kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Математика фанидан дарс ишланма

Нажмите, чтобы узнать подробности

Математика фанидан дарс ишланма 4-синф укувчилари учун

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Математика фанидан дарс ишланма»

Noma’lum ayiriluvchini topish.Tenglamalarning murakkab ko‘rinishi. Vaqt birliklari jadvalini takrorlash.229-235

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: Tenglamalar yechishga o‘rgatish, noma’lum ayriluvchini tenglamalar orqali topishga o‘rgatish. Vaqt birliklarini jadvalini takrorlash orqali bilimlarni mustahkamlash. TK1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK3: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish; FK1: arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay olish.

Tarbiyaviy: O‘quvchilarni vaqtni qadrlashga, vaqtlarini zoya ketkazmaslikka o‘rgatish. Ona tabiatga va undagi noz-ne’matlarga mehr-muhabbat hissini uyg‘otish, ularni asrab-avaylashga o‘rgatish. Barcha kasb egalari mehnatini hurmat qilish va qadrlashga o‘rgatish. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarda o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish, sinfdoshlarini o‘z fikriga ishontirishni, munozara madaniyatini shakllantirish. O‘quvchilarda topqirlik, zukkolik va aqliy tafakkurni rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

Assalom,

Qo‘limizga olamiz daftar va qalam.

Darsimizdir-matematika,

U aql uchun soz gimnastika!

-Bolajonlar hozir o‘lkamizda qaysi fasl?

-Hozir nechanchi yil?

-Bir yilda nechta fasl bor?

-Har bir fasl necha oydan iborat?

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash

IPT

Uyga berilgan topshiriq 227-228 misol va masalalar o‘quvchilarni daftarlarini yig‘ib olib tekshiriladi. O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib olinadi.

1-guruh: ”Bilimdonlar”

2-guruh: ”Donolar”

3-guruh: ”Topqirlar”

So‘ng o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Mohir hisobchi” o‘yini tashkil etiladi. O‘yinda har bir guruhlarga noma’lum kamayuvchini topishga doir misollar yozilgan kartochkalar beriladi. Qaysi guruh misollarni birinchi va to‘g‘ri ishlab bo‘lsa g‘olib sanaladi.

Kamayuvchi







Ayriluvchi

150

345

132

253

366

547

Ayirma

300

585

525

123

120

157


Kamayuvchi







Ayriluvchi

451

295

698

760

546

725

Ayirma

180

155

475

207

159

210


Kamayuvchi







Ayriluvchi

556

394

755

689

835

499

Ayirma

231

196

141

265

122

212


Guruhlar javoblari tekshirilib g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.

III. Yangi mavzu bayoni

Bolajonlar biz siz bilan o‘tgan darsimizda noma’lum kamayuvchini topishni, tenglamalarning murakkab ko‘rinishlari bilan tanishgan edik. Bugun esa noma’lum ayriluvchini topishni, tenglamalarning murakkab ko‘rinishi va vaqt birliklari jadvallarini ko‘rib chiqamiz. Ayirishning hadlarini bir eslab olaylik:

100-50=50

Bu yerda: 100-kamayuvchi, 50-ayriluvchi, 50-ayirma.

Darslik bilan ishlash:

229-topshiriq. 1)193-betga qarang. Ayirishda sonlar o‘zaro qanday bog‘langanligini ko`rib chiqib, ekran orqali ayriluvchilarni klaviatura yordamida kiritadilar.


  1. Tenglamaning yechilishi va tekshirilishini tushuntiring:

500-x=350 Tekshirish:

X=500-350 500-150=350

X=150 350=350

230-misol. Tenglamani namuna bo‘yicha doskada bajaradilar.

1)90-(x+20)=60 2)100-(x-10)=80

Namuna: 750-(x+130)=90 750 660

X+130=750-90 90 130

X+130=660 660 530

X= 660-130

X=530

Tekshirish: 750-(530+130)=750-660=90.

231 – topshiriqda vaqt birliklari jadvali esga olinadi.

1yil=12oy 1asr=100yil

  1. 2 yil = 24 oy 5 yil-u 6 oy = 66 oy

300 yil = 3 asr 900 yil = 9 asr

232-masala. Masalalarni taqqoslab va amallar bo‘yicha yechadilar:

1)Bir qopda 27 kg, ikkinchi qopda esa undan 24kg ortiq kartoshka bor edi. Ikkinchi qopdagi kartoshka 3kg dan qilib xaltachalarga solindi. Nechta xaltacha kerak bo‘ldi?

Birinchi qopda – 27 kg

Ikkinchi qopda – ?, birinchidan 24 kg ko`p

Xaltachalarga solindi – ikkinchi qopdagi kartoshkalar 3 kg dan qilib

Ishlatilgan xaltachalar soni - ? ta

Yechish: (24 + 27) : 3 = 17 (ta)

Javob: ikkinchi qopdagi kartoshkalar uchun17 ta xaltacha kerak bo‘ldi.


2)Bir qopda 27 kg, ikkinchisida esa undan 24kg ortiq kartoshka bor edi. Hamma kartoshka 3kg dan qilib xaltachalarga solindi. Nechta xaltacha kerak bo‘ldi?

Birinchi qopda – 27 kg

Ikkinchi qopda – ?, birinchidan 24 kg ko`p

Xaltachalarga solindi – hamma qopdagi kartoshkalar 3 kg dan qilib

Ishlatilgan xaltachalar soni - ? ta

Yechish: (24 + (24 + 27)) : 3 = 8 + 17 = 25 (ta)

Javob: ikkla qopdagi kartoshkalar uchun 25 ta xaltacha kerak bo‘ldi.


233-topshiriq. Har qaysi bino nechanchi yilda qurilgan?

Quvnoq daqiqa:guruhlarga mantiqiy topishmoq masalalar aytiladi

1. Bir daraxtda o‘n ikkita butoq,

Uch yuz oltmish besh yaproq,

Yaproqlarning bir yog‘I qora, bir yog‘i oq.

(YIl, oy, kun, kechavakunduz)

2. Suv ichida qorasi,

Oppoq tovuq don cho‘qir,

Nechta tovuq bo‘ladi

Qo‘shilganda olasi?

(Uchta)

3. Izlab borar edi buloq,

Ikki echki hamda uloq.

Ularda bor qancha quloq?

Qancha tuyoq hamda oyoq?

(6ta quloq, 12ta oyoq, 24ta tuyoq).

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

IPT

Yangi mavzuni guruhlarga topshiriqlar berish orqali mustahkamlanadi. “Oyga poyga” o‘yini tashkil etiladi. bunda har bir guruhga raketa shaklidagi kartochkalar beriladi. Kartochkalarda vaqt birliklariga doir misollar berilgan bo‘ladi. Qaysi guruh misollarni birinchi va to‘g‘ri ishlab bo‘lsa, o‘sha guruhning raketasi oyga birinchi bo‘lib parvoz qiladi.

Guruhlar ishi tekshirib baholanadi. G‘olib guruh aniqlanadi. kemalar fazoga parvoz qiladi. Shundan so`ng ekran orqali vaqt birliklari bo`yicha tayyorlangan trenajor mashq bajariladi.Bunga ko`ra o`quvchilar bulutlarda berilgan vaqt birliklarini o`sish tartibida joylashtiradilar.

.

V. Darsni yakunlash, o‘quvchilarni baholash

-Bolajonlar bugungi mavzu yuzasidan kimda qanday savol bor?

-Kim qaysi misolni yechishga qiynaldi?

-Tenglamalardagi noma’lum sonni aniqlash usulini bilib oldingizmi?

-Vaqt birliklari jadvali tushunarlimi? Yodingizda qoldimi?

Dars davomida berilgan barcha topshiriqlar yuzasidan g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi. Qolgan guruhlar ham rag‘batlantiriladi.

VI Uyga vazifa berish.

Uyga vazifa 234-235 misol va masalalar.

234-masala. Xat tashuvchi 35 ta xatni tarqatishi kerak edi. U bir necha xatni tarqatganidan keyin unda 20 ta xat qoldi. Xat tashuvchi nechta xat tarqatgan?

235-misol. 70002-(235+16309) 100-68:17•20

875131+34915-680173 (54+46):50•12




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Математика фанидан дарс ишланма

Автор: Кенжабаева Машхура Махмуджановна

Дата: 10.04.2020

Номер свидетельства: 546072

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(31) "3-синф математика"
    ["seo_title"] => string(17) "3_sinf_matematika"
    ["file_id"] => string(6) "548713"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1588602219"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
1390 руб.
1980 руб.
1850 руб.
2640 руб.
1750 руб.
2500 руб.
1750 руб.
2500 руб.
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства