kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Қутлуғ қон " романи

Нажмите, чтобы узнать подробности

Дарс ишланма ДТС талаблари асосида ёзилган.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Қутлуғ қон " романи»

Mavzu: Oybekning “Qutlug` qon” romani.


Darsning maqsadi:


  1. ta’limiy maqsad: o`quvchilarga Oybekning “Qutlug` qon” romanining yaratilish tarixi, uning o`zbek adabiyotida tutgan o`rni, tili va badiiy ahamiyati haqida ma’lumot berish; FK 1 ni shakllantirish;

  2. tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni boy tariximizga hurmat, vatanga muhabbat, chin insonparvarlik ruhida tarbiyalash; TK 3 ni shaklantirish

  3. rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni og`zaki nutqini o`stirish, erkin va mustaqil fikrlashga o`rgatish. TK 5 ni shakllantirish;

Darsning turi: yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi;


Darsning jihozi: slaydlar, texnik vositalar, qora quti, tarqatmalar.


Darsning usuli: Bleak box, T texnologiyasi, “Men kimman”


Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish. Navbatchilardan davomatni aniqlash. Navbatchilar bugungi darsga tayyorlab kelgan yangiliklarini so`rash.

1-navbatchi o`quvchi Oybekning suratini chizib kelgan bo`lib o`quvchilarga taqdim etadi;

2-navbatchi o`quvchi Oybekning “Na’matak” she’rini yoddan o`qib beradi.

  1. Ma’naviyat daqiqasi:

O`qituvchi:

Navoiydan qolgan navosan,

Ming bitta dardimga o`zing davosan.

Moziydan yangragan ohangrabosan,

Yuragimning yog`dusisan adabiyot,

Hayotimning ko`zgusisan adabiyot.

Demak darsimiz: O`quvchilar “Adabiyot” !

Baholash shakli: noan’anaviy.

Dars davomida o`quvchilar ishtiroklari asosida 9-sinfni tamomlaganlaridan so`ng o`qishni davom ettirishlari uchun Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ramziy “Yo`llanma” berib boriladi.


O`qituvchi: “ O`zini kamol toptirolmagan inson o`zgalar kamolotini ta`minlay olmaydi”(Konfutsiy). Bu bugungi darsimizning shiori edi. Komil inson, kamolot, komillik. Keling o`quvchilar birgalikda mana shu tushunchalarni ochishga harakat qilamiz.

1-o`quvchi: Komillik insonni kamolotga erishish yo`li jarayonidagi barkamollik darajasini ifodalovchi tushunchadir.

2-o`quvchi: Chin insoniy komillik o`tmishni anglashdan boshlanadi.

3-o`quvchi: O`g`il qizning komili- taraqqiyot omili.

4-o`quvchi: Chinakam ma’rifatli komil inson olis moziydan ozuqa oladi.

5-o`quvchi: “Olamdan g`amsiz o`tay desang ilm-u hunar o`rgan. Dunyodan kamolotga yetmay o`tish hammomdan toza bo`lmay chiqishning o`zidir ”, - degan edilar Hazrati Alisher Navoiy.

6-o`quvchi: “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlay olish qobiliyatiga ega bo`lgan komil inson etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi bo`lishi lozim”,- deyilgan edi birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida.

O`qituvchi: Biz kimmiz? Biz ona To`marisdan tarqagan yovqur, Shiroqdek bo`y egmas qaysar, Amudaryo suvidek jo`shqin, Qizilqum cho`lidek sirli va sokin, Alpomish va Go`ro`g`li kabi pahlavonlari doston bo`lgan azal xalq Turkiyning o`zagi asl O`zbekmiz. Bizning Vatanimiz O`zbekiston dunyoga komil insonlarni bergan diyordir. Biz bu bilan doimo

Hamma: Faxrlanamiz!


  1. Asosiy qism:

O`tilgan mavzu: Oybek hayoti va ijodi.

O`qituvchi o`quvchilarga Oybekning rafiqasi Zarifa Saidnosirovaning Oybek domla haqidagi xotiralarini ovozli tasmada qo`yib eshittiradi.

O`tgan mavzuni takrorlashda Bleak box usulidan foydalanamiz.

Bleak box “Qora quti” degani.

O`quvchilarga Oybekning hayoti va ijodiga oid eng muhim ma’lumotlarni berilgan oq qog`ozlarga izohsiz yozishlari topshiriladi. Eng muhim ma’lumotlar qora qutiga solinadi. Eng ko`p ma’lumot yozgan o`quvchi o`z ma’lumotlarini yozuv taxtasiga yozadi. O`quvchilar izohini aytishadi.


O`quvchi : 1905-yil 10-yanvar, Toshkentning Gavkush mahallasi, hunarmand- to`quvchi, Toshmuhammad kabi ma’lumotlarni yozsa boshqa o`quvchilar Oybek tug`ilgan vaqti, tug`ilgan joyi, oilasi va otasi deb izoh berishadi.

Yana boshqa o`quvchi: “Namuna”, “Bolalik” , 1942-yil, “Navoiy”, “Mahmud Tarobiy” kabi ma’lumotlarni yozsa, o`qigan maktabining nomi, qissasi, “Navoiy”nomli romanini tamomlagan yil, tarixiy drammasi, deb izoh aytishadi. Shu tariqa Oybek hayoti va ijodi takrorlanadi.

Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi: Biz o`quvchilarning kimyo fanidan olgan bilimlari asosida kichik bir tajriba tayyorlaganmiz. Hozir shuni sinab ko`ramiz.

Tayyor kimyoviy eritmani oq qog`ozga sepadi va “Qutlug`qon” yozuvi paydo bo`ladi. Bugungi yangi mavzu nomi shu ekanligi aytiladi.



