Dars ishlanma: "Alisher Navoiyning hikmatli so'zlari"
Dars ishlanma: "Alisher Navoiyning hikmatli so'zlari"
Sharq adabiyoti ibratli voqealar, hikmatli so‘zlar vositasida kishilarni yuksak axloqli, ma’naviy boy, komil inson etib tarbiyalashni o‘zining bosh maqsadi deb belgilagan. Alisher Navoiy bobomiz ham Sharq adabiyotining ana shu mohiyat-mazmuni, an’analariga ko‘ra ijod etdi va turkiy xalqlar adabiyotini yuksak cho‘qqiga ko‘tardi. Shoirning g‘azal-u ruboiylari, muxammas-u qit’alari hamda dostonlarida pand-u o‘git, hikmatlar badiiy obrazlar, qiyosiy o‘xshatishlar, qiziqarli sarguzashtlar bayoni orqali anglashiladi. «Mahbub ul-qulub» nomli asarida esa pand-nasihat, axloqiy qarashlar bosh mavzuga aylanib, bevosita - to‘g‘ridan to‘g‘ri ifoda etiladi, ularga har tomonlama ta’rif berilib, falsafiy, axloqiy xulosalar chiqariladi. Mana shu mulohazalardan kelib chiqib, «Mahbub ul-qulub» kabi asarlarni axloqiy-falsafiy yo‘sindagi pandnoma yoki nasihatnoma deb ataymiz.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Dars ishlanma: "Alisher Navoiyning hikmatli so'zlari"»
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
CHILONZOR TUMANI XALQ TA`LIMI
BO`LIMI
Toshkent shahar Chilonzor tuman 164-sonli
umumta`lim maktabi ona tili va adabiyot fani
o`qituvchisi Mirzaliyeva Vasila Eraliyevnaning
6-sinflar uchun adabiyot fanidan
“Alisher Navoiyning hikmatli so`zlari” mavzusida
tayyorlagan bir soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI
Manzil:
Toshkent shahar Chilonzor tumani 164-sonli umumta`lim maktab
O`qituvchi:
Mirzaliyeva Vasila Eraliyevna
Lavozimi:
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Fan nomi:
Adabiyot
Sinf:
6-sinf
Dars ishlanma nomi:
Alisher Navoiyning hikmatli so`zlari
O’quvchi soni:
31 ta
2019-2020-o’quv yili
ADABIYOT 6-sinflar uchun
6-“D” sinf 12.02.2020 6-“G” sinf 12.02.2020
41-dars.Alisher Navoiyning hikmatli so`zlari
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida O`quvchilarda estetik did,estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali O`quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy vamumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
d) rivojlantiruvchi: O`quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, va ulardan foydalana olish.
O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi:doimiy ravishda o`z-o`zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, mustaqil o`qib-o`rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish.
Dars uslubi: noan’anaviy dars
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Foydalaniladigan adabiyotlar: «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.
Darsning borishi:
I.Taskiliy qism:a) Sinf xonasini tozaligiga e`tibor berish; b) O`quvchilar bilan salomlashish.c) O`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.d) O`quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni aniqlash e) Ko`rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash
T/r
Dars bosqichlari
Vaqt
1
Tashkiliy qism
5 daqiqa
2
O`tilgan mavzuni takrorlash
10 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
Darsni yakunlash, baholash
3 daqiqa
6
Uyga vazifa berish
2 daqiqa
J A M I :
45 daqiqa
II.O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash:a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
O`tilgan mavzu savol-javob,o`yin-musobaqa usulida takrorlanadi.O`Quvchilar 3 guruhga bo`linib,o`zlariga nom qo`yishadi.
Har bir guruhga “Kim chaqqon” o`yini uchun topshiriq beriladi. Tarqatmalar tarqatiladi. Kim?,Nima?Qayer? so`rog`iga javob bo`luvchi otlarga misollar yozadilar.Ko`p misollar yozgan guruhga rag`bat kartochkasi beriladi.
Kim?
Qachon?
Qayerda?
Said Ahmad
1920-yil
Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida
Musa Jalil
1906-yil 15-fevralda
Rossiyaning Orenburg gubernasida
“Muallifini toping” usuli
(Har bir asarning tartib raqamini uning muallifi to’g’risiga qo’ying)
1.”Mahbub ul-qulub” Said Ahmad-
2.”Tanobchilar” Xudoyberdi To`xtaboyev-
3.”Uloqda” Abdulla Qodiriy-
4.”Do`nan” Erkin Vohidov-
5.”Sariq devni minib” Turob To`la-
6.”Hurishni bilmaydigan kuchukcha” G`ofur G`ulom-
7.”Sobiq” Alisher Navoiy-
8.”Bemor” Muqimiy-
9.”Sog`inish” Janni Rodari
10.”Oltin devor” Abdulla Qahhor
III. Yangi mavzu bayoni:
Siz hazrat Alisher Navoiy ijodini qancha ko‘p o‘rgansangiz, shunchalik ko‘p ibrat hayotiy saboq olasiz. Bular, o‘z navbatida, hayotingiz davomida juda asqotadigan. Sizni to‘g‘ri yo'ldan borib, yaxshi inson bo‘lib yetishishingiz, obro‘-e’tibor qozonishingizga ko‘maklashadigan saboqlardir. Ulug‘ mutafakkir bobomizning qay bir asarini olmaylik; unda insonning ma’naviy tarbiyasi bilan bog‘liq biron fikr. hikmat uchramasdan qolmaydi. Hikmatli so‘z, pand-n o‘git Sharq adabiyotining qon-qoniga singib ketgan. Asli adabiyot so‘zidagi «adab» o‘zagining ma’no-mazmuni odob ekanini yodga olsak, Sharqda badiiy ijod insonlarga pand-u o‘git, nasihat berishning ta’sirli usuli bo‘lganini anglaymiz. Sharq adabiyoti ibratli voqealar, hikmatli so‘zlar vositasida kishilarni yuksak axloqli, ma’naviy boy, komil inson etib tarbiyalashni o‘zining bosh maqsadi deb belgilagan. Alisher Navoiy bobomiz ham Sharq adabiyotining ana shu mohiyat-mazmuni, an’analariga ko‘ra ijod etdi va turkiy xalqlar adabiyotini yuksak cho‘qqiga ko‘tardi. Shoirning g‘azal-u ruboiylari, muxammas-u qit’alari hamda dostonlarida pand-u o‘git, hikmatlar badiiy obrazlar, qiyosiy o‘xshatishlar, qiziqarli sarguzashtlar bayoni orqali anglashiladi. «Mahbub ul-qulub» nomli asarida esa pand-nasihat, axloqiy qarashlar bosh mavzuga aylanib, bevosita - to‘g‘ridan to‘g‘ri ifoda etiladi, ularga har tomonlama ta’rif berilib, falsafiy, axloqiy xulosalar chiqariladi. Mana shu mulohazalardan kelib chiqib, «Mahbub ul-qulub» kabi asarlarni axloqiy-falsafiy yo‘sindagi pandnoma yoki nasihatnoma deb ataymiz.
Turkiy va fors-tojik adabiyotida Alisher Navoiygacha xuddi shu janr va ko‘rinishdagi asarlar mavjud edi. Bunga Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo‘ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» asarlarini misol keltirish mumkin. Alisher Navoiy ham mazkur asarlarni chuqur o‘rganib, o‘sha an’analar ruhida ijod etdi. Shoir bu asarni umrining oxirida - 1500-yilda yaratdi va uni «Mahbub ul-qulub», ya’ni «Ko‘ngillarning sevgani» deb atadi. Bu nom bilan mazkur kitobda insonga xos eng ezgu fazilatlar, uni ma’naviy barkamol etadigan, o‘zgalar qarshisida go‘zal, oliyjanob ko‘rsatadigan xislatlar jamlanganligini anglatmoqchi bo‘ldi. Darhaqiqat, Alisher Navoiy ko‘zlagan maqsad nafaqat asar nomida, ayni chog‘da uning butun ma’no-mazmunida, ta’rif tafsilotlarida to‘la mujassamdir.
Ulug‘ bobomiz asarning kirish qismida quyidagilarni alohida ta’kidlaydi:
«Bu xoksor va parishonro‘zgor kamina bolalikdan to qarilikka qadar ko‘hna davron voqealaridan, aylanuvchi osmon hodisalaridan, fitna qo‘zg‘ovchi dunyo buqalamunligidan - tovlamachiligidan, zamonaning rang singari gunogunligidan ko‘p vaqt va uzoq muddat har xil xayol va taraddudlar bilan daydib yurdim; har tovur va ravishda bo‘ldim va turli yo‘llarga kirdim, yaxshi-yomonning xizmatini qildim; katta-kichikning suhbatida bo‘ldim; goh xorlik va qiyinchilik vayronasida nola qildim; goho izzat va ma’murlik bo‘stonida majlis qurdim. Masnaviy:
Gahi topdim falakdin notavonlig‘,
Gahi ko‘rdum zamondin komronlig‘,
Base issig‘, sovug‘ ko‘rdum zamonda,
Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda».
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:Har bir guruh Alisher Navoiyning hikmatli so`zlaridan aytib,hikmatli so`zlarini izohlab beradilar.
2-ma`lumot –U ”amiri kabir”,”amir ul-muqarrab” unvonlar sohibi.
3-ma`lumot – Unga Tokio,Moskva va Boku shaharlarida haykal o`rnatilgan.
4-ma`lumot – Uning muxlislari tomonidan 1465-1466-yillarda “Ilk devon” deb nomlanuvchi devon tuzilgan.
5-ma`lumot – To`qson yoshli Lutfiyni 2misra g`azali bilan qoyil qoldiradi.
Shartlarni bajarishda qaysi guruh faol,chaqqon bo`lsa,o`sha guruhga rag`bat kartochkalari tarqatiladi.
Keyingi shartda o`quvchilar Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga ba`gishlangan qisqacha sahna ko`rinish qo`yib beradilar.Bunda o`quvchilarning aktyorlik mahorati baholanadi.
V.Dars yakuni: O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini baholash uchun har bir guruhning rag`bat kartochkalari soni sanaladi va eng ko`p rag`bat kartochkasini yig`gan guruh go`lib deb e`lon qilinadi.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar ham rag`batlantirilib,baholanadi.Oquvchilarning kundaligiga rag`bat kartochkalari yopishtirib qo`yiladi.