Просмотр содержимого документа
«S.Ahmadning “Qorako`z majnun” asarini o`rganish.»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Norin tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Asqarova Manzuraning 10 – SINF uchun “S.Ahmadning “Qorako`z majnun” asarini o`rganish” mavzusida bir soatlik
Ushbu dars ishlanmadan barcha ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari amaliyotda foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi: Asqarova Manzura
Norin tumani 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi.
Taqrizchi: Ilnazarova Mamlakat
Norin tumani 9-umumiy o`rta ta`lim maktabining I toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Mazkur dars ishlanma Norin tumani XTB uslubiy kengashining 2019- yil ______________dagi ____-sonli qarori bilan ko`rib chiqilgan va __________ miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.
Namangan viloyati Norin tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Asqarova Manzura Muhmmadjonovna 1968-yil 16-sentyabrda Namangan viloyati Norin tumani Katta Oqtovliq MFY da tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. Toshkent Davlat pedagogika institutining ona tili va adabiyot fakultetini 1993-yilda tamomlagan. Shu yildan buyon Norin tumani 10-maktabda ishlab kelmoqda.
Mavzu: S.Ahmadning “Qorako`z majnun” asarini o`rganish.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga S. Ahmad adabiy ilmiy merosining ilm –fan , madaniyatimiz taraqqiyotida tutgan o`rni, ahamiyati haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni milliy qariyatlarni ulug`lash, vatanparvarlik, xalqparvarlik va fidokorlik ruhida tarbiyalash; ularga o`z tarihimiz bilan faxrlanish tuyg`usini singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning nutq madaniyatini o`stirish, mustaqil fikr yuritish, mushohada qilish va xulosa chiqarishga o`rgatish.
Dars turi: Amaliy –ijodiy mashg`ulot.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: S. Ahmad portreti, kompuyuter, proyektor, krossvordlar, tarqatmali materiallar, rag`bat kartochkalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
O`quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o`quvchilarning darsga tayyorligini ko`zdan kechiriladi va dars sher bilan boshlaydi.
Davrlar o`tadi, masofa ortar,
Yurakka yaqinlab boradi bu nom.
Har lahza hikmati yodimni tortar,
Buyuklar yodi – la yashayman mudom.
Qadrli o`quvchilar! Sizlarga ma`lumki, olamni bilish, bilimdon va raqobatbardosh kadr bo`lib yetishishda barcha fanlarning o`z o`rni bor, lekin bu borada adabiyot sizning hayotingizda alohida ahamiyat kasb etadi. Sharqda qadimiy bir ta`limot bor. Bu tasavvuf ta`limoti. Bu ta`limotning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalash, ya`ni shaxsni tarbiyalashdan iborat. Demoqchimanki, biz ertangi kun baxti uchun kurashar ekanmiz, ilm izlab unchalik uzoqqa borishning hojati yo`q, dastavval o`zimizni o`rganishimiz lozim.
Har bir asarning yaratilishdan maqsadi, ifoda shakli va tasvir yo`sinidagi o`zgachaliklar badiiy adabiyotning epos, lirika va drama kabi turlarga bo`linishiga sabab ekanligi, Arastu qarashlari va zamonaviy adabiyot nazaryasiga tayanilgan holda izohlab berilishi zarur.
Dars musobaqa tarzida olib borilishi e`lon qilinadi va o`quvchilar ikki guruhga bo`linadi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzuni Mustahkamlash maqsadida guruhlar “Tarmoqlar” texnalogiyasi yordamida S.Ahmad hayoti va ijodi yuzasidan ma`lumotlar beradi.
S.Ahmad 1920-yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi.
S.Ahmad dastlab “Mushtum” jurnalida , O`zbekiston radiokomitetida , “Qizil O`zbekiston”, “Sharq yuldizi” jurnalida ishlagan.
Uning birinchi hikoyalar to`plami “Tortiq” 1940-yilda nashr etiladi.
Urush va urishning so`ngi yillarida S.Ahmad ko`plab felyeton, ocherk va hikoyalar yozgan.
Uning “Er yurak”, “farg`ona hikoyalari” , “Muhabbat” kabi to`plamlari nashr etilgan
U “Hasina”, “Hayqiriq”, “Raxmat, azizlarim” kabi hikoyalarni yaratgan.
S.Ahmad “Qadrdon dalalar” va “hukm” qissalarini, “Ufq” trilogiyasini yozdi.
“Jimjitlik” romanida ijtimoiy hayotdagi turg`unlik davri yoritilgan.
S.Ahmad dramaturg sifatida “Kelinlar qo`zg`aloni”, “Kuyov” kabi sahna asraslarini muallifidir.
S.Ahmad “Buyuk hizmatlari uchun” “Do`stlik” ordenlari, “O`bekiston qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlangan.
(Said Ahmad. 1920-yilda tug`ilgan)
Yangi mavzu bayoni.
S.Ahmadning “Ufq” romani asosida tushuncha beriladi.
“Qorako`z majnun” S.Ahmadning mustaqillik yillarida yozgan eng yaxshi hikoyalari sirasiga kiradi. Hikoya voqeasi juda murakkab emas. Keksayib qolgan Saodat aya bir necha o`n yillardan beri harbiyga ketib, o`sha tomonlarda uylanib, bola chaqali bo`lgan o`g`li Bo`rixonni kutadi. Xudoning bergan kuni Sahar namozida uni eslaydi.
O`quvchilarning fikrlari umumlashtirib, o`qituvchi tomonidan qo`shimcha ma`lumotlar beriladi. Ushbu bosqichda “Zakovat” o`yini taklif etiladi.
Guruhlarga savollar:
Hikoya nima uchun “Qorako`z majnun” deb nomlangan?
Saodat ayaning yoshligi qanday tasvirlangan?
Nima uchun Saodat kampir o`z namozlarida o`g`lini tilga olmay qo`yadi?
Hikoyadagi Bo`rixon timsoliga tavsif bering?
Bo`rixon nima uchun o`zbekka o`xshamay qolgan?
Saodat aya nima sababdan Bo`rixonning go`daklikdagi kiyimlarini olovga tashlaydi?
II guruh
Saodat aya Qorako`zni yetaklab qayerga boradi?
Kampir nima uchun hajga ketayotganlarga pul berar edi?
Bo`rixon uchun O`zbekiston mustaqilligi nega ta`sirli bo`lmadi?
Qorako`z nega mung`ayib turadi?
O`quvchilar bilan savol – javob o`tkazilgandan so`ng “Baxs-munozara” bo`lib o`tadi:
“Asarga berilgan ta`rif”
Saodat ayaning yillab qalbida qalashib yotgan g`uborlari nega tarqamadi?
Javoblar
Ona bag`rida Bo`rixon begonaga o`xshaydi
Chunki, undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi.
Bo`rixonning ota – bobolari e`tiqot qilgan islom dinidan qaytib, boshqa dinni qabul qilgani ma`lum qildi.
Ona uchun din – diyonat, milliy – diniy qadriyatlar, el – yurtchilik har narsadan ustun turadi.
Shuning uchun Bo`rixondan ko`ngli sovib, undan yuz o`giradi.
Endi ona sahar namozida o`g`lini eslamay qo`yadi.
Qorak`oz majnun deb nom olgan edi.
Vafodor it Saodat kampirga doimo hamroh.
Kampir shod bo`lsa shod, xafa bo`lsa xafa.
Bo`rixon itdan ko`ra Saodat ayaga begonaroq.
Guruxlarga sirli topshiriq berildi.
Bo`rixon
Saodat ayaga tariff bering.
Bo`rixon_____mexrsiz, ongsiz, millatidan voz kechuvchiinson, onadan voz kechgan, ota qabrini ziyorat qilmagan.Saodat aya mehribon, jafokash, sabrli, mushtipar, nomozxon, farzandlarini kamolini, tinchini o`ylaydigan ona.
Mustahkamlash: Hikoyada juda katta ma`no-mazmun joylashgan. O`zbekona urf – odatlar qadri, noloyiq bir farzandning qilmishlarini ko`rsatish orqali ta`kidlandi. To`g`risi, itning vafosi bir o`g`lning ona ko`nglini vayron qolishiga nisbatan nisbatan yuksak ma`naviy martabarlarda turishi hamma vaqt ulug`vorlik kasb etadi.
Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
VI. Uyga vazifa: Taasurotlarini umumlashtirib “Ona iztirobi” mavzusida uy inshosi yozish