kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Erkin Vohidovning hayoti va ijodi. "O'zbegim" qasidasi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Erkin Vohidovning hayoti va ijodi. "O'zbegim" qasidasi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Erkin Vohidovning hayoti va ijodi. "O'zbegim" qasidasi»


6-sinf Adabiyot 1-soat

Mavzu: Erkin Vohidovning ''O'zbegim''qasidasi

Vaqt:45 daqiqa

Maqsad:

1.O'quvchilar aruz vaznidagi qasidani ifodali o'qish ko'nikmasini egallaydilar,og'zaki nutq o'sadi,qasida tahlili jarayonida bilimlari kengayadi, ijodiy va mustaqil fikrlash ko'nikmalari rivojlanadi.

2.O'quvchilarda ona-Vatanga muhabbat, uning tarixi va bugunidan faxrlanish, kelajagiga ishonch tuyg'ulari shakllanadi.

Jihozlar: E.Vohidov portreti, guruhlar uchun tarqatma topshiriqlar, audio va vidio magnitofon, O'zbekiston xalq artisti Sh.Jo'rayev ijro etgan ''O'zbegim''qo'shig'ining magnit yoki vidio tasmasi.

Dars jarayoni:

1.Tashkiliy qism (3daqiqa). O'quvchilar davomati aniqlangach,o'tgan darsda o'rganilganlarni eslatilib, yangi mavzuni e'lon qilinadi.

2.''Aqliy hujum''va mavzuni tushuntirish (5daqiqa). ''Erkin Vohidovni bilasizmi?'' savoli bilan o'quvchilarga mirojaat qilinadi. O'quvchilar shoirning televideniyeda yoki radiodagi suhbatlarini, she'r o'qishini ko'rgan,eshitgan, u haqidagi filmlarni tomosha qilgan bo'lishi tabiiy, shundan kelib chiqib Erkin Vohidov - O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni va boshqa turli javoblarni berishi mumkin.

Shoirning hayoti va ijodi, xususan, uning she'riyatida Vatan, xalq tarixi, taqdiri, tavsifi, ona yurt, uning boy va shonli tarixi bilan faxrlanish tuyg'usi muhim o'rin tutishi hamda "O'zbegim" qasidasi haqida qisqacha tushuntirish beriladi.

3.Qasidani o'qish (5daqiqa). ''O'zbegim''qasidasi aruz vaznidagi she'r bo'lgani uchun, avvalo, o'qituvchi 3-4 baytni ifodali qilib o'qib, qasidani qanday o'qilishini ko'rsatib beradi. So'ngra ravon va tushunarli qilib o'qiydigan o'quvchilar tomonidan she'r matni ifodali qilib o'qiladi.

4.Guruhlarda ishlash (8daqiqa). Qasida matni bilan ishlashdan oldin, qasidada qayd etilgan qadimiy joylar nomlari, qadimgi turkiy yozuvlar, tarixiy shaxslar, buyuk allomalar, jahon adabiyoti namoyondalari, bosqinchi kimsalar haqida o'quvchilarga kengroq bilim berish maqsadida o'quvchilarni 7 ta kichik guruhlarga bo'linadi. Guruhlarni shakllashtirishda, albatta, sinf o'quvchilarining bilim darajasini, temperamentini, xarakter va qobiliyatlarini hisobga olish lozim. Chunki bitta guruhga a'lochi, hozirjavob, ikkinchi guruhga past o'zlashtiruvchi, indamas o'quvchilar yig'ilib qolishining oldini olish guruh ishini samarali bo'lishining garovidir. Guruhlar oldindan tayyorlab qo'yilgan kichik matnlar ustida ishlaydilar. Har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib,quyidagi matnlar solingan konvertlardan tanlab oladilar. Guruhlar tanlab olingan matnlarni o'qib chiqadilar, mazminini o'rganadilar, muhokama qiladilar va o'zlashtirganlarini sinfdoshlariga tushuntirib berishga, ya'ni taqdimotga tayyorlanadilar.

1-konvert


Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o'qib chiqing. Abu Rayhon Beruniy haqidagi ma'lumotlarni o'rganing, muhokama qiling va o'zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning. Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog'lagan holda bitta savol tuzing.

Abu Rayhon Beruniy


O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, minerologiya, tarix kabilarni chuqur o'rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug'ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi.U 22 yoshida Xorazmdan chiqib ketib, Kaspiy dengizi sohilidagi Jurjon shahrida, so'ng qadimgi Ray shahrida muhojirlikda yashadi va ''Osor al-boqiya'' (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar) asarini yozdi. Bundan tashqari astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asarlar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Mahmun II tomonidan Urganchga chaqirtiririladi va Ma'mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatadi.

Xorazm Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olingach, boshqa olimlar qatori Beruniy ham G'azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Garchi u asirlikda yashasada, ko'plab ilmiy asarlar yaratdi.

Beruniy o'zidan keyingi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Uning o'z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi ma'lum. Olimning "Hindiston", ''Xorazmning mashhur kishilari'', ''Geodeziya'', "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar", "Mineralogiya", "Dorivor o'simliklar haqida kitob", "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ko'paytirish asoslari", "Ptolemey "Almagesti"ning sanskritgacha tarjimasi", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Farg'oniy "Elementlar"iga tuzatishlar", "She'rlar to'plami", "Ibn Sino bilan yozishmalar" va boshqa asarlari ilmiy meros sifatida ilm-fanga katta hissa bo'lib qo'shilgan.

Beruniy ijodiga Yevropa va Sharq olimlari juda katta qiziqish bilan qaradi va uni tadqiq qildi, o'rgandi. Uning ijodiga bag'ishlab ko'plab xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazildi. Ko'p tomli saylanma asarlari o'zbek, rus va boshqa xorijiy tillarda nashr etildi. O'zbekistonda fan sohasida Beruniy nomiga Davlat mukofoti ta'sis etildi.

Ko'rinib turibdiki, Beruniy dunyoga mashhur buyuk bobokalonimiz, biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.

2-konvert


Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o'qib chiqing. Muso al-Xorazmiy haqidagi ma'lumotlarni o'rganing, muhokama qiling va o'zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning. Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog'lagan holda bitta savol tuzing.

Muso al-Xorazmiy


Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab, ijod qilgan. Bu davrda Mrkaziy Osiyo arab halifaligi tarkibiga kirar edi. Xorazmiy dunyo faniga g'oyat katta hissa qo'shdi. U algebra faning asoschisi bo'ldi. "Algebra" so'zining o'zi esa uning "Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala" nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o'nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi. Olimning ''al-Xorazmiy nomi'' esa ''algoritm'' shaklida fanda abadiy o'rnashib qoldi. Uning geografiyaga doir asari esa arab tilida o'nlab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Xorazmiyning ''Zij''i Yevropada ham, Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning rivojlanish yo'lini ko'rsatib berdi. Lekin, afsuski, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan o'z davrining eng buyuk matematigi va hamma davrlarning ham eng buyuklaridan biri bo'lgan bu siymoning hayoti haqida ma'lumotlar deyarli saqlanmagan.

Xorazmiyning 20 dan ortiq asarlaridan faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular ''Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob''- algebrik asar, ''Hind hisobi haqida kitob'' yoki ''Qo'shish va ayirish haqida kitob''-arifmetik asar, ''Kitob surat-ul-ars''-geografiyaga doir asar, ''Zij'', ''Asturlob bilan ishlash haqida kitob'', ''Asturlob yasash haqida kitob'', ''Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida'', "Kitob ar-ruhoma'', ''Kitob at-tahrix'', ''Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola''. Bu asarlarning 4 tasi arab tilida, bittasi Farg'oniyning asari tarkibida, 2 tasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan 3 tasi hali topilgan emas.

Ko'rinib turibdiki, Xorazmiy dunyoga mashhur buyuk bobokalonimiz, biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.

3-konvert


Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o'qing.Abu Nasr Forobiy haqidagi ma'lumotlarni o'rganing, muhokama qiling va o'zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning.Guruhdagi matn- ning mazmunini hayotga bog'lagan holda bitta savol tuzing.

Abu Nasr Forobiy


Forobiy uning taxallusi bo'lib,to'liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug' Tarhon-jahon madaniyatiga katta hissa qoshgan Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Forobiy o'z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va ilmlar rivojiga katta hissa qo'shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanilganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug'lanib, ''Al-Muallim as-soniy'' ''Ikkinchi muallim'' (Aristotildan keyin), ''ShaqArastusi'' deb yuritilgan. Farobiy turkiy qabilalardanbo'lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirg'og'idagi Farob-O'tror degan joyda tug'ilgan. Forobiy boshlang'ich ma'lumotni ona yurtida oldi. So'ng Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda o'qidi. Keyinroq o'z ma'lumotini oshirish uchun Bag'dodga keladi. Keyinchalik Damashqda yashab, ilm bilan shug'ullanadi.

Forobiy o'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan.Uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) yunon faylasuflari,tabiatshunoslarining ilmly merosini izohlash, targ'ib qilish va o'rganishga bag'ishlangan asarlar; 2) fanning turli sohalariga oid asarlar.

Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari-Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (''Metofizika'', ''Etika'', ''Ritorika'', ''Sofistika'', va b.) ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntira olgan, kamchiliklarini ko'rsatgan, ayni vaqtda bu asarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy sharhlari O'rta va Yaqin Sharq ilg'or mutafakkirlarining dunyo qarashini shakllantirishda, ularni Aristotel g'oyalari ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Forobiyning ilmiy merosi umuman O'rta asr Sharqining madaniy-ma'naviy hayotidan, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masalalaridan juda boy ma'lumot beradi. Mutafakkir o'z asarlarini arab tilida yozadi. Shuningdek u arab vafors tillarida falsafiy nazmdagi she'rlar ham yozgan.

Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillarida, keyinchalik boshqa ko'plab tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan.

Ko'rinib turibdiki, Forobiy dunyoga mashhur bobokalonimiz, biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.

4-konvert


Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o'qib chiqing. Boborahim Mashrab haqidagi ma'lumotlarni o'rganing, muhokama qiling va o'zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning. Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bo'g'lagan holda bittadan savol tuzing.

Boborahim Mashrab


Boborahim Mulla Vali o'g'li Mashrab o'z ijodi bilan o'zbek adabiyotida xalqchillik, dunyoviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bid'atga qarshi kurash g'oyalarining kuchayishida, she'riyat shakllarining takomillashuvida katta o'rin tutgan so'z ustalaridan biridir.

Mashrab faqat otashzabon ijodkor sifatidagina emas, balki adolatsizlik va zo'ravonlik, qabohat va jaholat bilan also kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan. Xalq tasavvurida u johil amaldorlar ustidan kuluvchi, axloqan tuban kishilarni, munofiq din arboblarini ayovsiz fosh qilib, mehnatkashlar manfaatini himoya etuvchi botirso'z, tadbirkor kurashchi tarzida shakllangan: oddiy xalq Mashrab timsolida o'zining ishonchli vakilini, o'z orzu intilishlarini baralla ayta oluvchi otashin siymoni ko'rgan.

Uning ijodiy merosi ''Devoni Mashrab'', ''Devonai Mashrab'', ''Eshoni Mashrab'', "Hazrati shoh Mashrab'' nomlari ostida xalq orasida qo'lyozma va toshbosma shaklida juda keng tarqalgan.

Boborahim Mashrab 1640-yilda Namanganda kosib-bo'zchi Valibobo oilasida tug'ilgan. 1711-yilda o'sha zamondagi hukmron tabaqalar va johil ulamolarga qarshi hurfikr g'oyalari bilan kurash yolida Balxda Qunduz hokimining hukmi bilan osib o'ldirilgan.

Ko'rinib turibdiki, Mashrab dunyoga mashhur buyuk bobokalonimiz, biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.

5-konvert


Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o'qib chiqing. Mirzo Ulug'bek haqidagi ma'lumotlarni o'rganing,muhokama qiling va o'zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning. Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog'lagan holda bitta savol tuzing.

Mirzo Ulug'bek


Ulug'bek 1394-yilning mart oyida Eronning g'arbidagi Sultoniya shah- rida, bobosi Amir Temurning harbiy yurishi paytida tugildi. U Shohrux Mirzoning to'ng'ich o'g'li bo'lib, unga Muhammad Tarag'ay ismi berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug'bek deb atala boshlab, keyinchalik uning asosiy ismi bo'lib qoldi. Amir Temur vafotidan keyin kenja o'g'li Shohrux Mirzo taxtga o'tirdi va Hirotni poytaxt qilib belgiladi. Movarounnahr poytaxti Samarqandni o'g'li Ulug'bekka topshirdi. Ulug'bek 17 yoshida hokim bo'ldi, lekin u bobosi singari harbiy yurishlarga emas, ilm-fanga qiziqdi. Shoh sifatida 40 yildan ortiqroq mamlakatni adolat bilan boshqardi. Olim sifatida rasadxona qurdirdi, astronomik kuzatishlar olib bordi.

Ulug'bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma'lum va mashhuri uning ''Zij''i bo'lib, bu asar ''Ziji Ulug'bek'', ''Ziji jadidi Ko'ragoniy'' deb ham ataladi. ''Zij''dan tashqari uning qalamiga mansub matematik asari ''Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola'', astronomiyaga oid ''Risolai Ulug'bek'' (yagona nusxada Hindistonda, Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir ''Tarixi arbah ulus'' (''To'rt ulus tarixi'') asaridir.

Ulug'bek ''Zij''i o'z tarkibiga ko'ra ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 sobita yulduzining o'rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat bo'lib, muqaddimaning o'zi mustaqil to'rt qismni tashkil qiladi.

Ulug'bek ''Zij''i o'rta asrlardagi eng mukammal astronomik asar bo'lib, tezda zamondoshlarining diqqatini o'ziga jalb etdi. Ulug'bek vafotidan so'ng, uning shogirdi Ali Qushchi 1473-yilda Istanbulga borib, u yerda rasadxona quradi. Shu tariqa Ulug'bek ''Zij''i Turkiyaga tarqaladi va u orqali Yevropa mamlakatlariga yetib boradi. Ko'plab xorijiy tillarga tarlima qilinadi va astronomiya ilmining rivojlanishiga munosib ulush bo'lib qo'shiladi.

Ko'rinib turibdiki, Ulug'bek dunyoga mashhur buyuk bobokalonimiz, biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.

6-konvert


Quyidagi berilgan matnni guruhda diqqat bilan o'qib chiqing. Jorj Gordon Noel Bayron haqidagi ma'lumotlarni o'rganing, muhokama qiling va o'zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning. Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog'lagan holda bitta savol tuzing.

Jorj Gordon Noel Bayron

(1788-1824)


Jorj Gordon Noel Bayron - ingliz romantizm adabiyotining zabardast vakillaridan biridir. Buyuk shoir asarlarida zamonasidagi milliy ozodlik harakatini (Ispaniya, Albaniya, Italiya, Gretsiya), irland xalqining Angliya zulmiga qarshi olib borgan kurashlarini, sanoat proletariati bo'lgan ludditlarning dastlabki chiqishlarini ifodalaydi.

Bayron 1788-yili aristokrat oilasida tug'ildi. Bo'lajak shoirning yoshlik yillari Shotlandiyada o'tdi. Bayron 14 yoshga to'lganida lord unvonini oldi. Hamda Nyustet qal'asining merosxo'ri bo'ldi. Maktabda Bayron antik dunyo adabiyoti, ingliz adabiyoti hamda qadimgi tillarni o'rgandi. Maktabni tugatgach, u Keymbrij universitetida o'qidi.

Buyuk shoir o'zidan katta adabiy me'ros qoldirdi. Uning "Sharq dostonlari" to'plami, "Gyaur", "Abidoss kelinchagi", "Korsar", "Lara", "Korinf qamali", "Parizina" romantik poemalari, "Yahudiy melodiyalari" nomli to'plam, "Manfred", "Osmon va yer", "Kain" nomli falsafiy dramatik asarlar va Bayron ijodining cho'qqisi hisoblangan "Don Juan" romani shular jumlasidan.

Jahon adabiyotining zabardast siymolaridan biri bo'lgan Bayronning asarlari dunyoning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. O'zbek tiliga unung she'rlarini Hamid Olimjon, Mahsud Shayxzoda, Shukurullo, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad Ali, Rauf Parfi kabi shoirlar tarjima qilgan.

Ko'rinib turibdiki, Bayron dunyoga mashhur buyuk ijodkor shaxs.


7-konvert


Quyidagi berilgan matnni guruhda diqqat bilan o'qib chiqing. Chingizxon va Botu haqidagi ma'lumotlarni o'rganing va muhokama qiling va o'zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning. Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog'lagan holda bitta savol tuzing.



Chingizxon va Botu

XII asrda hozirgi Mongoliya, Manchjuriya va Sharqiy Sibirning janubiy qismidan mo'g'ullarning ko'p sonli qabilalari yashagan. Chingizxon XII asr boshlarida Amur daryosining yuqori qismlari bilan Xitoyning shimoliy chegarasi o'rtasidagi territoriyada yashagan mo'g'ul qabilasining xonlaridan biri bo'lib, uning asl ismi Timuchin bo'lgan. U mo'g'ullarning turli qabilalarini va ko'p sonli tatarlarni birlashtirishga muvaffaq bo'lgan. 1206 yilda Onon daryosi vodiysida to'plangan qurultoyda Timuchin ulug' xon deb e'lon qilindi va u Chingizxon deb atala boshlandi.

Chingizxon janubiy Sibirda yashagan ko'pgina xalqlarni o'ziga boy'sundirdi. O'rta Osiyoda istilochilik ishlarini boshladi. Xorazm davlati, Sharqiy E'ron, Buxoro, Afg'oniston davlatlarini va Shimoly Xitoyni bosib oldi. U istilo qilgan mamlakatlarni va ulardagi shaharlarni g'oyat shafqatsizlik bilan vayron qildi. Chingizxonga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lgan aholini ayovsiz qirib tashladi. Mohir hunarmandlarni qullarga aylantirdi. Yengilgan mamlakatlarning barcha mol-u mulkini taladi, o'ziga o'lja qilib oldi, xalqini esa qullarga aylantirdi.

1227 - yilda Chingizxon Mo'g'ul davlatini o'zining to'rtta o'g'li o'rtasida taqsimladi. Ulug' xon unvonini, asl Mo'g'ulistonni va Shimoliy Xitoyni uning uchinchi o'g'li Ugaday oldi. Chig'atoy ismli ikkinchi o'g'li Amudaryoning sharqidagi O'rta Osiyo yerlarini oldi. O'rta Osiyoning g'arbiy qismi, shu jumladan Sharqiy E'ron va Shimoliy Xindiston Chingizxonning to'rtinchi o'g'li Tuluyga tegdi. Chingizxonning katta o'g'li Jo'ji mamlakatlar taqsimoti vaqtida qazo qilgan edi. Jo'jining o'g'li Botuxonga Irtish daryosidan tortib Ural tog'larigacha cho'zilib ketgan G'arbiy Sibir va shimoldan Kaspiy va Orol dengizlariga tutashgan territoriya, shu jumladan, Janubiy Ural to'gi etaklari berildi.

Chingizxonning vorislari bo'lgan o'g'illari uning bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Ular ham O'rta Osiyoni dahshatli vayronaga va xarobazorga aylantirdi. Yuz minglab kishilar halok bo'ldi. Gullab-yashnab turgan shaharlar vayronaga aylandi, aholi o'rmon va tog'-toshlarga qochib jon saqladi. Chingizxon barpo qilgan Mo'g'uliston imperiyasi XIII asr oxirlarida yemirila boshladi va bir-biriga mutlaqo bog'lanmagan bir necha mustaqil davlatlarga bo'linib ketdi. XIV asrda O'rta Osiyoda ikki daryo Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida markazi Samarqand shahri bo'lgan Movarounnahr davlati ajralib chiqdi. Mo'g'ul imperiyasining yemirilishida va Movarounnahr davlatining mustahkamlanishi, gullab-yashnashida buyuk bobokalonimiz Amir Temurning beqiyos o'rni bor.

Ko'rinib turibdiki, Chingizxon va Botuxon insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar solgan bosqinchi kimsalardir.


5. Video va audio magnitofon yordamida "O'zbegim" qo'shig'ini tinglash (5 daqiqa).

Darsning bu bosqichida o'quvchilarda zerikish va toliqish paydo bo'lishining oldini olish va guruhlarda o'rganilgan matnlarda ta'kidlangan shaxslarning nomini shoir nima maqsadda tilga olganligini teranroq anglash, guruh ishi taqdimotining samarali bo'lishi nazarda tutuladi va qo'shiq orqali o'quvchilarda milliy g'urur kurtaklari jonlantiriladi.


6. Yangi guruhlar tashkil etish va unda ishlash. (13 daqiqa).


Yangi guruh a'zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil berilgan matnlari bilan axborot almashadilar, ya'ni bir-birlariga so'zlab beradilar, matnni o'zlashtirib olishlariga erishadilar. Berilgan ma'lumotlarni o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o'tkaziladi, ya'ni guruh a'zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar. So'ngra yangi guruh a'zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar.


7. Mavzuni yakunlash (5 daqiqa).


Guruhlarning fikr-mulohazalarini yanada to'ldiriladi va boyitiladi. Jumladan, hozirgi kunda Samarqandda saqlanib qolgan, ochiq muzey sifatida ziyoratgohga aylantirilgan Afrosiyob shahrining xarobalari, turkiylarning qadimiy runik yozuvi bo'lgan O'rxun xati va unda yozilgan toshbitiklar O'rxun enasoy yozma yodgorliklari haqidagi ma'lumotlarni, shoir nima uchun qasidada qalamiga olganligini sharhlab, mavzu yakunlanadi.


Uyga vazifa. "O'zbegim" qasidasidan parcha yo'd olish.


Kengaytirish. Darsdan tashqari bo'sh paytlarida o'quvchilar "O'zbegim" qasidasini yo'd olib o'g'zaki nutqini boyitadilar, ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirib, bilimlarini kengaytiradilar.


Izoh. Vaqtdan unumli foydalanish maqsadida guruhlarga topshiriq sifatida beriladigan matnlarni oq qog'ozlarga oldindan yozib tayyorlab qo'yiladi.


Baholash. O'quvchilarning ifodali o'qish, guruhlarda ishlashdagi faolligi, erkin va mustaqil, ijodiy fikrlashi kuzatiladi va baholanadi.


O'zlashtirish samaradorligini aniqlash uchun kichik testlar.


1. E. Vohidov qalamiga mansub komediya berilgan qatorni belgilang.

A. "Kelinlar qo'zg'oloni" B. "Oltin devor"

C. "Temir xotin" D. "O'g'riq tishlar"


2. "Algoritm" so'zi qaysi olim nomidan olingan?

A. Abu Nasr Forobiy B. Mirzo Ulug'bek

C. Al-Xorazmiy D. Abu Rayhon Beruniy


3. "Sharq Arastusi" degan nomga kim sazovor bo'lgan?

A. Mirzo Ulug'bek B. Abu Nasr Forobiy

C. Al-Xorazmiy D. Abu Rayhon Beruniy

4. "Zij" kitobida nechta yulduz xolati o'rganilgan?

A. 1018 ta B. 1101 ta C. 1019 ta D. 1017 ta.


5. "O'zbegim" she'rida qanday tuyg'u ifodalangan?

A. O'zbek xalqining o'tmishi B. O'zbek xalqining kelajagi

C. Yosh avlodning baxtiyorligi D. Yosh avlodning faxr tuyg'ulari.

Test javoblari: 1.B 2.C 3.B 4.A 5.D.
































Mavzu: Amir Temur- buyuk sarkarda va davlat arbobi

(Amir Temur tavalludining 676 yilligi munosabati bilan)

Maqsad: O'quvchilarni buyuk ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash.

Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, I.Karimovning ''Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch'' kitobi.

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism.

II.''Aqliy hujum'': Amir Temur O'zbekiston va o'zbek xalqi tarixida qanday o'rin tutadi? O'quvchilar Amir Temurning Vatanimiz va xalqimiz tarixida juda katta o'rin tutishi, XIV asrda O'rta Osiyoda Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida markazi Samarqand shahri bo'lgan Movarounnahr davlati ajralib chiqqanligi, Mo'g'il imperiyasining yemirilishida va Movarounnahr davlatining mustahkamlanishi, gullab-yashnashida buyuk bobokalonimizning beqiyos o'rni borligini aytishadi.

III.Yangi mavzuning bayoni

Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo'jailg'or qishlog'i (Yakkabog' tumani)da 1336 yil, 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to'liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining beka (bek og'o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag'ay barlos urug'ining oqsoqollaridan bo'lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o'z mulklariga ega bo'lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. U yoshlik chog'idanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo'lib, kamondan nishonga o'q otish, turli mashq va harbiy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lishni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Shayx Shamsiddin Kulol Temurbekning piri bo'lgan.

Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitotdan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo'ltig'ga qadar bo'lgan g'oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo ,Suriya,Misr va Quyi Volga, Don bo'ylari,Balxash ko'li IIa daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo'lgan mamlakatlarni o'ziga bo'ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo'ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi.Bag'dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir.Karvon yo'llarida rabotlar, qal'alar, ko'priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog'-u bo'stonlar barpo etdi.Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G'arbni bog'lovchi qadimiy karvon yo'llarini tikladi.Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarini bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo'shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o'rnatdi.

Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi.Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini va mo'g'ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo'hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit yuzaga keldi.Ayni vaqtda xojalikning asosi bolgan sug'orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro'y berdi. Yangi-yangi kanallar qazilib, sug'orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi.Amir Temur, avvalo, Osiyo sarkardasi edi. U o'zining golib askarlaridan o'z zamonasining taomili bo'yicha foydalandi. To'g'ri, jazo nihoyatda qattiq, ammo ko'pincha adolatli bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O'zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o'rin tutadi. Tarixiy manbalarda AmirTemur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda ''Sohibi jahon'' hamda ''Sohibi adl'' -Adolat sohibi nomlari bilan ulug'lanadi.

Prezidentimiz I.A.Karimov o'zlarining ''Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch'' kitoblarida buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida shunday deganlar:''Shu o'rinda buyuk bobolarimizning ma'naviy olami xususida fikr yuritganda, Sohibqiron Amir Temur haqida alohida to'xtalishimiz tabiiydir.Chunki tengsiz azm-u shijoat, mardlik va donishmandlik, ramzi bo'lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o'zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilm-u fan madaniyat, bunyodkorlik, din va ma'naviyat rivojiga keng yo'l ochdi. Shaxsan men ''Temur tuzuklari''ni har gal o'qir ekanman, xuddiki o'zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo'laman. O'z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma'naviyati uchun bugun ham oziq bo'ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko'p bor ishonch hosil qilaman.Masalan, ''Tajribamda ko'rilgankim, azmi qat'iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir'', degan so'zlar bugungi kunda ham ma'naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon.

Amir Temur bobomizning bunday chuqur ma'noli hikmatlari xalqimizda qadimdan mavjud bo'lgan ''Bilagi zo'r birni, bilimi zo'r mingni yiqar'' degan maqolga go'yat hamohang bo'lib, insonni doim aql-idrok, adolat va yuksak ma'naviyat asosida yashashga da'vat etishi bilan e'tiborlidir''.

IV.Mustahkamlash

1.Amir Temur bobomizning millatimiz faxriga aylanishining asosiy sabablari nimalarda aeb o'ylaysiz?

2.Sohibqiron Amir Temur qanday ishlari bilan davlatchilik, ilm-u fan madaniyat, bunyodkorlik, ma'rifat va ma'naviyat rivojiga keng yo'l ochdi?

3.Amir Temur bobomiz faoliyati jahon sivilizatsiyasiga qay darajada ta'sir ko'rsatgan?

4.''Kuch adolatda'' degan bobomizning shiorini qanday tushunasiz?

5.Amir Temur bobomiz qurdirgan qanday obidalarni bilasiz?

6.Bobomiz qanday bog'lar barpo etganlar?

7.Temuriyzodalardan kimlarni bilasiz? Ular ilm-fan, madaniyat, san'at, adabiyotga qanday hissa qo'shganlar?

V.Uyga vazifa

''Amir Temur- buyuk sarkarda va davlat arbobi'' mavzusida matn yaratib kelish.







Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Erkin Vohidovning hayoti va ijodi. "O'zbegim" qasidasi

Автор: To'xtayeva Muxarram Tolibovna

Дата: 05.12.2021

Номер свидетельства: 593558


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства