kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Oģzaki va yozma nutqni takomillashtirishning asosiy omillari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu maqolada òquvchilarning oģzaki va yozma nutqlarini rivojlantirishning dars jarayonidagi asosiy omillari haqida sòz yuritiladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Oģzaki va yozma nutqni takomillashtirishning asosiy omillari»


Safayeva Xurshida Ibroximovna

G`ijduvon tuman 22-umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi


Og`zaki va yozma nutqni takomillashtirishning asosiy omillari

Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, kamoloti haqida qayg’urish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardandir.Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda munosib o’rni va ovoziga ega,,yuragida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usi jo’shib turgan barkamol avlodni, jahon andozalariga to’liq javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlashda mehridaryo ustozlarning xizmati beqiyos.Bugungi kun o’qituvchisi-oddiy o’qituvchi emas,u zamon bilan hamnafas,hamqadam bo’lishi kerak.Bugungi kun o’qituvchisi o’quvchuga tayyor ma’lumotni berish bilan cheklanib qolmay,balki ta’lim oluvchini ijodiy fikrlashga yo’naltiradigan,uning o’zlashtirilgan ma’lumotini prognozlaydigan mutaxasis hamdir.Shu o`rinda buyuk adabiyotshunos yozuvchi Abdulla Qahhorning” Kuydirish uchun kuyish,ardoqlash uchun ardoqlanish shart” degan qimmatli fikrini e’tirof etish joizdir.

Ona tili ta’limining bosh maqsadi – og’zaki va yozma nutq ko’nikmasini, to’g’ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat. Ona tili darslarida o’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma usullarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir o`qituvchidan qaysi fan, qanday dars turidan qat’iy nazar har bir dars jarayonida bevosita o`quvchining o`g`zaki va yozma nutq salohiyatini rivojlantirib borish talab etiladi.Jumladan,ona tili va adabiyot darslarida debat usulini qo`llash ahamiyatlidir.Debatlar asosida darslarni tashkil etishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad muammoning yechimini topishda o`quvchi o`zgalarni o`z yondashuvining to`g`riligiga ishontirishdir.O`z fikrini aniq va mantiqiy bayon etish,buning uchun esa ishonarli dalillar va xulosalar topish ko`nikmalarini shakllantirishda debatlar o`tkazish samarali metod hisoblanadi.Ular o`quvchilarda ijtimoiy fikrni o`zgartirishga ta’sir etish qobiliyati mavjudligiga ishonch tuyg`ularini rivojlantiradi.Bahslashuv natijasida o`quvchilar nimalarni qo`lga kiritish mumkinligini tushunib yetsagina dars samarasi to`g`risida gapirish mumkin.Dars jarayonida o`quvchi o`z mulohazalarini kichik-kichik kontekslar orqali yozma tarzda yoritishlari lozimdir.Bu borada o`quvchilarni shunday dalil-isbot topish ko`nikmalarini egallashga o`rgatish kerakki, natijada bildirilgan fikrni qarshi tomonning muhokama qilishiga o`rin qolmasin. Shundagina o`quvchilar tengdoshlarining qarashlarini hurmat qilishga yoki xususiy tasavvurlarini sinfdoshining fikri oldida ojiz ekanligini tan olishga o`rganadi,eng asosiysi,ularda erkin fikr yuritish

ko`nikmalari shakllana boradi.

Dars davomida badiiy asar tahlili asosidagi suhbatlar o’qituvchining qiziqarli luqmalari, munosabatlari bilan jonliroq chiqadi. Lekin ayrim hissiyotlarga to’yingan asarlarning tahlili jarayonida o’qituvchi suhbat davomida kamsuqumroq bo’lishi ham zarar qilmaydi. U inson hissiyoti o’ta nozik ekanini, kichkinagina ehtiyotsizlik uni jarohatlab qo’yishi , bu bilan o’quvchi samimiyati barbod bo’lishi mumkinligini bilishi lozim. Suhbat davomida shunday lahzalar bo’ladiki, o’qituvchining sukuti barcha xususiyatlari bilan savolga, luqmaga, ba’zan esa xulosaga teng bo’ladi. Shu o’rinda adabiyotshunos olim, Ro’zmon Keldiyorovning “EHTIYOT BO”LING,QALB BOR!” degan da’vatini qo’llash juda o’rinli bo’ladi.

Zamonaviy o’qituvchiga xos bo’lgan muhim sifatlardan biri-har doim biror narsani o’ylab topishga intilish, o’quvchilarni ham shunga undash. Agar pedagog o’quvchini tushuna olsa, uning ichki hissiyotlari va intilishlarini anglasa, u, albatta , o’quvchining qalbini ochish uchun mos kalitni topadi.Ta’lim jarayonida o’quvchining og’zaki va yozma nutq salohiyatini rivojlantirish borasida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda hamda bunday ish uslubi o’z samarasini ko’rsatmoqda. Interfaol yondashuv o’qituvchilar uchun dars jarayonini yaxshi tashkil etishga qulay muhit yaratadi. O’quvchilarning o’zaro fikr almashishlariga imkon beriladi, muvofiq sharoit yaratiladi.Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yecha- dilar.Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar.Bir-birlaridan ilhomlanib,ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Har bir ishtirokchi o’zini ta’lim mazmunining muallifidek his etadi.Ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirishga erishadilar. asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar.Bir-birlaridan ilhomlanib,ruhiy qoniqish hosil qiladilar.Har bir ishtirokchi o’zini ta’lim mazmunining muallifidek his etadi.Ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirishga erishadilar.

O’qitish jarayonida o’g’zaki nutqni o’stirish, erkin fikrlashga o’rgatish, o’z fikrini mantiqan izchil, ravon tilda bayon etish bilan birga, yana bir jihat e’tiborga olinadi. Bu yozma savodxonlikni oshirish, husnixati va yozuv texnikasini yaxshilash sanaladi.

Ona tili ta’limi oldiga o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan- muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish maqsadi qo`yiladi. Bu bilan o’quvchilarning til qurilishi bo’yicha olgan bilimlari, bu bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ko’nikmasi va nutq hosil qilish malakasini tarkib toptirishga qaratiladi.

Ona tili ta`limi natijasida o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma, malaka hamda shakllangan kompetensiyalar quyidagi ko`rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi.

1.O`qish texnikasi.

2. O`zgalar fikrini, matn mazmunini anglash va so‘zlash malakasi

3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi

Nazoratning yozma turlari sifatida diktant, ijodiy bayon va insholar olinar ekan, o’quvchilarning ona tili va adabiyotdan olgan bilimlarini amalda qo’llay olishi hamda yozma nutq malakalari to’la namoyon bo’ladi. Yozma ish turlarini tekshirish va ularni tahlil etish jarayonida o’quvchilarda quyidagi imloviy, ishoraviy xato va kamchiliklar kuzatiladi:

T/r

Mavzu doirasi

So’zlar

O’quvchi qo’llagan holat

Xatolarni bartaraf etish

1.

Birinchi satrga sig’may qolgan so’z bo’g’inini ikkinchi satrga ko’chirishda

dia-gramma

kon-trakt

si-ngil

de-ngiz

shtan-ga

kon-gress

diag-ramma

kont-rakt

sing-il

den-giz

shta-nga

kong-ress

- O’zlashma so’zlarning chegarasida ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko’chiriladi: mono-grafiya, kilo-gramm.

- Uch undosh yonma-yon kelsa, birinchi undosh oldingi satrga qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko’chiriladi: tran-sport

2.

Bosh va kichik harflarni yozishda

Toshkent-toshkentlik

Go’zal-go’zal

Turdi-turdi

Sakson-sakson

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi

Xalq ta’limi vazirligi

Atoqli otlarni turdosh otlardan, sifat, son va fe’llardan farqlamaslik

So’zlarning turkumdan turkumga o’tishi, xalqaro hamda oliy davlat tashkiloti, vazirliklar nomini yozishdagi farqlarni ajratish

3.

Chuqur til orqa undoshi x va bo’g’iz undosh h ni farqlamaslik

Hatti-harakat

Xayol

hayhot

mahsi

shahar


xatti-harakat

hayol

hayxot

maxsi

shaxar

O’zbek tilining imlo lug’ati”dagi shu so’zlarni saylanma diktant tarzida yozdirish

4.

Qo’shma so’zlar, juft va qisqartma so’zlarni qo’shib, ajratib yoki chiziqcha bilan yozishda

mingoyoq

Markaziy Osiyo

el-yurt

ko’pdan ko’p

asta-asta

rang-barang

Kavkazorti

o’ttiz besh

aytdi-qo’ydi

ming oyoq



ko’pdan-ko’p



Kavkaz orti

o’ttizbesh

aytdi qo’ydi

So’zlarni qo’shib, ajratib yoki chiziqcha bilan yozishdagi qoidalar

(mustasno holatlar ham) ni yozdirib, uni “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” orqali dalillash



5.

Talaffuzda va imloda farqlanadigan so’zlarni yozishda

tabiat

dastyor

jangovar

afv

million

rektor

ketdi

tuzsiz

aql

go’sht

tabiyat

dasyor

jangovor

avf

milion

rektir

ketti

tussiz

aqil

go’sh

Yonma-yon kelgan unlilar orasida y tovushi eshitilsa ham yozilmasligi, qo’sh va qator kelgan undoshlar talaffuzi va imlosidagi farqlarni ajratish

6.

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni yozishda vergul,tire,nuqtali vergul va ikki nuqtani ishlatishda

Kelishning ketishi bordir dunyoda,

So’zingni ezgu qil-

Umring ziyoda!

Vaqting ketdi-naqding ketdi.

Qor yog’di, don yog’di.

Qo’shma gap qismlari orasidagi ma’no-munosabatlar: payt,o’xshatish,zidlash, izohlash kabilarni farqlash

O’quvchilarning yozma nutqida uchraydigan imloviy, ishoraviy xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun men darslarim davomida saylanma diktantlar olaman. Diktantga aynan bir xil mavzu doirasidagi qoidaga tegishli bo’lgan yuqorida qayd etilgan so’z va birikmalarni tanlayman. Masalan:

1) sinf, aql, metr, fikr, stol, zikr, traktor, stul, sport;

2) xursand, g’isht, musht, Samarqand, sust, daraxt, qand;

3) biologiya, shoir, aeroport, shariat, poema, maishat, teatr, radio, ukrain;

4) tekindan tekin, ochiqdan ochiq, tomdan tomga, yildan yilga.

So’zlarni 1-guruhga yig’ish uchun o’quvchilar quyidagi qoidani esga olishadi:

So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi”.

2-guruhga tizilgan so’zlarni yozish orqali o’quvchilar “So’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi” degan qoidani xotirlaydilar.

“O’zbek tilining yangi imlo qoidalari”ning 1-bo’lim 7-bandida “Yonma-yon keladigan unlilar orasida ba’zan y undoshi qo’shib aytilsa ham yozilmaydi” degan qoida aks etgan. 3-guruhdagi so’zlar aynan shu hukm asosida birlashtiriladi.

“Belgining ortiqlik darajasini bildiruvchi so’zlar hamda birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo’nalish kelishigida bo’lgan birikmalar ajratib yoziladi”. (“O’zbek tilining yangi imlo qoidalari”ning 5-bo’lim 63 - 64 –bandlari). 4-guruh so’zlari shu qoidaga bo’ysunadi.

Yozma savodxonlikni oshirishdagi yana bir usul imlodagi qiyin so’zlarni aralash holda keltirib, ularni guruhlarga ajratish o’quvchilarga topshiriq qilib berilsa, samarali natijaga erishiladi. Masalan:

Lang ochiq, yilnoma, shoxdan shoxga, hayhaylamoq, qip-qizil, uch yuz yigirma yetti, yuzma-yuz, ellikboshi, sindi-qoldi, BuxDUning, sen-chi, qoryog’di, baxt-saodatli, Ko’hna Urganch, 8-sinf

O’quvchilar bu so’zlarni quyidagicha guruhlarga bo’lishadi:

1. Lang ochiq, shoxdan shoxga, uch yuz yigirma yetti, Ko’hna Urganch (ajratib yoziladi)

2. Yilnoma, ellikboshi, BuxDUning, qoryog’di, hayhaylamoq (qo’shib yoziladi)

3. Qip-qizil, sindi-qoldi, sen-chi, 8-sinf, yuzma-yuz, baxt-saodatli (chiziqcha bilan yoziladi)

So’zlarning guruhlarga ajratish orqali o’quvchilar ma’lum bir qoidaga asoslanadilar va bu ular xotirasida mustahkam o’rnashib qoladi.

Ona tili va adabiyot darslarida asosan o’quvchining mantiqiy fikrlashi hamda o’z fikrini izchil,to’liq,batafsil,ijodiy yoritishi talab etiladi.Ona tili darslarida “G’oyalar gilami”,”Arra”,”Meni tushun”,”Sirli doska” kabi interfaol usullardan foydalanilsa, o’quvchida ham ijodkorlik,ham to’g’ri va xatosiz yozish ko’nikmalari rivojlantiriladi.

O’quvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida o’rganilayotgan mavzuni har turli paradokslarga bog’lab bayon etish, fikrni yozuvda asoslash hamda tegishli tahlillar orqali to’g’ri xulosalarga kelish uslubi ham ancha qo’l keladi.Bunda o’quvchilarning so’zlarni to’g’ri qo’llash mahorati rivojlantiriladi:

1.Agar bola xavfsizlikda yashasa,u o’ziga va atrofdagilarga ishonadi.

2.Agar bola do’stlik bilan yashasa,u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy ekanligini anglaydi. 3.Agar bola rostgo’ylik va adolatda yashasa,u haqiqat va adolat nimali -gini o’rganadi.

O’quvchining bilimlari, his-tuyg’ulari, fikrlarini yozma ravishda bayon etish uning ma’naviyati va ma’rifati ko’zgusidir. Shunday ekan, qadimdan ota-bobolarimiz, buyuk siymolarimizning yozma savodxonlikni yaxshilashdagi xatti-harakatlari, mislsiz xattot bo’lishga intilishlari hech kimga sir emas. Buning isboti sifatida tarixiy bir dalilni keltirmoqchiman. Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asarida o’g’li Humoyunga xatlaridagi imlo xatolari xususida quyidagi fikrlarni aytib o’tadi: “…xatla- ringda yolg’uzluq, yolg’uzluqkim debsen, podshohliqta aybdur… Podshohliq bila yolg’uzluq rost kelmas…Xatingni xud tashvish bila o’qusa bo’ladur, vale asru mug’laqtur…Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas. Iltifotni “to” bilan bitibsen, kulunjni “yo” bilan bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu mug’laq alfozangdin maqsud tamom mafhum bo’lmaydur… Takalluf qilay deysen, ul jihattin mug’laq bo’ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham sanga tashvish ozroq bo’lur, ham o’quvchig’a”.

Hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan o’quvchilarning yozma savodxonligi, uni xato va kamchiliklarsiz bayon etishi dolzarb masaladir. Bu masalani bartaraf etish, yechimini izlab topish har bir pedagogdan, ayniqsa, ona tili o’qituvchilaridan ilmiy salohiyat, mas’uliyat va sabot talab etadi.

Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o’quvchi o’zini shaxs deb sezsin,unga bo’lgan e’tiborini tuysin.Agar o’qituvchi dars davomida” muvaffaqiyat muhitini” tashkil etib, o’quvchida o’qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam bersa, uning o’z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirib borsa takomillashgan o’quv jarayoni ham o’z-ozidan yuzaga keladi. Oshkoralik,ishtirokchilarning o’zaro hamkorligi, ular keltirgan dalillarning tengligi, hamkorlikdagi bilimlar banki,o’zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan belgilanadigan ta’limiy muloqot manbai yaratiladi. Demakki, o’qituvchining o’zi ham doimiy ravishda o’z ustida ishlashi, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishi, jahon va milliy pedagogik meros hamda ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalangan holda ta’lim jarayonini takomillashtirib borishi lozim.



Foydalanilgan adabiyotlar:


1. “O’zbek tilining imlo lug’ati”, Toshkent-1995-yil, “O’qituvchi” nashriyoti.

2. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo’raboyeva. “Ona tili”,

5-sinf darsligi. Toshkent-2012-yil, “Ma’naviyat” nashriyoti.

3. . N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva. “Ona tili”, 6-sinf darsligi. Toshkent-2013-yil, “Tasvir” nashriyoti.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
Oģzaki va yozma nutqni takomillashtirishning asosiy omillari

Автор: SAFAYEVA XURSHIDA IBROXIIMOVNA

Дата: 05.08.2020

Номер свидетельства: 555390


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства