Просмотр содержимого документа
«Komil inson. "Farhod va Shirin" dostoni Farhod timsolida»
Mavzu: Komil inson
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: “Xamsa”, komil inson, nafs, Navoiy
Ajratilgan vaqt: 45 daqiqa
Mavzuning qisqacha ta’rifi: O’quvchilarga komil inson tushunchasini singdirish
O’quv jarayonining amalga oshirish tehnologiyasi
Metod: Tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, o`z – o`zini va do`stini baholash, muammoli izlanish, munozara, tezkor savol – javob, didaktik o`yinlar.
Shakl: Jamoa, yakka va guruh bo`lib ishlash.
Jihoz: Texnika vositalari, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, marker, rag`bat kartochkalari, multimedia ilovalari.
Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash:O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanadi. O`quvchilarga o`z – o`zini va bir – birini baholashni o`rgatish.
Darsning maqsad va vazifalari:
Ta`limiy: o`quvchilarga Navoiy ijodi bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, tasavvuf haqida ma’lumot berish, “Farxod va Shirin” dostonining tub mohiyatini anglash; TK1:Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish. FK: Komil inson haqida shaxsiy fikr bildira olish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarda Navoiy merosiga hurmat ruhini shakllantirish va ularni komil inson ruhida tarbiyalash. Do`stona munosabatda o`zaro tenglikka erishish.TK4:Atrofdagilar bilan o`zaro muloqot chog`ida odob –axloq qoidalariga rioya qilishga o`rgatish
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarni mustaqil fikrlashini, tasavvufiy istilohlarni farqlash ko’nikmasini va ifodali o`qish malakasini rivojlantirish. FK2: o`rganilgan matematik tushunchalarni o`quv vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar xosil qilish
Kutilayotgannatijalar: Komil inson mavzusida bilim va malakani egallash, sanoq texnikasini egallash, qisqa masala tuzish malakasini oshirish, hisob – kitob asosida shaxsiy reja tuzish, hisob – kitob bilan ish yuritish, texnika vositalardan foydalanish kompetensiyalariga ega bo`lish.
Ishning nomi
Bajariladigan ish mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich.
Tashkiliy qism.
Salomlashish O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish. Sinfni 5guruhga bo`lib olinadi, Siyosiy daqiqasi o`tkazish
Tarmoqlash metodi,videorolik namoyishi
5 daqiqa
2-bosqich.
Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash
Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi. Adabiyot fani, DTS talablari. Muhim sanalarni rus va ingliz tillarida bilish.
Savol-javob
3 daqiqa
3-bosqich.
O`tgan mavzuni so`rash va baholash
O`tilgan mavzu mustahkamlanadi,baholanadi.
“Galereya”metodi
“Aqliy hujum”
5 daqiqa
4-bosqich.
Yangi mavzu bayoni.
Ko`rgazma asosida Komil inson haqida tushuncha beriladi. Slayd namoyishi,
Mavzuga oid misollar hayotga bog’lab tushuntiriladi.
Audio rolik va video rolik
20 daqiqa.
5-bosqich.
Mustahkamlash.
Mavzu bo`yicha o’quvchilar bilimi “Klaster ” uslubida mustahkamlanadi..
“Klaster” uslubi
“Muammoli vaziyat” mertodi
10 daqiqa
6-bosqich.
Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.
O`quvchilarning darsda ishtirokini hisobga olib,guruhlar reytingini e`lon qilinadi.
Eng faol o’quvchilar rag’batlantiriladi Vazifa beriladi. Dars yakunlanadi..
O`quvchilarni rag`batlantirib baholash Kundaliklariga va sinf jurnaliga baho qo`yish
2 daqiqa
Tashkiliy qism.
Salomlashish:
Navbatchi axboroti:
O’quvchilarning ishtiroki va davomati.
O’quvchi 1: - Jahonki muqaddas neni ko’ribdi
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
O’quvchi 2: - Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan,
Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o’zbek degan nom.
O’quvchi 3: - Baytingga bir bora qovushgan har lab
Takrorlab ketgusi Mashrabgacha to.
Yaratibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.
Guruhlarga bo’linish
D emak, bugungi mavzuimiz she’riay olamnining sultoni buyuk mutafakkir davlat arbobi Alisher Navoiy ijodining shoh asari bo’lmish “Xamsa” ning 2-dostoni “Farhod va Shirin” dostoni bilan bevosita bog’liq. Keling shu fikrimizning asosi sifatida guruhlarga bo’linib olamiz.
O ’qituvchi: Barakalla bugun demak, guruhlarda ishlar ekanmiz. Keling, “Xamsa” asarining 5 dostonini mustahkamlab “Galereya” metodini bajaramiz. Unga ko’ra har bir guruh o’z nomlarini ta’riflab, ma’lumot beradilar.
“Galereya” metodi
“Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilarning
hayratlanishi”) aruzning sari bahrida
yozilgan. Asar 3988 bayt 63 bob, 20
maqolatdan tahskil qopgan. Har bir
maqolat bir mavzuga bag’ishlangan. Asar
1483yilda yozib tugatilgan.
“Farxod va Shirin” Xamsaning 2-dostoni
1484 yili bitilgan. Hajmi 5782 bayt.
Aruzning hazaji musaddasi mahzuf
vaznida yozilgan. Ishqiy qahramonlik
dostoni.
”Layli va Majnun” Xamsaning 3-dostoni.
U 1484 yil yozilgan. Mungli ishq
qissasidir. Hajmi 38 bobdan iborat bo’lib,
aruzning hazaji musaddasi axrabi maqbuzi
takfuf o’lchovidadir. Ushbu mavzuda
adabiyot olamida salkam XIII asrdirki she’r va doston bitib kelinadi.
“Sabbai Sayyor” Xamsaning 4-dostoni
bo’lib, 1484 yilda yozilgan. Aruzning
hafif bahrida yozilgan. 38bob,
5000baytdan iborat. Hikoya ichidagi
hikoya. Asarning bosh qahramonlari
Bahrom va Dilorom.
“Saddi Iskandariy” Xamsaning oxirgi 5-
dostonidir “Iskandar devori” ma’nosini
bildiradi. Aruzning mutaqorib bahrida
yozilgan. Dostonda shoir adolatli,
ma’rifat, oxir-oqibat yer yuzida tantana
qilishini bayon etadi.
O’tgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O’qituvchi: Barakalla, o’quvchilar. Endi “Aqliy hujum” metodi orqali “Farhod va Shirin” dostonidagi timsollar tahlilini olib boramiz va o’tgan mavzuimizni mustahkamlaymiz.
Farhod sandiqda Iskandari Rumiy har biri Aflotundek 400 olimga yasattirgan sirli ko’zguni ko’radi.
Farhod va Shirin dostoni necha baytdan iborat?
Ishqiy sarguzasht mavzusidagi doston bo’lib, 5782 baytdab iborat.
Doston aruzning qaysi vaznida yozilgan?
Doston aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni “Shavq dostoni” deb atagan.
Farhodning tug’ilishuni muallif qanday ta’riflaydi?
Farhod onadan ishq bilan tug’ildi. nUning ismi ham, Qur’oni karimda: “Al-asmou tanzilu min-as-samo” ya’ni “ ismlar osmondan tushadi” deyilgandek, ishq osmonidan tushgan deb ta’riflaydi.
Farhod ko’zgu orqasidagi shartlarni bajarib nimalarni qo’lga kiritdi?
Jamshid jomini, Sulaymon uzugini va Iskandar boyligini qo’lga kiritadi.
Xusravni Shirinni sevishdan maqsadi nima edi?
Farzandi Sheruya noqobil farzand bo’lganligi sabab taxtiga munosib aqlli merosxo’r ko’rish edi.
Xusrav Farhodni qanday yengdi?
Kuch bilan, aql bialn Farhodni yenga olmagan Xusrav uni hiyla yo’li bilan mag’lub etadi.
Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi: Barakalla, a’lochilar dosyton haqida yaxshi ma’lunmotga ega bo’libsizlar! Keling yangi mavzuimiz yuzasidan ya’ni “Komil inson” va “Nafs” tushunchalariga klaster uslubida ta’rif beramiz.
Menimcha, Komil inson tushunchasini quyoshga va Nafs tushunchasini esa yomg’irga o’xshatamiz, sizchi?
♪♪♪♪♪♪►Audio rolik: Tasavvuf- musulmon olamida (mamlakatlarida) keng tarqalgan, butun dunyoda mashhur bo’lgan Islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom diining ichki va tashqari go’zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma’navit jihatdan poklash, ya’ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’naviyatli, aqlan va jismonan ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash zarur.Pklanishning yo’li esa bitta, u nafsni yengishdir.
Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibr-u havo, dunyoparastlik, zulm, o’g’rilik, tanballik, tama, ko’rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, ko’ngli torlik, g’azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg’aydigan, uni Allohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig’indisi tushuniladi.
Nafs- insonning qudratli, havfli dushmani. Unga tobe inson ma’naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum. Shuning uchun Navoiy: “Nafsitin qilsang zabun, olamda yo’q sendek shujo” – deb yozsa, “Qissasi Rabg’uziy” da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi.
“Farhod va Shirin” ga qaytaylik. Dostondagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Ahraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas, balki har bir inson (masalan, farhod)ning botini (ichki olami) dagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko’rinadiki, nafsni yengish quroli - bu ISHQ ekan.
Tasavvufga ko’ra ko’ngilni poklash ham bir ilmdir. Il mesa ustozlardan o’reganiladi. Farhodning ustozlaridan kasb o’rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi.
Boniy- ko’ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o’rgatgan piri komil. Moniy- Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran – ko’ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid.
Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug’lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o’zlashtirgan insongina hayotlik davrida o’z botinida dev, ajdaho, arslondek bo’lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o’z nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi.
Bir so’z bilan aytganda, u insoniy o’zligini yo’qotmay, poklanish yo’lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson, ayni paytda, yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda Farhod o’zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazidir.
Mana shu tashabbuslarda faol ishtirok etgan o’zini ko’rsata olgan yoshlar kelajakda Navoiy orzu qilgan Farxodlar zamonamizda yetishib chiqadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi: Barakalla! Bugun darsda juda faol ishtirok etidingiz. Sizdan mamnunman
(Faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi)
Uyga vazifa
“Komil inson” mavzu bo’yicha o’z shaxsiy fikringizni izoxlovchi matn tuzib kelish