kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko‘chimlar talqini

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu dars ishlanma Zulfiyaxonim ijodi va ko‘chim haqida

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko‘chimlar talqini»





O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASI

ХALQ ТA’LIMI VAZIRLIGI



NAMANGAN VILOYATI

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

Сhust tumanidagi 7- sonli Davlatixt isoslashtirilgan maktab-internat ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Maxsuda Xodjamatovaning ( 11-sinflar uchun )“Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko ‘chimlar talqini… “mavzusida yozgan bir soatlik















Chust shahri



Tuzuvchi: XoDjAmatova maxsuda – Chust tuman 7- sonli ixtisoslashtirilgan internat-maktabning 1- toifali ona tili va adabiyot o ‘qituvchisi



Taqrizchilar: Sh.Ermatova VXTB metodisti

U.Abdurasulova XVXTXQTMOHM. Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

















Ushbu dars ishlanma VXTB uslubiy kengashining 2020 -yil,____________ ___ - sonli yig‘ilish bayoni qarori bilan ommalashtirishga tavsiya etildi.

Namangan viloyati Chust tumanidagi 7-sonli DIMI Xalq ta’limi a’lochisi, ona tili va adabiyot fani oqituvchisi Maxsuda Xodjamatova



Dars texnologiyasi

TEXNOLOGIK XARITA

(Kompyuter videoproyektori orqali namoyish etiladi)



Mavzu

Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko ‘chimlar talqini…


Mavzu, vazifalar

1. Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko ‘chimlar talqini…

haqida ma’lumot berish.

2.O‘quvchilarga odob-axloq saboqlarini singdirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

3.O‘quvchilarning og‘zaki nutqini hamda mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish .

4.Mavzuga oid namoyish etilgan slaydlarni o‘quvchilar tomonidan yakka va
guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini oshirish.

O‘quv jarayo- nining mazmuni


Kompyuter videoproyektorida Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko ‘- chimlar talqinini mustahkamlashda AKT ning o‘rnini tahlil etish.

O‘quv jarayonini

amalga oshirish

texnologiyasi

Metod:“Suratlar nima deydi?”,“O‘xshashini top”, pissa testi, “Tarmoqlash”,“FSMU”…

Shakl: Kompyuter videoproyektoridagi slaydlar orqali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, jamoada umumiy va individual ishlash

Vosita: Kompyuter videoproyektori, slaydlar. Rangli surat, sharlar, internet yangiliklari, kompyuter, rag‘bat kartochkalari…

Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish.

Baholash: Rag‘batlantirish (5 ballik tizim asosida)

Kutiladigan natijalar

O‘qituvchi:Mavzuni qisqa vaqt ichida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishga erishadi. Faollikni oshiradi. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi.

O‘quvchi-talaba:Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo‘Iib ishlashni o'rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyatlari kuchayadi. O'z-o'zini nazorat qilishni o'rganadi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotlarga ega bo'ladi.AKT bilan ishlash qobiliyati rivojlanadi.

Kelgusi rejalar (tahlil,o‘zgarishlar)

O‘qituvchi:

Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O‘z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O‘quvchi-talaba:

Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash. Matn bilan ishlashni o‘rganish. O‘z fikrini ravon bayon etish. Shu mavzu asosida qo'shimcha materiallar to'plash, ularni o'rganish. O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.





Mavzu: Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko ‘chimlar talqini...



Darsning ta'limiy maqsadi :

XI asrda yaratilgan tarixiy obidalarimizni ilmiy asosda o‘quvchilar ongiga singdirish va milliy e'tiqodimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish. O‘quvchilarda Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko ‘chimlar talqini haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq shakllantirishga erishish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:

Izlanishni, imkoniyatlardan unumli foydalana olishni, tarix va bugungi kun “noyob durdonalari” ga e'tibor berishni o'rgatish orqali badiiy adabiyot, kitob insonning eng sevimli do'sti ekanligi hissini o'quvchilar ongiga singdirish va ularning “bebaho boylik”ka - kitobga hurmatda bo'lish e'tiqodini tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

Mustaqil o'qish va izlanish nima ekanligini, o'quvchilarning tushunib yetishlarini kamol toptirish. Kitob javoni tashkil etish va javondagi “boylik” dan foydalana bilish ko'nikma va malaklarini rivojlantirish.

Darsning jihozi: Rangli surat, sharlar, yangiliklari, kompyuter, rag‘bat tarqatmalari…

Fanlararo bog‘lanish: Milliy istiqlol g‘oyasi, tarix, geografiya, musiqa…

Darsning shiori:

“Al hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.

(A.Avloniy)

I. Darsni tashkil qilish:Vaqt: 5 daqiqa.

1. Salomlashish.

2. Navbatchini aniqlash.

3. Davomatni aniqlash.



Avvaldan kelgusi dars interfaol usulida olib borilishi aytilganligi sababli, dars o`qituvchi tomonidan og`zaki ravishda e'lon qilinadi.

Dastlab guruhlar tashkil etiladi. Guruhlarga har bir to‘g‘ri javob uchun bahorning nafis gullari tuhfa qilinadi.

Dars intihosida o‘quvchilar dars rejasi bilan tanishtiriladi; go‘zal bahor valsi kuyi hamohangligida Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon guruhlarining mushoirasi boshlanadi.



II.O’tilgan mavzuni so’rash.

Go‘zal she’rxonlikdan so‘ng Zulfiyaxonim hayotiga doir videolavhalar namoyishi asosida bahs- munozara o ‘tkaziladi. Vaqt: 10 daqiqa.





Yangi mavzuning bayoni:

O’qituvchi ma’ruza shaklida Zulfiya ijodi haqida ma’lumot beradi.Vaqt: 20 daqiqa

Zulfiya


O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova 1915- yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlarida (1931-1934) adabiy to‘garaklarda she’r mashq qila boshladi. 1935-1938 yillarda O ‘zbekiston Fanlar akademiyasining A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.

Tarjimai hol


1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O‘zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig ‘i, 1950-1953 yillarda esa “O ‘zbekiston xotin-qizlari” oynomasida bo‘lim boshlig‘i va nihoyat, 1953-1980 yillarda “Saodat” oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishladi. 


Zulfiya 17 yoshida yozgan “Hayot varaqlari” (1932) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin,Myuzayyana Alaviya,Xosiyatxon Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi. 


Uning “So‘roqlaydi shoirni she’rim” (1960), “Oydin” (1953), “Quyoshli qal‘am” (1967) kabi ocherk, poema va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustodlarning yorqin xotiralariga bag‘ishlangan. Serqirra ijod egasi Zulfiya H. Olimjonning “Semurg‘”,”Zaynab va Omon”dostonlari asosida p’esa va opera librettolar ham yaratdi.


Zulfiya “O’ylar”,“Shalola” kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.”Saylanma”lari uchun Davlat mukofoti, hind mavzusidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi umumhindiston sovrini, Tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro “Nilufar” mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 


Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, S. Shchepachev, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritham asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.


Hozirgi kunga kelib Zulfiyaning vatan tinchligi va jamoatchilik oldidagi xizmatlarini inobatga olib “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti tashkil qilindi.



Oldindan o ‘quvchilarga topshiriq berilgan bo ‘lib,olingan bilimlar asosida Zulfiya ijodidan o ‘qituvchi taqdimotlar o ‘tkazadi.

O‘quvchilarning ona tili fanidan olgan bilimi Zulfiya ijodiyotiga uyg‘un shaklda taqqoslanadi.



PISA test.

Taqqoslang!(Davomi)



IV.Mustahkamlash. Yangi mavzu taqdimoti davomida o‘quvchilarga oldindan mavzuni o‘rganish topshirig‘i berilgani hisobga olingan holda “Oxshash taqdirlar” mavzusida bahs-munozara o‘tkaziladi. Vaqt: 5 daqiqa.

Birin-ketin guruhlar tomonidan bildirilgan munosabatlardan so‘ng monitoringda Zulfiyaxonimning “Yuragimga yaqin kishilar” she’ri matni namoyish etiladi va “FSMU” usulidagi so‘nggi fikrlar yaxlitlanadi.

V. Baholash va rag‘batlantirish:O‘quvchilarning yig‘gan ballari jamlanadi va izohlanadi. G‘olib guruh Vatan taftidek ulug‘ rag‘batlantiruvchi “bebahosiz”, “betakrorsiz” kabi munosib “ taqdir” larga sazovor bo‘ladilar. Vaqt: 3 daqiqa.

Uyga vazifa: Nazorat ishiga tayyorlanish. Zulfiyaning “Mushoira” she’rini yod olish. Vaqt: 2 daqiqa.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 11 класс

Скачать
Ona tili darslarida Zulfiyaxonim ijodiyoti va ko‘chimlar talqini

Автор: Xodjamatova Maxsuda

Дата: 14.04.2020

Номер свидетельства: 546564


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства