Просмотр содержимого документа
«"Til bilgan-el biladi"»
23.10.2019
7-sinf O`zbek tili
Mavzu: TIL BILGAN - EL BILADI. ( Juft va takroriy so`zlar, ularning yasalishi va imlosi.)
Darsning maqsadi:
1. Ta’limiy maqsad. O`quvchilarga mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma larniyetkazish, o`zbek tilida juft va takroriy so`zlar, ularning yasalishi , imlosi va qo`llanishi haqida ma’lumot berish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.
2. Tarbiyaviy maqsad. O`quvchilarda o`zbek tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishni kuchaytirish, fanga mehr uyg`otish orqali ularning ilmga intilishlarini kuchaytirish, milliy va umummadaniy kompetensiyani rivojlantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad. O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini,o`z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish va nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyani shakllantirish.
Darsning jihozlanishi: “O`zbek tili” darsligi, tarqatma materiallar,slaydlar va proyektor.
Darsdan kutiladigan BKM natijalari: O`quvchi o`zbek tilida daraja ma’nosini bildiruvchieng, juda, g`oyat, biroz kabi ravishlar, ularning qo`llanishi haqida ma’lumot oladi, bu ravishlarni to`g`ri qo`llash ko`nikmalari,nutqda mustaqil ishlatish malakasi shakllanadi, o`z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasi shakllanadi.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism. Uy vazifasini so`rash. 7 daqiqa
Olingan parcha ustida ishlash. Slayd namoyishi. 5 daqiqa
3. Videolavha, matn ustida ishlash (7-topshiriq) 10 daqiqa
4. Grammatik qoida bayoni. Slayd namoyishi. 5 daqiqa
5. Mustahkamlash mashqlari. 7-8-mashq va 8-topshiriqlar 10 daqiqa
6. Adabiy o`qish. “Ona tilim” she’ri va “Til bilgan-el biladi” matni
ustida ishlash. 10 daqiqa
7. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish. 3 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
a) salomlashіsh;
O`qituvchi: Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar, kelajagimiz poydevori bo`lgan yoshlar. Darsimga xush kelibsiz! Marhamat, o`tiring.
b) davomatnі anіqlash;
O`qituvchi: Qani, bugun kim navbatchi?
Davomatni ayting-chi.. (navbatchi axboroti)
Navbatchi o`quvchi: bugun darsda hamma ishtirok etyapti.
O`qituvchi: Rahmat, o`tiring.
d) ma’navіyat daqіqalarі:
O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, biz ona va vatan so`zlarini ne–ne so`zlarga qo`shib aytamiz: Vatan tuprog`i, Vatan tuyg`usi, ona-Vatan, ona tili. Bu ikki so`zni ayro tasavvur etib bo`lmaydi. Shunday ekan, keling, fanimizga bo`lgan hurmatimizni ona tili va Vatan haqidagi she`rlar, maqollar, hikmatli so`zlarni aytish bilan izhor etsak. Bunda biz odatdagi qoidalarimizga amal qilamiz. (1-slayd orqali qoidalar eslatiladi)
Shundan so`ng sinf guruhlarga bo’linadi. Guruhlar o`zlariga nom va shior tanlaydilar.
Shu o`rinda Birinchi Prezidentimizningtilimiz haqida aytib o`tgan fikrlarini eslab o`tamiz.
O`qituvchi: Оna tilim – bag`ri keng tilim
Ajdоdlardan qоlgan merоsim.
Kelajakka umidim, sоzim
Jaranglatgan sho`xchang оvоzim.
O`zbek tilim – sen iftixоrim,
Jahоn uzra tanitgan qadrim.
Bоbоlarim so`zlagan tilim,
Sen dardkashim, ham mehribоnim (M.Mirzarahimova).
Qani o`quvchilar, davom ettiramiz. Marhamat
O`quvchilar:
Til – millatning k`ozgusi.
Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.
Til – millat ruhi
O`quvchilarning diqqat-e’tiborini darsga qaratish uchun slaydlar yordamida kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda o`quvchilar til haqidagi she`rlar va maqollarni(o`zbek, rus, ingliz tillarida)aytadilar va mazmunini izohlab beradilar.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi, bunda turli- skanvord, klaster, mevali bog` kabi interfaol metodlardan foydalaniladi. Shu asosda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilim va malakalari baholanadi.
Savollar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Kalit
“Tomchilar”metodi.
Guruh a’zolari tomchilardagi raqamlarga oid bo`lgan svollarga javob qaytaradilar
22222
4
1
6
3
5
2
III. Yangi mavzu bayoni.
7-topshiriqda berilgan matn “zanjir” usulida o`qilib, berilgan savollarga javob qaytariladi.
Shundan so`ng grammatik mavzu bayoniga o`tiladi.
IV. Mustahkamlash.
She’rda berilgan notanish so`zlar lug`ati ustida ishlash.
Adabiy o`qish uchun berilgan “Til bilgan-el biladi” matni oqiladi va mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob qaytariladi.