nova, 1- toifali ona tili va adabiyoti o’qituvchisiman.
Ish faoliyatimga 36 yil bo’ldi.
O’qituvchi: - Qani endi o’quvchilar fanimizni himoya qilib olaylikchi
O’quvchilar: - 1 Adabiyot bu: Allomalar ibrati
Donolarning hikmati
Alisher Xamsasi bu
Boburshoh she’riyati
Ijodkor mahsuli u
Yozuvchilar romani
Talantlilar makoni
O’qituvchi;- Rahmat, o’quvchilar. Endi darsimizning qoidasini yaratib olsak. “Barcha ezgu maqsadlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy , ham ma’naviy jihatdan
sog’lom qilib o’stirish , ularning baxt-saodati , farovon kelajagini
ko’rish , dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi ”, degan edi Prezidentimiz O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 27-yilligiga bag’ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruzasida. Samimiy va iliq bu so’zlar Siz aziz far-
zandlarimizga qarata aytiladi. Xo’sh, barkamollikni siz qanday tu-
shunasiz?
O’quvchilar:- Barkamollik –Bu komillikdir.
2. Yetuklik
3.Mukammallik
4.Ruhan va jismonan sog’lomlikdir.
O’qituvchi:- Qani , o’quvchilar, ana shunday komil insonlar haqida
nimalar bilasiz?
O’quvchilar: 1.Ibn Sino 4 yoshida Qur’onni yod olgan.
2.Chingiz Aytmatov 5 yoshida tarjimonlik qilib
haq olgan.
3.Aleksey Tolstoy 6 yoshida nemis, fransuz, ingliz
tilini bilgan.
4. Bobur Mirzo 12 yoshida taxtni boshqargan.
5.Imom al-Buxoriy 10 yoshida hadis ilmini egallagan.
6.B. A. Motsart 4 yoshida musiqa asboblarida qo’shiq aytgan,
5 yoshida musiqaviy asar yozgan.
O’q ituvchi: - O’tgan darsimizda qaysi mavzuni o’rgangan edik?
O’quvchi: - Biz o’tgan darsimizda Said Ahmadning hayoti va ijodi bilan tanishgan edik.
O’qituvchi: - Yaxshi, qani o’tilgan mavzu bo’yicha “Aqliy hujumga” tayyorlaning.
Unda o’quvchi nomerlangan gullardan birini olib savolga javob beradi.
Savollar: 1. Said Ahmad kim?
2. Adib qachon, qaerda tug’ilgan?
3. Yozuvchining ilk hikoyasi qaysi?
4. Adib nima uchun qamalgan?
5. Uning birinchi hikoyalar to’plami qanday nomlangan?
6. Said Ahmad asosan qaysi turda ijod qildi?
7. Adibning qanday asarlarini bilasiz?
8.”Ufq” romani nima uchun trilogiya deyiladi
O’quvchilar javobi baholanadi.
O’qituvchi: - O’quvchilar, Said Ahmadning “Ufq” romani adabiy meroslarimiz ichida alohida o’rin tutadi. Bu asar trilogiya bo’lib , uch kitobdan iborat:
1.”Qirq besh kun”
2. “Hijron kunlarida”
3. “Ufq bo’sag’sida”
Bu asar xalqimizning ikkinchi jahon urushi arafasida , urush yillari va undan keyingi
davrlardagi hayoti , fidokorona mehnati, kurashlari , orzu-armonlari badiiy aks etgan.
Biz o’rganayotgan “Qochoq” parchasi trilogiyaning ikkinchi kitobi “Xijron kunlarida” asaridan olingan. Ayni urush davri. Xalq vatanni ximoya qilish uchun front ortida va frontda jon olib beraytgan palla. Yurtning necha-nechalab farzandlari vatan himoyasi yo’lida uning mustaqilligini
ko’z qorachig’iday asramog’imiz darkor. Vatanimizning bir kaft tuprog’ini ham hech qachon, hech kimga bermaymiz.
Shu payt magintafon orqali Ozodbek Nazarbekov ijrosida O’zbekiston!”
O’qituvchi : - Vatan yagona, Vatan biz uchun aziz maskan ekan, o’quvchilar, asarimiz timsoli bo’lmish Tursunboy nima qildi, u Vatanni himoya qila oldimi ?
O’quvchilar : - Jangdan qochdi, qo’rqoqlik qildi, Vatanni himoya qilishdan qochdi.
O’qituvchi : - Demak, parchamizning asosiy qahramonlari ona, ota, Tursunboy ekan. Qani ,
ona, ota va Tursunboy timsoliga ta’rif berib ko’ringchi ? ( Eng yaxshi fikr yurita olgan
o’quvchi rag’batlantiriladi )
O’qituvchi : - Vatanni eng og’ir vaqtda, dushman ostonada turganida himoya qilishdan
bo’yin govlagan, Vatanga xiyonat qilgan inson qanday jazoga loyiq, deb o’ylaysiz ?
Hamma xayolan Tursunboyni sud qilib hukm chiqarsin – chi.
O’quvchilar o’z hukmlarini chiqaradilar :
Eng oliy jazo belgilayman.
Vatanning bir kaft tupropg’iga zor etaman.
Vatandan badarg’a qilaman.
Umrbod qamoq jazosi beraman.
Oxirgi o’quvchi : - Men Tursunboyga bir marta imkoniyat beraman, chunki uning yoshligidagi tarbiya ham sabab bo’lgan, deb o’ylayman. Mana, Prizdentimiz ham adashganlarga imkoniyat beryaptilar – ku.
O’quvchilar : - Men Tursunboy timsolidan nafratlanganimdan uning ismini kichik harf bilan yozib qo’yibman.
Men esa bundan ta’sirlanib mana bu Vatan haqidagi she’rim vujudga keldi.
Men ham parchani o’qigach, Tursunboyning holati ko’z oldimga keldi va mana bu “ Qochoq “ rasmini chizdim.
Men ham “ Qochoq “ parchasini o’qigach qattiq ta’sirlandim. Vatanimga muhabbatim ortdi. Xudo xohlasa, maktabni tugatgach harbiy xizmatga borib, chegara qo’shinlarida xizmat qilmoqchiman va Vatanimni, xalqimni himoya qilaman. Hozirdanoq Harbiy qasamyodni ham yod olishni boshladim.
Men ham parchani o’qigach, Konstitusiyamizning 11 – bob 52 – moddasida ko’rsatib o’tilganidek, O’zbekiston Respublikasini himoya qilish – O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi ekanligini his etdim.
O’qituvchi: - Rahmat, aziz o’quvchilar. Endi diqqatingizni ushbu boshqotirmaga qarating
Boshqotirmani to’g’ri yechsangiz Vatan haqidagi hikmatli gapni o’qiysiz.
1
2
3
4
5
6
7
Bajarish shartlari :1.Teng bog’lovchi. (va)
2.Yasha Vatan, jon Vatan,
Senga fido jonu . . . . ( tan).
3. Tushum kelishigi qo’shimchasi (-ni)
4. Yaxshi ko’rmoq, yoqtirmoq
So’zlarining sinonimi ( sevmoq)
5. Musulmonlik farzlaridan biri ( iymon)
6. Chiqish kelishigi qo’shimchasi (-dan)
7. Kesimlik shakli (-dir)
Mustahkamlash (xulosa): Bugungi darsdan nima oldingiz?
Tursunboyning qismatidan o’zingizga xulosa chiqara oldingizmi?
Uyga vazifa: “Qochoqning qismati” mavzusida uy inshosi yozish