kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun” asari tahlili

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu dars ishlanmas Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari haqida

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun” asari tahlili»

9-sinf. Adabiyot

Mavzu: Chingiz Aytmatovning ,,Asrga tatigulik kun’’ asari.

Darsning maqsadi: 1) Ta`limiy maqsad : O`quvchilarga ,,Asrga

tatigulik kun’’asarining mazmun-mohiyatini ochib berish.Badiiy asar tahlilini o`rgatish .

2)Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarga o`zbek va qardosh

xalqlar adabiyoti uygu`nligini tushuntirish, xalqlar do`stligini his etishni

o`rgatish.

3)Rivojlantiruvchi maqsad: Badiiy asarni tahlil

qilish, munosabat bildirish , mustaqil fikrlab , mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirish.

Darsning kompetensiyasi: mavzu doirasida fikrni izchil va mantiqli, mustaqil va erkin ifodalay olish.

Darsda foydalaniladigan usullar: ,,Zinama-zina’’, ,,Blits so`rov’’, ,,Impuls’’.

Darsning jihozlari: darslik,mavzuga doir plakatlar, Ch.Aytmatov rasmlari, bukletlari, ,,Asrga tatigulik kun’’kitobi, tarqatmalar, noutbuk.



Darsning borishi: a)Tashkiliy davr:

K

Inson hayoti shatranj to`xtasidagi piyodaning yurishiga o`xshaydi,Goh oq katakdan o`tadi,goh qora katakdan….

un hikmati:









Kun kitobi:

O`tkir Hoshimovning ,,Daftar hoshiyasidagi bitiklar’’asari.











b)Uy vazifasi tahlili:

O`tilgan mavzu: Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi. Uy vazifasini

so`rashda o`quvchilar tayyorlab kelgan taqdimotlardan foydalaniladi.

1-o`quvchi Ch.Aytmatovnig ,,Hayot xaritasi’’ni yaratib

kelib,savollar yordamida ,,Hayot xaritasi’’ da ifodalangan har bir rasmga to`xtalib o`tadi.

2-o`quvchi Ch. Aytmatovning asarlarini ,,Blits so`rov’’ usuli

yordamida janrlarga ajratadi. 3-o`quvchi ,,Zinama-zina’’ usuli orqali yozuvchi hayoti va ijodidagi

muhim sana va yillarga aniqlik kiritib ketadi.

Bu uchala o`quvchi o`z taqdimotlari asosida sinfdagi boshqa

o`quvchilarning ham uy vazifasini so`rashda qatnashishga jalb qiladi.

Yangi mazvu bayoni: ,,Asrga tatigulik kun’’ramani oldingi darsda

o`qib kelish uchun berilgan .O`quvchilar bilan asarni tahlil qilish orqali

yangi mavzu yoritiladi. Dastlab asar qachon yozilgani va qanday nomlangani haqida

so`raladi. ,,Asrga tatigulik kun’’romani yozuvchining ilk romani bo`lib,asarni

to`r t oy ichida, ya`ni 1979-yilning dekabridan boshlab,1980-yilning

martiga qadar yozib tamomlagan va o`sha yili e`lon qilgan va bu asar dastlab “Asrni qaritgan kun”, “Kunda” nomlari bilah e`lon qilingan.

Asar nima uchun bunday nomlangan?

Asar voqealari bir kunda bo`lib o`tadi. Xilma –xil xotiralarga to`la bu

kun mohiyat mazmuniga ko`ra chindanda asrga tatigulik kun bo`lib

chiqadi

Asarning epigrafiga e`tibor beramiz: ,,Bu kitob jism-u fig`onimdir

mening, bu kalom jon-u jahonimdir mening’’. X asrda yashagan arman

yozuvchisi Grigor Narikatsining ,,Musibatnoma’’ kitobida olingan.

O`qituvchi asar tahlilida ,,Aqliy hujum’’dan foydalanadi.Asardagi voqealar ketma-ketligi asosida savollar beriladi.O`quvchilar

esa javob berish davomida asarni tahlil qilib beradilar. Masalan:1)Asar

qanday voqea bilan boshlanadi? Temir yo`l bekati xizmatchisi Edigeyning qadrdon do`sti Kazangap

qazo qiladi.Kazangap do`sti Edigeyga o`zini Ona Bayit qabristoniga dafn etishni vasiyat qiladi. Asarning boshida Kazangapning vafoti va Sobitjonning ta`ziyaga

kelishi voqealari tasvirlangan.Edigey Kazangapning o`g`li Sobitjonni

ko`rib,uning bolaligini eslaydi,ko`ziga yosh oladi,lekin undan hol-ahvol

so`ragandan so`ng ma`lum bo`ladiki, arzanda bilag`on o`g`il otasini

izzat-ikrom bilan ko`ngildagidek dafn etishga emas,balki qarzdan

qutilish ucgun naridan beri ustiga tuproq tortib,tezroq qaytib ketishga

kelgan ekanini aniqladi. Mana shu o`rinda Edigey va Sobitjon timsollarini qiyosiy tahlil qilib ketsak:

1-oquvchi: Edigeyni matndan kelib chiqib tavsiflab

kataman.Edigey Sobitjon bilan bo`lgan suhbatdan so`ng,,Qariganimda

ham ahmoq ekanman,-deb o`zini koyiydi.Men shu laqma bilan sal avval

quchoqlashib,ho`ngrab yig`lab yuborganimdan nomus qilaman, deb

afsuslanadi.Bunga sabab Sobitjon bunday odamgarchilikka arzimasdi.

2-o`quvchi:To`g`ri shu o`rinda Edigey bo`ronga xos bo`lgan sifatlarni

aytib o`tsak: u oqko`ngil, ma`naviyatli,tarixini hurmat qiladigan yuksak

udumlar asosida yashashga kuch topa olgan chin insondir 3-o`quvchi :Sobitjonning gaplaridan esa unda uni inson sifatida ko`rsatib

turuvchi insoniylik fazilatlari yo`q ekani,u faqat ishda topshiriqlarni

bajaruvchi ,hissiyotsiz kimsaga aylanganini guvohi bo`ldik.

4-o`quvchi: Sobitjon obrazini ochib berishda yozuvchining mahoratini

Edilboy Daroz va Sobitjon suhbatidan ham bilib olishimiz mumkin.

”Ona Bayit” rivoyatini ro`llarga bo`lib o`qish va tahlil qilish:

Bu asardan keltirilgan parchada Jo`lamonning holati:o`zligini

unutgan, xotirasida o`tmishi bilan bog`liq hech qanday ma`lumot

qolmagan,faqat buyruqlargagina bo`ysunadigan manqurt tasvirlanyapti.

O`zgalar ta`sirida manqurtga aylandi va ongsizlarcha onasining qotiliga aylandi. Bechora ona o`g`lining manqurt ekanini bilib ham o`g`lining oldiga

borishiga,o`zini xavfga qo`yishiga sabab nima?

Bunga sabab onalik mehri,dushmanga xor bo`lmaslik, manqurt

bo`lguncha o`g`lining o`lgani ma`qul deb o`ylagani onaning fikricha

o`g`lining ya`ni jangchining jasadi ham dushman tuprog`ida qolmasligi kerak degan fikrlaridir.

Jo`lamon o`zgalarning ya`ni dushmanlarning qurboni bo`ldi.

Hozirgi zamonda ham bunday manqurtlar uchrab turadimi?

Ha,hozirgi zamon manqurtlaridan biri asardagi Sobitjon .U

manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi.

Yana kimlarni manqurtlar deyishimiz mumkin?

O`z ota-onalasining qotillarini, o`g`rilarni,terroristlarni,vatanni sotganalrni. Mustahkamlash: kartochkalar bilan ishlanadi.”Impuls”da har bir kartochkaga bittadan tugallanmagan fikr yoziladi.

Ushbu asardagi…………………….voqea meni qiziqtirdi.













Men asar orqali o`rgangan bilimlarimni…………….qo`llayman.











Menga……………………………….voqea-lar juda ta’sir qildi.













Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki,……………………………………….















Men asardagi timsollardan …...kabi fazilatlarni o`zlashtirdim. fafazilatlarni o`zlashtirdim.









Ushbu asarni o`qish jarayonida men…………..o`rgandim.











Men………………………to`g`risida ko`proq bilmoqchi edim.









O`quvchilar kartochkalardagi fikrlarni to`ldiradilar.

Uyga vazifa:”Asrga tatigulik kun” romanini o`qib tahlil qilish.



























































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс

Скачать
Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun” asari tahlili

Автор: Abdug‘aniyeva Maftuna Akmaljon qizi

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546418


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства