kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib" romani

Нажмите, чтобы узнать подробности

Xudoyberdi To'xtaboyevning Sariq devni minib romanini o'qish.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib" romani»



U rganch shahar

31-son umumiy o’rta

Talim maktabining

Ona tili va adabiyot

Fani o’qituvchisi

saidaxmatova Munosib

Ning 6-“b”sinf uchun

Adabiyot fanidan

O’tkazgan Ochiq dars

Ishlanmasi





































«Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sariq devni minib» romanidan berilgan parchani o’qish »

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad:

O’quvchilaga «Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sariq devni minib» romani haqida ma’lumot berib, asar mazmunini tushuntirish, ularda mavzu yuzasidan bilim va ko’nikma hosil qilish;

Fanga oid kompetensiya elementlari:

1.Adabiy- nutqiy kompetensiya ( Tinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, fikrni yozma bayon qilish);

2.Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi;

Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarni Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, o’zbek adabiyotiga mehr-muhabbat , bebaho merosga hurmat ruhida tarbiyalash;

Tayanch kompetensiya elementlari:

1.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;

2.O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi;

3.Milliy va umummadaniy kompetensiya;

Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, og’zaki va yozma nutqni o’stirish, o’zbek adabiyoti yuzasidan bilimlarni mustahkamlash.

Dars turi: yangi bilim berish.

Darsning metodi: savol-javob, suhbat, kichik guruhlarda ishlash, ”Kim bilag’on, kim chaqqon?” o’yini, ”Olma daraxti”dan olma terish o’yini

Darsning jihozi: darslik, tarqatma material, ko’rgazmali qurollar, adabiyotlar, slayd, stiker, buklet

DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,

yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa





Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashib, davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.

1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:

1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.

II. Uyga vazifa nazorati:

O’tilgan adabiyot darsida uyga vazifa qilib berilgan topshiriq so’raladi va uning amaliyoti tekshiriladi. Bunda o’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda ”Kim bilag’on, kim chaqqon” o’yinini o’tkazadilar. Qalashib yotgan so’zlarni o’z o’rniga qo’yib, o’tilgan mavzuga oid tushunchalarni hosil qishlari kerak.

Roman-lari

Mungli

Sariq



minib







devni



bolali





mamla-kati





yigitcha

Shirin





qovunlar



ko’zlar

Besh









II. Asosiy qism:

Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu bayonida, albatta, darslik bilan bir qatorda asarning kitobi, shuningdek, shunga oid slayd, bundan tashqari boshqa ko’rgazmali qurollar va adabiyotlardan foydalaniladi.

Asar mazmuni quyidagicha:

Adibning «Sariq devni minib» va uning mantiqiy davomi bo'lgan «Sariq devning o'limi» romanlari nafaqat o'zbek adabiyoti, balki jahon adabiyoti ko'lamida ham bolalar uchun yaratilgan sarguzasht asarlarning eng yaxshi namunasiga aylandi. Bu romanlarda 6-sinf o'quvchisi Hoshimjonning ajoyibsarguzashtlari, uning sehrli qalpoqcha yordamida erishgan qahramonliklari qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjon tashlandiq bir uydan oq jundan yasalgan sehrli qalpoqchani topib oladi. Uning sehrini avval uyidagilar bilan sinab ko'radi. Qalpoqchaning sehri kuchiga to'la amin bo'lgach, uni dastlab qishlog'idagi folbin xolaning yolg'onchiligini fosh qilishga qaratadi. Oyisiga qo'shilib firibgarlik qilayotgan sinfdoshi Mirobiddinxo'jani tavbasiga tayantiradi, folbin xola xaltachalaridagi dorilarni almashtirib qo'yib, mijozlarni undan bezdiradi. Sehrli qalpoqcha

ishlaridan ruhlangan Hoshimjon uni o'zi o'qiydigan maktabida ham sinay boshlaydi. Qalpoqchani kiyib olib, o'qituvchilar konspektiaridan yozma ishlami ko'chiradi, natijada baholari, o'zlashtirishi yaxshilana boshlaydi, biroq shoshqaloqligi tufayli o'zi ham pand yeydi. O'qituvchilar uni koyib,

tartibga chaqiradilar. Bilimsiz, yaxshi baholarga o'qimay turib biror-bir kasb egasi bo'lish mumkin emas, deb uqtiradilar. Lekin sehrli qalpoqchaning kuchiga ortiqcha ishongan Hoshimjon ustozlarining «ilmsiz bo'lsang, zootexnik tugul, molboqar ham bo'la olmaysan» degan gapiga

o'jarlik bilan, «bo'laman, bo'laman, bo'laman», deydi-da, eshikni tarsillatib yopib maktabdan ketadi. Maktabini, jonajon qishlog'ini tark etadi. Dastlab ishlari yurishgandek bo'ladi - u sehrli qalpoqcha yordamida ishyoqmas, dangasalar, lo'ttiboz kimsalarning rosa dodini beradi. Ularni qilmishiga

yarasha jazolaydi. U jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo'lsa-da, aslida sofdil, ko'ngli toza bola. U doimo yaxshilikka, ezgulikka intiladi. Tezroq katta bo'lgisi keladi, sehrli qalpoqcha yorda-mida turli kasblarni egallashga harakat qiladi. Ularni bir qadar egallaydi ham, biroq bilimsizligi, tajribasizligi tufayli pand yeydi. Biror-bir maqsadga erishish uchun sehrli qalpoqchadan tashqari, bilim ham kerakligini unutib qo'yadi. Shuning uchun ham qaysi kasbga qo'l urmasin ishi chappasiga ketadi. Agar siz «Sariq devni minib», «Sariq devning o'limi» romanlarini to'liq o'qib chiqsangiz, sehrli qalpoqcha tufayli turli mutaxassisliklarni egallagan Hoshimjon har safar chuv tushishi sabablarini bilib olasiz.

Xudoyberdi To'xtaboyevning «Sariq devni minib» asari ko'pgina jahon xalqlari tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan, italiyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo'lgan.

Shu tarzda asar mazmunini tushuntirib beriladi.



III. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Yangi mavzuni mustahkamlashda ”Kim ko’p olma teradi” o’yini tashkil qilinadi. O’quvchilar guruhlarga bo’linib, olmachalar ortidagi savollarga javob berishadi. Mazkur o’yinda o’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda ishtirok etadilar. Albatta, har guruhdan navbatma- navbat bir o’quvchi chiqadi.

























V. Dars yakunlarini chiqarish

1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;

2. Baholarni e'lon qilish.

3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi



VI. Uyga vazifa

M avzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob toppish. O’tilgan mavzuni takrorlab, yangi mavzuni o’qib, darsga tayyorlanib kelish. Shuningdek, adabiyot daftarga asar qahramoni haqidagi fikr-mulohazalarni yozib kelish.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib" romani

Автор: Саидахматова Муносиб

Дата: 30.06.2020

Номер свидетельства: 554368


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства