Просмотр содержимого документа
«O'nli kasrlarning yozilishi va o'qilishi»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Samarqand viloyati
Kattaqo’rg’on shahridagi 13-umumiy o’rta ta’lim maktabining
matematika fani o’qituvchisi Ma’rupova Dilfo’zaning
matematika fanidan bir soatlik ochiq dars
ISHLANMASI
Kattaqo’rg’on shahar
Sana:
Sinf: 5-sinf
Fan: Matematika
MAVZU: O’nli kasrlarning yozilishi va o’qilishi
Maqsad: Darsni DTS talabi asosida o’tish
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’nli kasrlarni yozilishi va o’qilishini o’rgatish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda matematikaga qiziqishini uyg’atish. Oilani muqaddas maskan ekanligini, ota-onaning farzandlariga bo’lgan mehrini hech qachon unutmasligini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni kasrlar haqidagi olgan barcha bilimlarini rivojlantirish.Guruhlarda xamkorlikda ishlash samaradorligini o’rgatish.
Dars turi: Yangi bilim
Dars usuli: Noan’anaviy dars
Dars jihozi: Yozuv taxtasi, bo’r ,5-sinf Matematika darsligi,ko’rgazmali qurollar,turli rangdagi kartochkalar videoproyektor.
Darsni metodi: Aralash, Guruhlarda ishlash,bayon qilish
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi axboroti. Yozuv taxtachasi va lattani tayyorligini tekshirish. Jurnalni yozish.
O’tilganlarni takrorlash.
Sinf o’quvchilari 5 ta guruhga bo’linib o’tirishadi.
Bilimlar:
- O’nli kasrlarni yozilishi va o’qilishini bilish
Ko’nikmalar:
- O’nli kasrlarni yoza olish va o’qiy olish
Malakalar:
- Har qanday o’nli kasrlarni mustaqil yoza olish va o’qiy olish
Kompetensiya turi: O’quv – o’rganish
O’qituvchi: O’quvchilar bugungi darsimizning mavzusi “O’nli kasrlarning yozilishi va o’qilishi ”, darsimizning nomi esa “Oila- muqaddas maskan”. Hammamiz bilamiz Vatan oiladan boshlanadi. Ota-onamizni va boshqa oila a’zolarimizni hurmat qilishimiz, e’zozlashimiz, qo’limizdan kelgancha yordam berishimiz kerak. Oila haqida Ko’p she’rlarni, maqollarni, ertak va rivoyatlarni o’qigansizlar deb o’ylayman. Qani kim oila, ota-ona, farzand haqida maqollar aytadi. (O’quvchilar o’zlari bilgan maqollarni aytadilar).Endi darsimizga qaytamiz.
O’qituvchi o’tgan darsda o’tilgan mavzu yuzasidan guruhlarda test-savol o’tkazadi.
1. Surati maxrajidan katta kasr qanday nomlanadi?
To’g’ri kasr B) Aralash son D) oddiy kasr E) Noto’g’ri kasr
2. Noto’g’ri kasr qiymati haqida nima deyish mumkin?
1 dan katta B) 1dan kichik D) 1ga teng E) 0 ga teng
Bir xil maxrajli ikki kasrdan q aysining surati kichik bo’lsa osha kasr ...... bo’ladi.
Kichik B) Katta D) to’g’ri kasr E) noto’g’ri kasr.
4. Qaysi javobda kub hajmi formulasi keltirilgan.
A) V=abs B) V=a3 D) S=ab E) S= a2
Savol: O’nli kasrni natural songa bo’lish qanday bajariladi?
Javob: O’nli kasrni natural songa bo’lish natural sonlarni bo’lish kabi bajariladi. O’nli kasrning butun qismini bo’lish tugagach, bo’linmaning butun qismidan keyin vergul qo’yiladi. Qoldiqlar o’ndan bir, yuzdan bir, … ulushlarda maydalanib, ularga berilgan o’nli kasrning o’ndan bir, yuzdan bir,.. ulushlari qo’shiladi va bo’lish jarayoni natural sonlarni bo’lish kabi davom ettiriladi.
Savol: Bo’linmadam qachon 0 butun yoziladi?
Javob: O’nli kasrning butun qismi bo’luvchidan kichik bo’lsa.
Savol: Sonlarning o’rta arifmetik qiymati deb qanday songa aytiladi?
Javob: Bir necha sonlar yig’indisini qo’shiluvchilar soniga bo’lish natijasi shu sonlarning o’rta arifmetik qiymati deyiladi.
3. Yangi mavzu bayoni.
VI. Darsni mustaxkamlash: 1-7- mashqlar sinfda yechiladi
Tarqatmalardagi misollarni guruhlar hamkorlikda ishlab yozuv taxtasiga ilishlari kerak.
1) Berilgan sonning berilgan maxrajini toping
2) Berilgan sonning berilgan suratini toping
3) Berilgan sonning berilgan ,maxrajini toping
4) Berilgan sonning berilgansuratini toping
5) Berilgan sonning berilgan maxrajini toping
5. Baholash. Guruhlarni ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi. Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi
6. Uyga vazifa: Bu berilgan misollar uyga vazifa bo’ladi. Uyga vazifa.11- 13-mashqlar