Просмотр содержимого документа
«Ehtimollik ta`riflari»
54-MAVZU: EHTIMOLLIK TA`RIFLARI
U yoki bu hodisaning muvaffaqiyatli ro’y berish imkoniyatini hodisaning ehtimolligi deyiladi
P harfi bilan belgilanadi
Lotinchaprobabilitas-ehtimollik so’zining birnchi harfidan olingan
Hodisalar ro’y berishining ishonchlilik darajasi ehtimollik tushunchasi bilan bog’liq
Ehtimollik haqidagi ma’lumotlar XVII asrda paydo bo’lgan.
Fransuz olimlari Blez Paskal va Pyer Ferma orasidagi matematik masalalar bo’yicha yozishgan xatlarida ehtimollik haqida mulohazalar yuritilgan.
Agara A orqali o’yin kubogi bir marta tashlanganda
“5 ochko” tushdi hodisasi belgilansa , u holda
A hodisaning ehtimolligiP(A)orqali belgilanadi,
P(A)=1/6ko’rinishida yoziladi va hodisaning ehtimolligi 1/6 deb o’qiladi
1- MASALA
Bir xil kartochkalarga 1 dan 20 gacha sonlar yozildi.
Kartochkalar stolga teskarisi bilan qo’yildi va aralashtirildi.
Tasodifan olingan kartochkadagi sonning 7 bo’lishi ehtimolligini toping.
.
YECHISH
Kartochkalar soni 20 ta. Har bir kartochkaga 1 dan 20 gacha sonlar bir martadan yozilgani uchun tanlash natijasida 20 ta teng imkoniyatli hodisalar ro’y berishi mumkin
Masalan :
1) 1 soni chiqdi; 2) 2 soni chiqdi;...20) 20 soni chiqdi.
Bunda “biror son chiqdi” hodisasi muqarrar hodisa
Bu muqarra hodisaning ehtimolligi 1 ga teng
A- “ 7 soni chiqdi” hodisasining ehtimolligi esa 20 marta kichik, ya’ni
P(A) = 1/20
Javob :1/20
Berilgan masalani murakkabroq ko’rinishda o’rganish
Bir xil kartochkalarga 1 dan 20 gacha sonlar yozildi.
Kartochkalar stolga teskarisi bilan qo’yildi va aralashtirildi.
Tasodifan olingan kartochkadagi sonning tub son bo’lishi ehtimolligini toping.
.
YECHISH
Kartochkalar soni 20 ta. A- “ 20 dan katta bo’lmagan tub sonning chiqishi” hodisasini qaraymiz