Просмотр содержимого документа
«"Касрлар ва уларнинг устида амаллар"»
X SINF ONA TILI VA ADABIYOTI TEST III CHORAK
1. -ajak qo‘shimchasi ko‘proq qaysi uslubda qo‘llanadi?
A. ilmiy. B. rasmiy C. publisistik D. so'zlashuv
2. Yanglig‘, kabi, singari kabi ko‘makchilardan qaysi birida uslubiy bo‘yoq kuchli?
A. yanglig' B. kabi C. singari D. t.j.y
3. Quyidagi so'zlardan qaysi biri jonli so'zlashuv uslubiga xos?
A. tayyor B. muhayyo C. shay D. taxt
4. Quyidagi so'zlardan qaysi biri uslubiy xoslanmagan bo'lib, kengroq tushunchani ifodalaydi?
A. tayyor B. muhayyo C. shay D. taxt
5. Ko‘plik qo‘shimchasi qaysi (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslublarda hurmat, kinoya-piching, kuchaytirish ta'kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi
A. ilmiy. B. rasmiy C. publisistik D. so'zlashuv
6. Yuz, ko‘z, qo‘l kabi so‘zlarga -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda, qanday uslubiy ma’no ifodalanadi?
A. hurmat B. kinoya-piching C. kuchaytirish ta'kidlash D. taxminlash
7.Ukamga oldim – ukam uchun oldim kabi birikmalar qanday sinonimlar deyiladi?
A. uslubiy B. lug’aviy C.gramatik D.ma’noviy
8. Qaysi kelishik shakllari ko‘makchilar bilan ma’nodosh bo‘la oladi?
A. tushum B. chiqish C. qaratqich D. bosh
9. Rais uka, sizni ko‘rganim... xursandman. (O‘. Umarbekov) Nuqtalar o'rniga kelishik qo'shimchasini qo'ying?
A. -ga B. -da C. -dan D. -ni
10.Quyidagi keltirilgan misralarda –lar qo’shimchasi qanday ma’no anglatgan?
Sening xotirangni unutmas also, Mening yuraklarim, O’rta Osiyo.
A. hurmat B.ko’plik C.kuchaytirish D.tur
11.Quyidagi qo'shimchalardan qaysi bir subektiv baho ifodalovchi qo'shimchalar deb yuritiladi?
A. -ni, -ga, -da, -ning. B. -cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy C. -dek, -day, -niki. D. -lar, -mas, -ib, -moqchi
12. Ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, avaylamoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, e’zoz etmoq, papalamoq (po‘palamoq). so'zlaridan qaysi biri bosh ( dominantA. so'z va uslubiy xoslanmagan.
A. ayamoq B. ehtiyotlamoq C. avaylamoq D. ardoqlamoq,
13. -cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy kabi bir qancha qo‘shimchalar qaysi uslublarda nofaol, kam qo'llanadi?
A. ilmiy va rasmiy. B. badiiy C. so'zlashuv D. publisistik
14. Azob, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam ushbu so'zlardan qaysi biri dominanta va uslubiy xoslanmagan?
A. aziyat B. zahmat C. uqubat D. azob
15. Quyidagi so'zlardan qaysi biri mehnat bilan bog‘liq azobni bildiradi?
A. jabr B. zahmat C. aziyat D. alam
16. Hozirgi zamon qo‘shimchasi -yap ko‘proq qaysi uslubda qo‘llanadi?
A. ilmiy B. publisistik C. rasmiy D. so'zlashuv
17. Poetik nutqda – badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan zamon qo'shimchalarini ayting?
A. -yap B. -a C. -ajak D. -ay
18. Qaysi zamon shakllari aniq zamonni emas, umuman, zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham ishlatiladi?
A. kelasi z. B. o'tgan z. C. hozirgi z. D. t.j.yo'q