kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

“Geometrik shakllar:kvadrat,to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, doira va ular bilan bog’liq kattaliklar”

Нажмите, чтобы узнать подробности

Boshlanĝich sinflarda matematika fanidan geometrik shakllarni õrgatishda foydalinish uchun samarali dars ishlanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«“Geometrik shakllar:kvadrat,to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, doira va ular bilan bog’liq kattaliklar”»

Namangan viloyati Norin tumani

16-umumiy o’rta ta’lim maktabi

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Jo’rayeva Hilolaning

“Geometrik shakllar:kvadrat,to’g’ri to’rtburchak,

uchburchak, doira va ular bilan bog’liq kattaliklar” mavzusida tayyorlagan soatlik

dars ishlanmasi































Mavzu: Geometrik shakllar:kvadrat,to’g’ri to’rtburchak,

uchburchak, doira va ular bilan bog’liq kattaliklar

I.Darsning maqsadi:

a)ta’limiy maqsad:o’quvchilarga Geometrik shakllar:kvadrat,to’g’ri to’rtburchak,uchburchak, doira va ular bilan bog’liq kattaliklar haqida tushuncha berish;

b)tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni vatanni sevishga,uni hurmat qilishga va yo’l qoidalarini o’rgangan holda ularga rioya etishga o’rgatish

c)rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarga geometric shakllarni hayotga bog’lash ,ya’ni shu shakllardagi narsani topa olishni o’rgatish,ular bilan bog’liq kattaliklarni o’rgatish,shuningdek chizish ko’nikmalarini rivojlantirish;

d)shakllantiradigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar :Tk1, Tk2, Tk3,Tk4,Tk5,Tk6,Xk1

II.Darsning turi: amaliy, aralash,noan’anaviy

III.Darsning usuli: Svetofor,amaliy,aqliy hujum

IV.Darsning jihozi: Darslik,ko’rgazmali qurollar

V.Didaktik jihoz: Tarqatmali materiallar,slaydlar,rasmlar

VI.Texnik jihozlar:Kompyuter,videoproyektor

VII.Dars uchun talab etiladigan vaqt:45 minut

Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

vaqt

Tashkiliy qism

3

O’tilgan mavzuni so’rovi

7

Yangi mavzuni yoritish

25

Mustahkmlash

10

Darsni yakunlash

3

Uyga beriladigan topshiriqlar

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

a)Salomlashish

b)tozalikni tekshirish

c)davomatni aniqlash

d) darsga tayyorgarlik ko’rish va dars rejasi

Yo’l patrul xizmati libosidagi o’qituvchi o’quvchilarni olib ketayotgan avtobus haydovchisiga (o’quvchiga) murojaat qiladi:

-Assalomu alaykum o’rtoq haydovchi.Men oliy toifali yo’l patrul xizmati nazoratchi inspektori Hilola Jo’rayeva.

-Marhamat,o’zingizni tanishtiring

-…

-Bali zukko bolalar

Bog’dagi gul lolalar

Muhtaram Prezidentimizning ichki tuzrizmni rivojantirish maqsadida yaratib bergan imkonniyatlaridan unumli foydalanib sizlar buyuk matematik olim al Xorazmiyning yurtiga yo’l olganingiz juda yaxshi.Lekin bu juda uzoq safar hisoblanadi.

Ana shu uzoq safaringiz davomida nafaqat haydovchilar,balki siz yo’lovchilar ham yo’l qoidalariga amal qilishingiz lozim.

-Qani sizlar yo’l harakati qoidalarini bilasizmi?

-…

-Juda ham yaxshi.Endi sizlarning svetofor chiroqlaridan qanday foydalana olishingizni sinab ko’rmoqchiman.

II.O’tgan mavzuni tekshirish: Buning uchun biz “Svetofor “ usulidan foydalanamiz.

Svetoforning nechta chirog’i bor?

Uchta.Qizil,sariq va yashil

Hozir o’tgan mavzuni vazifasi bo’lgan 5- misolni taqqoslashlarini yechilgan holda proyektor ekranida ko’rsataman.Sizga qizl,sariq va yashil chiroq shaklidagi doiralar tarqatilgan. Agar misol to’gri bo’lsa yashil,noto’gri bo’lsa q izil,va bilmasangiz sariq doiralrni ko’tarasiz.

25:5

30:5

4*6

6*88*6

28:79*7

8*842:6



Yangi mavzu:

-O’quvchilar matematikadan juda yaxshi bilimga ega ekansiz.Matematika -bu hayot darsi.Kundalik hayotimizni matematikasiz ,ayniqsa,geometric shakllarsiz tasavvur etishimiz qiyin.Bugungi darsimizda matematikaning geometric shakllar nomli sehrli olamiga tashrif buyuramiz.

Sana va mavzuni daftarlarimizga yozamiz.

Mavzu: Geometrik shakllar:kvadrat,to’g’ri to’rtburchak,

uchburchak, doira va ular bilan bog’liq kattaliklar

1-masala. Shakllarning o’xshash va farqli tomonlarini toping.O’quvchilardan cho’pdan birinchi qator kvadrat,ikkinchi qator to’g’ri to’rtburchak ,uchinchi qator uchburchak shaklini yasaydilar. Keyin shu qatorlar o’quvchilar shakllarni ip yordamida yasaydilar.

-O’quvchilar qaysi shaklni cho’pdan yasay olmadik?

Endi qo’llarni ushlab aylana shaklini hosil qilamiz.Endi geometrik shakllarning o’xshash va farqli tomonlarini aytamiz.

O’qituvchi aylana va doiraga ta’rif berib ularga bog’liq tushunchalarni o’zlari yordamida radius,doira markazi O nuqta va hokazolarni tushuntirib o’tadi.

-Sinf xonamizga osilgan yo’l belgilari qanday shaklda? Ularda sinfimizning va yo’l harakati qoidalari berilgan.Biz doimo ularga rioya etishimiz shart.

2-masala.Shakllarni daftaringizga chizing.Har qaysi shaklda nechtadan uchburchak va kvadrat bor?

O’quvchilar shakllarni daftarlariga chizadilar va geometrik shakllarni sanaydilar.Shuningdek , ikki o’quvchi magnitli doskaga uchburchaklardan foydalanib,bahorda uchiriladigan varrakni yasaydilar va kvadrat shaklidagi varrakda nechta uchburchak va kvadrat borligini aytib va ko’rsatib beradilar.

3-masala Hamma cho’pdan kvadrat yasasin.Kvadrat tomonlari uzunliklarini yigindisi 32 sm.Shu kvadratning bitta tomonini uzunligi qancha?

O’quvchilardan biri doskaga yechadi.Kvadratning hamma tomoni teng bo’lgani sababli perimetrni 4ga bo’lsak natija chiqadi.

4-masala .To’g’ri to’rtburchakning to’rtta tomoni teng qismga bo’lindi.Uning to’rtdan bir qismi ko’k ,qolgan qismi yashilga bo’yaldi.To’gri to’rtburchakning qanday qismi yashil rangga bo’yaldi?O’quvchilar bu masalani mustaqil bajaradilar.

Javob: To’rtdan uch qismi yashil rangga bo’yaldi.

IV.Mustahkamlash

-Mana bolajonlar,geometrik shakllar haqida ko’p narsalarni bilib oldik.Mavzuni qanchalik yaxshi o’zlashtirganingizni sinab ko’rmoqchiman.Buning uchun sizlar o’rganilgan shakllarni qanchalik hayotimizdagi narsalar bilan bog’lay olishingizni tekshirib o’taman.Magnit doskaga geometrik shakllardagi predmetlarning rasmlari ilingan.Shulardan mos shakllarni tanlab olishingiz kerak.

5-masala.Uycha rasmini yasashda geometrik shakllardan foydalaning.Avval o’zim yasab ko’rsatib beraman, keyin o’quvchilar yasaydilar.

V.Dam olish daqiqasi:Xotira mashqi o’yinini o’ynataman.

VI.Uyga vazifa: 6-7- misol va masalalar.O’quvchilarga uy vazifasini tushuntiraman.Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantiraman.

-Ofarin bolajonlar!Sizlar yo’l qoidalarini ham ,geometrik shakllarni ham juda yaxshi bilar ekansiz.Sizlarga oq yo’l tilayman.

-Xayr. E’tiboringiz uchun rahmat.




















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
“Geometrik shakllar:kvadrat,to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, doira va ular bilan bog’liq kattaliklar”

Автор: Jõrayeva Hilola Bõriboyevna

Дата: 14.04.2020

Номер свидетельства: 546619


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства