kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Oybek hayoti va ijodi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Oybek hayoti va ijodi, va uning "Naʼmatak" shʼeri

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Oybek hayoti va ijodi»



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


Namangan viloyati

Xalq ta`limi boshqarmasi


To`raqo`rg`on tuman xalq ta`limi

bo`limiga qarashli


48” – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabning

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

OSIMOV HASANBOYNING


9-SINFLAR UCHUN “OYBEK HAYOTI VA IJODI”

MAVZUSIDA

DARS ISHLANMASI


OYBEK HAYOTI VA IJODIGA BAG’







Fan: adabiyot Sinf 9 sana___________

Mavzu: Oybek hayoti va ijodi.

Maqsad:

A) ilmiy - O'quvchilarni buyuk adib Oybek hayoti va ijodi haqidagi to’liq ma’lumot berish

  • B) tarbiyaviy - O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bir-biriga o'zaro hurmatini oshirish

  • C) Rivojlantiruvchi - o'quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish o’g’zaki va yozma nutqini shakllantirish, o'z fikrini dalillar bo'yicha asoslashga o’rgatish.

Dars uslubi: interfaol usullardan foydalanish, musobaqa darsi, “Klaster”
Dars jihozi: texnik vositalar, kompyuter, 9-sinf" adabiyot darsligi,
ko'rgazmalar, savol varaqasi.

Darsning borishi

O’quvchilar bilan salomlashiladi;

Navbatchi axboroti tinglanadi.

Dars Shoir Hurshid Davronning "Oybeknoma" sidagi she'ri bilan boshlanadi.

Oybekning she’rini dalaga chiqib

Maysaga yonboshlab o’qimoq kerak.’

Va sokin shivirni, ovozni o’qib -

Oybekmi, maysami?-deb tolsin yurak.

O’tilgan mavzu takrorlab olinadi

Sinf o'quvchilari 2 guruhga bo’linishlari topshirig’i beriladi. Bunda Sinf o’quvchilarining jurnaldagi tartibiga qarab bo’linadi. (1,3,5,7,9... va hk. 1-guruh; 2,4,6,8,10... va hk 2-guruh) Har bir guruhga nom tanlash va guruh sardorlari tayinlash topshirig’i beriladi beriladi.

Har bir guruh sardori o’z guruhlari nomini aytishadi. 1-guruh “Navoiy”, 2-guruh “Bobur” nomini tanlashganini ta’kidlab o’tishadi.

O’qituvchi o’tilgan mavzuni musobaqa tarzida takrorlab olinishini eslatib o’tadi. O’tilgan mavzu Cho’lponning hayoti va ijodi, “Kecha va kunduz” romani.

O’tilgan mavzuni takrorlashda “Klaster” usulidan foydalaniladi. Bunda:

O'qituvchi: o'quvchilarga tarqatma beradi. U quyidagi ko’rinishda bo’ladi.





O’quvchilarga ushbu tarqatmani har bir doirasini qay holatda to’ldirish kerakligini tushuntirib o’tadi. Ushbu uchun o’quvchilar hukmiga 5 daqiqa vaqt beriladi. (masalan, Adib 1897- yilda tug’ilgan, Akbarali- oligi tirigidan qimmatga tushgan-obraz deya to’ldirish mumkin).

Ajratilgan vaqt tugaganidan so’ng o’qituvchi tarqatmani yig’ishtirib oladi va har bir guruh to’ldirgan doirasidagi ma’lumotni tekshirib chiqadi. Ushbu to’ldirilgan doiralar qaysi bir guruhda ko’p va aniq bo’lsa ushbu guruh g’olib deya topiladi.

Shundan so’ng o’quvchilarning bilimini mustahkamlash maqsadida auksion o’tkazish mumkin. Bunda oldindan tayyorlangan 10 ta savol asosida rag’bat kartochkasi to’plashadi, g’oliblikka davogarlik qilishadi

Savollar quyidagicha:

1.Cho’lpon Gogolning qaysi asarini tarjima qildi? – javob “Tergovchi"

2. “Kecha va kunduz” romanidagi o‘ligi tirigidan qimmatga tushgan timsolini kim? –javob Akbarali

3. Kompyuterdan badiiy filmidan lavha qo’yib beriladi. Ushbu ko’rib turganingiz qaysi asardan olingan va timsollar kim? –javob “Otkan kunlar” romanidan olingan. Timsollar – Yusufbekhoji, O’zbegoyim va Otabek.









Savollar shu tariqa o’quvchilarga beriladi. Har bir to’g’ri javobga rag’bat kartochkasi beriladi. Savol-javob yakunlanganidan so’ng rag’bat kartochkalari hisoblab chiqiladi va g’olib jamoa aniqlanadi.

Yangi mavzuni tushuntirish.

Yangi mavzuni tushuntirishda kompyuterdan foydalaniladi. Bunda Resbublixa xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan Oybek hayoti va ijodiga bag’ishlangan multimediya darsi qo’yib beriladi.







Yangi mavzu bayoni

Hayot va ijod yo‘li. Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand tojgjoychi oilasida tug‘ildi. Ota-onasi uni yoshligida eski maktabga o‘qishga berishgan. Oybekning so‘zga bo‘lgan muhabbati onasi Shahodatbonu yordamida kuchaydi. Muso o‘n to‘rt yoshga to‘lganda «Namuna» nomli yangi usuldagi boshlang‘ich sho‘ro maktabida o‘qishni davom ettiradi. U o‘n olti yosh­ga yetganda, Nayoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumiga o‘qishga kirdi. Texnikumdagi tahsil uning mumtoz adablyotga muhabbatini yanada teranlashtirishdan tashqari, qiziquvchan o‘spirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek o‘z xotiralarida: «Xayol daryosi keng edi menda. O‘qtin-o‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she’r yozib ham qo‘yardim. Xotiramda bor, ilk she’rim texnikumning «Tong yulduzi» nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o‘zim mas’ul muharrir bo‘ldim. Sekin-sekin res-publika gazetalarida she’rlarim bosila boshladi» Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi.

Shu texnikum talabasi, Oybekning bo‘lajak rafiqasi Zarifa Saidnosirova o‘z xotiralarida shunday yozadi: «Oybek oriq va novcha yigit bo‘lib, qo‘ng‘ir... qalin sochlari do‘ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko‘zlari shogirdlik davri-dayoq teran ma’noli va xayolchan edi... Oybek «Tong yulduzi» devoriy gazeta-mizning muharriri edi. U ba’zan yo‘limni to‘sar, gazetaga biror narsa yozib berishim yoki rasm solishimni so‘rar edi. U bir kuni she’rga liq to‘la, qalin-gina, sariq muqovali daftarni qo‘limga tutqazdida, she’rlarning boshi va oxiriga kichik-kichik rasmlar chizib berishimni so‘radi. Yo‘q deya olmadim va eng nozik mo‘yqalam va akyarel bo‘voqlar ila rasmlar chizdim...».

1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek O‘rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisod bo‘limiga o‘qishga kirdi. Oybek o‘qishini 1927- yilda Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi institutiga ko‘chirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o‘tgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatdi va u 1930 yilda o‘zi o‘qigan universitetga qaytib keldi. O‘qishni tugatgach, besh yil davomida o‘sha yerda siyosiy iqtisod va marksizm leninizm asoslaridan ma’ruzalar o‘qidi.

Adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan, Cho‘lpon hamda rus simvolist-larining ta’sirida bo‘lgan Oybek tez orada o‘ziga xos ovozga ega ijodkor ekanligini ko‘rsatdi. 30-yil]arda u «Dilhar dayr qizi», «O‘ch». «Baxtigul va Sog‘indiq», «Navoiy» singari o‘nga yaqin doston yaratdi. U hikoyachilikda ham o‘zini sinab ko‘rdi.

1937- yilgi qatag‘on shamoli Oybekni ham chetlab o‘tmadi. U til va adabiyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safidan chiqarildi. Mahalliy matbuot eshiklari uning uchun yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tushmadi, o‘zining butun kuchini ijodga bag‘ishladi. Tinmay yozdi. «Qutlug‘ qon» romani qonga botgan 1938- yilda yozilgan.

Oybek urush yillarida ham samarali ijod qildi. Uning mashhur «Navoiy» romani 1942- yilda yozildi. Shu yillarda adib «Mahmud Torobiy» tarixiy dramasini ham yaratdi. 1943- yilda O‘zbekistqnda Fanlar akademiyasi tashkil etjlishi bilanoq, Oybek G‘afur G‘ulom bilan birga uning haqiqiy a’zosi qilib saylandi va o‘sha kunlardan to 1951- yilga qadar akademiyaning gumanitar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi.

Ikkinchi jahon urushi tugagach, Oybek O‘zbekiston yozuvchilar uyush­masi raisligiga saylandi va 1949- yilgacha shu lavozimda mehnat qildi. Shu yillarda adib “Oltin Vodiydan shabadalar” romanini yozdi. Oybek 1951- yil­da og‘ir xastalikka chalindi. Gapirolmay qolgani, harakatlari cheklangani, xotirasi susayganiga qaramay, u umrining keyingi yillarida “Quyosh qoraymas”, “Ulug‘ yol” romanlari, «Nur qidirib», «Bolalik», «Bola Alisher» qissalarini yaratdi. Talaygina she’r va dostonlar bitdi.

Mashhur ximik olima, Oybekning ayoli Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: «l968 – yilning 1- iyulida, oltmish uch yoshida Oybek vafot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma’nosi bo‘lgan ulug‘ insondan judo bo‘ldim. Men hozir Oybekning o‘limoldi kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay, qo‘lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulog‘imda hali ham: «Men o‘lyapman, Zarifa, rozi bo‘l!»– degan so‘zlari jaranglab turibdi». Oybek faqat uydagilarga emas, balki o‘zi bilan aloqada bo‘lgan har qanday odamga yaxshilik qilishga urinadigan shaxs edi. Shundan bilinadiki, u ijodkor sifatidagina emas, balki, odam sifatida ham atrofidagilarning mehr-u hurmatini qozongan, ularning yuragidan chuqur joy olgan shaxs edi.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda “Aqliy hujum”, savol -javob metodidan foydalaniladi. Bunda o’qituvchi yangi mavzuga oid ber necha savollar beradi. O’quvchilar ushbu savollarga javob berishadi shu bilan yangi mavzu mustahkamlab olinadi.

Uyga vazifa “Qutlig’ qon” asarini o’qib kelish.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс

Скачать
Oybek hayoti va ijodi

Автор: Hasan Osimov

Дата: 12.04.2020

Номер свидетельства: 546316


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства