kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Mahbub ul-qulub" Hikmatlar tahlili

Нажмите, чтобы узнать подробности

3.Yangi mavzu bayoni. "Mahbub ul-qulub" ya'ni "Ko'ngillarning sevgani" asari 1500-yilda yozilgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Mahbub ul-qulub" Hikmatlar tahlili»

MAVZU: Hikmatlar tahlili

I.Darsning maqsadi:

a)ta’limiy: o’quvchilarga mavzu haqida ma’lumot berish;

b)tarbiyaviy: o’quvchilarda insoniy fazilatlarni shakllantirish, muomila odobini singdirish, hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish;

d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlash qobilyatlarini o’stirish, og’zaki nutqini oshirish, interfaol usullarda ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

II.Darsda foydalaniladigan kompetensiyalar: o’qish texnikasi, o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, ijtimoiyhayotda ro’y bergan voqea-hodisalarga o’z munosabatini bildirish, mavzu bo’yicha olgan bilimlaridan amaliy hayotda o’rinli foydalana olish, ma’naviy rivojlanish, ijodiy ko’nikmalarni oshirib borish.

III.Darsning turi: amaliy, nazariy, noana’naviy

IV.Darsning usuli: suhbat, savol-javob, aqliy hujum

V.Darsning jihozi: darslik, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, slayd, audio manba

VI.Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism

5 daqiqa

Uy vazifasini so’rab baholanishi

10 daqiqa

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

Baholar tahlili

5 daqiqa

Uyga beriladigan topshiriq va mashg’ulot xulosasi

  1. daqiqa

VII.Darsning borishi (reja) :

1.Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish; b) davomatni aniqlash; d) motivatsiya.

2. Uy vazifasini so’rab baholanishi: uy vazifasi og’zaki savol-javob orqali mustahkamlanadi.

O’quvchilarga quydagi savollar orqali murojat qilinadi:

1.A. Navoiy bobomiz hayoti haqida nimalarni bilasiz?

O’quvchi: Buyuk mutafakkir shoir, davlat arbobi, o’zbek tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotning Bog’i Davlatxona atalmish joyida tug’ilgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad temuriylar saroyidagi amaldorlardan, onasi Shayx Abu Said Changning qizi bo’lgan. A. Navoiy bobomizning Bahlulbek ismli akasi, Darveshali ismli ukase bo’lgan.

Yosh Alisher yoshligidanoq o’tkir zehni, istedodi bilan ajralib turgan. 4 5 yoshidanoq g’azallarni yod ola boshlagan. Butun hayoti davomida salmoqli ijod qilgan buyuk adib 1501-yil og’ir xastalikdan vafot etadi.

2.A.Navoiy hazratlarining xalqimiz hayotida tutgan o’rni haqida so’zlab bering.

O’quvchi: Buyuk mutafakkir Navoiy bobomiz xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamdaturkiy va forsiy tilde so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiy bobomizni bilmasa, sevmasa, sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.

3.A.Navoiy yaratgan betakror devonlar haqida kim qanday ma’lumotga ega?

O’quvchi: Adibning sakkizta devoni mavjud. Shulardan yettitasini o’zi tuzgan, bittasi zamondoshlari tomonidan tuzilgan. “Ilk devon.’’ Zamondoshlari tomonidan tuzilgan bu devon xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko’chirilgan. Ilmda unga shartli ravishda Ilk devon nomi berilgan.

“Badoye ul-bidoya”, “ Navodir un-nihoya”, “G’aroyib us-sig’ar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoye’ ul-vasat”, “Favoyid ul-kibar” va “Devoni foniy”.

4.“Xamsa” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

O’quvchi: “Xamsa” arab tilidan olinga so’z bo’lib “beshlik” degan ma’noni anglatadi. “Xamsa” besh mustaqil dostondan iborat bo’lib har bir doston ma’lum bir voqeani, mavzuni keng va atroflicha masnaviy yo’li bilan yoritib beradi.

5.“Xamsa” yaratgan qaysi ijodkorlarni bilasiz?

O’quvchi: Sharq adabiyotida Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar “Xamsa” yaratishgan.

6. A.Navoiyning “Xamsa”si haqida kim ma’lumot bera oladi.

O’quvchi: Jami 54 ming misradan iborat A.Navoiyning “Xamsa” asari 1483-1485-yillarda yozilgan bo’lib, XV asrdagi xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko’zgusidir. Asarda o’sha davrdagi xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlari aks etgan va bu asar quydagi dostonlardan iborat: “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy”.

7. Navoiy forscha she’rlariga qaysi tahallusni qo’llaydi?

O’quvchi: A.Navoiy forscha sherlariga “Foniy” yani “o’tkinchi” taxallusini qo’llagan.

8.A.Navoiy siymosi aks ettirilgan qanday badiiy kitob va asarlarni bilasiz?

O’quvchi: Atoqli yozuvchi Oybek “Navoiy” romanini yozgan va bu asar asosida ko’p qismli videofilm suratga olingan. Bu videofilmda O’ZBEKISTON XALQ ARTISTI RAZZOQ HAMROYEV NAVOIY rolini mahorat bilan ijro etgan.





9. A. Navoiy bobomiz haqidagi quydagi fikrlar muallifi kim? «Agar bu ulug’ zotni avliyo desak,u avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak,shoirlarning sultonidir».

O’quvchi: Yuqoridagi fikrlar Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovga tegishli. “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida keltirib o’tilgan.

10. Yurtimizda Alisher Navoiy nomini abadiylashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O’quvchi: Yurtimizda buyuk mutafakkir nomini abadiylashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, A. Navoiy nomida til va adabiyot universiteti, Toshkent shahridagi kutubxona, bir qancha bog’lar, ko’chalar nomlari shular jumlasidan.

Savollarga jovob bergan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari taqdim etiladi.



3.Yangi mavzu bayoni. “Mahbub ul-qulub” ya’ni “Ko’ngillarning sevgani” asari 1500-yilda yozilgan. Bu nom bilan mazkur kitobda insonga xos eng ezgu fazilatlar, uni ma’naviy barkamol etadigan, o’zgalar qarshisida go’zal, oliyjanob ko’rsatadigan xislatlar jamlanganini anglatmoqchi bo’ldi. Alisher Navoiy ko’zlagan maqsad nafaqat asar nomida, ayni chog’da uning butun ma’no-mazmunida, ta’rif-u tafsilotlarida to’la mujassamdir. U dunyoning achchiq-chuchugini ko’rgan goho “kamronlig’”, goho “notovonlig’” topgan buyuk shoir Navoiyning 60 yillik hayotiga yakun bo’lgan asardir.



Mahbub ul-qulub” asaridan olingan hikmatlarni o’quvchilarga o’qitishdan oldin rasm chizishni hush ko’radigan 2 nafar o’quvchi tanlab olinadi. Dars davomida hikmatlarda ko’rsatilgan o’xshatishlarni qog’ozga suratini tushirib boradi. Dars davomida faol qatnashgan, savollarga javob bergan hat bir o’quvchiga “ fazilatlar daraxti”dan har bir insonda bo’lishi kerak bo’lgan ijobiy fazilatlar mevasi taqdim qilib boriladi.

SAXOVAT VA HIMMAT BOBIDA

Saxovat insoniyat bog’ining borvar shajaridur, balki ul shajarning mufid samaridur. Odamiyliq kishvarining bahri mavjvari, balki ul mavj bahrining samin gavhari. Saxovatsiz kishi-yong’insiz abri bahor va royihasiz mushki totor. Mevasiz yig’och hamon-u o’tun hamon va yog’insiz bulut hamon-u tutun hamon. Saxosiz kishi birla gavharsiz sadafning bir hukmi bor. Dursiz sadaf birla o’lub qurug’on kashafg’a ne e’tibor.

SAXOVAT VA HIMMAT TO’G’RISIDA

Saxovat insoniyat bog’ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to’iqinli dengizning bebaho gavharidir. Saxovatsiz odam yog’insiz bahor bulutiga va hidi yo’q mushk-anbarga o’xshaydi. Mevasiz daraxt ham bir-u, o’tin ham bir; yog’insiz bulut ham bir-u, tutun ham bir. Saxovatsiz odamdan ichida gavhari bo’lmagan sadafning farqi yo’q; dursiz sadaf bilan qurib qolgan toshbaqa chanog’ining farqi yo’q…

HILM ZIKRIDA

Hilm inson vujudining favoqihlig’ bog’idur, odamiylig’ olamining javohirlig’ tog’i. Hilmninhavodis daryosida kishilik kemasining langari desa bo’lur va insoniyat mezoni toshig’a nisbat qilsa bo’lur. Axloq shaxsning og’ir baholig’ libosidur va ul libos jinsining sangin debosi. Muxolif nafslar sarsari uchurmoqdin asrag’uvchi va munofiq, bulhavaslar harzasi tundbodi sovurmoqdin saqlag’uvchi. Xaloyiqdin kishiga mujibi ta’zim va e’zoz va akobirdin asog’irg’a boisi iltifot va imtiyoz. Necha ulug’ kishi tamasxur va tiybat qilsa, aning qoshida beshukuh va viqor.

HILM TO’G’RISIDA

Hilm (muloyim tabiyatlik) inson vujudining xushmanzara mevalik bog’idir va odamiylik olamining jovohirga boy tog’idir. Yushoq ko’ngillilik-hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tehglashtirsa ham bo’ladi.

Hilm-axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi.

Hilm natijasida odam xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovor bo’ladi; hilm tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun rassomlarga yuzlanamiz. Rassom o’quvchilar hikmatlarda talqin etilgan timsollar suratlari ko’rsatiladi. Ko’rsatilgan suratlarga o’quvchilar tavsif beradilar. To’g’ri tavsif bera olgan o’quvchilarga kartochkalar taqdim qilib boriladi.

Bilamizki, o’zbek xalq maqollari juda boy va sermazmun. Hurmatli o’quvchilar, saxovat, himmat, hilmlik haqida qanday maqollarni bilasiz?

Baxilniki doim yo’q

Saxiyniki yo’q bolsada, to’q.

Saxiy topsa o’rtada,

Baxil topsa xaltada.



Qallobning bolida

Saxiyning zahri yaxshi

Baxil topsa bosib yer,

Saxiy topsa barcha yer.

Baxil bo’lma saxiy bo’l

Osmoninga to’g’ri yo’l.

Ko’ngli ochiqning yo’li ochiq.

Maqtasang saxiyni maqta,

Toptasang baxilni topta.

Yomonlik qilsang la’nat olarsan

Yaxshilik qilsang saxiy nomini olarsan.

5. Dars yakuni. Dars yakunida o’quvchilar orasida rag’bat kartochkalari olgan, insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar. UY VAZIFASI “Inson odobi bilan go’zal” mavzusida matn tuzish.










Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
"Mahbub ul-qulub" Hikmatlar tahlili

Автор: Islamova Manzura Abduvali qizi

Дата: 30.03.2020

Номер свидетельства: 544617


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства