Научная статья: ИНТЕРАКТИВНЫЕ МЕТОДЫ В ИЗУЧЕНИИ ЛИРИКИ АГАХИ МУХАММЕД РИЗА на узбекском языке
Научная статья: ИНТЕРАКТИВНЫЕ МЕТОДЫ В ИЗУЧЕНИИ ЛИРИКИ АГАХИ МУХАММЕД РИЗА на узбекском языке
Агахи Мухаммед Риза прославился как талантливый поэт, историк, переводчик. Он родился в 1809 году в селение Кият близ Хивы. Агахи был племянником поэта Муниса Хорезми, автора исторического труда «Райский сад счастья». Большую роль в формировании мировоззрения и выборе творческого пути Агахи сыграли Мунис и его окружение. Учился Агахи в медресе, с большой любовью изучал произведения классиков народов Востока — Наваи, Фузули, Бедиля и других.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Агахи Мухаммед Риза прославился как талантливый поэт, историк, переводчик. Он родился в 1809 году в селение Кият близ Хивы. Агахи был племянником поэта Муниса Хорезми, автора исторического труда «Райский сад счастья». Большую роль в формировании мировоззрения и выборе творческого пути Агахи сыграли Мунис и его окружение. Учился Агахи в медресе, с большой любовью изучал произведения классиков народов Востока — Наваи, Фузули, Бедиля и других.
Ko‘p аsrlik tаriхgа egа mаdаniy vа аdаbiy mеrоsimizgа munоsаbаt istiqlоl tufаyli tubdаn o‘zgаrdi. Хаlqimiz tаriхi, dini vа аdаbiyoti, mа’nаviy qаdriyatigа e’tibоr kuchаyib, ulаrning mаvqеyini tiklаsh, хаlqqа аsl hоlidа yеtkаzish imkоniyati pаydо bo‘ldi. Bu esа bоshqа sоhаlаr qаtоri аdаbiyotshunоslikdа hаm tеrаn ilmiy izlаnishlаr оlib bоrish, аdаbiy mеrоsgа yangichа nuqtayi nazardan yondashish zаrurаtini ko‘rsаtdi. O‘tmishdа yashаb ijоd etgаn shоir vа аdiblаr mеrоsini хоlisоnа o‘rgаnish vа munоsib bаhоlаsh hаr qаchоngidаn dоlzаrb vаzifаgа аylаndi.
Milliy istiqlol g‘oyasida asosli ko‘rsatilib o‘tilganidek, bizning o‘tmish merosimiz hamma davrda inson tarbiyasida muhim o‘rin tutgan. Binobarin, adabiyot go‘zallikdir. Bu go‘zallikning tarbiyadagi o‘rni beqiyos.
XIX asr Xorazm adabiy muhiti xalqimiz madaniy merosining ajralmas bir qismini tashkil etadi. Bu adabiy-ijodiy muhit o‘nlab iste’dod sohiblarini tarbiyalab kamolga yetkazgan. Ulardan biri Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) bo‘lib, u o‘z zamonining mashhur shoiri, muarrixi (tarixchisi) va tarjimoni, davlat arbobi bo‘lgan. Uning shoirlik, tarjimonlik, muarrixlik faoliyatini tadqiq etish va asarlarini xalqqa yetkazish, ulardagi joziba, badiiylik qirralarini ochish, tahlil va talqin etish davr talabidir.
Ming yillik tarixga ega bo‘lgan mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she’r ahlining diqqat markazida bo‘lib kelgan. U yoki bu ijodkor haqida so‘z borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e’tibor qaratilgan. Ogahiy adabiy merosi mazmun, badiiy jihatdan yuksak mavqega ega poetik asarlar bo‘lib, ular milliy mafkuramizni mustahkamlash, yosh avlodni barkamol ma’naviy jihatdan go‘zal insonlar qilib tarbiyalashda katta ma’rifiy-estetik ahamiyatga egadir.
Pedagogik texnologiya shaxsga ta`sir ko`rsatish san`ati ma`nosini anglatar ekan, adabiyotning vazifalaridan biri ham shu. Shu bois ham o`qituvchi-darsning ijodkori. U zinhor tayyor texnologiyalarning oddiy ijrochisiga aylanib qolmasligi, aksincha, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o`z yo`lini izlab topishi lozim.
“Zargarning o`z hunariga ishqi,-deydi Jaloliddin Rumiy,-moddaning haqiqiy sifatlari ni anglashga, binobarin, unga ishlov berishning usul va vositalarini egallab olishga yetaklaydi. Bu jarayon zargar uchun o`z-o`zini baholash jarayoni hamdir”.
Shunday holatlar bo`ladiki, dars jarayonida ko`plab o`rinli-o`rinsiz usul va metodlar qo`llaniladi. Natijada, asar badiiyati, jozibasi xira tortib qoladi, o`quvchiga ta`sir kuchi kamayadi. Adabiyot darslarida so`z sehriga tayanish lozim, foydalanadigan usullar umumiy maqsadga omuxta bo`lib, singib ketsagina uni qo`llash yaxshi samara berishi mumkin.
Nemis faylasufi, pedagog olim V.O. Disterverg “Noqobil o`qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo`yadi, yaxshisi esa uni topishga o`rgatadi”, deb yozadi. Shu jihatdan qaraganda adabiyot darslarida o`qituvchi o`quvchilarga o`z xulosalarini yagona hukm tarzida singdirishi mumkn emas. Balki haqiqatni birgalikda izlab topishga, o`quvchilarning o`z qarashlari, fikr-mulohazalari, e`tirozlari bo`lishiga undashi, yetaklashi lozim.
Darsda o`tilgan va yangi o`tiladigan mavzunin o`quvchi tez, qulay va oson anglashi uchun o`qituvchi o`quvchilarning yoshi, fiziologik holatini inobatga olgan holda qo`llaniladigan metod(uslub) va usullarni to`g`ri tanlay olishi kerak.
Adabiyot darslarida she`riy asarlarni o`rganishda izohli o`qish lirik asar tahlil ining samarali usuli sifatida alohida ahmiyat ksb etadi.She`riy asarni o`qish va tahlil qilish jarayonida o`quvchilarning mustaqil fikrlashiga alohida e`tibor beriladi.
O`rta bahoga o`qiydigan o`quvchiga ham o`ylash va savolga ongli ravishda javob berish, matndan tegishli o`rinlarni topish uchun vaqt ajratilsa, u asta-sekin faollasha boshlaydi. Mustaqil fikr she`rni estetik baholashdagi mustaqillikka ham yo`lochadi. Natijada, o`quvchilarning she`rni badiiy idrok etishini chetdan kuzatish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, o`z vaqtida tegishli maslahatlar bilan yordam qo`lini cho`zish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Adabiy ta`lim jarayonida she`riy asarlar tahlilida estetik jihatlarga e`tibor qaratish orqali o`quvchilar she`riyatga oshno bo`ladilar.