O`qituvchi: Xalq yo`lida to`kdi qutlug`qonini,

Haqiqatga tikdi xatto jonini.

Razolatga bolta urolgan,

Unitmadi zamon bu qurbonini.

Or-nomusdan bog`lagandi belbog`ni,

Unita olmadi qalbdagi dog`ni.

Oybekning Yo`lchisi haq uchun yondi,

Orzu qilgan edi ozod shu chog`ni.

O`quvchi: Tushunmadi xatto o`z tog`am,

Mening otam-g`urur, orimdir-og`am.

Haqsizlikni ko`rib bo`lmadim beg`am,

Xalqimning yo`lida qurbon Yo`lchiman,

Adolat yo`lidan yurgan Yo`lchiman.

O`quvchi: Tog`dek qaddingamas, qordek qalbingga,

Maftun bo`lgan edim baland qadringga.

Aylana olmadim sening mardingga,

Ayriliq alamin totgan Gulnorman,

Hijron azobiga botgan Gulnorman.


O`qituvchi o`quvchilarga uyga topshiriq qilib “Qutlug` qon” romanidan parcha sahnalashtirib kelishni bergan bo`ladi. O`quvchilar Yo`lchi va Gulnor dialogidan sahnalashtirib berishadi.


Yangi mavzu: Oybekning “Qutlug` qon” romani.

Slayd asosida tushintiriladi.

Xalqimizda o`lmas siymo, degan yaxshi bir gap bor. Xalq o`zining eng katta mutafakkirlari, ulkan olim va san’atkorlarini shunday deb ataydi, bu bilan xalq o`zining cheksiz mehri, izzat- hurmati, buyuk iftixorini izhor etadi. Ana shunday o`lmas siymolaridan biri Ustod OYBEKDIR!

Degan edi Odil Yoqubov. “Qutlug` qon” romani o`zbek romanchiligining go`zal namunasidir !
Muallif romanni 1938-yilda yozib tugatgan.
Bu romanga “Baxtigul va Sog`indiq”, “O`ch” kabi asarlar “xamirturush” bo`lib xizmat qilgan.

Asar 1940-yilda o`zbek, 1943-yilda rus, 1949-yilda chex va uyg`ur, 1950-yilda Slovak, 1959-yilda qirg`iz va ozarbayjon tillarida kitob holida chop etilgan.
Oybek shunday yozgan edi: “Garchi men roman voqealari yuz bergan vaqtda hali kichik bola bo`lsam ham xalq turmushini ko`rdim. Kambag`allarning qorong`u va dim uy-joylarini, boylarning atrofi baland-baland devorlari bilan o`ralgan hashamatli imoratlarini, muzdek hovuzi bo`lgan bog`larini ko`rdim. Men keyinchalik romanimda tasvir etilgan turmush va ijtimoiy munosabatlarning ko`pgina tomonlarini o`sha vaqtdayoq chanqoqlik bilan kuzatgan va tushungan edim”.

Oybek keyinchalik “Qutlug` qon”dagi voqealarni davom ettirib “Ulug`yo`l” romanini yozdi.

Asar qahramonlarini mohirona tasvirlagan. Xususan Yo`lchini mehr bilan oq ko`ngil, samimiy, soda, mard va tanti qishloq yigiti deb, Mirzakarimboyni axloqiy tuban, ma’naviy qashshoq, xasis va boylikka o`ch shaxs sifatida, Gulnor jafokash,

Unsin mehnatkash, Nurini ma’naviy buzuq etib tasvirlagan. Oddiy xalqning azobi ko`rsatilgan.


Mustahkamlash: “Men kimman?” o`yini.

Bunda 4 ta o`quvchi turadi o`qituvchi ularning boshlariga yozuvni ko`rsatmagan holda qog`ozlar kiydiradi. U qog`ozlarda Mirzakarimboy, Yo`lchi, Gulnor, Unsin degan yozuvlar bo`ladi. Ular navbat bilan “Men kimman?” deb so`raydilar boshqa o`quvchilar ularning sifatlarini aytadilar.


Mirzakarimboyga “Siz pulga o`chsiz, qizingiz tengi qizga uylanib olgan noinsofsiz” kabi, Yo`lchiga “Siz oq ko`ngil, mehnatkash, sodda qishloq yigitisiz, Gulnorni sevasiz” deb, Gulnorga “Siz go`zal va aqlli qizsiz, Yo`lchining sevganisiz” deb, Unsinga esa “15-16 yosh oraliqdagi qorachadan kelgan istarali Yo`lchining singlisisiz” deb ta’rif aytishadi va o`quvchilar o`zlarini kim ekanlarini topishlari kerak.


T texnologiyasidan foydalanamiz.

1-guruh: Yo`lchi qanday qahramon?

2-guruh: Asardagi ijtimoiy hayot qanday?

3-guruh: Mirzakarimboy qanday shaxs?

1-guruh:

Yo`lchi- yosh, kelishgan, mehnatkash, soda, adolatga o`ch kabi;

2-guruh:

Ijtimoiy hayot- notinch, adolatsiz, kambag`allar xo`rlangan kabi;

3-guruh:

Mirzakarimboy- qari, ochko`z, ma’naviy buziq, sovuqqon kabi.


Munozara shu tarzda davom ettirildi.


O`quvchilar to`plagan yo`llanmalari hisoblanadi va eng ko`p yo`llanma olgan o`quvchi g`olib deb topiladi.


Uyga vazifa: “Qutlug` qon” romanini o`qish va yigitlar Gulnorga va qizlar Yo`lchiga xat yozish.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"Қутлуғ қон " романи

Автор: Абдуллаева Севара Гофуржановна

Дата: 09.04.2020

Номер свидетельства: 545878


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства