Просмотр содержимого документа
«Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasini o’rganish»
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Uchqo`rg`on tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli 17-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
IBRAGIMOVA NARGIZA ATAMIRZAEVNAning
adabiyot fanidan bir soatlik
I Mavzu: Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasini o’rganish.
II.Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad- o’quvchilarga Jek London hayoti va ijodini o’rgatish,
asar yuzasidan ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarda hayotga, insonlarga muhabbat hissini
uyg’otish, hayotni qadrlashga o’rgatish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini
oshirib boorish, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish.
III.Dars turi-yangi tushuncha berish
IV. Dars metodi: noananaviy -suhbat,klaster,savol- javob
V. Dars jihozi: darslik,mavzuga oid rangli rasmlar,tarqatmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism- salomlashish, davomat, tozalik
2.O’tilgan mavzuni so’rash
1.Jek London qachon va qyerda tug’ilgan?
2.Uning adabiy faoliyati qachondan boshlangan?
3. Jek London hayoti davomida qancha asarlar yaratgan?
4. Uning qahramonlariga xos xususiyat nima deb o’ylaysiz?
5. Jek London qachon vafot etgan?
6.”Tarmoqlar” metodidan foydalangan holda yozuvchi ijodini yoritish.
Bunda o’quvchilar Jek London asarlarini nomlarini yozadilar va har bir asariga izoh berib o’tadilar.
Y angi mavzu bayoni:
Jek London “Hayotga muhabbat” hikoyasida insonni tabiat kuchlari bilan yonma-yon unga basma-bas tarzida tasvirlaydi. Insonning kurashuvcanligi va umidiga urg’u beradi . Hikoya qahramonining hayotga bo’lgan muhabbati o’lim ustidan g’alaba qozonadi.
Hikoya o’ziga xos syujet qurilishiga ega. Boshida yo’lga chiqqan, aniqrog’I brogan yo’lidan iziga qaytayotgan ikki yo’lovchining holati tasvirlanadi. Ulardan biri – Bill oyog’I cho’loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi. Shundan keyin bepayon kengliklarda bittagina qahramonning o’zi qoladi. Yo’lda boshidan kechirgan mashaqqatlari, ochlikdan sillasi qurib, tabiatning turli ne’matlaridan tatib ko’rishlari, atrofidagi hayvon va qushlarni tutib yeyishga urinish va boshqalari juda ta’sirli va aniq tasvirlanadi.
Ortda qolgan yo’lovchini Jek London negadir nomlamaydi. Oddiygina qilib “odam” deb qo’yaqoladi. Bu bilan adib nima demoqchi bo’lgan? Balki, muallif mana shu birgina obraz misolida butun insoniyatning matonatini, sabr- bardoshini aks ettirib bermoqchi bo’lgandir?
“Hayotga muhabbat hikoyasining ikki qahramoni ham kerak manzilga yetib borib , xaltalariga keraklicha – o’zlari ko’tarishga kuchi yetguncha oltin solib olgan ikki kimsa. Shu ikki inson oltin bilan sinaladi. Hikoya mazmunida inson uchun bu olamda oltindan ko’ra muhimroq narsa, yani tirik qolish, halovatda yashash va o’z maqsadiga erishish yo’lida tinimsiz intilish muhimligiga doir fikrlar mujassam topgan.
O’zi istamagan holda Billdan ajralib qolgan yo’lovchi olib kelayotgan zil-zambildek oltinlardan avval yarmini, keying safar hammasini tashlab yuboradi. Kimsasiz joyda yeyishga bir burda noni , yordamga cho’ziladigan birorta qo’l bo’lmagan odam uchun oltinning also qadr-qiymati yo’q. Och qolgan va hayot uchun kurashayotgan kimsaga oltin foyda bermaydi.
Yo’lovchi bir manzilga yetganida uni tashlab ketgan sherigi Billni ng oltin solingan haltasi va bo’rilar ship-shiydam qilib tozalagan suyaklariga duch keladi .Hamrohini yolg’iz tashlab ketgan, oltinga muhabbat qo’ygan odamni qanday ayanchli oqibatlar kutuib turganini kitobxon ko’rib, to’g’rilik, sadoqat, insof kabi bebaho insoniy tuyg’ular ustida mulohaza yuritadi.
Yozuvchi tiriklik qadriga urg’u berish uchun “o’lim changaliga tushib qolgan” qahramonini turli to’siqlarga ro’baro’ qiladi; kimsasiz sahro, suv, ko’lmak, ayiq, bo’ri – bular yo’lovchiga hayotga muhabbatini oshirish uchun vosita vazifasini bajaradi.
Yo’lovchi juda charchagan, lekin sira o’lgisi kelmas edi. Shuning uchun ham u baljiqzordan meva terib yer , tanga baliq ovlar, suv qaynatib ichar va olazarak bo’lib kasal bo’rini kuzatar edi. U o’zi yo’lida davom etar ekan, butun o’y- xayoli tirik qolishi bilan band. Hayoti so’nib borayotgan tinimsiz aksa urib ,yo’talgan kasal bo’ri odamga ergashib yuribdi. Kasal bo’rining quvvati ketgan, hujum qilishga madori yo’q. Bo’ri odamning harakatsiz qolishini, o’limini kutadi. Adib o’quvchiga o’lim va hayot chegarasida yurgan, odam bilan bo’rini qiyoslashga imkon beradi. Odam bo’rini bo’ri esa odamni yeyishga tayyor. Biroq har ikkovida ham mador yo’q. Odamda esa yashashga umid bor. Shuning uchun uncha uzoq bo’lmafan masofadan ko’ziga ko’rinib turgan dengiz va undagi kemaga yetib olish uchun harakat qiladi. Bir mahal ko’zi ilinganda och , kasal bo’ri tishlarini uning qo’liga botira boshlaydi. Odam bo’rining jag’iga yopishadi, kuchi yetmasligini bilgach, u tishi bilan bo’rining tomog’iga yopishadi. Odam g’olib keladi.
Hikoyada Alloh bergan ne’matlarga nisbatan shukronalik, dostga sodiqlik va eng asosiysi, hayotga muhabbat kabi g’oyalar ilgari surilgan.
Mavzuni mustahkamlash:
1. Test sinovi
1.“Hayotga muhabbat” hikoyasida kim hayot uchun kurashdi?
Bill B. Odam C. Ayiq D. Bo’ri
2. Asarda kimni bo’ri yeb ketadi?
Billni B. Odamni C. Ayiqni D. Bug’ularni
3. Asa rni Hayotga muhabbat deb nomlanishiga sabab nima?
A. Billni sherigini tashlab ketish
B. Odamni yashash uchun kurashni
C. Bo’rilar bilan kurash
D. Hammasi to’g’ri
4. Ularning xaltasi qaysi hayvon terisidan tikilgan?
A. Ayiq B. Bug’u C. Bo’ri D. Quyon
5. U ochlikdan nimaning bolalarini tiriklay yeydi?
A. Kaptarni B. Kaklikni C. Sichqonni D.Kalamushni
6. Odamga ko’proq nima azob beradi?
A.Yolg’izlik B. Og’riq C. Ochlik D. Qo’rquv
7. Asar qanday boshlanadi?
A. Ikkisi ham suvga tushdi
B. Azbaroyi madorsizlikdan chiqdi.
C. Boshi aylandi .
D. Ular oqsoqlanib soyga tushib borardilar.
2. “T” chizmasi orqali oquvchilarni asar qahramonlariga bo’lgan munosabatlarini aniqlaymiz.
Ijobiy salbiy
3. O’quvchilar bilan asar mazmuniga tayangan holda bahs- munozara o’tkazish.
Savollar:
1.Nima uchun Jek London qahramonini odam deb atagan deb o’ylaysiz?
2.Bill nima uchun sherigini tashlab ketdi?
3. Og’ir vaziyatlarda ham insoniylikni yo’qotmaslik deganda nimani tushunasiz?
4. Oltin vasvasasi ularni qay ahvolga solib qo’ydi?
5. Yovvoyi tabiat qo’ynida inson yashash uchun qanday kurshadi?
6. Yozuvchi asar orqali o’quvchiga nima demoqchi?
O’quvchilarni rag’batlantirish:
Savollar va topshiriqlar asosida baholanadi.
Uyga vazifa: “Hayotni qadrlang” mavzusida kichik uy inshosi yozish.