Просмотр содержимого документа
«"Ментал арифметика нима?"»
Mental arifmetika nima?
Mental arifmetika bu san’at va aql idrokni rivojlantiruvchi dasturdir.O’zbekistonda ilk bor Next Step Up School innovatsion maktabi sertefekatlangan trenerlar bilan birgalikda “Mental arifmetikasi”dasturini taqdim etmoqda.Ushbu dastur yordamida nafaqat o’qishda muavaffaqiyatga erishadilar,balki hayot motivatsiyasi ga ega bo’lib ,maqsadga intiluvchan bo’la boshlaydi.
Eshitishimizcha bu dasturni o’rgangan bir qancha davlatlarda ta’lim tizimida yuqori natijaga erishib borishmoqda. Mutaxasislarning fikricha bu dasturni o’rganish uchun 4yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni rivojlanishiga ancha yaxshi yordam beradi.Tajribalar shuni ko’rsatadiki, har qanday yoshdagi bolalar darslarni tezda qabul qilib , ishtiyoq bilan bajaradilar.
Mental arifmetikasi –bu yuqori sifatli dastur bo’lib,matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o’rgatadi. Mental arifmetika dasturi farzandingizga quyidagi malakalarni rivojlantirishga yordam beradi.
-Diqqatni jamlash;
-Mantiq;
-Tasavvur qilish;
-Analitik fikrlash;
-Ijodiy fikrlash;
Ushbu dastur bo’yicha bo’yicha ta’lim olayotgan bolalar nafaqat matematikadan balki boshqa fan sohalarida ham muvaffaqiyatga erisha oladilar. Bu yerda ular o’ziga ishonuvchanlikka va qiyinchilikni yenga olishga ega bo’ladi. Bolalarni hozirgi kunda chalg’ituvchi omillar ko’p bo’lganligi sababli, o’qishga qiziqishi qiyin bo’lganda, aynan shu muammoda mental arifmetika ota-onaga yordam beradi.
Bizning yosh avlodimiz ham Xitoy bolalari singari ixtirolar qilishiga,yangiliklar yaratishiga,erkin firlay olishlariga imkoniyatlar yarataylik.Bu mental arifmetika bolalarimizning tez hisoblay olishlari,mantiqni tez o’rganishlari,rahbarlik hislatlarini rivojlanishiga katta yordam beradi.
Ko’rib turibmizki,bizni yurtimizdan mental arifmetikaga qiziqadigan bolalar ham Xalqaro olimpiadalarga qatnashib ,yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarmoqdalar.