kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Janni Rodari ertaklari tahlili"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Janni Rodari ertaklarini mazmunan tahlil qilish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Janni Rodari ertaklari tahlili"»

6-sinf ADABIYOT


Mavzu: Janni Rodari ertaklari tahlili




Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad:

O`quvchilarga jahon adabiyoti ertakchisi Janni Rodari asarlari haqida tushuncha bilim hamda malaka hosil qilish;

Tarbiyaviy maqsad:

O`quvchilarni ezgulik, yaxshiliklarga hamisha shaylik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi maqsad:

Yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, o`quvchilarni asardan o`zlariga to`g`ri xulosa chiqarish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalanish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

oila, maktabda bo‘layotgan tadbirlarda faol ishtirok etish, barcha bilan xushmuomalada bo‘lish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, orasta kiyinish.



O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI

Dars turi:

aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi

Dars metodi:

Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”

Dars jihozi:

darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT


DARSNING BLOK CHIZMASI:

DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,

yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa



I. Tashkiliy qism.

O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.

1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:

1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:


“Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berishadi.O`quvchilar uyda ertakning tugashiga o`zlari yangi ertak to`qib kelishlari kerak edi. O`quvchilar tomonidan to`qib kelingan ertaklar o`qittiriladi. Keyin esa ,,Jahon adabiyoti durdonalari`` orqali Janni Rodari hayoti va ijodiga bog`liq savollar so`rab olinadi.

,,Qutbdagi gunafsha`` mustaqil o`qish uchun berilgan, uni sinkveyen metodi orqali so`rab olinadi.



III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

Siz aka-uka Grimlar, Sharl Perro, Hans Kristian Andersen hamda boshqa adiblar qalamiga mansub ertaklar va bu asarlar asosida yaratilgan kino va sahna asarlari bilan tanishsiz. Esingizda bo`lsa, 5-sinfda Hans Kristian Andersenning ,,Bulbul,, nomli ertagini o`rgangansiz. Italiyalik ertakchi Janni Rodari yuqorida biz nomini tilga olgan buyuk ijodkorlardan ancha keyin yashab o`tgan bo`lsa-da, o`zining mo`jizali, o`quvchini hayratga soluvchi ertaklari bilan jahon bolalarining qalbini rom etgan adibdir.

Janni Rodari 1920-yilning 23-oktabrida Italiya shimolidagi Omenya shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi. Jannining bolalik yillari mashaqqatli kechdi. Yozuvchining ilk to`plami- “Quvnoq she`rlar kitobi``yuzaga kelgandan keyin u Italiya va boshqa mamlakatlarda mohir ertakchi adib sifatida taniladi.

Ertaklar –xayolot mahsuli. Deyarli barcha ertaklardagi umumiy jihat shundaki, ushbu janrga mansub asar qahramonlari og`ir vaziyatga tushib qolganlarida, chigal muammoga duch kelganlarida, ularga qayerdandir madad yetib keladi. J.Rodarining ,,Hurishni eplolmagan kuchukcha,, ertagiga to`xtaylik.

Bu ertak zamirida ham chigal muammoni qanday hal etish masalasi ko`ndalang bo`ladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Janni Rodari ,,Uchtadan oxiri bor ertaklar,, turkumi bilan jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratdi.

Bu yangilik shundan iborat ediki, ularda voqealar yechimi uch xil yakun topadi. Bunda har bir yakun o`zining boshqasidan tubdan farq qiladigan mazmun-mohiyatga ega bo`ladi. Ushbu turkumga kirgan ,,Sehrli nog`ora``, ,,Ayyor buratino``, ,,Sahrodagi uy``, ,,Milanda yog`gan shlyapa yomg`iri``, ,,Rinaldoning sarguzashtlari`` kabi o`quvchini o`ta qiziqtiruvchi ertaklarning barchasi uch xil yakun topadi.

,,Hurishni eplolmagan kuchukcha`` ham shu turkumga mabsubdir. Ertakda tasvirlanishicha, bir kuchukcha aslida hurishi lozimligini eshitgani holda, uning qanday bo`lishini tasavvur qila olmaydi. Qolaversa, o`zining qaysi zotga mansubligini,nima bilan shug`ullanishi lozimligini uzoq vaqt anglay olmay sarson bo`ladi.Kimdir unga ,, Kuchuk degani huradi-ku`` deb ta`na qilganda, yordam so`rab xo`rozga, kakkuga, sigirga murojaat qiladi. Biroq ular o`z tabiatlariga ko`ra nimaga qodir bo`lsalar, kuchukchaga shuni o`rgatadilar; kuchukcha ular yordamida xo`rozday qichqirishni, kakkuday sayrashni, sigirday mo`rashni o`rganib oladi, o`zicha bu hunarlar orqali mashhurlikdarajasini egallayman, deb xomxayolga beriladi. Bir dehqon qo`liga tushganda esa, uning umuman hurmasligi evaziga bo`yniga zanjir osiladi, har kungi nasibasi bir parcha suyak bo`ladi.

Nihoyat, kuchukcha ovchi itning ko`magi bilan o`z mashg`uloti ,,vovvillash``dan iborat ekanini tushunib yetadi va vovvullab rohatlanadi. Bu, albatta, ertakning yuzaki mazmunidir.

Buyuk adib ushbu ertak bilan nima demoqchiligiga e`tibor bering. ,,Men astoydil ertakning uchinchi tugashini yoqlayman. Inson uchun,avvalo, yaxshi bir ustoz darkor``.

Demak, har bir odamning, har bir xalqning, avvalo, o`z tabiatiga sodiq bo`lmog`i, ajdodlarian`analarini teran anglab yetmog`i, ularni har narsaga chalg`imay davom ettirmog`igina uning o`zligini tanishiga garov bo`la oladi. Janni Rodari siz bilan bizni ana shu haqiqatni unutmaslikka chaqiradi. Ertakddan kelib chiqadigan eng muhim xulosaning ma`nosi ham, asarning tarbiyaviy ahamiyati ham aynan shunda.

Adibning ,,Rimertaklari`` turkumiga kirgan ,,Shahzoda Plombir`` ertagi esa zamonaviy muammolarga daxlorligi bilan qiziqarlidir. Unda an`anaviy ertaklaragi qahramonlarni og`ir, murakkab vaziyatlardan qutqaruvchi sehrli tayoqcha yoxud sehrli qalpoqcha o`rnini reklama egallaydi.

,,Shahzoda Plombir`` ertagining qahramoni sinyor Molteni ,,Qo`shaloq qutb`` firmasidan kreditga, ya`ni qarzga xolodilnik olgan.Ma`lumki, kreditga olingan buyumning haqini oyma-oy oz-ozdan to`lab boorish kekak. Lekin sinyor Molteni bu qarzni ikki oydan buyon to`lay olmayapti. Buning oqibati esa ma`lum: qarzini o`z vaqtida to`lay olmagani uchun firma uning xolodilnigini qaytarib oladi.

Xuddi shu o`rinda mo`jiza ro`y beradi. Senyo`r Molteni yashaydigan ko`p qavatli uyning barcha xonodonlaridagi xolodelniklar ichiga samoviy kelgindilar-marsliklar joylashib olishadi. O`z sayyoralarida falokat xavfi tug`ulgani sababli ular yerning Shimoliy qutbiga yo`l olishadi. Biroq kemalarining yoqilg`isi tugab(bu yonilg`i yangi yog`gan qor), ular sinyor Molteni yashaydigan uyga qo`nishga majbur bo`lishadi.

Xullas, bu voqea haqiagi xabar butun shaharga, shahardan esa butun dunyoga tarqab ketadi. Ayniqsa, senyor Moltenining xolodelnigiga joylashib olgan kelgindilarning boshlig`i-shahzoda Plombirni ko`pchilik yaxshi ko`rib qoladi. Uning hatto,televizor orqali so`zga chiqishi katta shov-shuvlarga sabab bo`ladi.

Bozor iqtisodiyotining xususiyatlaridan biri shuki, unda biron bir firma yoki kompaniya o`z mahsulotini qanchalik ko`p sotsa, shunchalik boyiydi va yanada taraqqiy etadi. Shuning uchun ham ular o`z mahsulotlarini reklama qilish uchun katta- katta mablag` sarflashadi.

,,Shahzoda Plombir`` ertagida ham yozuvchi reklamaning ajabtovur xususiyatini muammoning yechimi qilib oladi. Ya`ni, senyor Molteni xolodelnigiga joylashgan shahzoda Plombir bayonet berib, unda ,,Qo`shaloq qutb`` markali xolodelniklarni Quyosh sistemasidagi eng ajoyib muzlatkichlar deb e`lon qiladi. Demak, endi bu firmaning ming-minglab xaridorlari paydo bo`ladi, firma egalariga katta daromad oqib kela boshlaydi. Shahzoda Plombir aytganidek, senyor Moltenidan ,,Qo`shaloq qutb`` firmasi nafaqat to`lanmagan qarzni, hatto, qolgan pulni ham talab qilmaydi.

Xulosa qilib aytganda, butun dunyo bolalarining sevimli yozuvchisiga aylangan J.Rodarining sanab o`tilgan ertaklari, xususan,,,Shahzoda Plombir`` asarini topib o`qish Sizga olam-olam zavq berishi shubhasiz.

Mustahkamlash

,,Hurishni eplolmagan kuchukcha`` ertagidan o`quvchilarga muammolar yaratib beriladi va o`quvchilardan yozma ravishda javobi so`raladi.

1.Til bilgan el biladi.

2.Bo`ynidan bog`langan it ovga yaramas.

3.Ustoz ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar.

,,Shahzoda Plombir`` ertagi esa swot metodi orqali so`rab olinadi.

Pisa testi orqali o`quvchilarning bilimi sinovdan o`tkaziladi.

Og’zaki savol-javob.































Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.

Dars yakunida strategiya daraxtimiz ya`ni yoshlik niholimizga o`quvchilar qanday kasb yoki hunar egallab Vataniga foyda keltirmoqchi ekanliklarini is`hor qilishadi.

V. Dars yakunlarini chiqarish

1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;

2. Baholarni e'lon qilish.

3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi


VI. Uyga vazifa

M avzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish.


,,Shahzoda Plombir`` ertagini to`liq o`qib kelish.



















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"Janni Rodari ertaklari tahlili"

Автор: Boboqulova Hulkar Sheraliyevna

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 545010


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства