kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему "Групповые формы обучения" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

   Использование групповых форм обучения имеет ряд преимуществ:

  1. Позволяет учащимся быть субъектами учебно-воспитательного процесса: ставить перед собой цель, планировать ее достижение, самостоятельно приобретать новые знания, контролировать товарищей и себя, оценивать результаты деятельности своих товарищей и себя.
  2. Готовит к деятельности в условиях постоянной изменчивости социальной среды путем развития их сознания.
  3. Обеспечивает высокое качество знаний по предмету, многократное повторение изучаемого материала, обучение друг друга, опорные конспекты – это только некоторые приемы, повышающие качество знаний.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему "Групповые формы обучения" на узбекском языке»

GURUXLARGA BO‘LIB DARS O‘TISH” TEXNOLOGIYASINING AFZALLIKLARI

Safarova Nigora Nasillayevna.

BDU qoshidagi 4-akademik litsey

Abstract: The problem with students is extremely relevant to contemporary society. Teacher must be to organize activities of students to able, gifted students to develop not only the ability, but his erudition, memory, intelligence, speech culture, hard work.

Kalit so’zlar: axborot va xizmat ko‘rsatish asri, innovatsion tendensiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi siyosiy ijtimoiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy xayotimizning barcha soxalarida tub isloxotlarni amalga oshira boshladi va ijtimoiy taraqqiyotning yangi davrini bosjlab berdi. Isloxotlar keng ko‘lamda, barcha soxalarda olib borildi. Yurtboshimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, «Biz nafaqat siyosiy jabxani, balki iqtisodoyotni xam, ma’naviy axloqiy soxani xam islox qilishimiz zarur. Bu g‘oyat keng ko‘lamdagi isloxotlar bo‘lib biz ularni kompleks tarzda xal qilish orqaligina o‘z maqsadlarimizga erisha olamiz. Isloxotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, nechoqlik javob berishiga taqalib qoladi. Yurtimizning ertangi xayoti va taqdiri avvalambor shu muammolarni uzil kesil yechish bilan chambarchas bog‘langanligini xar qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas. Shu sababli ham biz nihoyatda murakkab, ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadigan ana shu vazifani ado etishga kirishdik» deb bejiz ta’kidlamagan edi.

Biz XXI asrda axborot va xizmat ko‘rsatish asrida yashab kelmoqdamiz. Ushbu tarixiy jarayonda yuz berayotgan ijtimoiy – iqtisodiy va ijtimoiy — siyosiy rivojlanishga keng ko‘lamdagi innovatsion tendensiyalar, fan, madaniyat soxasidagi o‘zgarishlar, axloq, estetika va san’atning boshqa turlaridagi nomutanosibliklar chuqur ta’sir ko‘rsatdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni asosiy maqsadi O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, jaxonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga xissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazishni tashkil qilishdan iborat. Xar qanday mutaxasis kadr bevosita ta’lim tarbiya jarayonida shakllanadi. Ana shu ma’noda mamlakatimizda ta’limni islox qilish, uning integratsiyasini ta’minlash xamda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni olib kirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ta’limda texnologik yondashuvni qo‘llash bir qancha imkoniyatlarni yaratib beradi:

— maqsadni aniq qo‘yish asosida pedagogik jarayonni erkin boshqarish;

— mavjud amaliy tajribani amaliyotda qo‘llashni taxlil qilish va tizimlash;

— ta’lim jarayonida shaxsni shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitni ta’minlash;

— pedagogik texnologiyalarning nisbatan samaraliroqlarini tanlash va yangilarini ishlab chiqish.

Dars jarayonida talabalarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda, dars davomida xamma talabalarning faolligini ta’minlashda «Guruxlarga bo‘lib dars o‘tish» juda katta samara beradi. Guruxlarda dars o‘tishning an’anaviy darsdan farqli jixatlari mavjud bo‘lib, quyidagi qulayliklarni yaratib beradi:

Birinchidan, unda talabalar faol ishtirok etadilar, xech bir talaba vazifasiz qolmaydi;

Ikkinchidan, talabalar topshiriqni yechishda o‘z o‘rtoqlari bilan birga qatnashadilar. Bunda bir birlariga fikr muloxazalarini aytishga va bir – birlarini fikrlarini tinglashga imkoniyat tug‘iladi va ular o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va xamkorlik yuzaga keladi.

Uchinchidan, ko‘pgina talabalar guruxlarga bo‘linishda shu gurux uchun javobgar ekanliklarini bilganliklari xolda ularda ma’suliyat xissi shakllanadi.

To‘rtinchidan talabalar guruxlardagi ish vaqtida o‘zlarini ancha erkin tutadilar, ularga imkoniyat berilganligi uchun mustaqil fikr aytishga (xatto u noto‘g‘ri bo‘lsada) va mavzu ustida mustaqil fikrlashga imkoniyat tug‘iladi. Bu esa tortinchoq va uyatchan bolalarda xam o‘ziga nisbatan ishonch xissini paydo qiladi.

Beshinchidan, bu ta’lim usuli demokratik jamiyat tamoyillariga asoslangan boshqalarni shaxs sifatida xurmat qilish va boshqalarni fikrini tinglash, xar qanday fikrga munosabat bildira olish xususiyatini shakllantiradi.

Guruxiy ish tizimini joriy qilish o‘qituvchining ish uslubiga xam bog‘liq. O‘qituvchi guruxlarda dars o‘tish mobaynida o‘z imkoniyatlari va tolerantlik chegarasini aniq bilib olish kerak. Chunki guruxlarda dars o‘tish mobaynida talabalarning o‘zaro baxs – munozarasi va tortishuvlari auditoriyada shovqin va besaramjonlik tug‘dirishi mumkin. Bunday xolda o‘qituvchi bolalarga talabalik etikasini eslatishi va sabr – toqat bilan talabalar baxsini kuzatmog‘i zarur. Agar o‘qituvchi darsda tinchlik xukmron bo‘lishini xoxlasa imkoniyatlar chegaralanadi.

Guruxlarda ishlashda yakun chiqarish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:

— fikrlar, natijalar varaqalarga yozib chiqiladi;

— ish tugaganidan so‘ng ular qanday yangi ko‘nikmalarni egallaganlilklari, ishda qanday natijaga erishganlikllari gurux bilan birga muxokama qilinadi;

— talabalar tajriba orttirib borishlariga ko‘ra nimalarni o‘rgandilar va nimalarni o‘rganishlari lozimligi to‘g‘risidagi fikrlar eshitiladi;

— guruxning xar bir a’zosini yangi yechim va fikrlari qayd etib boriladi;

— mavzuni o‘rganish jarayonida gurux a’zolarida qanday yangi fikr va takliflar tug‘ilganligini so‘rab, ularni yangi darsda qo‘llash mumkinligi aytiladi;

— yakun chiqarish paytida talabalar boshqa talabalarni ishtirokini baxolar ekanlar ularga tanqid qoidalararini xam o‘rgatish kerak.

Guruxlarda dars o‘tishning axamiyatli jixatlari quyidagilar:

yaxlit narsa doimo qismlar yig‘indisidan kattadir. Xech kim xamma narsani bilmaydi;

talaba ishga qo‘shadigan xissasini o‘zi belgilaydi va shuning uchun xam unda bajonidil ishtirok etadi;

stereotiplar parchalanadi;

xayrli osoyishta muxit talabalar va o‘qituvchilardagi stressni kamaytiradi;

talabalar o‘zlariga ko‘proq ishonadilar;

xamkorlik o‘zaro xayrixoxlikni rag‘batlantiradi.

Yana shuni xisobga olish kerakki, guruxlarda faoliyat ko‘rsatayotgan talabalarning yoshi, iqtidori, dunyoqarashiga xam e’tibor bermoq zarur. Birdaniga talabalarga xulosa chiqarishga imkoniyat berish noto‘g‘ri, buning uchun ularda baxolash mezonlarini o‘zlashtirib olish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bu guruxlarda dars o‘tish mobaynida talabalarda tanqidiy tafakkur qobiliyatini shakllantirish uchun munozarali savollar berish zarur chunki bu savollar talabalarning bilim darajasini aniqlashga yordam beradi. Talabalarni mavzuni yodlashga emas unga munosabat bildirishga o‘rgatmoq zarur. O‘qituvchi talabalarni ularga o‘z fikrlarini guruxning boshqa a’zolarining fikri bilan taqqoslab, vaziyatni taxlil qilishga undash kerak. Agar biz talabalarni faqat bizdan eshitgan axborotlargina va ma’ruzalar matni asosida javob berishga undasak, ularda mustaqil tafakkur qobiliyatini shakllantirishga xalaqit bergan bo‘lamiz. Talabalar yangi pedagogik metodlardan foydalanib, o‘zgalar xuquqini xurmat qilishga, tafakkurning yangi – yangi mustaqil usullarini rivojlantirishga, maqsadga erishish uchun, ijodiy va tanqidiy fikrlash zarurligini anglab yetadilar.

O‘qituvchi dars o‘tish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qanchalik yaxshi qo‘llamasin, uning tarbiyachi sifatidagi maxorati xam muxim axamiyatga ega. Tarbiyachi avvalo talabalar qalbiga yo‘l topa olishi kerak. Pedagogik texnologiyalarni afzal tomonlari dars samaradorligini oshirishda bir qancha tamoyillarga javob berishidadir. Masalan: talabalar shu tarzda dars o‘tilganda mavzuni sodda va oson tushunadilar, esda qolarli va qiziqarli bo‘ladi, eng asosiysi talabalarni o‘z ustida ishlashga da’vat etish bilan birga ijodiy izlanishga xam imkoniyat beradi. O‘qituvchi va talaba o‘rtasida mustaqil fikr almashish imkoniyatini tug‘diradi.

Talabalarning mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish uchun muammoning ma’naviy, shakliy, tuzilmaviy, jabxalarini xisobga olgan xolda e’tiborni bir qancha masalalarga qaratmog‘ zarur.

— bir muammoni yechish uchun bir necha usullar berilib, talabalarga maqsadga muvofiq usulni tanlashga imkoniyat beriladi;

— mavzuni o‘rganish jarayonida talabalarga mavzuga doir qo‘shimcha manbalarni erkin tanlash imkoniyati beriladi;

— muammolarni yechish mobaynida oddiydan murakkablikka o‘tishga katta e’tibor berish kerak.

Mustaqil fikr yuritish o‘zining samaradorligi, dolzarbligi, universalligi bilan talabalarni kasbiy tayyorgarlik maxorati sari yetaklaydi, jamiyat va tabiat xodisalarini anglash uchun puxta negiz xozirlaydi. Talabalarning mustaqil fikrlashi to‘la ochilmagan imkoniyatlarni ochishga, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiladi. Xar qanday yangilik, taraqqiyot inson aql – zakovatining maxsulidir, xuddi shu bois fan, texnika ishlab chiqarish rivoji ko‘p jixatdan mutaxasisning fikrlashiga bog‘liq. Bugungi kun talabasi ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat va qadriyatlarni egallshi bilan bir qatorda, fan texnika yutuqlarini o‘zlashtirib, o‘z aqliy faoliyati bilan mustaqil davlatimiz ilmiy va ijodiy saloxiyatini jaxon sivilizatsiyasi darajasiga ko‘tarishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Kаrimоv I.А. O’z kеlаjаgimizni o’z qo’limiz bilаn qurаmiz. – Tоshkеnt: O’zbеkistоn, 1999.

  2. Аzizхo’jаеvа N.N. Pеdаgоgik tехnоlоgiya vа pеdаgоgik mаhоrаt.-Tоshkеnt: TDPU, 2003.

  3. Bаhriеv А., Bаhriеvа N. Yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr оrqаli o’qitishdа ichki mоtivаsiyani shаkllаntirish. / “Хаlq tа’limi” jurnаli, 2006, № 6. -25-28


















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья на тему "Групповые формы обучения" на узбекском языке

Автор: Сафарова Нигора Насуллаевна

Дата: 07.05.2017

Номер свидетельства: 413649


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства