kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Использование нестандартных задач на уроках роднойго языка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu didaktik o'yinlardan dars davomida foydalanish mumkin. yaxshi samara beradi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Использование нестандартных задач на уроках роднойго языка»

Dars jarayonida didaktik o‘yin va metodlardan foydalanish

Ta’lim samaradorligini yuqori bosqichga ko‘tarish hamda dars sifatini oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olish, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijobiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi har bir mavzuga puxta tayyorgarlik ko‘rmas ekan, har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlarini anglay olmaydi.

O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishda didaktik topshiriqlarning o‘rni beqiyos. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darslarda berilgan mavzularni o‘rganar ekan, ularning tevarak-atrof, jamiyat, haqidagi bilimlari shakllanadi. Shu bilan bir qatorda yozma va og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Demak, bugungi kun o‘qituvchisi tinimay o‘z ustida ishlashi, izlanishi va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida yangiliklar yaratishi kerak. Dars sifatini oshirish, o‘qituvchilarga metodik yordam berish, o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun tirli va takrorlanmas ta’limiy o‘yin va metodlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Metodlardan foydalanish dars jarayonida o‘zining quyidagi ijobiy natijalarini beradi:

  • o‘quvchilarni muayyan mavzular bo‘yicha bilim darajasini baholay olish imkoni bo‘ladi;

  • mavzular puxta o‘zlashtirilishiga erishiladi;

  • o‘quvchini faollikka undab, fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradi;

  • ma’lum vaziyatlarni boshqarishni o‘rganadi;

  • darsning qiziqarli va ta’sirchanligini oshiradi;

  • bo‘sh vaqtlari to‘g‘ri tashkillantiriladi;

  • o‘quvchilarda so‘z boylishi oshishiga erishiladi.

  • o‘quvchilarda izlanuvchanlik va tirishqoqlik xususiyatlari shakllantiriladi.

  1. Raqamli joylashuv” metodi

Mazkur ta’limiy o‘yin uchun o‘qituvchi tomonidan 1dan 12 gacha bo‘lgan raqamli 12 ta katakcha ishiga so‘zlar yozilga bo‘ladi. O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘iga qarab topshiriqni bajaradi.

Masalan :

O‘qituvchining topshirig‘i: Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar raqamini aniqlang.

O‘quvchining javobi: 3,5,8 ( chunki shu raqamlarda harakatni bildirgan so‘zlar yozilgan.)


1

shaftorli

2

shahar

3

yugurdi

4

mazali

5

bajaradi

6

maktab

7

shifokor

8

uxlamoqchi

9

uchunchi

10

bolalar

11

oltita

12

Otabek

Ushbu metoddan boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha fanlarda foydalanish mumkin. Buning uchun 12 katak 12 ta raqam bilan belgilangan jadval tayyorlanib, laminat qilinadi, unda topshiriq bajariladi so‘ng salfetka qog‘oz bilan artib qo‘yiladi.

  1. Bilarjonni kim yengadi?”

Bu ko`rsatmadan darsning uyga vazifa hamda yangi mavzuni mustahkamlash bosqichlarida foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi. Sababi o`quvchilarning o`zlari sevgan multfilm orqali olgan bilimlari ancha qiziqarli va uzoq vaqt yodlaridan chiqmaydi. Ko`rsatmaning cho`ntakchalariga mavzuga doir savollar solib qo`yiladi va o`quvchi xohlaganini olib javob berish imkoniyati bo`ladi.

  1. Muhim so‘zni top”

Ushbu metodda o‘qituvchi tomonida she’r matni o‘qib eshittiriladi yoki mustaqil o‘qish uchun beriladi. O‘qituvchi topshirig‘iga qarab o‘quvchilar topshiriqni bajaradilar.

Masalan:

1.She’rni o‘qing. Savollar yordamida she’r matnidagi sifatlarni aniqlang.

2. She’r matnida nechta sifat so‘z bor?

3. She’r matnidan sifatlarni toping va tagiga tegishlicha chizing.

4. She’r matnida ishtirok etgan sifat so‘zlarni aniqlab, ular o‘rniga ma’nodosh sifatlarni qo‘yib qayta o‘qing.

O‘qituvchi ushbu berilgan topshiriqlarni o‘quvchilar yoshi va bilim darajasiga qarab mosini berishi mumkin.

Yuk mashina

Yuk mashina, ko‘k mashina,

Yelkalari keng mashina.

O‘zi o‘g‘ir bo‘lsa hamki,

Yeldek uchar yuk mashina.

Tog‘am doim mamnun yurar,

Odamlarning yukin eltar.

Kamin to‘ldirib hammaning

Doim bajarar va’dasin.

Nasiba Erxonova



  1. Mosini top!”

O‘qituvchi mavzudan kelib chiqqan holda rasm tanlab o‘quvchilarga ko‘rsatadi va quyidagi savollar bilan murojat qiladi:

1. Bolaning xolatiga mos so‘zni topib, bo‘sh katakka yozing.

2. Rasmdan quvnoq bolani rasmini toping va gap tuzing.

3. Bolaning xolatiga mos so‘zni topib, gap tuzing.










uyatchan

xursand

qo‘rqmas

  1. So‘zlar oynada”

O‘qituvchi tomonidan so‘zlar beriladi. Berilgan so‘zlar esa teskarisiga ham o‘qiganda boshqa bir ma’nodagi so‘z hosil bo‘lishi kerak yoki o‘quvchilarga tartibdagi so‘zlarni mustaqil topshirig‘i berilishi mumkin.


  1. So‘z ichida so‘z”

O‘qituvchi bir nechta so‘z beradi. O‘quvchi esa berilgan so‘zda ishtirok etgan harflardan foydalanib yangi so‘zlar hosil qilishi kerak.


  1. Teskari test”

Tarqatma testlar o‘quvchilarga beriladi. Ularning vazifasi test savollariga noto‘g‘ri bo‘lgan javobni aniqlshi va belgi qo‘yishi yoki katakni sariq rangga bo‘yash topshirig‘I berilishi mumkin. Bu esa bir vaqtda ko‘p o‘quvchini tekshirish imkoniyati beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 baldan, jami 5 ball top‘lagan o‘quvchi ragbatlantiriladi. Ushbu topshiriqni gurugda ham bajarishlari mumkin.


Savollar

Javoblar

1

Tovushlarni nima qilamiz?

Yozamiz, ko‘ramiz, o‘qiymiz.

Talaffuz qilamiz, eshitamiz.

2

O‘zbek tilida nechta tovush bor?

30 ta

29 ta

3

Harflarni nima qilamiz?

Yozamiz, ko‘ramiz, o‘qiymiz

Talaffuz qilamiz, eshitamiz.

4

O‘zbek tilida nechta unli tovush bor?

3 ta

6 ta

5

Chumchuq so‘zida nechta harf birikmasi qatnashgan?

2 ta

1 ta


  1. Xatosini top”

O‘qituvchi darslikda berilgan matndan 5 ta so‘z almashtirib qo‘yiladi. O‘quvchilarning vazifasi tinglash yoki mustaqil o‘qish jarayonida almashgan so‘zni topishi kerak. Bu didaktik topshiriq uyga berilgan vazifani qay darajada o‘zlashtirgani va bajarganini aniqlash, diqqatni jamlash va bor fikrini matnga qaratishga yordam beradi.

Masalan:

Kitobga mehr

Husayn kechqurun bozorni aylanib yurgan edi. Ko‘zi kitob ushlab turgan ikki kampirga tushdi.

  • Onajon, olmangizni soturmisiz?

  • Ha, juda yaxhsi kitob.

Yigitcha bor puliga kitobni sotib olmadi. Uni varaqlay boshlabdi. Bu kitobda Husaynni qiziqtirgan savollarga javob yo‘q edi. Husayn kitobni kechasi bilan uxlamay o‘qib chiqdi.



To‘g‘ri so‘zlar:

ertalab

bir

kitob

oldi

bor.






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Использование нестандартных задач на уроках роднойго языка

Автор: Umarova Mashrabxon

Дата: 29.05.2023

Номер свидетельства: 632686


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства