kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Farrux "свсвсвсв"

Нажмите, чтобы узнать подробности

в итви м с вс в с вс в с в  в с в с в св с 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Farrux "свсвсвсв"»

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI

BOSHQARMASI


NAMANGAN TUMAN XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH

BO`lIMIGA QARASHLI

23-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Ergasheva Malohatning

,,KITOBIM-OFTOBIM’’

tadbiri




,,KITOBIM-OFTOBIM’’

1. Assalomu alaykum nurli kunlar yuzlari ! 2. Assalomu alaykum kejajak kunduzlari ! 3. Assalomu alaykum Vatanimning ertalari ! 4. Assalomu alaykum jajji boshlang`ich sinf o`quvchilari ! 5. Assalomu alaykum, hurmatli kattalar, mehribon buvijonu bobojonlar ! 6. Assalom hurmatli aziz ustozlar, ham dono ham zukko qalbi quyoshlar !

7. Assalom mehribon ota-onalar, assalom qadrdon aziz mehmonlar !

8. Assalomu alaykum bolajonlar, qadrli tengdoshlar kichkintoy ukajonlar !

9. Kitobim-oftobim tadbiriga хush kelibsiz !

,, Assalomu alaykum” qo`shig`i, raqsi o`quvchilar ijrosida

,,Oftobim-kitobim” she’ri

Mening yaqin o`rtog’im

Hech tugamas bulog`im.

Kelajakning oftobi

O`zingdirsan kitobim !


Bilimlarning konisan

Ham aql sultonisan.

Mening nurli oftobim

Mazmunga kon kitobim.

Kitob qalbimizni yorituvchi oftob, u bizni ilm olishga, orzu qilishga, hayotni sevishga, olam bilan tanishishga chorlovchi buyuk donishmanddir.

Kitob sehrgardir. U dunyoni qayta ko`ra oladi. Kitobsiz olam-yovvoyilar olamidir.

Ha do`stlar, ajablanmang. Hozirgi sizga namoyish etadigan lavhamizda Ibn Sino bobomiz ishtirok etadilar. Xulosa chiqarish o`zingizga havola.

,,Kitob boylikdan afzal” nomli sahna ko`rinishi ko`rsatiladi.

Mana bizni olamga mashhur mana shunday bobolarimmiz bor. Biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Do`stlar, biz ham ularga munosib farzand bo`lishimiz kerak. Axir hadisda aytilganku, ,,Beshikdan to qabrgacha ilm izla” deb.


Jahonda kitobdin yaxshi yor bo`lmas,

Davr g`amxonasida g`amguzor bo`lmas.

Yolg`izlik qo`njida unda har-qachon,

Yuz rohat bo`lar lek bir ozor bo`lmas.

,,Ustozlar” qo`shig`ini tinglaymiz.

Avvalo kitobning yaratilish tarixiga bir nazar solsak, kitob bir necha yillar avval paydo bo`lgan bu davrlarda u turli hil ko`rinishda bo`lgan. Bobilliklar va boshqa xalqlar loydan yasashgan. Buning uchun ular yumhoq loydan tayyorlangan taxtachalar uchli yog`och bilan maxsus belgilar tushirilgan so`ngra ular oftobda yoki olovda pishirilgan.

Xitoyda dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga, keyinchalik mo`yqalam va tush ipakka, milodiy 2-asrdan boshlab qog`ozga yozishgan.

Kitob javonim

Javonimda tizilib.

Turar qator kitoblar

Alifbe-yu ertaklar.

Arifmetik hisoblar.


Ularni qo`lga olsam

Zerikmasman sira ham.

Bilim olib kitobdan

Hech kimdan bo`lmayman kam.

,,Sog`lom avlod” qo`shig`i, raqsi

Kitob

Kitob bilim manbayi

U bilan bo`lgin o`rtoq.

Tafakkuring charxlangan

Kitob-la bo`lsang inoq.


Har varag`ing asraylik

Bilimlarning konidir.

Dunyo ilmas irfonim

Egallash imkonidir.

Qadimda Misrda kitobdagi matnlarini tosh taxtachalarga o`yib yozishgan. Paperos `ixtiro qilingandan so`ng matn va xatlarni uchi o`tkir tayoqcha bilan ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozishgan.

O`zbekistonda ham kitobning paydo bo`lishi yozuvning yaratilishi bilan uzviy bog`liq. Qadimgi Misr, Rim, Yunonistinda bo`lgani kabi O`rta Osiyoda ham kishilar o`z fikirlarini tosh, sopol, suyak va boshqa materiallarda ifoda etganlar.

O`rta Osiyoda tarqalgan Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ,,Avesto” ning qadimgi nusxasi ham pergamentga yozilgan. Uning keyingi ko`chirilgan nusxalaridan biri Toshkentdagi ,,O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi” da saqlanadi.

Boshimizda oftob bor,

Qo`limizda kitob bor.

O`rganamiz, o`samiz,

Intilganga tole yor.


Naqadar tiniq osmon,

Bizniki barcha imkon.

Biznikidir kelajak,

Yurakda O`zbekiston.


Raqs qizlar ijrosida.

Qog`ozning kashf etilishi kitob tarixida yangi davr ochdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda 650-yillarda Samarqandda qog`ozli kitoblar bo`lgan. 15-asrda kitob bosish ixtiro etildi. Kitoblarimizning hozirgi shakli shunday paydo bo`lgan.

Kitob

Kitob-bilimning boshi,

Aqlu idrok quyoshi.

Kitobda nurli iqbol,

O`qib topaman kamol.


Zehning ortar kun sayin,

Zukko bo`lmog`ing tayin.

Dildan kelar shu xitob,

Bilim otasi-Kitob.

,,Alifbe” qo`shig`i

Kitoblar turli hajmlarda bo`lib gugurt qutusi shaklida, balandligi 1,5 metrga ham yetadiganlari bor. Kitoblar o`quv, ilmiy-ommabop, badiiy, o`quv-qo`llanma va boshqa turlarga bo`linadi.

Bu kitobdir” she’ri

Hayotimiz oynasi

Bilimlarning onasi.

Buyumlar durdonasi

Menga o`rgatgan odob.

Bu kitobdir, bu-kitob!


Aks etgan yer-u osmon

O`tmish kelajak zamon.

Unda she’r etak, doston

Har savolga bor javob.

Bu kitobdir, bu-kitob!


Hech tuganmas xazina

Har-bir varag`i zina.

Onaday issiq oyna

Saxiylikda hamma bop.

Bu kitobdir, bu-kitob!


Mazmunlari xlma-xil

Aqlinga qo`shgan aql

Do`stimdir juda ahil

Fan yo`lida nur oftob

Bu kitobdir, bu-kitob


,,O`ynaymiz, quvnaymiz” qo`shig`i raqsi

Hikmatli so`zlar:

1. Ko`p kitob yig`ish va ko`p do`st orttirishda ma’no yo`q, gap kitob va do`stni tanlashdadur.

2. Aql va idrok quyoshga o`xshaydi, ular dog`larni berkitadi.

3. Har bir odam va har-bir elning saodatli bo`lishiga bosh sabab ilmdir. Ekinlar uchun yyomg`ir sug`orish qanday kerak bo`lsa, odam bolasi uchun ham ilm shu darajada keraklidir.

4. Kitob-aql chirog`i.

5. Kitob bilim bulog`i-o`quvchining o`rtog’i.

6. Ilm olish har-bir muslim va muslima uchun farzdir.


Kitobning aytganlari”

Men kitobman o`rtoqman,

Aql hamda idrokman.

Kimki meni asrasa,

Manguga men hamrohman.

Ilm olsang kundan kun

Qilurman seni durkun.

A’lo bo`lsang o`qishda

Dono bo`lsang har ishda.


Menga bo`lsang doim esh

Olursan hamisha besh.

Senga bag`rim ochilgan

So’z durlari sochiqgan.


Xohlagancha terib ol

Buni tezroq bilib qol.

Bu so`zlarni unutma

Vaqr o`tadi sen kutma.


O`qi bedor bo`lsangham

Keyin boshing bo`lmas ham.

Alifbe kitobi

Eng birinchi do`stingiz

Bu men ,,Alifbe” bo`ldim.

Savodingiz chiqarib

Maqsadimga erishdim.


Men sizni sevar edim

Mehrimni berar edim.

Harflarni tanitib

Ongizga quyar eding.



Bilaman siz ham meni

Yaxshi ko`rib qolgansiz.

O`qib har-bir sahifam

Dono bo’lib olgansiz.


Xayr endi do’stlarim

Men endi ketar bo`ldim.

O`qish kitobin sizga

Do`st qib qoldirar bo`ldim.

O`qish kitobi

Men o`qish kitobiman,

Ko`p uqish kitobiman.

Sizlarga do`st bo`laman,

Ongingiz oshiraman.

Meni varaqlab ko`ring

Mag`zimni chaqib ko`ring.

Sahifamda ne bo`lsa,

Berilib o`qib ko`ring.


,,Alifbe” do`stim sizni

Maqtagandi ko`rayin.

Gapi bilmadim yolg`on,

Yo rostligin sinayin


Bilaman sizlar meni

Varaqlab o`rganasiz.

Yaxshi g`ayrat qilsangiz,

O`qib olim bo`lamiz.

Boshlovchi: Salom ,,Adabiyot” kitobi, xush ko`rdik seni. Juda hurmat qilib, yaxshi ko`rib o`rganishga so`z beramiz.

(Davraga Al-Motrudiy va Al-Marg`iloniy kirib kelishadi)

Motrudiy:-Aziz bolalar, men Abu Manur Al-Motrudiy bo`laman. 870-yilda Samarqandning Motrud qishlog`ida dunyoga keldim. Hadis ilmini o`rganib ,,Blimlar mamlakatidan” joy oldim.

Marg`iloniy:-Men esa Burxoniddin Marg`iloniydirman. 1123-yil 23-Sentabrda Marg`ilonda tavallud topdim. Islom dini, shariat qonunlarini, fiqx ilmini o`rgandim.

Motrudiy:-Bizlarni yod etib ona yurtimizda katta to`ylar qilinayotganini ko`rib g`oyat quvondik.

Marg`iloniy:-Bu to’ylarni uyushtirayotgan yurtboshingiz, va ota-onalaringizga, o`zbek xalqiga katta raxmat deymiz.

Motrudiy:- Kelgusida aqlli, dono, va ziyrak bo`linglar.

Marg`iloniy: -Ko`p bilimlar egallanglar






Kitob

Kitob bilimlar koni,

Maktab uning makoni.

Kitob-aql chirog`i,

Kitob-ilm bulog`i.

Kitobda bor ko`p ma’no,

O`qib bo`lgaymiz dono.

Kitobni qo`lga olib,

Mehr bilan o`qidim.

Bobomning so`zlaridan,

Cheksiz hikmatlar uqdim.

Ota-onalar bilan qiziqarli viktorina savollari o`tkaziladi.

Kitobni o`qish orqali biz bilim olamiz, dunyoni anglaymiz, odobli axloqli bo`lishni, iymon-e’tiqodli bo’lishni va juda ko’p yaxshi xislatlarni o’rganamiz. Bularning hammasi uchun biz kitobdan minnatdormiz !


,,Kamolot” qo`shig`i, raqsi ijro etiladi.


Tadbir so`ngida tashrif buyurgan mehmonlar va maktab ma’muriyatiga

so`z beriladi.



SSENARIY MUALLIFI: Namangantuman 23-sonli maktab

boshlang`ich sinf o`qituvchisi.






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Farrux "свсвсвсв"

Автор: ававава вывыв вывывыв

Дата: 25.04.2020

Номер свидетельства: 547954


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства