kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ikki xonali va uch xonali songa ko’paytirish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu dars boshlang'ich 4-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, o`quvchilarga ko’paytirishni qulay usullarda bajarishni, turmushda uchraydigan turli miqdoriy munosabarlar bilan bog‘liq holda bajariladigan ishlarda o‘lchov birliklari, nisbatlari o‘rtasidagi bog'lanishlarni to‘g‘ri ko‘ra bilishga o‘rgatadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ikki xonali va uch xonali songa ko’paytirish»

Samarqand viloyat Kattaqo’rg’on shahar

14-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi XUDAYNAZAROVA MANZURAning




4-sinf matematika fanidan OCHIQ DARS ISHLANMASI



DARSNING MAVZUSI:

IKKI XONALI VA UCH XONALI SONGA KO’PAYTIRISH

DARSNING TAQSIMOTI

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O`tgan mavzuni so`rash

5 daqiqa

3

O`tilgan mavzularni mustahkamlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

6

Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish

5 daqiqa

TEXNOLOGIK XARITASI

Ish bosqichlari va mazmuni

Faoliyat mazmuni

O`qituvchining

O`quvchining

Faoliyat jarayoni

Dars turi: noan’anaviy – kichik guruhlarda ishlash, yangi bilim beruvchi dars.

Dars metodi: ko`rsatmalilik, suhbat, savol-javob, didaktik o`yinlar, aralash

Dars jihozi: plakatlar, testlar, tarqatma didaktik materiallar, rasmlar, jadvallar, meva- sabzavotlar, texnik vositalar.


Dars maqsadlari:











Kutilayotgan natija:

Ta’limiy: O’quvchilarga ko‘paytirishni qulay usullarda bajarishni o’rgatish

Tarbiyaviy: Tabiatni sevishga o’rgatish , estetik tarbiya berish

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakasini oshirish

O’quvchilar ko’paytirishga oid bilimlarni puxta egallab, ularga doir misol masalalarni yecha oladi




I. Bosqich.

Tashkiliy qism.

Salomlashish, o‘quvchilarni darsga jalb qilish. Navbatchi bilan savol-javob o‘tkazish. Dars qoidasini eslatish. M’anaviyat daqiqasi o‘tkazish.



Tinglashadi. Savollarga javob berishadi

II. Bosqich.

O`tgan mavzuni so`rash

O`quvchilarni to’rtta guruhga bo`lib olish. O`tilganlar yuzasidan savollar beriladi

Amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Yozib oladilar.

III.Bosqich. O`tilgan mavzularni mustahkamlash

Ko`rgazmali qurollar orqali o`tilgan mavzularni so`rab mustahkamalash , Klaster” usulidan foydalanish.

Tinglashadi. Savollarga javob berishadi, yozib oladilar.

IV. Bosqich.

Yangi mavzu bayoni

Hisoblashni turli qulay usullarini tushuntirish, rasmlar orqali mavzuni yoritish

Tinglashadi. Savollarga javob berishadi, yozib oladilar.

V. Bosqich.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzu “Diagramma”, “BBB” “Tushunchalar tahlili” usulida mustahkamlanadi

Tinglashadi. Savollarga javob berishadi, yozib oladilar.

VI. Bosqich.

Dars yakuni.

O`quvchilar bilimlarini baholash, rag`batlantirish va uyga vazifa berish



  1. Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga ko’paytirishni qulay usullarda bajarishni o’rgatish turmushda uchraydigan turli miqdoriy munosabarlar bilan bog‘liq holda bajariladigan ishlarda o‘lchov birliklari, nisbatlari o‘rtasidagi boglanishlarni to‘g‘ri ko‘ra bilishga o‘rgatish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatni sevishga o’rgatish , estetik tarbiya berish

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning hisob-kitob ilmiga oid bilimlarini rivojlantirish, ingiliz tiliga qiziqishlarini o’stirish

Darsning turi: noan’anaviy, sayohat darsi.

Darsning metodi: suhbat, klaster , mustaqil ish, raqobatlashtirish.

Darsning jihozi: ko‘rgazma qurol, mevalar , daraxt, tarqatma varaqa, plakatlar, soat modeli, kompyuter va texnik vositalar

Darsning borishi:

  1. tashkiliy qism: salomlashish, o‘quvchilarni darsga jalb qilish.

O‘qituvchi: Bolajonlar hozir qaysi dars?

O‘quvchilar xor bo‘lib:

Darsimiz riyoziyot,

Hisob-kitob qilamiz.

Raqamlarning sirlarin,

Puxta bilib olamiz.

Dars shiori:

Qo‘shamiz va olamiz, ko‘paytirib bo‘lamiz,

Tez va to‘g‘ri hisoblab, ham chiroyli yozamiz.

O‘qituvchi: Navbatchining hisobotini eshitamiz.

Navbatchi sana, davomat haqida hisobot beradi.

O‘qituvchi: Bolalar, bugun biz darsimizda tabiatga sayohat qilamiz. Siz tabiat deganda nimani tushunasiz?

O‘quvchilar bilganlaricha javob berishadi. Masalan:

Tabiat bizni o‘rab turgan olam, daraxtlar, tog‘lar, havo va.h.

O‘qituvchi: Hozir biz darsimizda tabiatga sayohat qilamiz. Lekin avval tabiat haqidagi shiorimizni bir eslab olaylik.

O‘quvchilar xor bo‘lib:

Tabiatjon sen onamiz,

Chiroyingga parvonamiz,

Boyliklaring ko‘zga surtib,

Seni doim avaylaymiz.



Vaqt

o’lchov

birligi



O‘qituvchi: Barakalla. Ana endi ko‘zchalarimizni yumib sayohatga chiqamiz. Ko‘zimizni ochamiz, mana biz tabiat qo‘ynidamiz. Tabiatda bahor faslining boshlanishi. Bu vaqtda tabiat qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

O‘quvchi: Bahorda qushlar uchib keladi, daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Yer yuzi yam–yashil maysalar bilan qoplanadi.

O‘qituvchi: Barakalla. Lekin mana bu daraxtni qaranglar barg ham chiqormabdi, gullamabdi ham, atrofida qushlar ham yo‘q. Bolalar daraxtga yordam beramizmi? Buning uchun mana bu qushlar, maysalar, barglar, gullarning savollariga javob berishimiz kerak. Shunda ular o‘z o‘rinlarini topishadi. Tayyormisiz?

Mana bulutlar ham quyosh yuzini to‘sib turibdi daraxtimiz gullashi uchun, bulutlarni tarqatishimiz kerak. Bulutlarning ham savollari bor ekan, javob bera olasak, ular tarqab ketadi.



Bulut topshiriqlari:






1. Sanoq qaysi son bilan boshlanadi? (1)

2. Eng katta bir xonali son qaysi? (9)

3. Alisher Navoiy bobomiz nechanchi fevralda tug‘ilgan? (9)

4. Ertaklar qaysi son bilan boshlanadi? (1)

O‘quvchilar savollarga javob berishadi.

O‘qituvchi: Bolalar qaysi son kelib chiqdi? Vatanimiz tarixida shu yili qanday qutlug‘ sanalar esda qoldi?

1- o‘quvchi: 31-avgust – Vatanimiz mustaqil beb e’lon qilindi.

2- o‘quvchi: 1- sentabr – Mustaqillik bayrami deb e’lon qilindi.

3- o‘quvchi: 18- noyabr – Davlat bayrog‘imiz qabul qilindi.

4- o‘quvchi: 29-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi va 86 foiz ovoz bilan I.A.Karimov O‘zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi.

O‘qituvchi: Bolalar endi ma’naviyat daqiqasi orqali guruhlarga bo‘linib olamiz. Birinchi Vatan haqida gapirgan o‘quvchimiz yonimda keladi va o‘z guruhini shakllantiradi. Savollar:

1.Vatan deganda nimani tushunasiz?

2. Vatan haqida she’r aytib bering.

3. Biz yashaydigan Vatan qanday nomlanadi?

4. Vatan haqida maqollar ayting.

5. Registon maydoni qaerda joylashgan ?

6. Vatanimiz poytaxti qayer?

Savollargta javob bergan o‘quvchilar bir guruhni tashkil etishadi va ular “Vatan” guruhi deb nomlanadi.

O‘qituvchi: Mustaqillik bayrami haqida gapirgan o‘quvchimiz yonimda keladi va o‘z guruhini shakllantiradi.

Savollar:

  1. Vatanimiz mustaqil bo‘lganiga necha yil bo‘ldi?

  2. Mustaqillik so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.

  3. Mustaqillik so‘zida nechta unli, tovush bor?

  4. Mustaqillik so’zida nechta undosh tovush bor?

  5. 2016-yil qanday yil deb nomlandi

  6. Mustaqillikka erishishda kimning xizmati katta?

  7. Savollargta javob bergan o‘quvchilar bir guruhni tashkil etishadi va ular “Istiqlol” guruhi deb nomlanadi.

O‘qituvchi: Davlat bayrog‘i haqida gapirgan o‘quvchimiz yonimda keladi va o‘z guruhini shakllantiradi.

Savollar:

  1. Bayroq davlatning nimasi hisoblanadi?

  2. Yana qanday davlat ramzlarini bilasiz?

  3. Davlat gerbi qachon tasdiqlangan?

  4. Yana qanday davlatlarni bilasiz?

  5. 18 sonini qanday hosil qilish mumkin?

  6. Bayroqda nechta rang bor?

Savollargta javob bergan o‘quvchilar bir guruhni tashkil etishadi va ular “Bayroq” guruhi deb nomlanadi.

O‘qituvchi: Saylov haqida gapirgan o‘quvchimiz yonimda keladi va o‘z guruhini shakllantiradi.

Savollar:

  1. Saylov nima ushun o‘tkaziladi?

  2. Fuqarolar necha yoshdan boshlab saylovda qatnashishi mumkin?

  3. Dekabr oyida yana qanday bayramlar bor?

  4. Qaysi oyda 29 soni 4 yilda bir marta keladi?

  5. 29 yoshga kirishingiz uchun yana qancha yil bor?

  6. Saylov necha xil bo’ladi ? (ochiq , yopiq)

Savollargta javob bergan o‘quvchilar bir guruhni tashkil etishadi va ular “Saylovchilar” guruhi deb nomlanadi.

O‘qituvchi: Biz bulutlar topshirig`ini bajarib ularni haydadik va guruhlarga ham bo‘linib oldik. Endi esa daraxtga yordam berishni boshlaymiz. Kunlar isishi bilan qushlar uchib keladi, keyin esa daraxtlar kurtak chiqaradi. “Vatan” guruhi qushlarni chaqiradi, “Istiqlol” guruhi barg chiqishiga yordam beradi, “Bayroq” guruhi yerni yashil maysalar bilan bezaydi, “Saylovchilar” guruhi daraxtning gullashiga yordam berishadi.

Guruhlarga orqasiga savollar yozilgan qushlar, maysalar, barglar, gullar tarqatiladi va guruhlar o‘z ishini boshlaydi.

Q ushlarning savollari.







O‘tilgan mavzular yuzasidan savollar:

1. Uzunlik o‘lchov birliklarini aytib bering.

2. Og‘irlik o‘lchov birliklarini aytib bering.

3. Vaqt o‘lchov birliklarini aytib bering.

4. Eng kichik og‘irlik o‘lchov birligini ayting.

5. Eng kichik uzunlik o‘lchov birligini ayting.

6. 2 sutka necha soat bo‘ladi?

7. 3 asr necha yil bo‘ladi?

8. Perimetr qanday topiladi?

O‘quvchilar savollarga javob beradi va daraxtga qushlarni qo‘ndirib ketishadi.

Barglarning topshiriqlari. 665-misol, Ko’paytirishni bajaring .

  1. 32*59

  2. 72*27

  3. 64*28

  4. 41*84

O‘quvchilar topshiriqlarni bajarishadi.

Dam olish daqiqasi. Ingiliz tilida qo‘shiqlar aytish (videorolik)

666-masala

Bir do’konda 3 ta, ikkinchisiga esa 4 ta bir xil o’ram gazlama keltirildi . Ikkala do’konga hammasi bo’lib 672 metr gazlama olib kelindi. Har bir do’konga necha metrdan gazlama keltirilgan?

(Slaydchalar qushiladi)

Maysalarning topshirig‘i. Mavzular yuzasidan test savollari.

1 . 1000 dan bitta kam sonni ayting.

a) 999 b) 99 d) 899

2 . 1 kg necha gramm ?

a) 10 g b) 100 g d) 1000 g

3. 1 sr necha kg ?

a) 100 kg b) 1000 kg d) 10 kg

4 . 1 t necha kg ?

a) 100 kg b) 1000 kg d) 10 kg

Dam olish daqiqasi. Matematik maqollar.

O‘quvchilar bilgan maqollarini aytib beradi.

  1. Bir yigitga qirq hunar oz.

  2. Birni kessang mingni ek.

  3. Bilagi zo‘r birni yengar, bilimi zo‘r mingni.

  4. Yetti o‘lchab bir kes.

Gullarning topshiriqlari.








Uzunlik o’lchov birliklari? Og’irlik o’lchov birliklari?

O‘tilgan mavzular yuzasidan “ BBB “ metodi va “ Tushunchalar tahlili “ texnologiyasidan foydalanish


O’quvchilar topshiriqni bajarishadi


O‘quvchilar topshiriqni bajarishadi.




Uyga vazifa


O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash


12



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Ikki xonali va uch xonali songa ko’paytirish

Автор: Xudaynazarova Manzura Raxmatullayevna

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545552


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
1360 руб.
2260 руб.
1600 руб.
2660 руб.
1250 руб.
2090 руб.
1500 руб.
2500 руб.
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства