`qib tegishli javobning raqamini O`quvchining javobi ga yozishi kerak bo‘ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlashda quyidagi misollar tarqatma tariqasida beriladi. O’quvchilarning javoblari tahlil qilinadi.
Shundan so’ng ekran orqali quyidagi trenajor mashq bajariladi.
Berilgan misollarning javoblari klaviatura orqali kiritiladi. Misollar to‘g‘ri va noto‘g‘ri bajarilganligi maxsus ovoz bilan bilinadi.
Ekranning o‘ng tomonida qiz tasviri bilan undov belgisi qo‘yiladi va unga bosganda ovoz eshitiladi: “Eslab qoling! Istalgan sonning yozilishida undagi rim raqami u qaysi o‘rinda turishidan qat’i nazar, ayni bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Shuning uchun sonning rim sanoq sistemasi nopozitsion sistemadir”.
Matematik diktant:
Matematik diktantaudio orqali o‘tkaziladi.
Eshitgan sonlarni yozing:
1) Uchinchi xonaning 7 birligi, ikkinchi xonaning 2 birligi, birinchi xonaning 1 birligi.
2) Uchinchi xonaning 4 birligi, ikkinchi xonaning 4 birligi, birinchi xonaning 5 birligi.
3) Uchinchi xonaning 6 birligi, ikkinchi xonaning birligi yo‘q, birinchi xonaning 7 birligi.
4) Uchinchi xonaning 8 birligi, ikkinchi xonaning 1 birligi, birinchi xonaning 6 birligi.
5) Uchinchi xonaning 9 birligi, ikkinchi xonaning 8 birligi, birinchi xonaning 1 birligi.
Matematik diktant o‘qib eshittirilgandan keyin “Tekshirish” tugmasi paydo bo‘ladi va u bosilganda to‘g‘ri javoblar ekranda paydo bo‘ladi, o‘quvchilar o‘zlarining javoblarini tekshirib oladilar.
721, 445, 607, 816, 981
V. Baholash va rag`batlantirish.
Guruhlardagi “rag`bat” kartochkalari hisoblab chiqilib, o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: Uyga vazifa qilib 47-misol va 48-masalalar beriladi va ularning shartlari tushuntiriladi.