a) ta`limiy maqsadi — o`quvchilarga uyushiq bo`laklarda umumlashtiruvchi so`zning qo`llanishini o`rgatish, axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish;
b) tarbiyaviy maqsadi - о`quvchіlarga do`stlikning qudrati haqida ma’lumot berish,axloqiy va nafosat tarbiyasi berish, sadoqat,vafodorlik tuyg-ularini shakllantirish, milliy va umummadaniy kompetensiyani rivojlantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsadi — о`quvchіlarnіng mustaqil ishlash ko`nikmalrіnі rіvojlantіrіsh. Yozma va og`zaki savodxonligini oshirish, leksik kompetensiyani rivojlantirish.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: 8-sinf darslіgi,xalqlar do`stligi va insonlar orasidagi do`stlik haqidagi rasmlar, tarqatmalar, kompyuter, videoproektor va slaydlar,markerlar.
Darsning borishi:
№
Dars bosqichlari
Ajratilgan daqiqa
1
Tashkiliy qism
5 daqiqa
2
O`tilganlarni takrorlash.(slaydlar asosida)
10 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni. (Slaydlar asosida)
10 daqiqa
4
Mustahkamlash. Mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
15 daqiqa
5
O`quvchilar bilimini baholash
3 daqiqa
6
Uyga vazifa berish
2 daqiqa
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashіsh;
b) davomatnі anіqlash;
O`quvchilar bilan salomlashib bo`lingach, sinf guruhlarga bo`lib olinadi. Guruhlar o`zlariga nom va shijr tanlaydilar. Guruh sardori o`z guruhini tanishtirib o`tadi
O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, biz ona va vatan so`zlarini ne–ne so`zlarga qo`shib aytamiz: Vatan tuprog`i, Vatan tuyg`usi, ona-Vatan, ona tili. Bu ikki so`zni ayro tasavvur etib bo`lmaydi. Shunday ekan, keling, fanimizga bo`lgan hurmatimizni ona tili va Vatan, do`stlik haqidagi she`rlar, maqollar, hikmatli so`zlarni aytish bilan izhor etsak. Bunda biz odatdagi qoidalarimizga amal qilamiz. (1-slayd orqali qoidalar eslatiladi)
1-slayd
O`qituvchi: Оna tilim – bag`ri keng tilim
Ajdоdlardan qоlgan merоsim.
Kelajakka umidim, sоzim
Jaranglatgan sho`xchang оvоzim.
O`zbek tilim – sen iftixоrim,
Jahоn uzra tanitgan qadrim.
Bоbоlarim so`zlagan tilim,
Sen dardkashim, ham mehribоnim (M.Mirzarahimova).
Qani o`quvchilar, davom ettiramiz. Marhamat
O`quvchilar:
1. Do`st boshingga kulfat tushganda bilinadi.
2. Do`stlik oltindan qimmat.
3. Dostsiz boshim, tuzsiz oshim.
O`qituvchi: Rahmat. O`quvchilar, biz o`tgan darsimizda uyushiq bo`laklar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi bo`yicha mustahkamlash darsini o`tganmiz. Uyga berilgan vazifa adabiy o`qish uchun berilgan “Ko`chat ekish” matnini o`qish va lug`at ustida ishlash topshirig`i edi. Menimcha, barchangiz bu topshiriqni a`lo darajada bajargan bo`lsangiz kerak. Barakalla, ota-onangizga rahmat.
II. Оtilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash).
Uy vazifasi – matnning mazmuni so`raladi va notanish so`zlar lug`atiga tuzilgan gaplar bilan tanishib chiqiladi.
O`qituvchi: O`quvchilar, biz Siz bilan o`zbek tili darsida uyushiq bo`laklar va ularda tinish belgilarining ishlatilishini o`rgangan edik. Qani, o`tgan mavzu bo`yicha olgan bilimlarimizni sinab olaylik-chi, buning uchun Siz bilan “Tomchilar”ga murojaat qilamiz.
Har bir tomchi raqamlangan bo`lib,ushbu raqamlar ostidagi savollar monitor orqali aks etadi. Guruhlardan o`quvchilar navbatma navbat chiqib, ushbu savollarga javob beradilar. Savollarga javoblar bergunlaricha guruh a’zolaridan bir nafardan oquvchi sinf taxtasiga lug`atga tuzgan gaplarini yozadilar. O`quvchilarga berilgan uy vazifasi tekshirilgach, mavzu umumlashtirib, mustahkamlanadi. Faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantirilib, yangi mavzu e`lon qilinadi (2-slayd)
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
O`quvchilar yangi mavzu do`stlik haqida ekanligini aytgach, ularning fikrlari umumlashtiriladi.So`ng darslikdagi 1-topshiriq bajariladi.
1-topshiriq. Rasm va berilgan savollar asosida suhbatlashiladi 3-slayd
Shundan so`ng guruhlarga “Sirli maktub”tarqatiladi. Ushbu maktubdado`stlik haqidagi maqollar qismlarga bo`lingan holatda beriladi, guruh a’zolari ushbu qismlardan maqollarni tiklashlari kerak bo`ladi. Qaysi guruh maqolni birinchi o`qiy olsa, o`sha guruh g`olib bo`ladi.
1-mashq ham og`zaki bajariladi. Undagi uyushiq bo`laklar tushuntirib beriladi. Matn yuzasidan berilgan savollarga javob beriladi
Nutqda uyushiq bo`laklarni jamlab yoki umumlashtirib ifodalash ham mumkin. Umumlashtiruvchi so`zlar uyushiq bo`laklardan oldin yoki keyin kelib, quyidagi tinish belgilari bilan qo`llanadi.
Masalan: Daftar,qalamva ruchka-o`quv qurollari.
Bog`da mevalardan: olma, anor va uzum pishdi.
So`ng o`quvchilarning yozma savodxonligini oshirish maqsadida 2-mashq yozuv taxtasida bajartiriladi. 10-slayd.
3-mashq topshirig`iga ko`ra gaplar zanjir usulida o`quvchilar tomonidan yozuv taxtasiga yoziladi. Unda har bir qatordagi so`zlarni jamlab ifodalanadi.
IY. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlashda “Sirli sandiq” usuli qo`llanadi. Tarqatmalarga uyushiq bo`laklarni umumlashtiruvchi so`zlar yozilib, o`quvchilar ular ishtirokida gap tuzadilar.
“Noan’anaviy test” usuliga murojaat etamiz. Test topshirig`iga muvofiq proyektor orqali 10ta gap ko`rsatiladi. Guruh a’zolari ushbu gaplarning qay biri uyushiq bo`lakli gap ekanligini topadilar va jadvalda javoblarini aks ettiradilar.12-slayd
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Y. О`quvchilarni baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar “Kim bilimdon?” usuli asosida aniqlanib, baholanadi. Ularga rag`bat kartochkalari beriladi. O`quvchilar bilan hamkorlikda eng zukko, bilimdon, aqlli, quvnoq, ziyrak o`quvchilar aniqlanadi va koptokchalarga yozilgan nominatsiyalar taqdim etiladi. Kundaliklariga e`lon qilingan bal qo`yiladi.
YI. Uyga vazifa. O`rtoqlaringiz va ular bilan birga bajargan ishlaringiz haqida so`zlab berish. 14-slayd
Oqituvchi: O`quvchilar do`stlikni bir ummon desak, bugun bu ummonning bir tomchisi haqida so‘z yuritdik. Darsimni yakunlar ekanman, barchangizga salomatlik tilayman. Ko`rishguncha, xayr. 15-slayd.