Просмотр содержимого документа
«Prizmaning yon va to`la sirtlari yuzlarini hisoblash»
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Norin tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 10-umumiy
o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi
TURONOV IKBOL ning
11-SINF uchun “Prizmaning yon va to`la sirtlari yuzlarini hisoblash” mavzusida bir soatlik
Ushbu dars ishlanmada barcha matematika fani o`qituvchilari amaliyotda foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi: Turonov Ikbol
Norin tumani 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining I toifali matematika fani o`qituvchisi.
Taqrizchi: Norin tumani 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi Qodirova Gulxumor
Mazkur dars ishlanma Norin tumani XTB ga qarashli 10-maktab uslubiy kengashining 2019-yil _____________dagi ___-sonli qarori bilan ko`rib chiqilgan va tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.
Namangan viloyati Norin tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 10-umumiy O`rta ta`lim maktabining II toifali matematika fani o`qituvchisi Turonov Ikbol Turg`unboyevich 1987-yil 28-sentabrda Norin tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. Namangan davlat Universitetining 2010-yilda tamomlagan va Uchqo`rg`on axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida matematika fani o`qituvchisi vazifasida ishlagan. 2017- yildan buyon Norin tumani 10-maktabda matematika fani o`qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.
Darsning maqsadi
Ta’limiy maqsad:O‘quvchilarga “prizmaning yon va to`la sirti” mavzusini tushuntirish.Matematik bilimlarni amaliyotda qо‘llash kompitensiyasini shakllantirib “prizmaning yon va to`la sirti” mavzusidagi tushunchalarni amaliyotda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Umummadaniy kompitensiyasini shakllantirib o‘quvchilarni ona Vatanga sadoqat, mehr-muruvvat ruhida tarbiyalab borish. O`quvchilarga geometrik shakllar haqidagi bilimlarni berish, jamiyatdagi o‘rni muhimligini tushuntirish, buyuk olimlar, allomalar haqidagi tarixiy ma’lumotlar, vatandoshlarimizning shu sohadagi faoliyati haqida tanishtirish, o‘quvchilarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivоjlantiruvchi maqsad: Kommunikativ kompitensiyasi shakllantirilib, o‘zaro muloqotga kirishib, jamoasi uchun hamjihatlik bilan o‘quvchilarda ijodiy faollikga, mustaqil ishlash qobiliyatini mustahkamlashga, hozir javoblikga o‘rgatish;
Darsning vazifasi:
O‘quvchilarga mavzu asosida prizmaning yon va to`la sirtini topishga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish, hamda kasbga yo‘naltirish, kompyuterlardan foydalanish va mavzuga doir masalalarni yechish ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda matematik savodxonlik kompetensiyasini shakllantirish.
O‘quv jarayonining mazmuni:
O‘quvchilar mavzuni mazmunan mohiyatini tushunib yetishi matematik tushunchalarini tasavvur qilishi, anglashi va eng sodda geometrik shakllar yordamida hayotiy masalalarni yechishda bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Uslub: “Aqliy hujum”, “Guruhlar bilan ishlash”.
Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash.
Vosita: Ko‘rgazmalar, kompyuter, tarqatma materiallar, savol va topshiriqlar.
Usul: . Savol-javob, bahs munozara.
Nazorat: yozma, og`zaki.
Baholash:Rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida baholash.
Kutilayotgan natijalar:
O‘quvchilar mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism 3 daqiqa
O‘tilgan mavzuni so‘rash 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa
Mustahkamlash 15 daqiqa
Guruhlarda ishlash 5 daqiqa
Uyga vazifa 2 daqiqa
Darsning borishi
Darsda kerakli ko‘rgazmali qurollar:11-sinf geometriya darsligi, tarqatma savollar, kompyuter texnikasi.
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-prizma; to‘g‘ri , to`g`ri burchakli va og`ma prizmalar;
-Sirtlar;
Dars turi: noan’anaviy.
Darsda qo‘llaniladigan usul:aqliy hujum, guruhlar bilan ishlash.
Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) sinf xonasini darsga tayyorligini tekshirish.
b) salomlashish, o‘quvchilardavomatni aniqlash;
c) o‘quvchilarni darsga tayyorligini uy vazifalarini ko‘rib chiqish.
Mashg’ulot “Guruhlarda ishlash” shaklida
O‘quvchilar yordamida, o‘z xohishlari bilan guruhlarni nomlab olamiz.
I-guruh. Al-Xorazmiy.
II-guruh. Mirzo Ulug`bek.
III-guruh. Ibn Sino.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savol-javob ( 5 daqiqa).
O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig‘lari chiqib tanlab oladilar.
Yangi mavzu bayoni:
O‘qituvchining kichik ma’ruzasi (10 minut)
Yangi mavzuni boshlashdan oldin kompyuterda keltirilgan savollar o‘quvchilarga ko‘rsatilib, ularni ta’riflari so‘raladi. Shundan so‘ng tushunchalar beriladi. Slayd orqali tasvirni katta ekranga chiqarib, o‘quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi. Kundalik faoliyatda turli model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olishi va foydalanishi, ya’ni matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan habardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakillantirish maqsadida kompyuterdagi rasmlardan foydalanamiz.
Ta`rif. Turli yerim tekisliklarda yotuvchi va parallel tekislik bilan ustma- ust tushuvchi ikkita yassi ko`pburchakdan hamda bu ko`pburchaklarning mos nuqtalarini tutashtiruvchi hamma kesmalardan iborat ko`pyoq prizma deyiladi(1-rasm). Ko`pburchaklar prizmaning asoslari deyiladi, mos uchlarini tutashtiruvchi kesmalar esa prizmaning yon qirralari deyiladi.
1-rasm.
Parallel ko`chirish harakat bo`lgani uchun prizmaning asoslari teng bo`ladi.
Parallel ko`chirishda tekislik parallel tekislikka (yoki o`ziga) o`tgani uchun prizmada asoslar parallel tekisliklarda yotadi.
Parallel ko`chirishda nuqtalar parallel (yoki ustma – ust tushuvchi) to`g`ri chiziqlar bo`ylab ayni bir xil masofaga siljigani uchun prizmaning yon qirralari parallel va o`zaro teng.
Prizmaning sirti asoslaridan va yon sirtidan iborat ya`ni
.
Yon sirti parallelogramdan iborat. Bu parallelogrammlarning har birida ikki tomoni asoslarining mos tomonlari hisoblanadi, qolgan ikki tomoni esa qo`shni yon qirralari hisoblanadi.
Prizma asoslarining tekisliklari orasidagi masofa prizmaning balandligi deyiladi. Bundan prizmaning sirti asosining perimetri va asoslari orasidagi balandlikning ko`paytmasiga teng ya`ni
.
Prizmaning bitta yog`iga tegishli bo`lmagan ikki uchini tutashtiruvchi kesma prizmaning dioganali deyiladi.
Agar prizmaning asosi n burchakli bo`lsa, u n burchakli prizma deyiladi. Bundan keyin biz asoslari qavariq bo`lgan prizmalarnigina qaraymiz. Bunday prizmalar qavariq ko`pyoqlardir.
To`g`ri prizma
Agar prizmaning yon qirrasi asoslariga perpendikular bo`lsa, bunday prizma to`g`ri prizma deyiladi. Aks holda og`ma prizma deyiladi.
2-rasm.
To`g`ri prizmaning yon yoqlari to`g`ri to`rtburchaklardir. To`g`ri prizma rasmda tasvirlashda uning yon qirralari vertikal qilib o`tkaziladi (2-rasm).
Agar prizmaning asoslari muntazam ko`pburchaklar bo`lsa, bunday prizma muntazam prizma deyiladi.
Prizmaning yon sirti (aniqrog`i yon sirtining yuzi) deb yon yoqlari yuzlarining yig`indisiga aytiladi. Prizmaning to`la sirti yon sirti bilan asoslari yuzlarining yig`indisiga teng.
1-Teorema. To`g`ri prizmaning yon sirti asosining perimetri bilan balandligining, ya`ni yon qirrasi uzunligining ko`paytmasiga teng.
3-rasm
Mavzuni mustahkamlash
“Baliq skeleti” ni tuzish qoidasi: baliqning tepa “suyagi”da mavzu bo’yicha muammolarni yozishda davom eting va past suyagida muammoni tasdiqlovchi dalillarni yozing.
Qaysi qator ko’p suyakli “baliq skeleti” ni tuzishsa, rag’batlantiriladilar.
“
Ko`pyoq
Baliq skeleti ” usuli uchun ekspet varag’i:
Hulosa:
Masala.
To`gri prizmaning asosi to`g`ri burchakli uchburchakdan iborat. Balandligi esa 6 sm. Agar asosining katetlari 3sm va 4 sm bo`lsa, prizmaning to`la sirtini toping.
Yechilishi:
Prizmaning asosini yuzi
Pifogor teoremasidan to`g`ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini topib olamiz.
To`gri burchakli uchburchakning perimetri
Yuqoridagi formuladan to`g`ri prizmaning yon sirtini topamiz
Yon sirti va asosining yuzlarini qo`shib to`la sirtini hosil qilamiz.
“Tushunchalar taxlili” usuli uchun o’quv topshirig’i:
1-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA
MAZMUNI
Ikki yoqli burchak
Prizma
Prizmaning yon sirti
2-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA
MAZMUNI
Ko’pyoqlar
Prizmaning to’la sirti
Vektorlarning skalyar ko’paytmasi
3-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA
MAZMUNI
Stereometriya aksiomalari
Vektor tushunchasi
Prizmaning to’la sirti
Mustahkamlash:
Har bir guruh a’zolari o‘z guruhi uchun ball yig‘adi
Har bir topshiriq bajarilgandan so‘ng, o‘quvchi rag‘batlantirib boriladi. Ruhlantirib borish uchun, ballar doskada e’lon qilib boriladi.
PISA testidan na`muna
Agar inson bir daqiqada 150 qadam tashlasa 20 sekundda nechta qadam tashlaydi?
50 ta B)60 ta C) 40 ta
Agar 26 qadamda 175 metr masofani bosib o`tsa uning qadamlari orasidagi masofa P ni toping?
70cm B)60 cm C) 65 cm
Agar Axmad har qadamda 60 cm masofani va 2 sekundda 3 marta qadam tashlasa, 360 metr masofani qancha vaqtda va nechta qadamda bosib o`tadi?
5minut-u 50 sekundda, 500 ta qadam
B) 6minut-u 10 sekundda, 420 ta qadam
C) 6minut-u 40 sekundda, 600 ta qadam
Krossvord
Mavzu:Uchburchaklar.
Topshiriqlar:
Burchak o’lchov birligi
Burchakni uchidan ciqib unit eng ikkiga bo’luvchi kesma.
Ucburchak burchagidan tomniga tushirilgan perpendikular.
Bo`yiga Kalit so’z.
To’g’ri burchakli uchburchakning to’g’ri burchagi qarshisidagi tomoni.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Guruhlarning yig`gan balllari jamlanadi va g`olib bo`lgan guruh e`lon qilinadi hamda o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
Uyga vazifa: Matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi.
Uyga vazifa uchun masalalar
Og’ma prizmada uning yon qirralariga perpendekulyar va hamma yon qirralarini kesi o’tadigan kesim o’tkazilgan. Kesimning perimetri p ga, yon qirralari esa l ga teng bo’lsa, prizmaning yon sirtini toping.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta`lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonuni 1997 – yil. 29 – avgust.
2. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi. Toshkent. 2017 yil.
3. B. Q. Xaydarov ”Geometriya” 11-sinf. Darslik. – toshkent 2018 y.
4. A. V. Pogorelov “Geometriya 10-11”. Darslik. – T. “O`qituvchi”, 2004 y.
5. Haydarov B., Sariqov E., Qo‘chqorov A. Geometriya. 9-sinf.–T.: “O‘zbekiston milliy enstiklopediyasi”, 2006 y.
6. Yunusova D. Bo‘lajak matematika o‘qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan, 2009 y.
7. Yunusova D.I. Ta’lim texnologiyalari asosida matematik ta’limni tashkil etish. T., «Universitet», 2005 y.
8. Turdiev N.SH., Asadov Yu.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, T.: 2015 y.
ELЕKTRON TA`LIM RЕSURSLARI
http://www.uzedu.uz- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi portali,
http://www.multimedia.uz (http:// www.eduportal.uz) -O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi sayti,
http://www.ziyonet.uz. - Ijtimoiy axborot ta’lim portali.