3)Kim?nima?qayer?so’roqlariga javob bo’lgan olmoshlar qaysi so’z turkumi o’rnida almashinib keladi
4)Qaysi qanday so’rog’iga javob bo’lgan olmoshlarni ayting
O’tilganlarni yakunlab yangi mavzuni topshiriqlar orqali ko’rsatib berish
III bosqich:Yangi mavzu
O’qituvchi o’quvchilarning diqqatini 1-topshiriqqa qaratadi.Ular topshiriqni mustaqil o’qib chiqishadi va ko’rsatish olmoshlarining tuzulishiga etibor beradilar.Namuna:Niyatimga yetaman,mana bu to’polonlar o’tib olsin-chi…-derdiu u Onabibiga.Mana bu ko’rsatish olmoshi tuzulishiga ko’ra qo’shma olmosh,mana va bu olmoshlarini qo’shib hosil qilingan
2-topshiriqda ana bu va mana shu olmoshlarining yozilishiga etibor qaratiladi
Bu olmoshlar doim ajratib yozilishi ammo bazan og’zaki nutqda anavi,manavi tarzda aytilishi hamda shunday yozilishi takidlanadi
IV bosqich Darsni mustahkamlash
Mashqlar bajarishda sinfni ikki guruhga bo;lib 1-guruhni Topqirlar 2-guruhni Zukkolar deb nomlab olish mumkin.
Topqirlar tuzulishiga ko’ra soda olmoshlarga –day,-aqa,-ch,-ga,-da,-dan,-im,-ing,-si qo’shimchalarini qo’shib
Zukkolar esa qo’shma olmoshlarga berilgan qo’shimchalrni qo’shib asosning tarkibida qaaday o’zgarish bo’lganligini aytib beradilar
Namuna:Bunday –bu olmoshiga,-day qo’shimchasi qo’shilganda asos tarkibida bitta N tovushining ortishi kuzatiladi
50-mashq Muammoli o’yin Berilgan misollardagi raqamlar o’rniga mos olmosh hamda qo’shimchalarni qo’ying
2+3=6 (bu +day=bunday)
2+3=6 (shu+day=shunday)
2+2=5(shu+cha+shuncha)
5+3=9 (ana bu+day=ana bunday)
5+3=9( ana shu+day=ana shunday)
5+2=8(ana bu+im=ana bunim)
V bosqich O’quvchilarni baholash
Guruh ishtrokchilarining javoblari tahlil qilinib,rag’batlantiriladi va o’quvchilar baholanadi
VI bosqich Dars yakuni :Uyga vazifa
51-mashq.
Nuqtalar o’rniga zarur qo’shimchlar qo’yib olmoshlarni hosil qilib gaplarni yozish.