kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ona tili va adabiyot fanidan darslik

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu darslik maktabdan tashqari darslik hishoblanib, oliy ta'limga kirish uchun mo'ljallangan 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«1.TIL»




O`qiganingda doimo kayfiyating a`lo, diqqating jam bo`lsin, shundagina o`qiganlaring hech qachon yodingdan chiqmaydi!!!

(M.Hamroyeva)


O'ZBEK ADABIY TILINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI

1. qadimgi turkiy til,

2. eski turkiy til,

3. eski o'zbek tili

4. hozirgi o'zbek tili kabi taraqqiyot bosqichlariga bo'linadi.

1. Qadimgi turkiy til miloddan oldingi davrlardan X asrgacha qo'llangan.

Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko'pchilik olimlar bir necha davrlarga bo'ladilar:

a.Oltoy davri.

b.Eng qadimgi turk davri.

c.Qadimgi turk davri.

d.O'rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanish hamda rivojlanish davri).

1893-yil 25-noyabr kuni V.Tomsen birinchi bo'lib bitiktoshlar sirini ochganligini e’lon qildi. Bu vaqtda V.V.Radlov 10 ta harfni o'qib ulgurgandi. Mazkur sirli yozuvlar turk xalqiga tegishli ekan. Enasoy hamda O‘rxun daryolari havzalaridan topilgani uchun ular O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb atala boshlandi. Hozirda ularning 700 ga yaqin namunalari fanga ma’lum.

budun - xalq; bilig - bilim; ingek - sigir; yag'i- yov, dushman; batsiq - g‘arb; ko'ch - urug‘, zot; o'kush - ko‘p; o‘z - jon, vujud; art - tepa, dovon; erik - mard, botir, erkin.

2. Eski turkiy til XI - XII asrlarda amalda bo`lgan.

Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning - sharqda uyg'ur madaniyatining va g'arbda, Markaziy Osiyoda, turk-eron madaniyati.

Yozma manbalar:

Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» nomli qomusiy asari qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo‘nalishiga asos soldi.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (Baxt keltiruvchi bilim) asari

Xo'ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq»

«Turkiylar, aslida, 20 qabiladir. Har bir qabilaning allaqancha urug'lari bor. Men bulardan asosiylarini - ona urug‘larini yozdim, shaxobchalarini tashladim. O'sha davrda bajanak, qipchoq, o'g'uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg'iz, chigil, tuxsi, yag'mo, ig'raq, uyg'ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil qilgan. Ulardan eng yengili - o'g'uz; eng to'g'risi, yaxshisi - yag'mo, tuxsi; eng ochiq, ravon til - Xoqoniy o'lkasida yashovchilarning tilidir».

Eski turkiy tilga oid so'zlar.

ko'kramak - na’ra tortmoq; sandilach - sa’va; qirg'ilach - qaldirg'och; sandug'ach - bulbul; elig - hukmdor; bo'gu - dono; al - qizil; ko'ni- to'g'ri, rost, haqqoniy.

3. Eski o‘zbek adabiy tili. XII - XIII asrlardan XX asr boshlarigacha Lutfiy, Atoyi, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Feruz, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarimizning shoh asarlari yozilgan eski o‘zbek tili hozirgi o'zbek tilining shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo'lgan.

ikki adabiy til an’anasi - sharqiy (qarluq-uyg'ur) adabiy til va g'arbiy (qipchoq-o'g'uz) adabiy til o'zbek tili­ning shakllanishiga xizmat qildi. Xususan, g'arbiy til an’anasida yozil­gan Qul Alining «Qissayi Yusuf» dostoni (1239-yil) hamda sharqiy til an’anasida yozilgan Rabg'uziyning «Qisasi Rabg'uziy» (1309 - 1310) asari o'zbek adabiy tilining shakllangan davrini ifoda etadi. A.Borovkovning e’tirof etishicha, «Tafsir» (XIII asr) tili eski o'zbek tili­ning yorqin namunasidir. O'zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdinning «Mo'g'ullar tarixi» asarida atoqli ot ma’nosida tilga olinadi. Herman Vamberining «Turkiy xalq» asarida esa o'zbek so'ziga «asl bek» deb ta’rif berilgan. O'zbek atamasining unga qadar ishlatilgan turk, sart, chig'atoy singari atamalarga nisbatan tilimizda barqaror bo'lib qolishi Shayboniyxon boshchiligidagi o'zbek urug'larining Markaziy Osiyoda o'troqlashuvi, hokimiyatni qo'lga olishi bilan bog'liq.

Eski o‘zbek tiliga oid so'zlar.

c herik - askar, qo'shin; ev - uy; qopungda - eshigingda; ulus - el, xalq; butradi - tarqaldi, ketdi; xuvaydo - ayon, ravshan; kilk - qamish qalam; pesha - kasb, hunar; bilmon - bilmayman; behbud - sog'lomlik.

O‘zbeklar haqidagi fikrlar:

O'zbek - jahon xalqlari orasida birinchilardan bo'lib, turkiy xalqlar o'rtasida esa eng oldin o’troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo`shgan milatdir. (Jahon qomusiy lug`ati)

O'zbek o'g'lonlari botir bo'lur (A . Fitrat).

Qadimgi Gretsiya Yevropada sivilizatsiya o`chog`i sifatida qanday o'rin tutgan bo'lsa, O'zbekiston va o'zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o'lkalar va barcha turkiy xalqlar tarixida xuddi shunday o'rin egallaydi (Chingiz Aytmatov).

O'zbekning fe’l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. Do'ppisida suv tashib bo‘lsa-da daraxt ko'kartiradi. 0‘zbek tom ma'noda bunyodkordir (I.A.Karimov).



DUNYO TILLARI

Dunyoda 7 mingga yaqin til bor.

Ma’lum tillarning vujudga kelishi uchun manba bo‘lib, o‘zi aloqa vositasida ishlatilmaydigan til asos til (bobo til) deyiladi: Roman tillari uchun lotin tili bobo til bo‘lib hisoblangan.

Dunyodagi xalqaro tillar sifatida ingliz, rus, ispan, fransuz, xitoy, arab tillari tan olingan.

Tillar tirik tillar va o'lik tillarga bo'linadi. Xalqlar hozir gaplashadigan tillar tirik til hisoblanadi, masalan, ukrain tili, ozarbayjon tili, turk tili, o‘zbek, ingliz, afg‘on, qirg‘iz, nemis va boshqalar.

Bizga yozma yodgorliklari yetib kelgan, ammo yer yuzida yashayotgan xalqlarning hech biri muomalada ishlatmaydigan til o'lik til deb yuritiladi. Masalan, lotin tili, qadimgi hind tili yoki sanskrit, qadimgi slavyan tili, qadimgi xorazmiy tili, qadimgi arab, qadimgi fors, toxar, anatoliy, so‘g‘d tili va boshqalar.

Zamonaviy tilshunoslik ma’lumotlariga ko'ra, hozirgi kunda 20 dan ortiq til oilalari mavjud.

Jahonda keng tarqalgan til oilalari quyidagilar:

Hind-yevropa tillari oilasi.

Oltoy tillar oilasi.

Fin-ugor tillar oilasi.

Kavkaz tillari oilasi.

Xitoy-tibet tillari oilasi.


Shuningdek, dunyo tillari yana morfologik jihatdan, ya’ni tarkibidagi so‘zlaming tuzilish jihatidan ham tasnif qilinadi. Bunga ko‘ra dunyo tillari 4 guruhga bo‘linadi.

1.Amorf tillar. Tarkibidagi so‘zlar hech qanday so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri birikib, bog‘lanib keladi.

2.Agglutinativ tillar. Har bir grammatik ma’no ma’lum bir grammatik ko‘rsatkich bilan ifodalanadi.

3.Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no birgina grammatik ko‘rsatkich orqali ifodalanadi.

4.Polisintetik tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir so‘z shaklida yoziladi.


TURKIY TILLAR TARMOG‘I VA O'ZBEK TILI

Oltoy tillar oilasi 30 ga yaqin jonli tillarni o'z ichiga oladi.

Turkiy tillar oilasi

Qarluq guruhiga: o'zbek va uyg'ur tillari;

Qipchoq guruhiga: qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash kabi tillar;

O'g'uz guruhiga: ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari mansub.

Jahonning ko'zga ko'ringan yozuvchilari tomonidan ishlatilgan so'zlar miqdori:

Alisher Navoiy 26035 ta;

Aleksandr Pushkin 21193 ta;

Vilyam Shekspir 20000 dan ortiq;

Migel de Servantes 18000 dan ortiq;

Abdurahmon Jomiy 17600 ta;

Abdulla To'qay 14000 dan ortiq.


GRAFIKA

Grafika aslida grekcha “graphikos” so‘zidan olingan bo‘lib, tilshunoslikda yozuy degan ma’noni anglatadi. Demak, grafika umuman olganda harflar, yoki chiziqlar vositasida aks ettiriladigan shartli belgilaming muayyan tizimidir.

Tilshunoslikda yozuvning piktografik yozuv, ideografik yozuv va fonografik yozuv kabi turlari bor.

PIKTOGRAFIK YOZUV - dastlabki yozuv hisoblanib, bu xil yozuvda (rasm)orqali biror ma’no ifodalangan.

IDEOGRAFIK YOZUVDIR. Bunda bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy shakl olinadi.

PIKTOGRAFIK VA IDEOGRAFIK (uning birinchi bosqichi logografik- “so‘z+yozaman”) yozuv ancha murakkab bo‘lib, minglab shaklni chizish va uning mazmunini bilishni talab etgan. Shuning uchun kishilar yozuvning yangi bosqichi - FONOGRAFLK YOZUVga avvalo, ayrim bo‘g‘inni, keyinroq ayrim tovushni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tgan. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bogliq.

YOZUVNING QUYIDAGI ASOSIY XUSUSIYATLARI bor:

1. Yozuvni o‘rganish ilgarigi davrda yaratilgan yozma yodgorliklami o‘qish, qadimda amal qilingan tillaming leksik-grammatik xususiyatlarini o`rganish, o`sha yodgorlik egasi bo‘lgan xalqning tarixiy urf-odatlari va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

2. Yozuv kishilar o‘rtasida bilvosita (bevosita emas) aloqa vositasidir.

3.Yozuvga zamon va masofaning ahamiyati yo‘q.

4.Agar yozuv bo‘lmaganda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan bo`lardi.






O‘zbek yozuvi tarixi

Yozuv nomlari

Qo`llanilgan davrlar

Yozilgan ba'zi asarlar

1.

Avesto,o‘rxun- enasoy,so`g‘d, xorazm yozuvi

Qadimgi davrlardan VII-VIII asrgacha

Bitiktoshlar: Tunyuquq, Bilga Hoqon, Kultegin (o‘rxun yozuvi)

2.

Uyg‘ur yozuvi

VI-VII asrlardan XIV-XV

“Qutadg‘u bilig” (Vena nusxasi), “Hibatul-haqoyiq”, "Muhabbatnoma”

3.

Arab grafikasiga asoslangan yozuv (eski o`zbek yozuvi)

VIII (720-yil) asrdan 1929-yilga qadar

“Qutadg‘u bilig” (Namangan va Qohira nusxalari “Devoni lug‘atit-turk” va boshqa mumtoz va jadid adabiyoti namunalari

4.

Lotin yozuvi

1929-yildan 1940-yilga qadar

Ba’zi jadid adabiyoti namunalari

5.

Rus grafikasi (kirill yozuvi)

1940-yilning may oyidan boshlab

XX asr adabiyoti

6.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi

1993-yilning 2-sentabridan boshlab

XXI asr adabiyoti


TIL HAQIDAGI QONUN

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktyabrda bo'lib o'tgan sessiyasida ona tilimizga davlat tili maqomini berish to'g'risidagi Qonun qabul qilindi.

Milliy munosabatlami yaxshilash maqsadida va osoyishtalikni ko’zlab, «Davlat tili haqida»gi Qonunga ba’zi o'zgartirishlar kiritildi va 1995-yilning 21-dekabrida O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirda «Davlat tili haqida»gi Qonuni e’lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunidan bandlar:

  1. modda. O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.

  2. modda. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlaming o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.

O‘ZBEK TILINING TARAQQIYOTI HAQIDA

Eski o‘zbek tilida tushum kelishigi -g‘, -g‘, -g, -ig qo'shimchalari vositasida ham berilgan: Kun to‘nug‘ qurutti (Kun to’nni quritdi). Biliglik k#raklik so‘zug so'zlayur (Bilimli kerakli so'zni so'zlaydi).

Jo’nalish kelishigi -ru, karu, -qaru, -g‘aru qo'shimchalari orqali berilgan: abru - uyga, tabaru - tomonga, artqaru - orqaga, og‘iz g'aru - og'iz tomonga, subunaru - suving tomonga.

XV asrgacha eski o'zbek tilida -duk, -duq shaklidagi sifatdosh yasovchilar bo'lgan: Ochilduk kun. Ishladuk ish (Ochilgan kun. Ishlanadigan ish).

Shart fe’lining -sa shakli eski o‘zbek tilida -sar shaklida qo'llangan: borsar, kelsar kabi.


O'ZBEK ADABIY TILINING BO‘LIMLARI

Tilshunoslik bo'limlari, avvalo, ikkiga bo'linadi:

Mazmuniga ko'ra: fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis.

Qo`llanishiga ko‘ra: alifbo, imlo, talaffuz, tinish belgilari, uslubiyat.

Fonetika bo'limida og’zaki nutqning tovush tizimi o'rganiladi.

Leksikologiya bo'limi so'zning atash (lug'aviy, leksik) ma’nosini o'rganadi. Frazeologiyada iboralar o'rganiladi.

Morfologiya bo'limida so'zning grammatik ma’nosi o'rganiladi.

Orfografiya bo'limida to‘g‘ri yozish (imlo) qoidalari o'rganiladi.

Orfoepiyada nutq tovushlari va so'zlarni to'g'ri aytish, talaffuz qilish o'rganiladi.

Dialektologiyada tilning shevalari, Etimologiyada so'zlarning paydo bo'lish yo'llari o'rganiladi.

Uslubiyatda uslublar, til vositalarini nutqda ishlatish imkoniyatlari o'rganiladi.

Sintaksis bo'limida so'z birikmasi va gaplarning qurilishi o'r­ganiladi.

Punktuatsiyada tinish belgilari va ularning qo'llanish qoidalari o'rganiladi.

Ishlashim shart


T IL VA YOZUVI TARIXIDAN TEST SAVOLLARI.


1.Qadimgi turkiy til qachon qo'llangan? A) miloddan oldingi davrdan X asrgacha B) miloddan oldingi davrdan XII asrgacha C) XI-XIV asriarda D) XV-XIX asrlarda

2.Hozirgi kimda nechta til oilalari mavjud?

A) 18 dan ortiq B) 20 dan ortiq C) 30 dan ortiq D)25danortiq

3.Turkiy tillar guruhi qancha jonli tillami o'z ichiga oladi?

A) 200 ga yaqin B) 30 ga yaqin C) 150 ga yaqin D)100 ga yaqin

4.Turkiy tillarga mansub eng qadimgi yodgoriikni belgilang.

A)o'rxun-enasoy obidalari B) «Xuastuanift» C)«Devonulug'otitturk» D) hamma javob to'g'ri

5.O'zbek tili qaysi til bilan bir guruhni tashkil etadi? A)qozoq B)turkman C)uyg'ur D)tatar

6.Turkiy tillar guruhi ichida qaysi til faqat «o»lovchi sanaladi?

A)qozoq B) o'zbek C)ozarbayjon D) qirg'iz

7.O'zbek tilining O'zbekiston Respublikasining davlat tili ekanligi Konsti- tutsiyaning nechanchi moddasida aks etgan? A)l-moddasi B)2-moddasi C)3-moddasi D)4-moddasi

8.Bir bobo tildan kelib chiqqan hamma tillami o'z ichiga olgan birlik qanday nomlanadi?

A) til oilasi B) til tarmog'i C) til guruhi D) bobo til

9.Qarindoshlikning yaqinlik darajasiga ko'ra til oilalari nimalarga bo'linadi?

A) til oilalariga B) til tarmoqlariga C) til guruhlariga

10.O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili to'g'risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A) 1993-yil 2-sentabr B) 1995-yil 6-may C) 1989-yil 21 -oktabr D)1995-yil 24-avgust

11. Milliy munosabatlami yaxshilash maqsadida va osoyishtalikni ko'zlab, « Davlat tili to'g'risida»gi Qonunga qachon ba`zi o'zgartirishlar kiritildi? A) 1995-yil 21-dekabrda B)1996-yil 21-oktabrda C) 1989-yil 21-oktabrda D) 1995-yil 21-oktabrda

12.«O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir», degan jumla «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?

A)l-moddasida B) 2-moddasida C) 24-moddasida D) 4-moddasida

13.«O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarining o'z ona tilini qo`llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi», degan jumla «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?

A) 1-moddasida B) 2-moddasida C) 24-moddasida D) 4-moddasida

I4. IV-XIX asrlarda xalqimiz foydalangan til qanday nomlanadi?

A) qadimgi turkiy til B) eski turkiy til C) eski o'zbek tili D) hozirgi o'zbek tili

15 .Eski o'zbek adabiy tili nechanchi yillargacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi?

A)XX asming 10 - 20-yillariga qadar bo'lgan davmi B)XX asming 20 - 30-yillariga qadar bo`lgan davrni S)XX asming 30-40-yillariga qadar-bo'lgan davmi D)XX asming 10-yillariga qadar bo'lgan davrni























Просмотр содержимого документа
«Документ Microsoft Word»

Yozuv nomlari

Qo`llanilgan davrlar

Yozilgan ba'zi asarlar

1.

Avesto,o‘rxun- enasoy,so`g‘d, xorazm yozuvi

Qadimgi davrlardan VII-VIII asrgacha

Bitiktoshlar: Tunyuquq, Bilga Hoqon, Kultegin (o‘rxun yozuvi)

2.

Uyg‘ur yozuvi

VI-VII asrlardan XIV-XV

Qutadg‘u bilig” (Vena nusxasi), “Hibatul-haqoyiq”, "Muhabbatnoma”

3.

Arab grafikasiga asoslangan yozuv (eski o`zbek yozuvi)

VIII (720-yil) asrdan 1929-yilga qadar

Qutadg‘u bilig” (Namangan va Qohira nusxalari “Devoni lug‘atit-turk” va boshqa mumtoz va jadid adabiyoti namunalari

4.

Lotin yozuvi

1929-yildan 1940-yilga qadar

Ba’zi jadid adabiyoti namunalari

5.

Rus grafikasi (kirill yozuvi)

1940-yilning may oyidan boshlab

XX asr adabiyoti

6.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi

1993-yilning 2-sentabridan boshlab

XXI asr adabiyoti




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Ona tili va adabiyot fanidan darslik

Автор: Xakimov Abduraxmon Xamrojonovich

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 547028


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства