"Qissa", "Sarguzasht", "Hajviya" va "Badiiy" asarlar haqida tushunchalar
"Qissa", "Sarguzasht", "Hajviya" va "Badiiy" asarlar haqida tushunchalar
Badiiy asarlar uchta katta guruhga — epik, lirik hamda dramatik turlarga ajraladi. Epik, lirik va dramatik asarlar, avvalo o‘zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, epik asarlar asosan sochma-nasriy yo‘1 bilan yoziladi. Har bir adabiy tur o‘z ichiga qator janrlarni jamlaydi. Hayot hodisalarini badiiy qamrash ko‘lami nuqtayi nazaridan epik janrlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«"Qissa", "Sarguzasht", "Hajviya" va "Badiiy" asarlar haqida tushunchalar»
6-sinf ADABIYOT
Mavzu: Qissa, Sarguzasht, Hajviy va Badiiy asarlar haqida
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
O`quvchilarga jahon adabiyoti Qissa, Sarguzasht, Hajviy Badiiy asarlar haqida tushuncha bilim hamda malaka hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarni ezgulik, yaxshiliklarga hamisha shaylik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad:
Yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, o`quvchilarni asardan o`zlariga to`g`ri xulosa chiqarish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalanish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktabda bo‘layotgan tadbirlarda faol ishtirok etish, barcha bilan xushmuomalada bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, orasta kiyinish.
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI
Dars turi:
aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi
Dars metodi:
“Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”
Dars jihozi:
darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT
DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
DARS BOSQICHLARI:
Bajariladigan ish mazmuni
Ajratilgan vaqt
1
Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
3 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni takrorlash
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
8 daqiqa
3
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Yangi mavzuni tushuntirish
14 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahkamlash
15 daqiqa
5
Dars yakuni va baholash
G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish
3 daqiqa
6
Uyga vazifa
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
2 daqiqa
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berishadi.O`quvchilar uyda ertakning tugashiga o`zlari yangi ertak to`qib kelishlari kerak edi. O`quvchilar tomonidan to`qib kelingan ertaklar o`qittiriladi. Keyin esa ,,Jahon adabiyoti durdonalari`` orqali Janni Rodari hayoti va ijodiga bog`liq savollar so`rab olinadi.
,,Qutbdagi gunafsha`` mustaqil o`qish uchun berilgan, uni sinkveyen metodi orqali so`rab olinadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
QISSA HAQIDA TUSHUNCHA
Badiiy asarlar uchta katta guruhga — epik, lirik hamda dramatik turlarga ajraladi. Epik, lirik va dramatik asarlar, avvalo o‘zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, epik asarlar asosan sochma-nasriy yo‘1 bilan yoziladi. Har bir adabiy tur o‘z ichiga qator janrlarni jamlaydi. Hayot hodisalarini badiiy qamrash ko‘lami nuqtayi nazaridan epik janrlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
3. Katta epik janrlar: epos, epik doston, roman, epopeya.
Eslatma!Latifa arabcha - nozik, yoqimli, zarij. Xalqning o'tkir mushohadasi asosiga qurilgan yoqimli va nozik kulguli eng kichik va nodir „hikoya” („zarifa", ..ajiba") sidir. Latifaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri undagi konfliktning ikki (ijobiy va salbiy) qutbliligidir, uning yorqin, bo'rtib ko’rinishidir; „boshqacha bo'lishi mumkin", degan tushunchaga o'rin qoldirmasligidadir.
Eslatma!Masal (arabcha - namuna) voqelikni allegorik (kinoyaviy) va simvolik (ramziy) obrazlar yordamida ifodalovchi, real turmush va odamlarning ko'rinishlari, xarakter qirralarini kinoya, kesatish, kulgu, g'azab kabi xususiyatlar vositasida ochuvchi epik janrdir.
U masal-hikoya, masal-ertak, masal-felyeton. masal- pamflet, masal-epigramma ko`rinishida bo`lishi mumkin.
Eslatma!Hikoya. Abdulla Qahhoming „Anor", „Bemor", ,,0'g‘ri" kabi asarlari hikoya janri talablariga to'liq javob berishi bois, ular mumtoz hikoyalar sanaladi.
Eslatma! Asotirlar ertaklarga yaqin turadi. Ularning har ikkisida ham fantastika, badiiy xayolot yetakchilik qiladi. Qahramonlarga g‘ayri-odatiy sifatlar «yuklanadi». Rivoyatlar esa tarixga yanada yaqin turadi.
Eslatma!Povest so`zining lug`aviy ma`nosi ruscha so'z bo'lib, hikoya, rivoyat qilish demakdir. Povest o'zbek adabiyotshunosligida „Qissa" deb yuritiladi.
Eslatma!Epos yunoncha „epos" so'z, nutq, hikoya ma`nosini anglatadi. Epopeya yunoncha „epopia" - rivoyatlar, qo'shiqlar majmuyi ma`nosini anglatadi.
Ko‘ryapsizki, qissa janri ham mazmunan, ham shaklan o'rtaliqda joylashgan. Unda qamrab olinadigan voqealar ko‘lami, qahramonlar ishtiroki talqin etish mo’ljallangan muammolar hajmi hikoyanikidan katta bo’lsa, romannikidan kichkinadir. Masalan Siz 5-sinfda o'rgangan Abdulla Qodiriyning «Uloqda» G‘afur G’ulomning «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyalari doirasiga qamrab olingan mazmun-mohiyat G'afur G‘ulomning «Shum bola» qissasiga singdirilgan mazmun-mohiyatdan birmuncha kichikligini darrov ilg‘agandirsiz. Bu o’rinda Sizni asarlarning hajmi aldab qo‘ymasligi lozim. Masalan. shunday hikoyalar borki, ulaming hajmi uncha-muncha qissanikidan kattaroqdir. Va aksincha, shunday romanlar yoziladiki, ularning hajmi qissadan kichikroq bo’lishi mumkin. Bu yerda gap, boya aytganimizdek, yozuvchi tomonidan asarga singdirilgan mazmun-mohiyat ko’lamidadir. «Mening o‘g‘rigina bolam» degan ikki betlik hikoyadagi mazmunni noshud yozuvchi ellik betlik hikoya yoki yuz betlik qissada bera olmasligi ham mumkin. Ayrim yozuvchilarning yostiqday romanlari borki, ulardan «Shum bola» qissasi bergan taassurotni mutlaqo topa olmaysiz. Demak, har qanday janrning muvaffaqiyatini yozuvchi tafakkur darajasi belgilaydi, desak, to‘g‘ri bo’ladi.
SARGIZASHT ASAR HAQIDA
Siz turli-tuman qiziqarli hodisalarga boy sarguzasht asarlarni ozmi ko‘pmi o‘qigansiz, albatta. Aslida sarguzasht deb boshdan kechirilgan, voqealarga aytiladi, biroq adabiy asardagi har qanday voqeani ham sarguzasht deyish mumkin emas. Sarguzasht asarda favqulodda qiziq va g‘aroyib voqealar, o‘quvchini hayajonga soladigan tasvirlar, kechinmalar ko‘p bo'ladi. Bunday asar kishini doim hayajonda ushlab turadi uni o‘qiganingizda bu yog‘i nima bo'larkin deya qiziqishingiz ortib boradi. Jonatan Sviftning «Gulliverning sayohatlari», Daniel Defoning «Robinzon Kruzo», Jyul Vernning «0‘n besh yoshli kapitan» kabi kitoblari ana shunday asarlardandir. Ularda qahramonlar ko‘z ko'rib, quloq eshitmagan voqealarni boshdan kechiradilar, dahshatli to'siqlarga duch keladilar. Bunday asarlarda biroz mubolag'a, biroz fantastik tasvir ustunlik qilgani tufayli ularni muxlislar boshdan oxir hayajon bilan o'qiydi.
O'zbek adabiyotida ham qahramonlar hayoti sarguzashtli kechadigan asarlar anchagina. Jumladan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini sarguzasht asarning mukammal namunasidesa bo‘ladi. Unda Farhodning Axraman devni yengishi bilan bog’liq voqealar, Yosuman kampir kirdikorlari haqiqiy sarguzasht asarga xos tarzda tasvirlangan.
Keyingi davr adabiyotimizda yaratilgan asarlar, jumladan, Siz yuqorida tanishgan Xudoyberdi To‘xtabovevning “Sariq devni minib” romani ham sarguzasht usulida bitilgan asar hisoblanadi. Unda 6-sinf o‘quvchisi Hoshimjon Ro‘ziyevning qilmishlari juda qiziqarli voqealar asosida hikoya qilinadi. Xudoyberdi To‘xtabovevning “Sariq devni minib” romanida fantastik va detektiv holatlar uyg‘unlashgan tarzda ifoda etilgan. Garchi asarda real voqealar tasvirlanayotgan bo‘lsa-da, undagi fantastik, detektiv unsurlar romanni hayajon bilan o‘qilishini ta’minlaydi.
Sarguzasht asarlar qiziqarli bo‘lishi, ajoyib-g'aroyib voqealarga boy bo'lishi tufayli kitobxon dunyoqarashini, fantaziyasini o‘stirishga xizmat qiladi.
HAJVIY ASAR HAQIDA TUSHUNCHA
Hajviy asar tanqidiy va kulgi uyg‘otadigan badiiy asar hisoblanib, mazmuni va shakliga ko’ra satirik va yumoristik ruhda bo’ladi.
Hajviy asarlar jamiyat va kishilardagi salbiy jihatlarni tanqid qilish va fosh etish darajasiga qarab, satirik va yumoristik ruhda bo‘ladi.
Muqimiy qalamiga mansub «Tanobchilar» she’riy hikoyasi satirik asardir. Chunki unda tanobchilarning asl qiyofasi ayovsiz fosh qilingan.
Hajviy asarlarda jamiyat hayotidagi kamchiliklar, ayrim shaxslar fe’l-atvoridagi, xatti-harakatidagi qusurlar tanqid qilinadi, ya’ni kulgili qilib tasvirlanadi. Hajviy asarlar turli usullarda yozilishi mumkin:
She`riy hikoya
Pyesa
Hikoya
Roman
Muqimiyning «Maskovchi boy ta’rifida», «Saylov», «Dodhohim» va «Tanobchilar» asarlari she’riyhikoya tarzida yozilgan. Hamzaning «Maysaraning ishi», «Tuhmatchilar jazosi», Abdulla Qahhorning «Og‘riq tishlar», Gogolning «Revizor» asarlari pyesashaklida, Chexovning «Yovuz niyatli kishi», «Chiqdi», «Qiyshiq oyna», Abdulla Qahhorning «Adabiyot muallimi» hajviy asarlari hikoya janrida yaratilgan. Jahon adabiyotida Ilf va Petrovning «0‘n ikki stul», «Oltin buzoqcha», Ne’mat Aminovning «Yelvizak» kabi hajviy yo‘nalishda bitilgan romanlari ham mavjud.
Hajviy asarlarda jamiyatdagi illatlarni, yomon xulqli kimsalarning kirdikorlarini yaqqol fosh etish uchun voqealar bo‘rttirib ko‘rsatiladi, mubolag‘a, fantaziya, sifatlash, o‘xshatish, qarshilantirish kabi badiiy tasvir vositalaridan keng foydalaniladi. Masalan, «Tanobchilar» satirasidagi tasvir vositalariga e’tibor beraylik:
Sallalari boshlarida oq savat,
Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat.
Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar,
Birlaridur kunda pix-u gavda xar.(Sifatlash)
Sulton Alixo‘ja, Hakimjon ikav,
Biri xotun. birisi bo‘ldi kuyav.
Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,
Xo‘ja chiroq yog‘i, Hakimjon pilik.(O‘xshatish)
Og‘izlari maqtanib o‘n besh qarish,
Mayda suxan, ezmachuruk, zanchalish.(Mubolag ‘a)
0‘zgalarga rohat-u, menga azob.(Qarshilantirish)
Bunday tasvir vositalarini boshqa hajviy asarlarda ham ko‘plab kuzatish mumkin.
Jahon adabiyotida, jumladan, o‘zbek adabiyotida ham hajviy asar yozma va og‘zaki adabiyotning mustaqil yo‘nalishi sifatida taraqqiy etib kelyapti.
Mumtoz adabiyotimizning Gulxaniy, Maxmur, Muqimiy, Zavqiy;
Bugungi adabiyotimizning Said Ahmad, Ne'mat Aminov, Anvar Obidjon kabi hajvchi adib va shoirlari ijodi buning yorqin misolidir.
BADIIY ASAR TILI HAQIDA TUSHUNCHA
Til bilan bog’liq uchta tushunchani aralashtirib yubormaslik, ularni o‘zaro farqlash lozim. Bular:
1.Umumxalq tili (milliy til). 2.Adabiy til. 3.Badiiy til.
Umumxalq tili (milliy til) deganda yurtimizdagi o’zbek tilida so’zlashuvchilarning barchasi — ularning yashash hududi, qaysi ijtimoiy tabaqaga mansubligi, hayotda bajarayotgan mashg‘ulotidan va boshqalardan qat’iy nazar foydalanadigan til tushuniladi.
Adabiy til deganda umumxalq tilining leksik, grammatik, imlo va talaffuz jihatdan me’yorlashtirilgan shaklini tushunamiz.
Badiiy til esa bir tomondan, umumxalq tili va adabiy tilga tayanadigan, boshqa jihatdan esa ularning har ikkisidan farqlanib turadigan alohida san’at hodisasidir. Badiiy tilning mavjudligi ijodkor shoir-yozuvchilar faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Shu ma'noda badiiy til o‘z zamirida milliyadabiyotimizning asrlar osha shakllanib kelgan an’analarini (an'anaviysifatlashlar, ramz va majozlar, o'xshatish va boshqalarni) saqlab qolgan. Ayni paytda har bir iste’dodli ijodkor badiiy til imkoniyatlari doirasini kengaytirishi, bu tilning yanada joziba kashf etishini ta’minlashi mumkin. Bu jarayonda adabiy til qonun-qoidalaridan chekinishga, xalq tili boyliklariga dadil murojaat qilishga to'g'ri keladi. Siz bu narsaga kelgusi darslarda o‘rganiladigan qator asarlar, jumladan, «Qisasi Rubg‘uziy», Gulxaniyning «Zarbuhnasal», Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» asarlari mutolaasida yana bir bor guvoh bo’lasiz.
Eslatma! Badiiy tilning obrazliligidan tug'iladigan muhim xususiyatlardan yana biri ma’nodorligi (aforizm) va qisqaligi (lakonizm)dir.
Eslatma!Muallifnutqi. Muallif barcha asarlarining hikoyachisi bo'lganligi sabab, u „qo'mondonlik" vazifasini bajaradi.
Eslatma! Personaj nutqi. Bu nutq tipikligi, individualligi va obrazliligi bilan ajratlib turadi.
Eslatma! Dialog (lot. „dialogos" - ikki kishi o’rtasidagi so'zlashuv) ikki yoki undan ortiq personajlar o'rtasidagi nutq shaklidir.
Eslatma! Monolog (grekcha „monos" - bir va „logos" - so'z, nutq) badiiy asardagi qahramonning o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan nutqidir. Bu nutq, odatda, qahramonlarning ichki iztirob va dardlarining „po'rtanalari", „to‘lqinlari"ni ifoda qiladi.
Eslatma! Lirik asarda monologning tashqiko'rinishi (bunda lirik qahramon o'z nutqini ovoz chiqarib ifoda qiladi) yaqqol ko'zga tashlanadi.
Modomiki, adabiyot insonni, uning shakl-u shamoyilini, о’ta murakkab ruhiy olamini tasvirlar ekan, bunda o‘sha obyekt — insonga yondashuv turli usullarni talab qiladi. Chunki dunyoda bir-birini har jihatdan to’liq takrorlaydigan ikki kishini hech qachon topib bo' lmaydi. Demak, har bir qahramon o‘ziga o‘zgacha yondashuvni talab qiladi, har birining yuragi alohida kalit bilan «ochiladi». Bu kalit - uning kayfiyati, fe’l-atvori, nutqi, axloqi, dunyoqarashi singari o‘nlab unsurlarning betakror tasviri tufayligina ishga tushadi. Shundagina o'quvchi ko‘z oldida qahramon xuddi tirikdek harakat qiladi, gapiradi, kuladi, o'ylanadi, iztirob chekadi, shodlanadi. Qahramonning har bir harakati o‘quvchiga ham «yuqadi», uni о‘z olamiga «olib kirib ketadi». Demak, qahramon o'quvchini o'ziga ishontirishi uchun xuddi uningdek jonli so‘zlashishi, fikrlashi lozim ekan, yozuvchi xalq tilidagi shevaga xos so‘zlardan ham, agar qahramon tarixiy shaxs obrazi bo’lsa, qadimiy yot unutilgan so'zlardan ham, hatto bir guruh odamlargina tushunadigan jargonlardan ham foydalanishiga to'g'ri keladi. Qahramonning ruhiy holatlarini ifodalash uchun esa dialoglarning turli shakllari, hatto sukutholati ham «ishga solinadi».
Agar e’tibor bersak, kundalik so‘zlashuvimizda ishlatiladigan til ham, badiiy til ham, oxir-oqibat, axborot yetkazish va axborot olishga xizmat qiladi. So‘zlashuv tili yetkazayotgan axborot oddiy axborot bo’lsa, badiiу til badiiy axborotni yetkazadi, ijodkor va o’quvchi orasida badiiy muloqotning vujudga kelishini ta’minlaydi. AbdullaQahhor o‘zining mo‘jazgina “Bemor”hikoyasi orqali biz bilan o‘tkazgan badiiymuloqoti o‘zining ta'sir kuchini o‘n yillar davomida saqlab qolishi badiiy til naqadar qudratli hodisa ekanining yaqqol isbotidir.
BADIIY ASARDA KULGI HAQIDA TUSHUNCHA
Kulgi turli janrdagi asarlarda uchrashi mumkin bo’lgan hodisa, holat. Biror voqea tarkibida yoki biror obraz tasvirida kulgi, kulgili holatlar bo‘lishi mumkin. Kulgi o‘z o‘rnida mahorat bilan, me’yorli qo’llanilsa, har qanday asarga hayotiylik, o‘quvchiga qiziquvchanlik, yengil kayfiyat bag‘ishlaydi. Bunday asarlarga kitobxon ehtiyoji ham katta bo’ladi.
Odatda, mutaxassislar badiiy asardagi kulgini ikki yo‘nalishga ajratadilar — satira va yumorga.
Satira so‘zi yunonchaturli, aralash degan ma’nolarni anglatib, badiiy asarda keng ma’noda kishilardagi yoki ma’lum bir jamiyatdagi nuqson va kamchiliklami keskin tanqid qilish. masxaralab bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladi.
Yumor ingliz tilidagi namlik, suyuqlik so‘zidan olingan bo‘lib, u keng ma’noda badiiy adabiyotda yengil kulgi qo‘zg’ash, hazil-mutoyiba sifatida qo’llaniladi. Bunda ijodkor ayrim nuqsonlar ustidan kinoya-kesatiqsiz do‘stona, xayrixohlik bilan kuladi. Voqea-hodisalarning, jamiyatdagi insonlarning hech bir nuqsonsiz bo'lishini istab, ularni inkor etmagan holda zukkolik, topqirlik, hoziriavoblik, hazil-askiya bilan munosabat bildiriladi.
Said Ahmadning Siz yuqorida o'qigan ikki hikoyasi o’sha ikki yo'nalishda yaratilgan asarlardir.Jamiyatdagi turli illatlar. nuqson va kamchiliklar, odamlar o'rtasidagi kulgili munosabatlar, har xil toifa xarakterlar mazkur hikoyalarning bosh mavzusidir.
Dramatik asarlarda, ayniqsa, komediya va tragikomediyalardakulgining ikki xil ko‘rinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular xarakterkulgisi va holatkulgisidir. Ularning birinchisi asar qahramonlarining xarakteriga, tabiatiga xos bo‘lgan kulgi hisoblansa, ikkinchisi asarda tasvirlanayolgan vaziyatlar, holatlardan kelib chiqadigan kulgidir.
Rus yozuvchisi Gogolning «Revizor» komediyasida ko‘proq holat kulgisi;
O’zbek dramaturgi Sharof Boshbekov qalamiga mansub «Temirxotin» komediyasining bosh qahramoni Qo‘chqor o‘z xarakterining bag‘oyat ajabtovurligi bilan har bir epizodning kulgili tus olishiga(xarakterkulgisiga) sababchi bo’ladi.
Eslatma! Satirik obrazlar: Mulla Dilkash („Hiylayi shar’iy". G‘. G'ulom).
Kalvak mahzum „Kalvak mahzumning xotira daftaridan" A.Qodiriy
Qori Isbkamba („Sudxo'rning o'limi", S. Ayniy).
Yumoristik obrazlar: Mullado'st (“Maysaraning ishi”, H. H. Niyoziy).
Hamrobuvi, Xolnisa („Shohi so'zana". A. Qahhor).
Toshbolta (,.Toshbolta oshiq", G‘. G'ulom).
XALQ QO‘SHIQLARI
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida san’atning barcha turlari qatori milliy qo‘shiqchiligimiz tarixi, uning bugungi kundagi rivojlanishi masalalariga ham alohida diqqat qaratilgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «... kuy-qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin desak, mubolag'a bo‘lmaydi» (141-bet).
Eslatma! «Qo'shiq» atamasi ilk marta Mahmud Koshg'ariy tomonidan qayd etilgan. Muallif unga she’r, qasida deb izoh bergan. «Devon»dagi she’riy parchalar - xalq qo'shiqlari barmoq vaznidadir. Ular shakliga ko’ra,asosan, ikkilik, to‘rtlik va murabba’lardan tashkil topgan.To‘rtliklar, asosan,a-a-a-bshaklidagi qofiyadoshlikka ega. Ular orasida a-b-d-bturidagi qofiyalar ham uchraydi.Ayrim namunalar aruzning ba’zi ko'rinishlariga muvofiq kelsa-da, aslida barmoq vaznida yozilgan.Ularning ko'pi yetti bo'g'inli misralardan tuzilgan. «Alp Er To'nga o'ldimu?», «Qag`lar qamug' ko'lardi» kabi she’rlar barmoq vaznida.
Xalq qo‘shiqlarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Qo‘shiqlar xalq poetik ijodining eng qadimiy va ommaviy shakllaridan biridir. Siz har kuni radio, televizor orqali o‘nlab, yuzlab qo‘shiq tinglaysiz. O'zingiz biror-bir yoqimli qo‘shiqni xirgoyi qilib yursangiz ham ajab emas. Biroq ularni farqlay bilish kerak.
Qo‘shiqlar yaratilish manbayi, tinglovchilarning qaysi qatlamiga bag‘ishlangani, mavzulariga ko‘ra har xil. Tariximizda xalq qo‘shiqlarining ko‘plab turlari mavjud bo‘lgan: ov qo‘shiqlari, mavsum qo‘shiqlari, to‘y qo‘shiqlari («Yor-yor»), aza qo’shiqlari (marsiya) kabi. Bundan tashqari bolalarga mo‘ljallangan alla, ovunchoq qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari («Boychechak», «Oq terakmi, ko‘k terak») ham keng tarqalgan.
Siz bilan biz tanishmoqchi bo‘lgan xalq qo'shiqlari kundalik hayotimizni bezovchi ko‘ngil mulki hisoblanadi. Xalqimiz o‘z quvonchini, shodligini yoki g'am-hasratini qo‘shiqlarda yorqin aks ettirgan. Xalq og‘zaki bisotidan lirik qo’shiqlar va termalar yillar davomida sayqallanib bizgacha yetib kelgan va hozir ham sevilib ijro etilyapti.
Xalq qo'shiqlarida milliy urf-odatlarimiz nafislik va nazokat bilan aks ettiriladi. Kundalik hayotda onalarimiz allani kanda qilmay kuylayotganlari yoki to'ylarimizning «Yor-yor»siz o‘tmayotganligi buning isbotidir.
Qo‘shiq - jon ozig‘i. Uni tinglaganingizda ruhingiz yengil tortadi, jon orom oladi. Buning asosiy sababi mazkur qo'shiqlar xalqning jonli tilini o‘zida mujassam etgani, rang-barang xalqona iboralar bilan bezalib, ularning hikmat darajasiga ko‘tarilgani bilan izohlanadi. Tabiat va uning farzandi bo’lmish inson ruhiyatidagi mushtarak jihatlar, ona tabiatdagi har bir o‘zgarishning odamlar kayfiyatiga ta’sir qilishi, kishilar o‘z hayotini tevarak-atrof hodisalari bilan chambarchas bog‘liq holda tasavvur qilishi bu qo‘shiqlarda yaqqol aks etadi. Agar e’tibor bersangiz, xalqimiz insonning tug‘ilishidan tortib to bu dunyoni tark etish marosimigacha o‘z tuyg‘ularini mana shu qo‘shiqlar orqali ifoda etadi.
Qo’shiq - qadimiy lirik janr hisoblanib, kuyga solib aytishga mo’ljallab yoziladi.
Qo'shiq, odatda, ikki xil bo‘ladi: xalq qo'shiqlari va yozma adabiyot namunasi bo‘lgan qo‘shiqlar.
Xalq qo'shiqlari juda qadimiy tarixga ega. Ular dastlab mehnat jarayonida paydo bo’lgan. Qo'shiqlarda xalqning orzu-umidlari, zavq- shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan.
Qo‘shiq yozmaadabiyot janri sifatida ham mashhur. Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Feruz, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa mumtoz shoirlarimizning she’rlari xalqimizning sevimli qo'shiqlariga aylanib ketgan. Hamza, Hamid Olimjon, Turob To‘la, Po’lat Mo‘min, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon, Usmon Azimov singari ijodkorlar asarlarining qo'shiq qilib kuylanishi yozma adabiyot bilan qo‘shiq janrining bir-biriga naqadar aloqadorligini isbotlaydi.
Xalq qo‘shiqlari haqida gapirar ekanmiz, ular ko‘pchilikning his- tuyg‘ularini umumlashtirgan holda, yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi.
Xalq qo‘shiqlari har bir joyning jug‘rofiy tuzilishi, iqlimiga, urf- odatlariga, o'tkaziladigan marosimlariga monand tarzda o‘sha yurtning turli yoshdagi vakillari tomonidan yaratiladi va ijro etiladi. Bu borada bolalar og'zaki ijodi ham salmoqli o'rinni egallaydi. Dastlab, kattalar tomonidan bolalar uchun qo'shiqlar ijod qilingan bo'lsa, keyinchalik bolalarning o'zlari kuylagan qo'shiqlar, termalar vujudga kelgan.
Masalan, bahor elchisi boychechakka bag’ishlangan qo'shiqlarni, qizaloqlar aytadigan «Chittigul» kabi qo‘shiqlarni bolalar maroq bilan kuylaganlar. Bolalar qo‘shiqlari shakl jihatdan nihoyatda oddiy, o‘ziga xos ohangdorlikka egadir. Bolalar tilidan aytilgan qo‘shiqlar, o‘z ma’no- mohiyati bilan aytuvchilarning ruhiy olamida yuz berayotgan tovlanishlarn, qo'shiq mazmunida ifodalangan sodda, samimiy, beg‘ubor tuyg’ularni tarannum etadi. Shuning uchun ham ular o‘z soddaligi bilan dilga yaqin, ta’sirchan.
Marosim qo'shiqlarida to'y, aza va boshqa marosimlar bilan bog‘liq holatlar tasvirlanadi («Yor-yor», «Kelinsalom», «Kuyovsalom» kabi). Mehnat qo‘shiqlari esa turli mehnat jarayonlari bilan bog‘liq. Masalan, xirmon yanchishda «Xo‘p hayda», «Maydagul», sigir, qo‘y, echkilarni sog‘ishda, buzoq, qo‘zi, uloqlarni emizishda «Xo‘sh-xo‘sh», «Turey- turey», «Churey-churey» kabi xalq qo‘shiqlari dehqon va chorvadorlar ish faoliyatini o‘zida aks ettiradi.
«Boychechak» qo‘shig‘i odatda bahorfaslida ijro etilgan. Boychechak gulining qo'shiqqa solib aytilishi tasodifiy emas. Chunki bu gul bahor darakchisi. Qishloq bolalari ushbu gulni ko'tarib uyma-uy qo‘shiq bilan suyunchi so‘rab borishgan, xonadon sohiblari bolalarga hadyalar berishgan. Boychechakni ko‘rgan keksalar uni ko‘zlariga surtishgan. Negaki, boychechak bahorga yetib kelganlikning shukronalik belgisi sifatida qabul qilingan.
«Boychechak» qo‘shig‘ining to‘rt, olti, sakkiz qatorli ko‘rinishlari mavjud. Qo‘shiq bolalarga xos sodda, samimiy, hazil-mutoyiba tarzidagi misralar bilan boshlanadi:Boychechagim boylandi.Qozon to‘la ayrondi.Ayroningdan bermasang,Qozonlaring vayrondir.
Boychechak — ijobiy obraz, u yoshlik, jo'shqinlikramzi. U bolalarning bahor faslidagi birinchi qo‘shig‘i hisoblanadi. Bu qo'shiq baland ovoz bilan aytiladi.
Naqarot tarzida takrorlanadigan qismi jamoa bo’lib kuylanadi.
Naqorat: Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Qo‘shiq matnidagi «boychechakni tutdilar, tut yog‘ochga osdilar» deyilishining ma’nosiga e’tibor beraylik.Ma’lumki, xalqimizda tut daraxti muqaddas hisoblanadi. Xalq tut daraxti mevasini sevib iste’mol qiladi. Uning tanasidan taroq, bola uchun beshik yasashadi. Boychechak xalq orasida ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, unda chuqur ma'no bor. Uni «tutadilar», «tut yog‘ochga osadilar», «qilich bilan chopadilar», «baxmal bilan yopadilar». Xalqda o‘z kuchi bilan qiynalib maqsadga erishsa, «Axir u qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechakning o‘zi-da» deyishadi. Bu ifodalarning barchasida boychechak mehnatkash inson ramzi ekanligiga ishora qilinadi.
«Chittigul» qo‘shig’i ham bolalar ijodiga xos bo‘lib, kichik yoshdagi qizaloqlar ijro etishadi. Bu qo‘shiq bahorni eslatgani uchun ham mavsum qo‘shig‘i hisoblanadi. Qizlar bu qo'shiqni ijro etganda uning ohangiga mos harakatli o‘yin o‘ylab topadilar. Qizlar juft-juft bo‘lishib, kaftlarini bir vaqtda bir-biriga urib, aylanishib, yana urishtirib qo‘shiq aytadilar. «Chittigul-о chittigul» deyilganda qizlar yuzma-yuz turadilar. Qo‘llari ma’lum tartib bilan bir-birlariga qarsillab tegib, chiroyli ohang kasb etadi. «Hay-yu, chittigul» deyilganda, qizlar bir xil maqom bilan turgan joylarida gir aylanadilar. Qo‘shiq matni juft- juft matn va naqarotdan iborat bo‘ladi.
Xullas, bolalarning mavsumiy qo‘shiqlari aytilishi, ijro uslubi bilan ko‘plab o‘ziga xosliklarga ega, ya’ni ma’lum faslda o‘tkaziladigan marosimlar, harakatli o‘yinlar bilan bog’liqdir. Muhimi, bu xildagi qo’shiqlar o‘tmishimizni, uzoq ajdodlarimizning turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu- istaklarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
HIKMATLI SO’ZLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Chuqur va o'tkir mazmunli qisqa, aniq va lo'nda ibora, bayt, jumla hikmatli so’z bo’ladi. Hikmatli so'zni ayrimlar grek tilidan o’zlashgan «aforizmlar» deb ham qo’llaydilar. Hikmatli so’z xalq maqollandan farqlanadi. Hikmatli so'zlarning muallifi aniq, uning qaysi manbadan kelib chiqqani, kim tomonidan aytilgani ma’lum bo’ladi.
Hikmatli so‘zlar shakljihatidanmukammal holga kelib, ko‘pchilik tomonidan qo’llana boshlagach, maqolga aylanib ketadi. Xalq maqollarining paydo bo’lishi aksariyat shunday xususiyatga ega. Hikmatli so‘zlar o‘zicha mustaqil janr hisoblanadi, ya’ni ular alohida yaratilishi mumkin. Lekin ko'p hollarda hikmatliso`zlar turli ilmiy, falsafiy, tarixiy va badiiy asarlartarkibidauchraydi. Ba'zida butun asar hikmatli sozlardan tarkib topgan bo'lishi ham mumkin. Hikmatli so‘zlar har bir xalq adabiy tilini boyitish bilan birga, inson ma'naviyatini yuksaltirishda, yoshlarning axloqiy tarbiyasida juda katta o'rin tutadi.
Qandaydir bir fikrni shunchaki aytmay, hikmatli so zlar bilan bezab aytilsa, uning ta’siri kuchli bo‘ladi, ayni chog‘da tinglovchining xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Hikmatli so‘zlar asosan tarbiyaviy yo‘sindagi pand-nasihat, o‘git, tanbeh shaklida bo‘ladi.
Bu xususiyat, ayniqsa, sharqona hikmatli so‘zlarga juda ham xosdir. Sharq adabiyotida faqat hikmatli so‘zlar va ibratli hikoyatlar asosiga qurilgan asarlar ko‘plab uchraydi va ular turli xalqlar orasida juda mashhurdir. Masalan, Sa'diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo’ston», Nosir Xisravning «Sadoqatnoma». Alisher Navoiyning «Nazm ul-javohir», «Mahbub ul-qulub», Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarlari shular jumlasidandir.
Xususan, Alisher Navoiyning ko'rib o'tganimiz «Mahbubul-qulub» asari ham hikmatli so‘zlarga boyligi bilan e’tiborni tortadi. Jumladan:
«Saxovatsiz kishi - yog‘insiz abri bahor»,
«Ko‘p degan ko‘p yengilur, ko’p yegan ko‘p yiqilur»,
«Bilmaganni so’rab o‘rgangan olim va orlanib so'ramagan o‘ziga zolim».
Bu hikmatli so‘zlarni kundalik hayotda turli soha kishilari tilidan eshitish mumkin. Ko‘pchilik bularni Alisher Navoiyning «Mahbubul-qulub» asaridanolinganini bilavermaydi ham. Chunki bu hikmatlar allaqachonlar xalq maqollariga aylanib ketgan.
Demak, chuqur ma’noli va quyma shaklga kelgan hikmatli so‘z xalq tilida va dilida saqlanadi. 0‘rni kelganda doimo qo‘llanadi. Badiiy asarlarda esa hikmatli so‘z asarning badiiyligini oshirib, xalq o‘rtasida keng ommalashishiga sabab bo’ladi.
MASAL HAQIDA TUSHUNCHA
«Masal» so'zi arab tilida namuna, misol degan ma’noni anglatadi. Biz biror-bir fikrni tushuntiradigan bo‘lsak, masalan so'zini ishlatishimizning boisi ham shunda. Badiiy adabiyotda masal so'zi mustaqil adabiy janr ma’nosida keladi. Masal didaktik, ya’ni axloqiy-ta’limiy janrdir. Bu janrga mansub asarlar she’riy yoki nasriy shaklda bo‘lib, kichik hajmda bitiladi. Masal majoziy, ko'chma ma’nodagi asar hisoblanib, unda jamiyat, insonlar hayotidagi voqealar, ular o'rtasidagi munosabatlar hayvonlar, qushlar, buyumlar, o'simliklar vositasida tasvirlanadi. Bunday asarlar tanqidiy ruhda yaratilgani uchun unda hajviy tasvir, mutoyiba, kinoya ustun bo'ladi. Masaldagi voqealar bayoni xuddi ertak, latifalarga o'xshasa-da, asar yakunida ta’limiy xulosa chiqariladi.
Masal janri qadim tarixga ega. Uning mukammalnamunalarinimiloddan avvalgi VI-V asrlarda buyuk masalnavis Ezopijodidauchratamiz.
Sharq adabiyotining atoqli namoyandalari Farididdin Attor, Navoiy o'z asarlarida masaldan unumli foydalanganlar.
Fransuz adibi Lafonten,
ispaniyalik adib Lope de Vega,
rusadiblari Krilov, S.Marshak, S. Mixalkovlar masallarning ajoyib namunalarini yaratganlar.
Bugungio'zbek adabiyotida Sami Abduqahhor, Olim Qo'chqorbekov, Muxtor Xudoyqulov, Yamin Qurbon kabi masalchi shoirlarimiz ushbu janrda faol ijod qilmoqdalar.
ROMAN HAQIDA TUSHUNСHA
Roman inson hayotini jamiyat bilan bog‘lab, keng ko’lamda tasvirlovchi yirik epik janr hisoblanadi. Konkret bir shaxs taqdiri, uning o‘z-o‘zini anglab yetishi, xarakterining turfa jihatlari namoyon bo’lishi roman voqealarining markazida turadi. Qissa va hikoyadan farq qilaroq romanda ko‘plab qahramonlar qatnashadi, ularning taqdiri bir-biri bilan chambarchas bog‘lanadi.
Eslatma! Professor S.Mirzayevning“O'zbek romanchiligi" qo'llanmasidagi o'zbek romanlarining xronologik ko'rsatkichiga tayansak, unda 1989-yilgacha 219 ta o'zbek romani yaratilganiga shohid bo'lamiz. Agar ularga keyingi o'n yilliklar ham qo'shilsa, o‘rtacha 300 ga yaqin roman yaratilgan,
Chinakam iste’dod bilan yaratilgan romanlar muayyan xalq hayotining o‘ziga xos ma’naviy ko‘zgusi hisoblanadi. Romankengqamrovli (romaniy) tafakkur, ulkanijodiyizlanishlarmahsulihisoblanadi.
Romanning xilma-xil turlari mavjud. Tarixiy roman (A.Qodiriyning «0‘tkan kunlar», P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» asarlari), harbiy roman (Oybekning «Quyosh qoraymas» romani», zamonaviy roman (P. Qodirovning «Olmoskamar», Said Ahmadning«Jimjitlik» asarlari), sarguzasht va fantastik romanlar (X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib») asari shular jumlasidandir.
Aslida roman janrining dastlabkinamunalari Yevropa davlatlarida Uyg'onish davrining oxirlarida (XVI-XVIlasrlarda) yaratila boshlagan.
Mazkur yo'nalishda Valter Skot, Migel de Servantes, Stendal, Balzak, Turgenev, Dostoyevskiy, Lev Tolstoy singari buyuk yozuvchilar katta muvaffaqiyatlarga erishganlar.
Eslatma! XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan e’tiborli asarlarda mayda-chuyda detallar, sahifa-sahifa tabiat manzaralari tasviri yo'q. Endilikda Stendal (1783 - 1842), Xolya (1840- 1902) kabi adiblarning romanlari ham xuddi Balzak asarlari singari o'zining ko'pso'zligibilaneskirdi.
Eslatma! Roman janri o'zining an’anaviy ko'pso'zligidan voz kechish evaziga ixchamlashdi. Bu o'zgarishi bilan u zamona kishilarining havot tarzi ehtiyojiga moslashdi.
0‘zbek adabiyotida roman janrining yuzaga kelishida ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalari Hamza («Yangi saodat», «Uchrashuv»), Abdulla Qodiriy («O'tkan kunlar», «Mehrobdan chayon»), Sadriddin Ayniy («Doxunda», “Qullar”), Cho‘lpon («Kecha va kunduz») kabi adiblarning xizmati kattadir.
1922- yilda A. Qodiriyning “O'tgan kunlar" romanidan boshlangan bu jarayon izchil davom etmoqda.
Bugungi kunda o‘zbek adabiyotida:Murod Muhammad Do‘st, Tog‘ay Murod, Xayriddin Sultonov, Omon Muxtor, Xurshid Do‘stmuhammad singari adiblar yaratgan asarlar milliy romanchiligimizning rivojlanishi, o‘tmish va zamonaviy mavzularning yirik shaklda talqin va tahlil etilishiga xizmat qilmoqda.
Eslatma!Endilikdan roman hajmi ixchamlashib bormoqda. Vaqttanqis bo'lib borayotgan davrlarda esa odamlarga besh yuz, ming sahifali romanni o‘qish malol keladi. Bunday hajmli asanii mutolaa qilishga odamlar ulgura olmaydilar.
Eslatma! Umuman, romanninghajmijihatidanixchamlashishiga kishilar havotida vaqt qadrining oshgani sabab bo'ldi. Mashhur adib Onorede Balzak (1799 - 1850) o‘z romanlarida qahramotilarining kiyim-kechaklari-yu uni qaysi tikuvchi tikkani, uning uyiga qanday borilishi, u joyning ko'rinishi manzarasini batafsil tasvirlagan.
Mustahkamlash
Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
Dars yakunida strategiya daraxtimiz ya`ni yoshlik niholimizga o`quvchilar qanday kasb yoki hunar egallab Vataniga foyda keltirmoqchi ekanliklarini is`hor qilishadi.
V. Dars yakunlarini chiqarish
1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi
VI. Uyga vazifa
M avzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish.