kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Navoiy ijodiy merosini o'rganish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Navoiy ijodiy merosini o'rganish bo'yicha bilimlar hosil qilish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Navoiy ijodiy merosini o'rganish»

Sana: 2.10.2018

Sinf: 8- “D”

Fan: Alisher Navoiy ijodini o’rganish

Mavzu: Navoiy ijodiy merosini o’rganish bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash

Darsning maqsadi: Alisher Navoiy asarlaridagi yetakchi g’oyalar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish.

Dars turi: Olingan bilimlarni umumlashtirish va takrorlash darsi.

Darsda foydalaniladigan ilg’or metodlar: “Aqliy hujum”, “Guruhlarda ishlash”, “Mozaika”, “Himoya”

I. Tashkiliy qism: a) salomlashish, suhbat; b) psixologik iqlim yaratish.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

1. Alishher Navoiy qachon, qayerda tug’ilgan?

2. Navoiyning oilasi haqida nimalarni bilasiz?

3. Navoiyning maktabdosh do’sti kim edi?

4. Navoiyning bolalikdan sevib o’qigan asarlari qasi bo’lgan?

5. Navoiyga berilgan unvonlar haqida gapiring.

III. Yangi mavzu bayoni: Navoiy ijodiy merosini o’rganish bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash

Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni «shams ul-millat» — millat quyoshi deb hamma davrlarda e’zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Xuroson o‘lkasining poytaxti Hirotda tug‘ildi. Zamondoshlari uni «Nizomiddin Mir Alisher» deb ulug‘laganlar. Alisher bolalikdan ma’rifatli oila muhitida tarbiya topdi. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni «G‘iyosiddin kichkina» ham der edilar) temuriylarga yaqin amaldorlardan bo‘lib, o‘z davrining obro‘li va ma’rifatli kishilaridan sanalgan. Kichik maktab yoshida fors shoiri Farididdin Attorning kattalar ham tushunishi qiyin bo‘lgan «Mantiq ut-tayr» dostonini fors tilida o‘qib ham uqib yod olgani uning yoshlik iste’dodining muhim qirralaridan edi.

She’rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7-8 yoshlaridan she’r yoza boshladi. O‘zbekcha she’rlariga «Navoiy», forscha she’rlariga «Foniy» taxallusini qo‘ydi.

Buyuk shoir «amiri kabir» (ulug‘ amir), «amir ul-muqarrab» (podshohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi. Davlat ishlari bilan bir qatorda o‘zining sevimli mashg‘uloti — badiiy ijodni ham to‘xtatmadi. 1472-1476-yillarda «Badoe ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»), 1476-1483-yillarda «Navodir un-nihoya» («Tuganmas nodirliklar») nomlari bilan ikki devon tuzdi.

1483-yilda turkiy tilda birinchi bo‘lib «Xamsa» yozishga kirishdi va misli ko‘rilmagan qisqa muddat — ikki yilda besh yirik dostondan iborat asarni yozib tugatdi. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo‘r shodliklar bilan qarshi oldi. Navoiy fanning bir necha sohalarida qalam tebratib, zabardast olim ekanligini ham isbot etdi. O‘tmish mavzusida «Tarixi mulki Ajam» («Ajam, ya’ni arab bo‘lmagan mamlakatlar tarixi»), «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg‘ambarlar va donishmandlar tarixi») asarlarini yozgan. Turkiy adabiyotshunoslikda ham uning alohida o‘rni bor. Aruzga doir «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o‘lchovi»), tazkirachilikka oid «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kabi asarlar yaratdi. Bular o‘zbek (turk) tilida shu sohalardagi birinchi asarlar edi. Buyuk shoir tilshunoslik bilan ham qiziqdi. Lug‘atshunoslikka oid «Sab’atu abhur» («Yetti dengiz») nomli kitob yozdi. Ayniqsa, «Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi») asarida turk (o‘zbek) va sort (fors) tillarini solishtirib, o‘z ona tilining tuganmas imkoniyatlarini ilmiy asoslab berdi.

1500-yilda buyuk mutafakkirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o‘zida ifodalagan «Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asari maydonga keldi. Bu buyuk adibning so‘nggi asari edi.

Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.

Dars davomida o’quvchilar Navoiy ijodidan, uning hikmatlaridan yod aytishadi:

«QILG‘IL»

Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,

Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.

Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,

Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.

Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,

Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.

Firoq tog‘ida topilsa, tufroqim, ey charx,

Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.

Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni,

Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg‘il.

Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’,

Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.

Yuzida terni ko‘rub, o‘lsam, ey rafiq, meni

Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg‘il.

Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang,

Aning boshoqliq o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.

QIT’ALAR

KAMOL KASBIGA DALOLATU NUQSONIDIN IZHORI MALOMAT

Kamol et kasbkim, olam uyidin

Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o‘tmak biaynih

Erur hammomdin nopok chiqmoq.

FALOKATDIN AYOG‘IG‘A KAFSH BO‘LMAG‘ANGA CHUN KAFSH UCHUN AYOG‘I BOR SHUKR VOJIBDUR

Ulki, iflosdin ayog‘inda

Kafsh yo‘li azmi chog‘i yo‘qtur oning,

Shukr qildik boqib birav sori, –

Ki yururg‘a ayog‘i yo‘qtur oning.

Badoye’ ul-vasat”ning 41-qit’asi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga mini testlar tarqatiladi:

1. Navoiy 3-4 yoshlarida kimning she’rlarini aytib berib, davradagilarni lol etgan edi?

a) A.Jomiy b) Qosim Anvor s) Lutfiy d) Nizomiy.

2. Navoiyning eng so’nggi asari qaysi?

a) “Mahbub ul-qulub” b) “Xamsa” s) “Mantiq ut-tayr” d) “Lison ut-tayr”.

3. Navoiyning “Xamsa”si tarkibidagi Iskandarga bag’ishlangan dostoni qanday nomlanadi?

a) “Xiradnomayi Iskandar” b) “Iskandarnoma” s) “Saddi Iskandariy” d) “Oynayi Iskandar”.

4. Navoyning umrbo’yi xayolini band etgan asari?

a) “Mahbub ul-qulub” b) “Muhokamat ul-lug’atayn” s) “Mantiq ut-tayr” d) “Lison ut-tayr”.

5. Navoiyning forsiy devoni qaysi?

a) “Devoni Foniy” b) “Majolus un-nafois” s) “Ilk devon” d) “Badoye ul-bidoya”.

Dars yakuniga qadar guruh vakillari mozaikaning bo’laklarini yig’ishadi. Natijada Navoiy asariga ishlangan miniatura hosl bo’ladi. Shundagina bugungi darsimiz o’z maqsadiga erishgan bo’ladi.

V. Dars davomida faol ishtorok etgan barcha o’quvchlar baholanadi.

VI. Uyga vazifa: Takrorlash.












Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс

Скачать
Navoiy ijodiy merosini o'rganish

Автор: Сидикова Малудахон Содикжоновна

Дата: 12.04.2020

Номер свидетельства: 546293


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства