Просмотр содержимого документа
«Burchak.To'g'ri va yoyiq burchak»
Samarqand viloyatiKattaqo`rg`on shahar16 - maktab matematika fan o`qituvchisi Nazarova Dilorom Yazdonovnaning5-sinf uchunbir soatlik dars ishlanmasi
Mavzu:
Burchak.To`g`ri va yoyiq burchak
I.Darsning mavzusi: 48.Burchak.To`g`ri va yoyiq burchak.
II.Darsning maqsadi: O`quvchilarni burchak tushunchasi bilan tanishtirish, burchaklarni taqqoslashni o`rgatish. Burchak bissektrisasi qanday nurligini, to`g`ri burchak va yoyiq burchaklarni farqlashni o`rgatish.
III.Darsda kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, matematik savodxonlikni oshirish hamda tayanch kompentensiyalarni elementlarini shakllantirish.
IV.Darsni amalga oshirish usuli: Aralash – amaliy, nazariy, musobaqa,savol-javob
V.Darsning jihozlari: kompyuter,epiproektor, ekran,tarqatma test topshiriqlar, chizish asboblari, rag`bat kartochkalari.
VI.Darsning borishi:
1.Darsning rejasi:Tashkiliy qism
№
Bo`limlar
1
Ajratilgan vaqt
Tashkiliy qism
2
Takrorlash uchun savollar
3
3
5
Test topshiriqlari
4
Yangi darsning bayoni
5
5
10
6
Mavzuni mustahkamlashuchun savollar
Dam olish lahzalar
5
7
3
Mavzuga doir masalalar yechish
8
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari
10
9
3
Baholash Uy vazifani topshirish
3
Darsning shiori:
1.Tashkiliy qism:bilan tanishtirish. Salomlashish . Davomatni aniqlash.Kun yangiliklarida xabardor etib manaviyat daqiqasini o`tish. O`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.Rag`bat kartochkalar
”5” baho - barakalla!
”4” baho -izlab, o`ylab ko’r!
2.O`tilgan mavzularni takrorlash bo`yicha savollar.(Foizlarni yakunlash bo`yicha olingan nazorat ishi tahlili va masalalar yechish)
a) Foiz nima?
b)Miqdorning yuzdan bir ulushi – 1% bo`lsa, miqdorning o`zi necha foiz bo`ladi?
d)Sonni foizga aylantirish uchun nima ish qilinadi?
e)Foizni songa aylantirish uchun qanday amal bajariladi?
3.Noma`lum sonning 14%i 80 ning 35%iga teng. Noma`lum sonni toping?
A)120 B)168 D)200 E)280
4.Yangi darsning bayoni:1. Burchak tushunchasi. Aziz o’quvchi! Sizlarning geometriya bilan ilk bor tanishuvingiz boshlang’ich sinflardanoq boshlangan.
Daftaringiz sahifalarida kesma, to’g’ri hiziq, siniq chiziq, uchburchak, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shakllarini chizgansiz. Bu shakllarning hammasi geometrik shakl (figura)lardir.
Daftaringiz, kitobingiz varag’i, deraza oynasi, sinf doskasi, stolning usti, tinch turgan ko’ldagi suv sathi tekislik haqida tasavvur beradi.
A
O
A
O B
Tekislikning bitta nuqtadan chiqqan ikkita nur bilan chegaralangan qismiburchakdeyiladi.
Umumiy O nuqta burchakninguchi,OA va OB nurlar esa burchakning
tomonlarideyiladi. Burchak yoki bitta harf bilan (O),
yoki uchta harf bilan (AOB) belgilanib, unda« » belgi burchak belgisiqo‘yilib yoziladi
(∠O yoki ∠AOB). O’qilishi: «AOB burchak» yoki «O burchak».
O nuqtadan chiquvchi OA va OB nurlar, ularni qo‘shganda butun tekislikni beradigan,
ikkita burchak hosil qiladi. Shu sababli ulardan biri O uchdagi burchakningichki sohasi∠AOB, ikkinchisi esa —tashqi sohasideyiladi.
Agar burchakning tomonlari to‘g‘ri chiziq hosil qilsa, burchak yoyiqburchak deyiladiAgar ikkita burchak bir-biriga joylashtirilganda o‘zaro ustma-usttushsa, ular teng burchaklar deyiladi.Qaralayotgan burchak, odatda, yoycha bilan belgilanadi:
2.Burchaklarni taqqoslash.
Ushbu rasmda yelping`ichning turli holatlari tasvirlangan.Bu rasmlarning qaysi birida yelping`ich eng katta burchakka ochilgan ? Qaysi birida yelping`ich eng kichik burchakka ochilgan? Bu savollarga javob berish uchun burchaklarni o`zaro taqqoslashni bilishimiz zaruz.
Ikkita burchakni taqqoslash – birini ikkinchisining ustiga quyish orqali amalga oshiriladi.Agar bir burchakning ikkinchisining ustiga ustma-ust tushadigan qilib quyish mumkin bo`lsa, bu burchaklar teng burchaklar deb ataladi.
A B (AB)
Rasmda A burchakni B burchak ustiga quyganda , ular roppa-rosa ustma – ust tushmoqda.Demak, bu burchaklar o`zaro teng. Bu A = B tarzida yoziladi.Teng burchaklar rasmda bir xil sondagi yoychalar bilan ajratib ko`rsatiladi
Burchak uchidan chiqib uni teng ikkiga bo`luvchi nur burchakning bissektrisasi deb ataladi.
3. To’g’ri burchak. To’g’ri burchak tushunchasi bilan oldindan tanishsiz. Bir shakl ikkinchisiga qachon teng bo’ladi, degan savolga javob beraylik.
Varaqni AO va OB nurlar ustma-ust tushadigan qilib buklang. So’ng varaqni oching. Buklash chizig’i yoyiq burchakni ikkita teng qismga ajratganini ko’rasiz. Bu qismlarning har biri to’g’ri burchakdir (rasm). Chizmada to’g’ri burchak, odatda, kvadratcha bilan ko’rsatiladi.Yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgan burchak to’g’ri burchak deyiladi
2. Yoyiq burchak. Varaqqa AB to’g’ri chiziq chizing. Unda O nuqtani belgilang. Shunda to’g’ri chiziq umumiy O uchga ega bo’lgan ikkita nurga ajraladi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita qismga ajratadi. Shu qismlarning har biri yoyiq burchakdir.
Tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi burchak yoyiq burchak deyiladi.
To`g`ri burchakni chizish uchun 8- rasmda tasvirlangan uchburchakli chizg`ichdan foydalaniladi. Bir tomoni OA nurdan iborat to`g`ri burchakni chizish uchun :-Uchburchakli chizg`ichning to`g`ri burchakli uchi O nuqtada , bir tomoni esa QA nurda yotadigan qilib qo`yiladi.-Chizg`ichning ikkinchi tomoni bo`ylab OB nur chiziladi.-Hosil bo`lgan AOB burchak to`g`ri burchak bo`ladi.
Tasvirlangan soatlarning soat va minut millari orasidagi burchaklarni belgilang.Eng katta burchak qaysi rasmda tasvirlangan? Eng kichik burchak qaysi rasmda tasvirlangan? Qaysi rasmda teng burchak tasvirlangan?
5. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Qanday geometrik shakllarni bilasiz?
2.Nur qanday shakl?
3.Kesma qanday shakl?
4.Burchak deb nimaga aytiladi? Burchak qanday belgilanadi?
5.Teng burchaklar deb qanday burchakka aytiladi? Yoyiq burchakning yarimi qanday burchak bo`ladi?
6.Burchakning ichki va tashqi sohalari qanday joylashgan?
7.Dam olish lahzalari:
1.Hazil masala.
Eh, janoblar , shundoq sifatim borki, u qanchalik kichik bo`lmasin, odamlar uni ijobiy hisoblashadi! Bu bilan biz doimo fahrlanamiz! Hech bo`lmaganda bitta nuqtamdan judo qilmoqchi bo`lgan odam ikkita ukamni hosil qiladi.Ularning xislatlari jamlanganda mening xislatim bilan barobar bo`ladi!
Bu kim? U qaysi sifatini aytayapti?
J:Kesma va uning bo`laklar yig`indisi.
2.Hazil masala.
Bir nuqta boshqa nuqtaga hasrat qilmoqda:
-Eh, turmushimda halovat yo`q,qismatim achchiq! Faqat AB kesma bo`ylab sayr etishimga ruxsat etilgan.U kesma esa nuqtasiz ekan.Yuraman, yuraman birorta jonzot uchramaydi!
Nuqtaning hasrati to`g`rimi? Kesmada nechta nuqta bor?
J:Kesmaning ta`rifi.
8.Mavzuni mustahkamlash uchun 5- sinf matematika darsligining 216-betdagi 1137-1142- masalalarni bajaramiz.
10-rasmda tasvirlangan burchaklarni ayting.Ularni uchi va tomonlarini aniqlang.
11-rasmda tasvirlangan nuqtalarning qaysilari: a) burchakda; b) burchakning ichki sohasida d) burchakning tashqi sohasida yotadi?
Qog`oz varag`ida ikkita burchak chizing va ularni qiyib oling. Bu burchaklarni bir-birining ustiga quyish orqali o`zaro taqqoslang.
10-rasmda burchaklarni ko`z bilan chamalab , o`zaro taqqoslang. Ularning orasida to`g`ri yoki yoyiq burchaklar bormi?
Qog`oz varag`iga biror burchakni chizing. Varaqni bukish orqali unit eng ikkiga bo`ling.
O nuqtadan chiquvchi O A, O B, OC va OD nurlarni chizing. Hosil bo`lgan barcha burchaklarni yozing.
Mavzuga doir test topshiriqlari.
1.AB kesmada C nuqta olingan . Agar AB=7 ga, CB=4 ga teng bo`lsa, AC kecmaning uzunligini toping?
A)7 B)4 C)3 D)11
2.Soat 15.00 da soatning soat va minut millari qanday burchakni hosil qiladi?