Mavzu: ,,Qiziqarli matematik jumboqlar“
Maqsad: O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Mashg’ulotning borishi.
-Assalom, yurtimning bilimga boy maskani!
Assalom ey ilm-u fanning sohibu davronlari!
Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf-shonlari,
Siz kelajak bunyodkori, topqir-u zukkolari!
-Matematik darsimizda bo‘ling deymiz siz shodon,
Jilo bersin davraga turfa xil she’r betakror.
Qiziq topshiriq, misol sizga bo‘lsin armug‘on,
Bobomiz al-Xorazmiy ruhi bo‘lsin madadkor.
-Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar!
-Bugungi darsimizni hisob-kitob ilmi – matematika fanining qiziqarli jumboqlarini yechishga bag‘ishladik.
Mashg’ulotni o’tish uchun keling avval guruhlarga bo’linib olamiz:
I guruh II guruh III guruh
Daraxtda ilingan shakllarni olib o’z guruhingizga o’tirib oling.
1-shart . Guruhlardan nega bu shakllarni tanlaganliklari so’raladi va shakllar haqida bilgan ma’lumotlari sanalib ballanadi.
2-shart. Quyidagi sherdagi tushib qolgan so’zlarni toppish ta’lab qilinadi va kitobxonlik haqida so’z yuritiladi.
Arifmetik _____ amal, Mulohazaga chorlar
Qo‘shish hamda ayirish. Bo‘lish va ko‘paytirish.
Uchga to‘rtni qo‘shamiz Shunday oson topilar
Javobi bo‘lar ________. Qo‘shishda har yig‘indi.
Kamayuvchi, ayriluvchi, Yuzdan saksonni ayir
Hosil bo‘lar ayirma. Javob bo‘lar _______.
Karra jadvalin bilsang, Yodda tutgin, hayotda
__________ oson ish. Hisob kerak yoz-u qish.
Bo‘linuvchi, bo‘luvchi, O‘nni ____ga bo‘lganda
Qani, bo‘linma toping. Bir bo‘lar, shuni biling.
Beshga beshni qo‘shing Javobini tez topib
Keyin ______ ayring. Etti bo’lishin ayting.
3-shart. O’quvchilarga sonlar ko’rsatiladi va ular bu sonlarni u xil tilde aytishlari talab qilinadi
Sonlar
Rus tilida aytilishi
Ingliz tilida aytilashi
Tojik tilida aytilishi
ноль
zero
сифр
один
one
як
два
two
дуюм
три
three
се
четыре
four
чор
пять
five
панҷ
шесть
six
шаш
семь
seven
ҳафт
восемь
eight
ҳашт
девять
nine
нӯҳ
десять
ten
ten
4-shart: “Vayvonot zinasi” o’yini
Unda o’quvchilar ingliz tilida quyidagi hisoblashni bajarishlari kerak bo’ladi.
yil
2018
tiger + rabbit + cloud-carrion-wolf-lion + sun=5+6+5-7-4-4+3=4
5-shart : “Chaqqon bolajon” o’yini
Bunda bolalar quyidagi shakllarni yig’ishlari kerak bo’ladi.
6-shart: “Beshinchisi ortiqcha” o’yini
7-shart: “Aylantir” o’yini
8-shart “Eslab qol” o’yini
Bu o’yinda Slaydlar orqali sonlar ko’rsatiladi va o’quvchilarni ularni yozishlari kerak bo’ladi.
9-shart: “Tez-tez bo’l” o’yini
-Albatta, tezkorlik va topqirlik bu – bilimlar cho‘qqisi sari olib boruvchi yo‘l hisoblanadi. Bu o’yinda o’quvchidan ma’lum vaqt oralig’ida ko’p uchburchak yasash talab qilinadi.
Guruhlar ballarini hisoblash. G‘olib guruhni taqdirlash.
-Bugungi fayzli darsimizning aziz ishtirokchilari, shu bilan mashg’ulotimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
Barchangizga faol ishtirokingiz va e’tiboringiz uchun tashakkur aytamiz. Salomat bo‘ling.