Ma`lumki, Ogahiyning hayoti va ijodi umumiy o`rta ta`lim maktablarida atroflicha o`rganilmoqda. Ogahiy hayoti va ijodini o`rganish jarayonida shoirning hayot yo`liga doir ma`lumotlarni “Klaster” usulida quyidagicha bayon qilish mumkin:
Muhammad Rizo Ogahiy 1809-yili 17-dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog`ida Erniyozbek mirob oilasida tavallud topdi;
Dastlabki boshlang`ich ma`lumotni o`zi tug`ilgan qishlog`idagi maktabda olgan;
Yoshligida otasi vafot etgach, uning tarbiyasi bilan amakisi Munis shug`ullangan;
U maktab, keyinchalik madrasa tahsili davomida arab va fors tillarini, tarix ilmini puxta o`rganadi;
1829-yilda Munis vafot etgach, hukndor Olloqulixon uning o`rniga Ogahiyni mirob etib tayinlaydi;
1839-yilda Ogahiy Munis boshlab qo`ygan “Firdavs ul-iqbol” (“Iqbol bog`i”) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825-yilgacha bo`lgan tarixini yozib tugatdi;
1844-yilda “Riyoz ud-davla” asarini tamomladi;
1845-yildan Ogahiy hayotidagi og`ir va musibatli davr boshlandi;
1845-yilda Ogahiy miroblik ishlari bilan safarda yurganda, tasodif
tufayli oyog`i qattiq shikastlanadi va yigitlik yoshidayo to`shakka bog`lanib qoladi;
1857-yilda Ogahiy miroblikdan iste`foga chiqishga majbur bo`ladi;
1846-yilda shoir “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar qaymog`i”) asarini
yozib tugatadi;
1847-1855-yillarda Ogahiy “Jome ul-voqeoti sultoniy” (“Sultonlik voqealarining yig`indisi”) tarixiy asarini yozadi;
Ogahiy tarjimalar bilan shug`ullanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa`diy Sheroziyning “Guliston”, Badriddin Hiloliyning “Shoh va gado”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayxo” va boshqa qator asarlarni o`zbek tilig o`girgan;
XIX asrning 60-yillarida “Gulshani davlat” va “Shohidi iqbol” (“Baxt shohidi”) tarixiy asarlarini yozdi.
Ogahiyning asosiy she`riy merosi ona tilida yozilgan bo`lib, ular “Ta`viz ul-oshiqin” devonida to`plangan;
“Ta`viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) devoni ma`rifatparvar shoh va shoir Feruz-Muhammad Rahimxon Soniy (ikkinchi)ning taklifi va talabi bilan tuzilgan;
“Ta`viz ul-oshiqin”da shoirning yigirmadan ortiq janrdagi salkam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan;
Devondagi 1300 misradan ortiq she`r fors tilida bitilgan bo`lib, bu Ogahiyning zullisonaynlik an`anasini munosib davom ettirganligining yorqin dalilidir;
Devondan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-didaktik, tabiat tasviri va ishqiy mavzudagi she`rlar o`rin olgan;
Tabiat tasviriga bag`ishlangan g`azallarida tashbih, tashxis, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalarini qo`llaydi;
Shoirning “Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas” tarji`bandi tasavvufiy mazmunga yo`g`rilgan ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asardir;
“Qasidai nasihat” esa Ogahiyning siyosat va davlatga munosabati, hukmdor fazilatlari va burch-vazifalari borasidagi mulohazalari bayon etilgan pandnomadir;
Ogahiy o`zining salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi mumtoz adabiyotimiz yorqin siymolari an`analarini davom ettirdi;
Muhammad Rizo Ogahiy 1874-yilda vafot etgan.
“Klaster”ni tuzishda iloji boricha barcha o`quvchilar jalb etilsa, ishtirokchilarning faolligi oshadi. “Klaster” da ma`lumotlar tartib bilan tuzilsa, undagi ketma-ketlik o`quvchilar xotirasida tez va oson muhrlanadi.
Bundan tashqari shoir she`rlari asosida bahr-u bayt o`tkazish ham maqsadga muvofiq. Bahr-u bayt o`quvchi yoshlarning xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
Agar ko`rsa erdi Yusuf malohatlig` jamolingni, Der erdi sidq ila “Ruhsori toboningg`a sallamno”.
* * *
Oh-u yoshingga, Ogahiy, rahm etti ul xo`blar shahi, Ta`siri oh-u yoshinga olam gado, man ham gado.
* * *
Ogahiy ijodini o`rganishni muloqot-trening usulida tashkil etish ham yaxshi
samara beradi. Mazkur mashg`ulot o`quvchilarda mustaqil fikrlash, o`z fikrini erkin bayon etish malakasini shakllantiradi, munozara qilish, bahslashish madaniyatini tarkib toptiradi. Muloqot mavzusi, bahs-munozara o`tkazish tartibi, ularga qo`yiladigan talablar o`quvchilarga tanishtiriladi. Bu usuldagi mashg`ulotni kichik guruhlarga bo`lingan holda quyidagicha o`tkazish mumkin:
Ogahiyning hayot yo`li. Bu guruh shoirning dunyoga kelishi, oilasi, ta`lim olish jarayoni, uning tarbiyasida amakisi Munisning o`rni, shuningdek, miroblik faoliyati, hayotidagi og`ir kunlar va xastalanib qoilish sabablari haqida fikr yuritadilar.
Ogahiy tarixshunos. Bu guruh uning tarixiy asarlari, ularning yaratilish sabablari, Xiva tarixi bilan bog`liq ma`lumotlar va ularning ahamiyati haqida so`z yuritadi. Shuningdek, “Firdavs ul-iqbol”, “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy” asarlari haqida ham qisqacha aytib o`tiladi.
Ogahiy tarjimon. Bu guruh a`zolari Ogahiyning tarjimonlik faoliyati, mohir tarjimon sifatida amalga oshirgan tarjima namunalari haqida bahslashadilar. Jumladan,Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa`diy Sheroziyning “Guliston”, Badriddin Hiloliyning “Shoh va gado”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayxo” tarjimlari haqida fikrlarini bayon etishlari mumkin bo`ladi.
Ogahiy lirikasi. Bu guruh ishtirokchilari shoirning lirik merosi haqida fikr yuritadi. Bunda shoirning g`azal, tuyuq, qasida va tarji`bandlari kabi janrlarda samarali i9jod qilgani diqqat markazida bo`lmog`i talab etiladi. Maktab va litseyda o`rganiladigan “Ustina”, “Navro`z”, “Aylansun” radifli g`azallari hamda tarji`band va qasidasi tahlil qilinadi.
Guruh o`quvchilari mavzular bo`yicha o`z fikrlari, misollarini to`plab, yozib boradi. Darsda to`plangan ma`lumotlar taqdim etiladi. Bahs-munozaralar davomida o`quvchilar mavzuni qay darajada o`zlashtirgani aniqlanadi.
Ogahiyning g`azallarini o`rganish jarayonida “Mozaika” usulidan ham foydalanish mumkin. Bu usul kichik guruhlarda amalga oshiriladi. Ya`ni o`qituvchi tomonidan o`quvchilar kichik guruhlarga bo`linadi va har bir huruhga Ogahiyning eng mashhur (o`quvchilarga yod olish uchun uyga vazifa qilib yuborilgan) g`azal matni olinadi. Ushbu g`azal matnining har bir bayti aralashtirilib guruhlarga tarqatiladi. Guruhlar aralashib ketgan g`azal baytlarini asl matn ko`rinishiga keltirishi va ushbu g`azal matnini ifodali tarzda yoddan aytib berishlari lozim. Shuningdek g`azal baytlarini guruh a`zolari navbati bilan sharhlab bera olishlari darkor. Mazkur vazifani qaysi guruh birinchi bajarib bo`lsa, ushbu guruh rag`batlantiriladi.
Darsda yangi pedagogik texnologiyalarni o`z o`rnida mahorat bilan qo`llash
oquv mashg`uloti maqsadiga erishishni kafolatlaydi.Ta`kidlash joizki, ayrim hollarda bir sharoitda ijobiy natija bergan texnologiya boshqa bir sharoitda kutilgan samarani bermasligi ham mumkin.
Zero, muallim, qanday pedagogik texnologiyani qo`llamasin, bunda o`quvchilar bilan o`rnatiladigan munosabatning to`g`ri yo`naltirilgani katta ahamiaytga ega bo`ladi. Chunki hech qanday texnologiya jonli, hissiyotlarga to`la insoniy munosabatlarning o`rnini bosa olmaydi.