Просмотр содержимого документа
«"ОЙГУЛ билан БАХТИЁР" эртак достони»
Uchqo`rg`on tuman xalq ta’limi bolimiga qarashli 39-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi ona tili va adbiyot fani o`qituvchisi Sevara Abdullayevaning bir soatlik
DARS ISHLANMASI.
Mavzu: Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak- dostoni
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad: o`quvchilarga Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak- dostonining yaratilish tarixi, uning o`zbek adabiyotida tutgan o`rni, tili va badiiy ahamiyati haqida ma’lumot berish;
tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni boy tariximizga hurmat, vatanga muhabbat, chin insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni og`zaki nutqini o`stirish, erkin va mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi;
Darsning jihozi: slaydlar, texnik vositalar, ko`rgazmalar, tarqatmalar.
Darsning usuli: “Pinbord”, “Hamkorlik tenglamasi”, Muvashshah, “Suratlarga yashirin sirlar”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish. Ularni joylariga joylashtirishda “Pinbord” usulidan foydalanaman. Bunda 3 xil rangdagi qog`ozlardan `quvchilar xohlaganlarini tanlaydilar. Qiziqishlari asosida bir xil rangni tanlagan o`quvchilar bir qatorga joylashadilar. Navbatchilardan davomatni aniqlash.
Guruhlarni nomlash:
1-guruh: “Shijoat”
2-guruh: “Matonat”
3-guruh: “Sadoqat”
Ma’naviyat daqiqasi: “Hikmat va ibrat”
O`qituvchi:
Navoiydan qolgan navosan,
Ming bitta dardimga o`zing davosan.
Moziydan yangragan ohangrabosan,
Yuragimning yog`dusisan adabiyot,
Hayotimning ko`zgusisan adabiyot.
Demak darsimiz: O`quvchilar “Adabiyot” !
Baholash shakli: noan’anaviy.
Dars davomida o`quvchilar ishtiroklari asosida kitoblar jamlanmasining rasmi tushirilgan tarqatmalar berib boriladi.
O`qituvchi: “ Nutqning kuchi oz so`z bilan ko`p ma’noni ifodalay olishda” Plutarxning ushbu so`zini bugungi darsimizning shiori etib tanlaymiz.
Kuz fasli bo`lgani uchun sarg`aygan xazonlar to`kilgan. Men ibratli rivoyat aytaman. Rivoyat so`ngida savol beraman savolga javob bergan o`quvchilar xazonlarni yig`ib oladilar.
Qadim zamonda bir yurtga bosqinchilar bostirib kelibdi. Yurt hududini qo`lga olibdilar, lekin xalqini bo`ysindira olmabdilar. El o`z ozodligi uchun tinmay qo`zg`alon ko`taraveribdi. Shunda yurtdan bir sotqin chiqib bosqinchilar shohiga kelib shunday debdi: “Bizda bir donishmand bor. Uning xalq orasida hurmati juda baland. Siz avval uni bo`ysindiring shunda xalq ham o`zi bo`ysunadi”. Bosqinchilar shohi tezda u donishmandni olib kelishni buyuribdi. Unga hurmat-e’tibor ko`rsatibdilar va o`zlari tomonga o`tishni taklif qilibdilar. Donishmand rozi bo`lmabdi. So`ng unga cheksiz azob beribdilar, zindonga tashlabdilar, baribir uni og`dira olmabdilar. Shunda uni o`limga hukm qilibdilar. Olomonni to`plab avval donishmandni bor boyligini ko`z o`ngida yoqibdilar. Bosqinchilar shohi shunday debdi:”Mana endi seni hech narsang qolmadi. Hozir o`zing ham kuyib kul bo`lasan”. Bu gapni eshitib donishmand qah-qah otib kulibdi:”Ey zolim shoh, sen nodon ekansan. Men hamma narsamni o`zim bilan olib ketyapman” deb javob beribdi. Aziz o`quvchilar, donishmand nimani nazarda tutgan edi bu gapi bilan?
1-o`quvchi: Erkini
2-o`quvchi: Ilmini
3-o`quvchi: Xalqiga bo`lgan muhabbatini
4-o`quvchi: Vataniga sadoqatini
5-o`quvchi: Vijdonini
6-o`quvchi: Donoligini
O`qituvchi: Biz ana shunday donishmand, jasoratli ota- bobolarimizdan kimlarni ayta olamiz?
1-o`quvchi: To`maris
2-o`quvchi: Shiroq
3-o`quvchi: Najmiddin Kubro
4-o`quvchi: Jaloliddin Manguberdi
5-o`quvchi: A. Temur
6-o`quvchi: A. Navoiy
7-o`quvchi: Z.M. Bobur
8-o`quvchi: Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov
9-o`quvchi: Yurtboshimiz SH. M. Mirziyoyev
O`qituvchi: Biz kimmiz? Biz ona To`marisdan tarqagan yovqur, Shiroqdek bo`y egmas qaysar, Amudaryo suvidek jo`shqin, Qizilqum cho`lidek sirli va sokin, Alpomish va Go`ro`g`li kabi pahlavonlari doston bo`lgan azal xalq Turkiyning o`zagi asl O`zbekmiz. Bizning Vatanimiz O`zbekiston dunyoga komil insonlarni bergan diyordir. Biz bu bilan doimo
Hamma: Faxrlanamiz!
Asosiy qism:
O`tilgan mavzu: Hamid Olimjon hayoti va ijodi.
O`tgan mavzuni takrorlashda “Hamkorlik tenglamasi” usulidan foydalanamiz.
1909-yil 12- dekabr
X
Hamid Olimjon tug`ilgan
Ularning qo`llarida tarbiyalangan
Azim bobo
X
X
“Kimdir” nomli ilk she’ri
1926-yi yozilgan
Hamid Olimjon 1929-yil talabalik davrida
X
Ilk she’riy to`lami
Birinchi marta nashrga tayyorlagan
Xalq dostoni
X
X
Tarixiy
dramasi
1935-yil
X
Turmush qurishgan
33 yoshida
X
Unvonini olgan
X
Avtomobil halokati tufayli
Vafot etgan
O`quvchilar yozuv taxtasiga yopishtirilgan javob varaqasidan mosini x o`rniga yopishtiradilar.
“Suratlarga yashirin sirlar” usulida ekranda surat ko`rsatiladi. O`quvchilar rasm asosida Hamid Olimjonnig qaysi asari yodilariga kelsa aytadilar.
Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi: Biz o`quvchilarning kimyo fanidan olgan bilimlari asosida kichik bir tajriba tayyorlaganmiz. Hozir shuni sinab ko`ramiz.
Tayyor kimyoviy eritmani oq qog`ozga sepadi va “Oygul bilan Baxtiyor” yozuvi paydo bo`ladi. Bugungi yangi mavzu nomi shu ekanligi aytiladi.
Yangi mavzu: Slayd asosida tushintiriladi.
Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og'ir ahvolga tushgan xalq o'zini qui qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko’laradi.
Bunday qo'zg'olonlar dunyo xalqlari tarixida ham, bizning yurtimiz o’lmishida ham ko'p marotaba bo'lgan. Agar siz 2000- yilda chop etilgan «Bolalar ensiklopediyasi» kitobining 469- sahifasini ochsangiz, unda miloddan avvalgi 329-328- yillarda qadimgi Sug'diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko’tarilgan xalq qo'zg'olonining rahbari jasur bobomiz Spitamen to'g'risidagi ma'lumotga duch kelasiz. Demak, ozodlikka, hur va erkin yashashga bo'lgan intilish bizning xalqimiz ruhini hech qachon tark etgan emas.
Jambildagi qo'zg'olonga esa keksa qui Darxon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilardi. Kuchlar teng bo'lmagani tufayli qo'zg'olonchilar mag'lubiyatga uchrab, Darxon, qizining ko'z o'ngida, zolim xon tomonidan qatl etiladi.
Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko'p jabr-u jafo ko'rgan Tarlon ismli keksa qul zindonda yotgan Oygulni qutqarishga jazm etadi. Qizni sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi. Sandiqqa Oygul uchun yetadigan non ham solib qo'ygan edi. Bolalar, bundan oldingi darslarda siz ertaklarning sehrli olamiga sayohat uyushtirgan edingiz. Hamid Olimjon ham onasi aytib bergan ertaklar ichida «Tohir va Zuhra»ni eslaydi. Yodingizda bo'lsa, o'sha ertakda ham bosh qahramonlardan biri Tohir Amudaryoda sandiqda oqib ketadi. Bundan ko'rinadiki, ertaklar orasida o'xshash manzaralar tez-tez uchrab turar ekan.
Daryoda uzoq oqqan sandiq nihoyat Jarjon degan yurt qirg'oqlariga kelib qoladi. Daryo qirg'og'iga o’lin tergani kelgan bir kambag'al chol sandiqni tutib, suvdan olib chiqadi. O'rog'i yordamida sandiqning bir chetini zo'rg'a ochgach, uning ichidan odam tovushi kelayotganidan cho'chib ketgan sodda chol, odamlar orasida ochay deb, sandiqni bozorga olib boradi va boshi baloga qoladi. Odamlar uni o'g'ri gumon qilib ushlashadi va podshoh saroyiga olib kelishadi. Oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag'ritosh podshoh esa sandiq ichidagi narsa nima ekanini oxirigacha surishtirmay, sho'rlik cholning tanini boshidan judo qiladi. Oygul endi bir zolimdan qutulib, ikkinchisining qo'liga tushadi...
Qari podshohning xotini bo'lib, ko'ngli tortmaydigan odam bilan bir umr zarga ko'milib yashashdan hurlik va ozodlikni afzal bilgan bizning Oygul saroyning qirq kanizagi bilan cho'milish bahona daryoga boradi va ko'zini chirt yumib o'zini suvga otadi. Daryodagi bahaybat Jayhun baliq esa Oygulni bir hamla bilan yutib yuboradi...
Mustahkamlash: “Muvashshah” usulida
D avom ettiring.
O rtiqchasini ayting.
S olishtiring.
T oping-chi men kimman.
O lg`a intiling.
N azorat qilamiz.
Davom ettiring.
1. Oygulni zindondan ozod qilgan qul ___________________