kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Изучать математику в разных мотодах.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Изучать математику в разных мотодах.Matematikani o`qitishda turli metodlar

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Изучать математику в разных мотодах.»

Matematikani o‘qitishda muammoli, blokli va modulli metodlar


Buxoro shahar kasb- hunar maktabi matematika fani o'qituvchisi Husenov Sharif Abduraxmonovich


Annotatsiya.Ushbu maqolada matematikani o'qitishda muammoli, blokli va modulli metodlardan foydalanish to'g'risida fikr-mulohazalar keltirildi.

Kalit so'zlar: struktura, modul, blokli, tengsizlik, sxema, muammo

Matematika hamma aniq fanlarga asos.

Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli,

keng tafakkurli bo’lib o’sadi,

istalgan sohada muvaffaqqiyatli

ishlab ketadi”.

SH. MIRZIYOYEV.

Bugungi kunda yurtimizda har sohada turli islohotlar olib borilmoqda.Jumladan ta'lim tizimida ham.Hozirgi axborot- texnologiyalari rivojlangan zamonda o'quvchilar internet tarmog'idan to'la foydalanishadi.Bu esa bugungi kun o'qituvchisidan tinimsiz izlanishni, dars o'tishda zamonaviy pedagogik usullardan,axborot-texnologiyalaridan foydalanishni talab etmoqda.

Matematikani o‘qitishda ham boshqa metodlar bilan birgalikda muammoli metod o‘zining strukturaviy tuzilishi bilan boshqa metodlardan farq qiladi.Qatnashayotgan metodlarning har biri o‘zining asosiga analiz va sintez, taqqoslash, analogiya induksiya va deduksiya metodlarini qo‘yish mumkin, unda bu metodlar yordamida o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini yana ham kengaytiradilar va undan yuqori foydalanadilar. Muammo – bu kishilik jamiyati o‘zining rivojlanishi jarayonida to‘plagan tajriba yordamida hal qilishi mumkin bo‘lmagan masalalar yig‘indisiga aytiladi.

Lekin pedagogikada, jumladan metodika bu tushuncha o‘quvchilarga beriladigan har bir mavzu uchun qo'llanilgani uchun o‘quvchi har bir keyingi darsda yangi tushuncha bilan tanishadi. Shu tufayli uni o‘zlashtirishi o‘quvchi uchun muammo hisoblanadi.

Darsda muammo hosil qilish asosan to‘rt darajali bo‘lib, aksariyat hollarda birinchi va ikkinchi darajali muammolar bilan o‘quvchilar uchrashadilar, chunki birinchi daraja – bu o‘quvchilar ilgari olgan bilimlarini juda katta bo‘lmagan faollashtirish asosida yangi bilimga o‘tish imkoniyatlarini yaratishdir. O‘quvchilar uchinchi va to‘rtinchi darajali muammolarni ko‘p hollarda olimpiadalarda har xil toifali bahslarda ko‘rishlari mumkin. Umuman muammoli dars o‘tishda o‘qituvchi har bir o‘quvchidan tez-tez so‘rab, tergab turgani uchun o‘quvchilarning faolligi oshadi va ular sistemali dars tayyorlashga majbur bo‘ladilar, oqibat natijada matematikani bilishga, o‘rganishga ehtiyoj ko‘paytirib boradi. Bundan o‘quvchilar juda manfaatdor bo'ladilar.

Matematikani o‘qitishda blokli o‘qitish metodi ham ishlatiladi. Bu metod o‘zining strukturaviy tuzilishi jihatidan quyidagi tartibda amalga oshadi. Buning uchun avval tashkiliy qism – bu o‘qitishni blokli tizimga olib o‘tishning tashkiliy bosqichi bo‘lib bunda predmetlarning bloklarga ajratilishi va dars jadvallarida blok predmetlarining tartib bilan birga o‘quv qo‘llanma va darsliklarning tartibli joylashishi strukturasi hisobga olinadi. Blokli o‘qitish bir predmet mavzulari orasida ham yuqorida aytilgan xususiyatlarni ko‘rish mumkin. Masalan, maktabda «kvadrat tengsizliklarni yechish» - mavzusini o‘tishda avval chala kvadrat tenglama, to‘la kvadrat tenglamani radikal uslubda yechish, Viyeta teoremasi mavzulari asosida doskani yarmini shu ma’lumotlarga to‘ldirgan holda (yoki kompyuterda yozib, televizorga ulab qo‘yiladi) doskani ikkinchi qismiga kvadrat tengsizlikni yechimini topishni olti punktda ko‘rsatiladi va ulashtirilib intervallar uslubi ko‘rsatiladi. Bunda o‘quvchilar juda yaxshi tushunadilar. Bu jarayonni modulli metod asosida ham amalga oshirish mumkin. Modulli metod asosida matematika darsini o‘tish uchun avvaldan shu darsda qilinishi va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tushunchalar, qonuniyatlar, fikrlar ketma-ketligi o‘rganiladi va uni moduli tuziladi. Shu modul asosida sinfda dars olib boriladi. So‘ngra o‘quvchilarga uyda nazariy va amaliy masalalarni yana ham chuqurroq o‘rganish uchun savollar ketma-ketligi modul qilib beriladi va unga tegishli adabiyotlar, betlarini ko‘rsatib beriladi. Uni o‘quvchi tayyorlab kelib o‘qituvchiga tekshirish uchun topshiradi va tegishli reytingini oladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning o‘z ustida ishlash mustaqil fikrga esa bo‘lishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Umuman bu metodlar o‘qitish va o‘rgatish jarayonini faollashtirishda muhim ahamiyatga egadir.

Matematika o‘qitish jarayonida yuqoridagi ta'lim turlaridan foydalanilganda o‘quvchilarning faolligi oshadi va matematikaga bo‘lgan qiziqishlari rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.Azizxo`jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T. : TDPU, 2003.

2.Азизхожаева Н.Н. Педагогические/технологии в подготовкие

учителя. Ташкент, 2000.

15.Ziyomuhamedov B., Abdullaeva Sh. "Matematika o'qitish metodikasi" –T.: O`zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000. –127b.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Планирование

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Изучать математику в разных мотодах.

Автор: Хусенов Шариф Абдурахмонович

Дата: 28.09.2022

Номер свидетельства: 613989


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства