Просмотр содержимого документа
«Leksokologiya haqida ma`lumot»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ
TA’LIMI BOSHQARMASI
Uchqo’rg’on tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 19-umum ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sidiqova Mavluda bir soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI
5-SINF Ona Tili
Mavzu: Lksikologiya haqida haqida ma’lumot.
Maqsad:ilmiy: O’quvchilar bilan “Fonetika ’’ bo’limida o’rgangan
Bilimlarni takrorlash asosida mustahkamlash ,
Leksikologiya bo’limi haqida tushunchalar berish.
Mashqlar bajarish mustaqil misollar toppish orqali bilim ,
Ko’nikma, malakalarini shakllantirsh.
Tarbiyaviy : O’quvchilarga ona tilimizning boy beqiyos qudratini
Tushintirish orqali milliy g’urur, milliy iftiqor
Tuyg’ularini rivojlantirish . Ona-Vatanga muhabbat va
Sadoqat ruhida tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash
Darsning jihosi: Fonetika va leksikologiyaga oid ko’rgazmalar, AKT
Asosida tayyorlagan slaydlar, tarqatmalar, baholash
uchun kartochkalar, “Ragbat” kartochkasi .
Darsning turi: mustahkamlovchi va yangi bilim beruvchi.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
a) salomlashish ;
b)davomatni aniqlash
O’quvchilar: -assalomu alaykum, ustoz! Xush kelibsiz
O’qituvchi” – Vaalaykum assalom bolalarim,
Bog’dagi gul – lolalarim
Tayyormisiz saboqqa?
O’quvchilar: - Shaymiz bilim olmoqqa
O’qituvchi: - Sinfda kim navbatchi?
Qani, davomatni ayt-chi
O’quvchi: Sinfda men navbatchi
Ustozimga yordamchi
Pok tutaman xonani
Hamda parta, doskani
Sinfda 22 o’quvchi. Hammasi darsga tayyor
c) tozalikni tekshirish;
d) ”Ma’naviyat daqiqasi” o’tkazish.
Bugungi darsimizning shiori:
Ona tilim onaday aziz ,
Uning har bir so’zi bol kabi laziz
“Aql charxi” asosida o’quvchilar fikri tinglanadi.
Aziz o’quvchilar! – Ona tili qaysi til?
- Nima uchun bu til aynan onaga qiyoslanadi?
- Yana qanday so’zlarga “Ona” so’zi qo’shib aytiladi?
(ona tabiat, ona zamin, ona vatan, ona xalqimiz)
O’quvchilar: ona tilimiz, ona diyorimizni madh etuvchilar She’rlar aytishadi.
O’qituvchi: bahor faslining barcha fasllar ichida eng go’zal,
Bayramlarga boy fasl ekanini aytadi va “Raqamlar so’zlaydi”
usuli bo’yicha o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazadi
Raqamlar so’zlaydi: ,1,8,9,10,14,21,26
Ushbu raqamlarga o’quvchilarning diqqati qaratiladi va raqamlar haqida nimalarni bildirishi so’raladi. O’quvchilar bahor oyidagi muhim sanalar va tavallud kunlarni aytib o’tadilar. “1” raqami ko’rsatiladi
1 – mart Zulfiyaxonim tug’ilgan kun.
1 – sentabr – Mustaqillik bayrami
1 – aprel – hzil kuni
1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni
“8” raqami ko’satiladi
8 – mart – Xalqaro xotin – qizlar kuni
8 – dekabr – konstitutsiya kuni
“10” – dekabr – O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun.
“14” raqami ko’satiladi
14 – yanvar – Vatan himoyachilari kuni
14 – fevral Zahriddin Muhammad Bobur tavalludi
“21” raqami ko’satiladi
21 – mart – Navro’z bayrami
21 – oktabr – o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
21 – mart – Abdulla Oripov tug’ilgan kun “9” raqami ko’satiladi
9 – aprel – Amir Temur tug’ilgan kun. 9 – may – Xotira va qadrlash kuni
“26” raqmi ko’satiladi
26 – aprel – Muhammad Yusuf tavalludi kuni
“O’zbekiston” she’ri o’quvchilar tomonidan aytiladi.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
a) O’quvchilarni guruxlarga bo’lish, guruxlarni nomlash;
1-guruh “Boychechak”
2-guruh “Binafsha”
3-guruh “Qizg’aldoq” Guruh nomlarini o’quvchilar izohlaydilar.
b) daftar almashtirish;
c) ta’til tassurotlarini so’rash;
Ta’tilda qanday dam oldinglar?
Qanday kitoblar o’qidingiz?
Qayerlarga sayohat qildingiz?
Shu orada o’quvchilar bilan “Bilmasvoy” orasida kelishmovchilik kelib chiqadi. Bilmas voyning kimimiga turli savollarni yopishtirib tashlashdi.
O’qituvchi ularni murosaga keltirib, savollarga guruhlardan o’quvchilar chiqib javob berishadi.
Fonetika bo’yicha savollar
1. Qanday unlilar yuqori tor unlilar hisoblanadi?
2. Lablangan unlilar qatorini ayting?
3. Orqa qator unlilarini ayting?
4. Undoshlar hosil bo’lishiga ko’ra necha turli bo’ladi?
5. Undoshlar hosil bo’lish usuliga ko’ra necha turli bo’ladi?
6. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra necha turli bo’ladi?
O’quvchilar javobi o’qituvchi tomonidan tekshirib boriladi. “Sirli
Sandiqcha” ichidan Grammatik topishmoqlar olinadi, 3ta topishmoqqa guruhlar bittadan javob berishadi:
1. Shakli bir xil tovushlar Ko’p so’zda qator kelar Qo’sh holda ko’zlar
Ham aytilar , yozilar. (qo’sh undoshlar)
2.Kasbi so’zlarni bo’lish Bo’lish hamda ko’chirish (bo’gin)
3. Uncha kattamas o’zi Go’yao nuqtaning yaarmi Unli ustida turar Uni baland ayttirar. (urg’u)
Savol – javob paytida guruhlardan bittadan o’quvchi doskaga doskaga chiqib, undosh va unlilar tasnifi asosida tahlil qilishadi. Tasnif uchun so’zlar:
V – undosh, lab undoshi, lab-tish, sirg’aluvchi, jarangli;
A – unli old qator lablanmagan, quyi keng ;
T – undosh, til undoshi, til oldi, portlovchi, jarangsiz;
A – unli,old qator, lablanmagan,quyi keng;
N – undosh, til undoshi, til oldi, burun tovushi, portlovchi, jarangli.
Sajdagoh, muqaddas so’zlari ham shu tarzda tahlil qilinadi.
O’quvchilar javobi meva shakllari yordamida baholab boriladi. Dars so’nggida guruhlar to’plagan
bali meva shakllari soniga qarab belgilanadi. O’quvchilarning uyga berilgan topshiriqlari nazorat qilinadi. Yonma-yon O’tirgan o’quvchilar daftalarini. almashtiradilar va bir – birlarining daftarlarini tekshiradilar. O’qituvchi har bir guruhdan bittadan o’quvchidan so’raydi va baho qo’yadi
3. Yangi mavzuning bayoni
Slaydlar namoish etiladi
O’quvchilar biz siz bilan o’quv yili boshidan buyon tilshunoslik fanining Sintaksis
Punktuatsiya
Morfologiya Fonetika
Grafika kabi bo’limlarini o’rgandik. Bugun esa Leksikologiya bo’limini o’rganamiz.
Leksikologiya yunoncha lexikos-“lug’at” ,logos- “talimot”so’zlaridan olingan ,bo’lib so’z haqidagi. to’g’rirog’i, so’z ma’nolari haqidagi ta’limotdir. O’zbek tili juda boy va rang – barang til hisoblanadi. Bir so’z bir necha so’z bilan yoki bir necha so’z bir ma’noni anglatishi mumkin
Demak, leksikolgiya bo’limida so’zning ma’no tomonini o’rganamiz.
So’zdurkum nishon berur o’likka jondin
So’zdurkim xabar berur yorga jonondin,
Insonni so’z ayladi judo hayvondin
Bilkim, guhari sharifroq yo’q ondin
O’z tiling o’z Vataningdekaziz, o’z onangdek tabarruk.
O’zbek tilim men uchun eng boy, eng go’zal,eng barkamol til.
(E.Vohidov)
Doskada fonetik tahlil qilib yozilgan Vatan, sajdagoh, muqqadas so’zlarini qatnashtirib gap tuziladi.
Vatan – sajdagoh kabi muqqaddas. So’ng bu so’zlar ma’nodoshlari so’raladi.
Vatan-yurt, o’lka, diyor, maskan, gosha oshiyon.
Sajdagoh-1)ibodat qilinadigan joy, qadamjo.
2)ko’chma: muqqddas, aziz joy;
Muqaddas-aziz,mo’tabar, ulug’,mukkaram.
475-mashqning sharti monitoringda ko’rsatiladi. Tuyuq jangari ta’rif beriladi. Tuyuqda ishlatilgan shakldosh so’zlar izohi beriladi: yoz-yozmoq(daftarga yozmoq)
Yoz-fasl
Yoz-qanotini yozmoq
Guruhlarga tuyuq namunalari yozilgan qog’ozlar tarqatiladi:
1.Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot Yaxshilikqil, bolam, yomonlikni ot,
Nasihatim yod qilibol, farzandim, Yolg’iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot
2. Kelur sel :ko’kda goho bo’lsa chaqmoq, Zarar qilgay danakni tishda chaqmoq
Yomondir ikki o’rtoq o’tasida, Urush timoq uchun bir-biriga chaqmoq.
3. Charx tortib hanjari hijron bu tun Qo’ymadibir zarra bag’rimni butun Tunga borib bizni behol
aylading, Ne baloligtun emish, yo rab, but un.
446- mashq Nuqtalar o’rniga qavs ichida berilgan so’zlardan mosini qo’yib ko’chiring.
Uning dastxati chiroyli ekan. Bu elda har qanday dushmanga yuzlasha oladigan botir xalq yashaydi
Shahrimizda birin-ketin katta binolar qad ko’tarmoqda.
447-mashq Quyidagi so’z birikmalari yordamida gaplar tuzing, ma’nolarini tushuntiring.
Ko’chaning boshi, kelinchak bahor, kumush qish, po’lat iroda. Ko’chaning boshida do’stim kutib
turgan ekan. Mana yurtimizga kelinchak bahor ham kirib keldi. Bugun biz maktabda ona tili darsida
“Kumush qish” mavzusida insho yozdik. Po’lat iroda har kimda ham bo’lavermaydi
IV.Mustahkamlash:
Ko’chma manoli so’zlar
Mustahkamlashda yangi mavzu asosida “O’yla, izla, top” usuli qo’llaniladi. Topshiriqlar;
“Kitob” so’zini yana qanday ma’noda qo’llash mumkin?