Просмотр содержимого документа
«Ot so`z turkumlari»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
KOSONSOY TUMAN
XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI
15-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI
MAMADALIYEVA MAHLIYONING
VI SINF “Ot so’z turkumi” mavzusidagi
Ushbu dars ishlanmasi Namangan viloyati Kosonsoy tumani XTB ga qarashli 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili fani o’qituvchisi, Mamadaliyeva Mahliyo tomonidan tayyorlangan.
Ushbu dars ishlanma ona tili fanidan “ Ot so’z turkumi ” mavzusida yozilgan bo’lib, 6-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Unda ot so’z turkumi haqida so’z boradi. Dars ishlanma o’quvchilarni ona tili fanidan bilim, malaka va ko’nikmalarini oshirishda katta yordam beradi. Dars ishlanma DTS talablariga asoslangan holda yangi pedogogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanib yaratildi. Shuningdek, bu dars ishlanmadan yuqori sinf o’quvchilari uchun ham foydalanish mumkin.
Muallif: M. Mamadaliyeva Kosonsoy tuman XTB ga qarashli 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Taqrizchi : Z.Mamajanova Kosonsoy tumani XTB ga qarashli 28-umumiy o’rta talim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Muharrir: J.Rasulov Kosonsoy tuman XTB bo’limi ona tili va adabiyot fani uslubchisi
Ushbu dars ishlanma Kosonsoy tuman Xalq ta’limi bo’limi huzuridagi metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi tuman kengashining taklifi bilan foydalanishga tavsiya etildi.
T A Q R I Z
Mamadaliyeva Mahliyo ona tili fani darslarini tashkil etishda innovatsion usuldan foydalangan holda dars o’tish yuzasidan yozgan tavsiyasi shu kunning asosiy mavzusi deb bilamiz. Chunki yangi pedagogik texnologiyani darslarda qo’llash o’qituvchi o’quvchilarda do’stona munosabatini shakllantiradi. O’qituvchi tomonidan ona tili darslarini o’tish jarayonida o’zaro guruh musobaqalarini qo’llanilishi o’quvchilarning faolligini oshirish bilan ijodkorligini oshiradi. O’quvchilar o’z fikrlarini mustaqil bayon qilishga intiladilar, yozma savodxonliklarini oshirishga harakat qiladilar. Buning natijasida ta’limdagi o’qitish orqali bilim, ko’nikma va malakalar ortib boradi. O’quvchilarni tezkorlikka, mustaqil fikrlashga undaydi.
Mamadaliyeva Mahliyoxonning ushbu dars ishlanmasi ona tili darslarini o’qitishda samarali malakalarga erishishiga ishonamiz.
Temirov Shuxrat 15- umumiy o’rta ta’lim maktabining o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Ziyoda mamajanova 28- umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Dars mavzusi: OT SO’Z TURKIMI HAQIDA MA’LUMOT
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga ot so’z turkumi haqida nazariy ma’lumot berish, mavzu yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish;
tarbiyaviy: o’quvchilarga Vatanni sevish va ona zaminga muhabbat tuyg’usini singdirish;
rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma savodxonligini oshirish, fikrlash, dunyoqarashini boyitish.
Dars turi: Yangi bilimlar berish
Darsda foydalaniladigan usullar:Savol-javob, musobaqa
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Darslik, ish reja, dars ishlanmasi, slaydlar, kompyuter, videoproyektor, rag’bat kartochkalari.
Darsning texnologik xaritasi.
№
Dars bosqichlari
Vaqt
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni so’rash, mustahkamlash
10 daqiqa
3
Yangi mavzu
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
Darsni yakunlash va faol qatnashgan o’quvchilarni baholash
5 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashiladi, davomad aniqlanadi, sinf xonasining tozalagi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi ko’zdan kechiriladi.
O’quvchilar bilan ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi:
Ona tilimizga Davlat tili maqomi qachon berilgan?
Tilimizning rivojlanishiga hissa qo’shgan tilshunoslardan kimlarni bilasiz?
Til haqida maqollar ayting.
Ona tilimiz haqida she’rlardan namunalar ayting.
Dars musobaqa usulda olib borilishi e’lon qilinib, o’quvchilar “Bilimdonlar”, “Zukkolar”, “Donolar” guruhiga bo’linadi.
O’quvchilar dars davomida har bir to’g’ri javob uchun 1 balldan to’plab borishlari eslatiladi. Ballar rag’bat kartochkalari orqali yig’ib boriladi.
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash:
O’quvchilarga uyga vazifa qilib berilgan 262-mashqtekshirilib chiqilgunga qadar guruhlarga tarqatmalar beriladi.
Tarqatma materiallardagi savollar quyidagicha bo’lishi mumkin:
Shaxs-son qo’shimchalari deb nimaga aytiladi?
I va II shaxsni bildiruvchi shaxs-son qo’shimchalari qaysilari?
III shaxsda shaxs-son ma’nosi qanday ifodalanadi?
To’g’ri javoblarga 1 balldan beriladi.
O’quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida lug’at diktant o’tkaziladi.
Lug’at diktant uchun so’zlar: Mehr, ma’naviyat, ma’sul, har bir, hech narsa, mutafakkir, xulosa, allaqanday, shu-shu, qadrdonlar...
Guruhlardan nechta o’quvchi so’zlarni xatosiz yozgan bo’lsa, har bir o’quvchiga rag’bat kartochkasi orqali ball beriladi.
Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilarga videoproyektor orqali yangi mavzuga oid “Bilib oling” slaydlari namoyish etiladi va o’quvchilarga tushuntiriladi.
Ot nom bildiruvchi so’z turkumi bo’lib, shaxs, narsa, joy ma’nolarini anglatadi va “kim?”, “nima?”, “qayer?” so’roqlariga javob bo’ladi. “Kim?” so’rog’i shaxsni bildiruvchi so’zlarga, “nima?” so’rog’i narsa, faoliyat-jarayonni bildiruvchi so’zlarga, “qayer?” so’rog’i joy nomini bildiruvchi so’zlarga beriladi. Shunga ko’ra otlar shaxs otlari, narsa otlari, faoliyat-jarayon otlari, o’rin-joy otlariga bo’linadi.
Otlar kelishik va sonda kelishi mumkin. Otlar bosh, ikkinchi darajali bo’laklar va undalma vazifasida keladi. Otlarning ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol vazifasida kelishini kelishik qo’shimchalari belgilab beradi.
Otlar birlik va ko’plikda qo’llaniladi. Kitob-kitoblar, qalam-qalamlar...
Otlar aniq va mavhum otlarga ajratiladi. Mashina, uy – aniq ot. Hayol, aql, go’zallik, quvonch – mavhum otlar.
Otlar turdosh va atoqli otlarga bo’linadi. Daftar, ruchka, olma – turdosh ot. O’rta Osiyo, O’zbekiston, Alisher Navoiy, Sirdaryo – atoqli otlar.
Otlarning egalik va kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyiladi.
Otlar tuzilishiga ko’ra sodda, qo’shma, juft, takroriy otlarga bo’linadi.
Slayd orqali Vatan manzarasi berilgan rasm ko’rsatiladi. O’quvchilar rasmga qarab matn tuzadilar. Matnda qo’llangan otlarni topadilar. Otlarni to’g’ri topgan guruh vakillariga rag’bat kartochkalari beriladi.
Matn uchun namuna shunday tuzilishi mumkin:
Yer yuzida mamlakatlar, o’lkalar ko’p. Har bir xalq, millat o’z Vatanini sevadi, albatta. Biz o’zbeklar ham ona yurtimizning har bir gardini ko’zimizga to’tiyo qilishga tayyormiz. Nega shunday? Buni tushuntirib berish oson emas. Vatanga muhabbat ko’ngilning nodir sirlaridandir. Masalan, bir shoir yozadi: “Shirindir Vatanning achchiq tutuni!”. Ushbu go’zal his-tuyg’uni tushuntirib, izohlab bo’ladimi?..
Doskada “So’roqlarga so’z toping” musobaqasi o’tkaziladi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, “kim?”, “nima?”, “qayer” so’roqlariga mos 3tadan so’z yozadilar. Topshiriqni to’g’ri bajargan guruh vakiliga rag’bat kartochkasi orqali ball beriladi.
Guruh vakillari test savollariga javob beradilar.
Test savollari quyidagicha bo’lishi mumkin:
Ot so’z turkumi qaysi tilshunoslik bo’limida o’rganiladi?
sintaksis
morfologiya
leksikologiya
fonetika
Turlanish qaysi so’z turkumiga xos?
otga
sifatga
songa
fe’lga
Qaysi qatordagi so’z ot so’z turkumiga mansub?
boyvachcha
basavlat
boychechak
saxiy
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
263-264-mashqlar bajariladi.
263-mashq
O’lmasningonasiuyda o’tiradi, do’ppi tikadi. Qizlari ham onasiga qarashadigan bo’lib qolgan. Biri igna tortadi, biri piltakach uradi, bitgan do’ppinitaxtakachga bostiradi, yana biri ipak qaynatadi, quritadi, xullas, namozgarda boshlangan do’ppi ertasiga tayyor bo’ladi.
Guruhlardan o’quvchilar gaplardagi otlarni topib belgilaydilar. To’g’ri belgilagan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi. O’quvchilar mashqda berilgan gaplarni yozuv taxtasi va daftarlariga yozadilar.
O’tilgan mavzu yuzasidan uchala guruhga konvertda savollar berildi. Konvertda quyidagi savollar bo’lishi mumkin:
1-konvert: Ot so’z turkumi deb nimaga aytiladi?
2-konvert: Otlar qanday ma’no guruhlariga ajratiladi?
3-konvert: Ot so’z turkumi gapda qanday gap bo’laklari vazifasida kelishi mumkin?
Baholash va rag’batlantirish:
Guruhlar to’plagan rag’bat kartochkalar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi hamda rag’batlantiriladi. O’quvchilar darsda ishtirokiga ko’ra baholanadi.
Uyga vazifa: 265-mashq.
Matn tuzish va ot so’z turkumini topish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
N. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, D. Nabiyeva. Ona tili 6-sinf uchun darslik. Toshkent-2017.
Nargiza Erkaboyeva. Ona tili. “Ma’ruzalar to’plami” Toshkent – 2018.
Nilufar Rasulova. “Ona tilidan ma’ruzalar” Toshkent – 2018
N. Shodiev “ Yangi pedagogik texnologiyalar”.- S., 2001 .