Просмотр содержимого документа
«Dars ishlanma "Har xil maxrajli kasrlarni qo'shish va ayirish»
6 sinf Matematika
Mavzu:Har xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish
DARSNING MAQSADI
1.Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga har xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish haqida umumiy ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni Vatanga sodiq barkamol inson ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga har xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirishga doir misol va masalalar yechishda bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish.
Dars tipi:Yangi bilim beruvchi
Dars turi:Musobaqa va hamkorlik
Dars metodlari:Aqliy hujum,Sikveyn metodi,topishmoq va she’rlar
Foydalangan adabiyotlar: 6 sinf matematika darsligi, “ZiyoNet” tarmog’ining matematika5.zn.uz sayti
Dars jihozi: kompyuter, video glaz, ekran
Darsning borishi
Tashkiliy qism
a) O’quvchilar bilan salomlashib,davomat aniqlanadi.Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linadi va guruhlarga nom qo’yib, guruh sardorlari tayinlanadi.
b) O’tilgan mavzuni so’rash
O’tilgan mavzu: Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish.
O’qituvchi: Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish bu kasrlarni----------
Ekranda kasrlarni umumiy maxrajga keltirishga doir misollar beriladi o’quvchilar belgilangan vaqt oralig’ida misollarni ishlashlari talab etiladi.
Abu Ali ibn Sino guruhiga 1) 3/6 va 15/36 2) 5/14 va 23/7
Al Xorazmiy guruhiga 1) 7/8 va 1/14 2) 7/12 va 8/9
I.Karimov 2005 yil yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik
palatasi va Senatining qo’shma majlisida «Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir» nomli ma’ruzasidan foydalanib tuzilgan masalalardan
masala Abu ali ibn Sino guruhiga
Amudaryo uzra uzunligi 681 m li zamonaviy avtomobil ko’prigidan yengil avtomobil 60km/soat tezlik bilan o’tgan bo’lsa, u ko’prikdan qancha vaqtda o’tgan.
Berilgan S=681m = 0,681 km v=60 km/soat t=?
Yechish: bosib o’tilgan masofani topish formulasi S= v.t bunga asoslanib t=S/ v
O’zbekistonda 2005 yilda ishga tushirilgan Toshkent Boysun-Qumq’orq’on temir yo’l magistrali Toshguzar-Dehqonobod uchastkasini poyezd 72 km/soat tezlik bilan 47,5 minutda bosib o’tgan bo’lsa, yo’lning uzunligini toping.
Berilgan v =72km/soat t=47,5 minut S =?
Yechish: v =72km/soat= 72:60min=1,2m/min
bosib o’tilgan masofani topish formulasi S= v* t bunga asoslanib
S= 1,2*47,5= 57 m Javob: S= 57 m
Yangi mavzu bayoni : Bugungi mavzu: «Har xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish»
1/3 + 1/6 = ?
Xo’sh o’quvchilar bu aylanada jami qanday qism bo’yalgan?
O’quvchilar: 3/6 qism
O’qituvchi: Yashang. To’g’ri demak 3/6 qism bo’yalgan, endi shu 3/6 qismni topamiz.
1/3 +1/6 = 2+1/6 = 3/6
Berilgan kasrlarning umumiy maxraji har bir kasr maxrajiga bo’linadigan eng kichik son, ya’ni kasrlar maxrajlarlarining EKUK dir.
Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish bu kasrlarni bir xil ulushlarda ifodalashdir.
1-mashina butun yo’lning 2/7 qismini 2- mashina butun yo’lning 2/5 qismini o’tishdi.Yo’lning qanday qismi bosib o’tilgan va qanday qismi qoldi?
Yechish 1) 2/7 + 2/5 = 10+14/ 35 = 24 / 35
2) 35/35 – 24 / 35 = 11/ 35
Javob : ikkala mashina jami masofaning 24 /35 qismini bosib o’tishgan va 11/35 qismi qolgan.
Ekranda berilgan misollarni 2 ta guruhdan 2 ta o’quvchi chiqib ishlaydi.
Ibn Sino guruhiga 1) 7/10 + 3 /20 = 14+3/ 20 2) 4/25 + 9/10 = 8+45/50 = 53/50
Al Xorazmiy guruhiga 1) 3/8 + 7/12 = 9+14/24 2) 2/6 + 6/8 = 8+18/24 = 26/24
Keyingi masalani ishlaymiz. Birinchi bankaning 1/2 qismi va ikkinchi bankaning 1/4 qismi suv bilan to’ldirildi. Jami bankalarning qanday qismi suv bilan to’ldirilgan?
+ =
1/2 1/4 3/4
Birinchi bankaning 3/4 qismi suv bilan to’ldirilgan edi suvning 1/2 qismi ikkinchi bankaga solindi. Bankada suvning qanday qismi qolgan?
3/4 - 1/2 = 1/4
Toshkent va Samarqand shaharlaridan bir-biriga qarab 2 ta mashina yo’lga chiqdi. Toshkentdan kelayotgan mashina 1soatda yo’lning 1/4 qismini , Samarqanddan kelayotgan mashina 1 soatda yo’lning 1/5 qismini bosib o’tdi. Mashinalar 1 soatda shaharlar orasidagi masofaning qancha qismiga yaqinlashadi?
Yechish: 1) 1/4 + 1/5 = 5+4 / 20 = 9/20
Javob: 2 ta mashina shaharlar orasidagi masofani 9/20 qismga yaqinlashtiradi.
Endi o'quvchilar ma'naviy daqiqa yushtiramiz. Har bir guruhdan 1 tadan o’quvchi doskaga chiqadi va ularga mantiqiy she’r o’qib beriladi.
Qo’nishmoqchi bo’lishdi Yolg’iz aylasa nola
Gul shohiga bulbullar Bir bulbulga yetmas shox
Bir shoxga ikki bulbul Ilg’ab olgin ey bola
Qo’nib aylasa navo Nechta edi bulbullar va atirgul shoxlari?
Ortib qolar bitta shox Fikr qilib yecha qol
Bulbulsiz chekar u oh Mayli, sinab topa qol!
Bitta shoxga bir bulbul
2-guruhga
Birodar to’xta bir dam Ota umrin yarmicha Shu qabrning yonida Hayot ko’rmish bu farzand
Yotar unda Diofant Farzand dog’i olimning
Shu yerda topdi uning Jigar bag’rin tig’ladi
Uzoq umri nihoya Ayriliq dardida u
Qabr toshidagi yozuv achchiq-achchiq yig’ladi
Hayotidan hikoya O’g’li vafotidan so’ng
Bolalik umrining 1/6 4 yilgina yashadi
Yigitlik damlari 1/12 So’ng o’zi ham shu qabr
Uylandi Diofant Tomon qadam tashladi
Va kutdi farzand qancha umr ko’ribdi?
Farzand orzusida Shu qabrda yotgan zot
Kechgan yillari Nechun uning ishlarin
Besh yil va umrining 1/7 Hamon yetishadi yod
Birodar bering javob
Shundagina Ollohim Bu ishing topar savob
etdi ato bir dilband
Berilgan Yechish
x- hamma umri 1/6x+ 1/12x + 5+ 1/7x + x/2 + 4 = x
1/6 x- bolalik x - 1/6x - 1/12x - 1/7x - x/2 = 9
1/12x- yigitlik 84x - 14x - 7x - 12x - 42x = 756
5+1/7x – farzand kutish 9x = 756
x/2 - Ota umrin yarmicha x=84
4 – o’gli vafotidan so’ng yashagan umri
Javob: Diofant 84 yil umr ko’rgan
D arsni mustahkamlash: Sonli labirintni ishlaymiz. Tashqi aylanada turgan qaysi songa ichki aylanada turgan qaysi sonni qo’shsa (yoki ayirsa)markazdagi son hosil bo’ladi?
3 /8 13/8 1/3
65/40
1/8
3/8
8/40
21/40 9/20 1/3 1 23
29/40 32/40
1/2
14/20 4/5 29/30 7/10
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.