,,Ona tilimiz madhi”, ,,Aqliy hujum” asosida o’tilgan mavzuni so’rash.
,,Mozaika” mashqi asosida o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
,,Klaster” (tarmoqlar) usulida yangi mavzuni o’zlashtirish.
,,Sinkveyn” yoki ,,Esse” usulida yangi mavzuni mustahkamlash.
Darsni yakunlash.
Darsning shiori:
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qisim: a)salomlashish
b) davomatni aniqlash.
Ustoz: Assolomu alaykum!
O’quvchilar: Vaalaykum assalom!
Ustoz: Bugungi navbatchi kim ekan?
Navbatchi: Ustozimga yordamchiman,
Sinfda men navbatchiman,
Pok tutamiz xonani,
Namlab yozuv taxtani,
Ustozimiz shod bo’ling,
Bugun hamma shu yerda,
Darsingizni mirqib,
Tinglamoq umidida.
Ustoz:Hamma sog’mi omonmi?
Sizlar darsga tayyormi?
O’quvchilar: Rahmat ustoz omonmiz?
Bizlar darsga tayyormiz!
Ustoz: Bugungi darsimiz qanday dars?
O’quvchilar: Hozirgi darsimiz adabiyot darsi.
Ustoz: Juda yaxshi o’quvchilar! Darsimizni boshlashdan oldin o’z tilimiz, ona tilimiz haqida gaplashib olamiz. Kuni kecha biz qaysi bayramni nishonladik?
O’quvchilar: Biz 21-oktabr kuni til bayramini nishonladik. Chunki 1989-yil 21-oktabr kuni til bayramini nishonladik. Chunki 1989-yil 21- oktabr kuni O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun va shu qonunning 1-moddasida ,,O’zbek tili-O’zbekiston Respublikasining Davlat tilidir deb belgilab qo’yilgan.
Ustoz: Rahmat, qani o’quvchilar, endi ona tilimiz madh etilgan she’rlardan eshitamiz.
O’quvchi: Qadrin so’raganda qayrog’im tilim,
Yozning ta’rifida qaymog’im tilim.
Yovning yuragiga titiroqlar slogan,
Alpomish belida belboog’im tilim!
O’quvchi: Yassaviy baytida tumorim tilim,
Navoiy nazmida sen orim tilim.
Kumushning vaslida betakror malak,
Qodiriydan qolgan yodgorim tilim.
O’quvchi: Toshlar tovonida bag’ri dilimsan,
Ko’ksin changalagan qonli qo’limsan,
Oyga almashmayman kunga bermayman,
Cho’ppon yuragida ungan gulimsan.
O’quvchi: Qadrim so’rasangiz qayrogim tilim,
Ko’ngil osmonida chaqmog’im tilim!
Nonidek totli-yu, soyidek issiq,
O’zbek ko’ksidagi bulog’im tilim!
O’quvchi: Alisherni kuylatgan tilim,
Bulbullarni sayratgan tilim.
So’z gulshanida mangu boqiysan,
Boburshoh qalbini tebratgan tilim.
Ustoz: Rahmat, o’quvchilar. Biz o’z Vatanimizni, o’z onamizni sevganimizdek, o’z ona tilimizni shunchalik sevishimiz, ardoqlashimiz, sofligini saqlashimiz, hurmat bilan qarashimiz lozim.
Hurmatli prezidentimiz yana qaysi tilga e’tibor qaratmoqda?
O’quvchi: Hozirgi kunda muhtaram prezidentimiz ingliz tilini o’rganish e’tibor qaratmoqda, chunki til o’rganish zamon talabidir. Biz ham ingiliz to’garagiga qatnashib, A.Navoiy hikmatlarini inglizcha yod oldik. Shundan so’ng inglizcha A.Navoiy hikmatlari o’quvchilar tomonidan aytiladi.
Ustoz: Juda ham yaxshi. Til bilgan, el biladi,- deyishadi dono xalqimiz.
Rahmat. Endi o’quvchilar men sizlarni dars bosqichlari bilan tanishtirib o’taman. Darsimizni bosqichlariga o’tishdan oldin sinfni uchga bo’lib olamiz. Guruhlarni nomlab, ta’rif berishni guruh boshliqlariga beramiz.
1-guruh: O’z guruhini nomini ,,Madhiya” deb nomlab, madhiya 1992-yil 10-dekabrda qabul qilinib, so’zini A.Oripov, musiqasini M.Burhonov bastalagani aytib madhiya matnini magnet doskada yopishtirib qo’ydi.
2-guruh: O’z guruhini ,,Bayroq” deb nomlab va bayroq 1991- yil 18- noyabrda qabul qilinganini aytdi. 3-guruh: Biz guruhimiz nomini davlatimiz ramzi bo’lmish “Gerb” deb nomladik.
1992- yil 2-iyul kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilingan.
Shundan so’ng o’quvchilarni dars bosqichlari bilan tanishtiriladi. Har bir javob uchun 1 balldan beriladi. Ballarni hisoblash uchun hisobchilar tayinlab olinadi.
Darsning ikkinchi bosqichi “Aqliy hujum” asosida o’tilgan mavzu so’raladi.
1-guruh uchun savollar.
1. Adabiyot so’zining ma’nosi?
2. G’.G’ulomning bolalar haqida yozgan asarlarini nomi?
3. Shuhratning asl ismi va sharifi?
4. “Ballada” so’zining ma’nosi?
5. Saida Zunnunovaning ikki she’ri.
6. I.Karimovning adabiyotga atalgan asarini nomi?
2-guruh uchun savollar.
1. Badiy adabiyotning quroli nimada?
2. Rasul Hamzatov qachon va qayerda tug’ilgan?
3. “Cho’lpon”, “Tug’ilish”, “Davr mening taqdirimda”, kimning asari?
6. O’zbek halqining ma’naviy jasorati nimadan iborat?
Darsimizning uch bosqichi o’tilgan mavzuni mustahkamlash bo’lib, “mozaika” usulida foydalanamiz. Bu usulda ma’lumotlar tarqoq bo’ladi, o’quvchilar bu ma’lumotlarni yig’ib yaxlitlaydilar. Bu mashqni bajarish uchun har bir guruhdan bitta o’quvchini doskaga taklif etiladi.
Mana shu holatda Saida Zunnunova hayotiga oid ma’lumotlarni yaxlitlab, doskada yopishtiriladigan gulchalarda guldasta yasaydilar. Bu mashqqa chiqqan o’quvchilarning ishi tekshirilib baholandi.
Ustoz: Endi o’quvchilar darsning 4- bosqichiga o’tamiz. Bu bosqichda Mirmuhsining hayoti va ijodini o’rganishni guruhlarga uyga vazifa qilib beramiz. “Madhiya” guruhiga adibning hayotini o’rganishni, 2-guruh ya’ni “Bayroq” guruhiga she’riy asarlarin o’rganishni, 3-guruhga: Mirmuhsining nasriy asarlarini o’rganib kelishni topshirganimiz.
Doskaga “Madhiya” guruhidan bir o’quvchi chiqib “Tarmoqlar” usulida mavzuni tushuntirib beradi.
2-guruhga esa shoir sifatida yozgan she’riy asarlarini tarmoqlar usulida o’rganish topshirilgan edi. Bu guruhdan so’rashdan oldin texnik vosita orqali Mirmuhsin qalamiga mansub she’r o’qib eshitiriladi.
Darsning 5-bosqichi Mirmuhsin hayoti va ijodi bo’yicha mustahkamlash “Esse” yoki “Sinkveyn” usulida olib boriladi. Bu usullar o’quvchini ijodiy fikrlashga undaydi.
Ularga topshiriq berishdan oldin bu usullar haqida tushuncha beriladi.
Masalan: “Esse” bir yoki ikki-uch gapdan iborat bo’lishi mumkin.
“Sinkveyn”
1.Ot: 1 ta so’z Bahor
2. Sifat: 2ta so’z go’zal, yashil
3. Fe’l 3ta so’z yasharadi, gullaydi, go’zallashadi.
4. Gap. Bahor go’zal fasl.
5.Ma’nodoshi: Ko’klam.
O’quvchilar bu topshiriqni bajarib bo’lgach, ularni o’qib eshittirishadi.
O’quvchi: Men “Esse” yozdim.
Mirmuhsin talantli, iste’dodli yozuvchi u she’rlar dostonlar yozgan. Nasriy asarlari ham juda ko’p.
O’quvchi: Men “Sinkveyn” tuzdim
Ot: (Mirmuhsin) Adib
Sifat: Talantli, iste’dodli
Fe’l: fikrlaydi, yozadi, ijod qiladi.
Gap: Mirmuhsin-talantli yozuvchi
Ma’nodosh: Yozuvchi.
O’quvchi: Men “Esse”yozdim.
Mirmuhsin O’zbekiston Xalq yozuvchisi, U tarixiy va zamonaviy mavzularda romanlar yozadi.
Mirmuhsin talantil shoir va yozuvchi
O’quvchi: Men “Sinkveyn” tuzdim.
Ot: Nosir
Sifat: zamonaviy, tarixiy
Fe’l: yozadi, ijod qiladi, nashr ettiradi.
Gap: Mirmuhsin iste’dodli nosir
Ma’nodoshi: Adib
Bu topshiriqni bajargan o’quvchilarga savollar beriladi.
Masalan: 1. O’zbek adabiyotida birinchi she’riy roman muallifi kim?
2. Mirmuhsining she’riy dostonlarini sanang.
3-guruh: o’quvchilardan biri adibning nasriy asarlari haqida tushuntirish beriladi.
O’quvchilar baholandi. Dars yakunidan oldin o’quvchilardan Mirmuhsin hayoti va ijodidan savollar bo’lsa, savollarga javob beradi.
Shundan so’ng yozuvchining kitoblarini ko’rsatib, ularga izoh berib, har bir kitobi haqida ma’lumot beradi, so’ng o’quvchilarning to’plagan ballari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanib, o’quvchilar baholanadi.
O’qituvchi: Hurmatli o’quvchilar, darsdagi bugungi ishtrokingiz uchun rahmat. Siz doim olg’a intilmog’ingiz, Vatan uchun, yurt uchun, kerakli inson bo’lmog’ingiz kerak. Chunki sizni kelajagi buyuk davlat kutadi.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi.
Shundan so’ng darsning oxirida o’quvchilar ijrosida Vatan haqida qo’shiq kuylanadi.
Dars yakunida uyga vazifa beriladi. Mirmuhsining “Me’mor” romanidan berilgan parchani o’qib kelish.