kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Talaffuz va imlo me‘yorlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu dars ishlanmasi  talaffuz va imlo me‘yorlari haqida ma'lumot beradi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Talaffuz va imlo me‘yorlari»



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYAT

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

Norin tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Rahmatullayeva Dilafruzning

ona tili fanidan 5-sinflar uchun

Talaffuz va umlo me’yorlari

mavzusida tayyorlagan bir soatlik







































































DARS ISHLANMASI
















Mazkur dars ishlanma Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Norin tumani XTBga qarashli 17-sonli umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilafruz Rahmatullayeva tomonidan tayyorlangan.

Mazkur dars ishlanma umumiy o`rta ta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fanidan dars berayotgan o`qituvchilar uchun mo`ljallagan bo`lib, unda “Talaffuz va umlo me’yorlari” haqidagi ma’lumotlar o’quvchilarga noan’anaviy metodlar yordamida tushuntirilgan. Ushbu dars ishlanmadan dars jarayonida foydalanish mumkin.







Muallif: D. Rahmatullayeva Norin tumani XTBga qarashli 17-sonli umumta’lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi





Taqrizchi: O.Elchiyeva Norin tumani XTBga

qarashli 17-sonli umumta’lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi



Muharrir: M.Abdullayeva, Norin tuman XTB

ona tili va adabiyot fani uslubchisi





Mazkur dars ishlanma Norin tuman XTB huzuridagi metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi tuman kengashining yig‘ilishida muhokama etilgan va ilmiy-metodik kengashining 2020-yil ___________dagi ____-sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etilgan.

5-sinf Ona tili

Mavzu: Talaffuz va umlo me’yorlari

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad – fanga oid kompetensiya – o‘quvchilarda talaffuz va umlo me’yorlari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda bu orqali tilimizning boy imkoniyatlari va unga davlat tili maqomining berilishi haqida ma’lumot berish;

  2. tarbiyaviy maqsad – tayanch kompetensiya – o‘quvchilarda ona tilimizga hurmat, undan faxrlanish, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tuyg’ularini shakllantirish;

  1. rivojlantiruvchi maqsad – tayanch kompetensiya – o‘quvchilarda to‘g‘ri nutq malakalarini shakllantirish, tilimiz haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘g’ri foydalanish malakasini shakllantirish.


Dars turi: o‘quvchilarga yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni beruvchi dars


Darsda foydalaniladigan metodlar: guruhlash, Videonamoyish, “Klaster”, “Taqdimot”, “Sehrli tayoqchalar”, “Dono daraxt”.


Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, kompyuter, videoproyektor, qo‘lda tayyorlangan ko‘rgazmalar.


Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism;

  2. Yangi mavzu bayoni;

  3. Mashqlar ustida ishlash;

  4. O‘quvchilarni baholash;

  5. Uyga vazifa berish.

Darsning bosqichli jadvali:

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Guruhlarga bo‘lish, o‘tilgan mavzuni so‘rash

10 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayon etish

(4 daqiqa video dars)

15 daqiqa

4

Turli metod va mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash.

10 daqiqa

5

Dars yakuni va o‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

2 daqiqa


Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish, dars shiorini aytish.



O‘quvchilarga “Ma’naviyat daqiqasi”da o’zbek tiliga bugun dunyo hurmat ko’rsatayotgani, hatto Turkiya Prezidenti Rejep Tayip Erdo‘g‘an Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidasini o’qigan videosi namoyish etiladi:



Surxondaryo viloyatida bir guruh afg’onistonlik yoshlar o’zbek tilini o’rganayotgani aytib o’tiladi. Afg’onistonda esa Erkin Vohidovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan ijodiy kecha bo’lib o’tganligi haqida o’quvchilarga ma’lumot beriladi.


So‘ng o‘quvchilarga o‘zbek tiliga bugun dunyo hurmat ko‘rsatayotgani aytilib, quyidagi misol keltiriladi:

Yaponiyalik tilshunos olim Komatsu o‘zbek tilini mustaqil o‘rgangan. U Osaka chet tillar institutining fors tillar bo‘limini bitirgan. O‘zbek tilini chuqur o‘rganish maqsadida 1976 —1981-yillar mobaynida O‘zbekistonga to‘rt marta safar qilgan. O‘zbek tili bo‘yicha «Oson o‘zbek tili» asarini va «O‘zbekcha-yaponcha lug‘at»ini nashr qildirgan. Komatsu o‘zbek tilini Yaponiyada targ‘ib qilayotgan fidoyi olimlardan biridir.

O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish o‘rgangan va o‘rganayotgan tilshunoslik bo‘limlari asosida amalga oshiriladi:





Ballar rag’bat kartochkalari bilan beriladi.



O‘tilgan mavzuni so‘rash: O‘tilgan mavzu “Klaster” usuli orqali so‘raladi.




Yangi mavzu bayoni:


Yangi mavzu videodars orqali tushuntiriladi:

(Video dars ishlanmaga ilova tarzida taqdim etiladi)

Og‘zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo‘shimcha va so‘zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi to‘g‘ri talaffuz me’yori sanaladi.

Masalan, galdi — keldi (Xorazmda), ko‘ddim — ko‘rdim (Namanganda), bag‘da — bu yerda (Farg‘onada), kevotti — kelyapti (Toshkentda).


Yozma nutqda bir necha xil yoziluvchi tovush, qo‘shimcha
va so‘zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me’yori
sanaladi.

Masalan,qattiq-qattig’, tuxum-tuqum, baland-balant, tonna-to’nna, zamon-zomon.

To‘g‘ri talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga orfoepiya (yunoncha: orfo — «to‘g‘ri», epos — «so‘zlamoq», «nutq») deyiladi.
To‘g‘ri yozish me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo’limiga
orfografiya (yunoncha: orfo — «to‘g‘ri», grafo — «chizmoq»)
deyiladi.


Topshiriq. Quyida berilgan so‘zlardan qaysisi adabiy tilga, qaysisi xalq shevalariga xos?
Kelyapti, kelutti, kevotti, kelopti; teshik — to‘shuk — teshuv.





Yangi mavzuni mustahkamlash: Bunda darslikdagi mashqlar va turli metodlardan foydalaniladi.

1-topshiriq. “Sehrli tayoqchalar” metodi orqali amalga oshiriladi:













Bunda o‘quvchilarga so’zlar yozilgan tayoqchalar beriladi. Ular so’zlarning talaffuz yoki imlo meyori ekanligini aniqlab , tayoqchalarni joylashtiradilar.

to‘shuk


Kelyapti



kelutti



teshik






O’m besh



Samarqand




378-mashq. “Dono daraxt” metodi orqali amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar mashqda berilgan so’zlarni talaffuz va imlo me’yorlari bo’yicha daraxtlarga joylashtiradilar.


Quyidagi so‘zlarning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
Ular o‘rtasida qanday farqlar borligini ayting.

Shamba — shanba, maxsat — maqsad, taxsim — taqsim, Samarqan — Samarqand, kitop — kitob, tambur — tanbur, o‘m besh — o‘n besh.


Darsni yakunlash. Guruhlarning ballari hisob-kitob qilinadi va g’olib guruh aniqlanadi. Rag’bat kartochkalari baholarga almashib beriladi. O‘quvchilarning baholari e’lon qilinadi.


Uyga vazifa: 380-mashq. O’z shevalaringizdan misollar yozib,ularning aytilishi va yozilishidagi farqlarni tushuntiring.














Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V. Qodirov, Z. Jo ‘raboyeva. 5-sinf

uchun darslik. Toshkent «Ma’naviyat» 2015

  1. Nargiza Erkaboyeva. Ona tili. “Ma’ruzalar to’plami” Toshkent – 2018.

  2. Nilufar Rasulova. “Ona tilidan ma’ruzalar” Toshkent – 2018

  3. N. Shodiev “ Yangi pedagogik texnologiyalar”.- S., 2001 .

  4. www.ziyonet.uz

  5. Tadqiqot.uz





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 5 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Talaffuz va imlo me‘yorlari

Автор: Dilafruz Raxmatullayeva

Дата: 12.04.2020

Номер свидетельства: 546226


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства