Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Xorazmda taxminan 783-yilda tug‘ilgan. Al-Xorazmiy «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob» asari bilan algebra faniga asos soldi. Shu asar tufayli olim nomining lotincha shaklida «algoritm» termini paydo bo‘lgan. Al-Xorazmiy Bag‘doddagi «Bayt ul-hikma» (Donishmandlar uyi)da rasadxona, kutubxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi.
Al-Xorazmiyning 10 ta asari bizgacha yetib kelgan:
1. «Hind hisobi haqida» (Fi hisab al-hind).Bu asarning XII asrda Ispaniya olimi Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga tarjima qildi. Keyinchalik Bonkompani, K.Fogel, I.Sevilskiylar tadqiq qildilar.
Risola 8 ta bobdan iborat bo‘lib: 1) natural sonlarni «hind raqamlari» hisoblangan 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 lar yordamida yozish; 2) sonlarni qo‘shish va ayrish; 3) ikkiga bo‘lish va ikkiga ko‘paytirish qoidalari; 4) ko‘paytirish amali va uni 9 raqami yordamida tekshirish; 5) bo‘lish; 6) kasrlar hisobi; 7) kasrlarni ko‘paytirish; 8) musbat sonlardan kvadrat ildiz chiqarish.
Bu risola hisob bo‘yicha qo‘llanma sifatida Yaqin va O‘rta Sharq hamda G‘arbiy Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Lotin tiliga tarjimasida «al-Xorazmiy» so‘zi Algorithmus (Algoritmus) deb yozildi va jahon faniga yangi “algoritm” atama sifatida kiritildi.
2. «Al-jabr va al-muqobila haqida qisqa kitob» (Al-kitab al-muxtasar fi hisab al-jabr va-l-muqabala)
Bu asarni XII asrda Ispaniya olimlari Kremonalik Gerardo va Batlik Adelardlar arab tilidan lotin tiliga, keyinchalik Gans va Grantlar ingliz tiliga tarjima qilish asosida o‘rgandilar.Bu risola 27 ta bobdan iborat.
3. «Al-Xorazmiy ziji» (ya’ni jadvallari) yoki «Al –Ma’mun ziji».
Bu risola 37 ta bobdan iborat bo‘lib, uni XII asrda Ispaniya olimi Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga, keyinchalik X.Zuter nemis tiliga, B. Kopelevich rus tiliga tarjima qildilar.
4. «Astrulyabiyalarni qo‘llash haqida kitob»(Kitab al-amal bi-l-astrulabat).Bu risolada astronomiyaga oid 43 ta masala hal qilingan.
5.«Astrulob yordamida azimutni aniqlash» (Ma’rif as-samt bi-l-astrulab). X asrda yashagan Ibn Nadimning «Fixrist» asarida tilga olinadi.
6. «Quyosh soati tekisligida soatni ko‘rish haqida» (Amal as-saat fi basit ar-ruham a).
7. «Astrulobni yasash haqida kitob» (Kitab amal as-astrulab).U X asrda yashagan Ibn Nadimning «Fixrist» asarida tilga olinadi.
8. «Quyosh soati haqida kitob» (Kitob ar-ruham a).Bu risola haqidagi ma’lumot Ibn Nadimning «Fixrist»ida bor.
9. «Jo‘g‘rofiya kitobi» (Kitob surati-l-ard). Mjik tomonidan arab tilidagi matn chop qilingan.
10. «Yahudilar eralari va bayramlari haqida risola» (Risola fi istixroj ta’rix yahud va a’yodihim). Bu risola AQSh olimi E.Kennedi tomonidan o‘rganildi.
Al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan 10 ta risolasidan quydagi 3 ta katta kashfiyot haqida aytish joizdir:
1. «Hind hisobi haqida»gi risolasida o‘nlik pozitsion sanoq tizimining oltmishlikdan ustun ekanligini ko‘rsatgan va bu asarni lotin tiliga tarjimasi orqali o‘nli pozitsion sanoq tizimi tarqalgan.
2. «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob»ida aljabrni astronomiyaning yordamchi qismidan mustaqil fan darajasiga ko‘tardi, 6 ta chiziqli va kvadrat tenglamalarni tasniflagan.
3. Al-Xorazmiy o‘z shogirdlari bilan orasidagi masofasi 35 km. bo‘lgan Tadmor va ar-Rakka shaharlaridan o‘tuvchi Yer sharining 10 li meridiani uzunligini hozirgi o‘lchovda 111814,64 metr (XIX asrda Bessel110938 metr hisoblagan. Xorazmiy va Besselning o‘lchovlari orasidagi farq 876metrga yaqin) hisoblagan.
Al-Xorazmiy 850-yilda Bag‘dodda vafot etgan.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Al Xorazmiy haqida ma'lumot»
Al-Xorazmiy hayoti va ijodi