kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Mustaqil so‘z turkumlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mustaqil so‘z turkumlari bo‘yicha tastlar

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Mustaqil so‘z turkumlari»

MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI

  1. Olmoshlar qanday til birlik(lar)i o’rnida almashinib qo’llanadi, ularga ishora qiladi?

1) so’z 2) so’z birikmasi 3) gap 4) matn

A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4

  1. Qaysi gapda vositali to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan olmosh vositasiz to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan so’zga ishora qilgan?

A) Kitobni ko’p o’qisangiz, undan ko’p hikmat topasiz.

B) Qizchaga biror narsa bo’lganini payqagan Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi.

C) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham unga ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring.

D) Istagim shuki, doimo tinchlik bo’lsin.

  1. Qaysi gapda turli til birliklari o’rnida qo’llanib, ularga ishora qiluvchi yoki biror so’zni aniqlab keluvchi olmosh turi qo’llangan?

A) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga ketdi.

B) Kim shaxmat to’garagiga qatnashadi?

C) Har kim ekkanini o’radi.

D) Bu cholni butun yurt izzat qiladi.

  1. Gumon olmoshlari qanday hosil qilinadi?

1) so’roq olmoshlariga –dir qo’shimchasini qo’shish bilan;

2) so’roq olmoshlariga alla- qo’shimchasini qo’shish bilan;

3) Bir so’zini kishi, narsa, nima kabi so’zlar bilan qo’llash orqali;

4) alla- qo’shimchasini narsa so’ziga qo’shish orqali. A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,4

  1. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko’ra uch turi qo’llangan?

A) Kim o’z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.

B) U haqida hech qanaqa xat-xabar yo’q.

C) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.

D) Normurod Shomurodov allaqanday shubhadan butun vujudi titrab o’z kabinetiga kirdi.

  1. Qaysi olmosh qatnashgan gapning kesimi tasdiq shaklida bo’lmaydi?

A) har kim B) hech kim C) allakim D) kimdir

  1. Ko’rsatish olmoshlariga qanday qo’shimchalar qo’shilsa, tovush ortishi sodir bo’ladi?

1) egalik 2) kelishik 3) ko’plik

4) qarashlilik 5) o’xshatish

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,5 D) 1,3,4

  1. Qaysi gaplarda olmoshdan yasalgan so’z qo’llangan?

1) O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlashni o’rniga qo’yadi.

2) Baxtni har kim o’zicha tushunadi.

3) Mana, bir umrni yashadim sensiz,

Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib.

4) Ko’zimga qarab turib “sensiramang”, deydi-ya! A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4

  1. Qaysi javobda olmosh berilmagan?

A) o’zboshimcha B) o’zbilarmon

C) o’z-o’zimdan D) manman

  1. Eski o’zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men olmoshi o’rnida ko’pincha qaysi so’zlar qo’llangan? 1) kamina 2) banda 3) faqir 4) qulingiz 5) odam A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4

  2. Olmoshning ma’nosiga ko’ra qaysi turi uch xil: sodda, qo’shma va takroriy shaklda qo’llanadi?

A) kishilik olmoshlari B) bo’lishsizlik olmoshlari

C) gumon olmoshlari D) belgilash olmoshlari

  1. Qaysi javobda harakat-holatning belgisini ifodalagan so’z qo’llangan?

A) tonggi shabada B) sekin yurmoq

C) a’lo kayfiyat D) mazali quymoq

  1. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?

A) yayov, qo’qqisdan, arang B) hamon, endi, doim C) olg’a, ichkari, yaqin D) kam, xiyol, ancha

  1. Qaysi gapda orttirma darajagi ravish qo’llangan? A) Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bu—ona mehri.

B) Ular yolg’izoyoq yo’ldan nihoyatda sekin yurib borishdi.

C) Bog’ juda katta, bir gektarcha keladi.

D) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol.

  1. Qaysi gapda yasama ravish qo’llanmagan?

A) Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo’q.

B) Ho’kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, oldiga bir bog’ quruq poyani tashlab qo’yarkan.

C) “Xafa bo’lma, o’g’lim”,—dedi Davronov asta boshini ko’tarib.

D) Sobir bolalarcha soddalik bilan zavqlanib gapirdi.

  1. Boshqaruvli so’z birikmasini toping.

A) to’satdan kelmoq B) chindan ishonmoq

C) birga ovqatlanmoq D) ko’pga boqmoq

  1. Qaysi gapda otlashgan sifat qo’llangan?

A) Markaziy Osiyoning erksevar xalqi dushmanga qarshi mardona kurashdi.

B) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go’shatlardan kabob pishiryapti.

C) Chakalakzor qorong’ida sirli va vahimali ko’rinar edi.

D) Bu masalada kattalarimiz nima desa, shu bo’ladi.

  1. Qaysi gapda ravishning grammatik vazifasini bajargan sifat(lar) qo’llangan?

A) Otin bibi qari, jiddiy, sersavlat xotin.

B) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko’p bo’lgan o’rmon.

C) Do’stsiz odamning mevasiz daraxtdan farqi yo’q.

D) Shamolda egilayotgan daraxtlar vahimali guvullaydi.

  1. Qaysi gapda tarkibida ikki xil fonetik o’zgarish bo’lgan yasama sifat qo’llangan?

A) Ariqlarda suv emas, o’ynoqi nur oqadi.

B) Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi.

C) Sarg’ish sochlari biroz jingalak shakl olgan edi.

D) Birdan sovuq shamol izg’ib qoldi.

  1. Qaysi gapda ravish aniqlovchi vazifasida qo’llangan?

A) Ikki oshna kechki salqin bilan piyoda yo’lga chiqishdi.

B) Uzoq-yaqin ovullardan mehmonlar kelishgan edi.

C) Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda yashaydi.

D) Erta-indin ta’til boshlanadi.

  1. Qaysi javobda nisbiy sifatlar qayd etilgan?

A) to’lin, uzviy, og’zaki B) qimmat, qattiq, eski

C) aqlli, sergap, erkin D) qora, xushbo’y, achchiq

  1. Qaysi javobda fe’lga bog’lanib, harakatning belgisini ifodalay oladigan sifatlar berilgan?

A) oilaviy, sharsimon, qishki

B) keng, chuqur, yaxshi

C) muattar, nordon, qo’ng’ir

D) to’kin, yetuk, baodob

  1. Ot va sifat yasovchi shakldosh qo’shimchalar berilgan javobni toping.

A) –kash, -oq, -ma B) –zor, -loq, -liq

C) –kich, -indi, -xon D) –paz, -im, -ot

  1. Qaysi javobda chama son hosil qiluvchi qo’shimchalar qayd etilgan?

A) –tacha, -lab, -ala B) –ovlon, -lab, -tadan

C) –lab, -larcha, -tacha D) –larcha, -inchi, -ala

  1. Har qanday sanoq sonlardan sonning qaysi ma’no turini hosil qilib bo’lmaydi?

A) dona son B) taqsim son

C) tartib son D) jamlovchi son

  1. Qaysi javobda maydon o’lchovini ifodalovchi tarixiy so’z berilgan?

A) tanob B) botmon C) dahsar D) farsax

  1. Qaysi gaplarda sonning ikki ma’no turi qo’llangan?

1) Bitta qovunning narxi o’n ming so’m turadi.

2) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman.

3)Poyezddan tushgan yigirma-o’ttiz yo’lovchi tarqalib, bekatda ikki kishi qoldi.

4) Birinchi kun gazlamaning ikkidan bir qismi sotildi.

A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. To’qson sonidan sonning qaysi ma’no turini hosil qilib bo’lmaydi?

A) dona son B) tartib son

C) taqsim son D) jamlovchi son

  1. Qaysi gapda o’lchov so’z qo’llanmagan?

A) Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to’rt piyola choy ichdi.

B) Bir mahal Abdullajon polizdan ikkita qirqmani uzib chiqdi.

C) Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.

D) Hali o’ngga, hali so’lga birilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik.

  1. O’lchov so’z(numerativ)larga chiqish kelishigi qo’shimchasini qo’shish bilan sonning qaysi ma’no turi hosil qilinadi?

A) chama son B) taqsim son

C) tartib son D) jamlovchi son

  1. Qaysi gapda qismlari mustaqil holda qo’llanmaydigan juft sifat qo’llangan?

A) Ba’zan alg’ov-dalg’ov shamol esib turar edi.

B) Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan.

C) Shoshilish, yengil-yelpi ishlarga havas—nodonlar ishi.

D) Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg’ish-qo’ng’ir ayiqning bahaybat gavdasi ko’rinib qoldi.

  1. Qaysi javobda berilgan fe’llar bajaruvchining harakat-holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishiga ko’ra farqlanadi?

A) chizdi, chizdirdi, chizishdi

B) chizdi, chizmoqda, chizar

C) chizibman, chizibsan, chizibdi

D) chizdi, chizsa, chizsin

  1. Fe’llarning munosabat shakllari haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri emas?

A) Fe’lga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanishiga xoslovchi shakllar fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi.

B) Fe’llarning zamon, shaxs-son, mayl shakllari munosabat shakllari sanaladi.

C) Munosabat shakllari va ma’nosidan xoli bo’lgan fe’l fe’lning noaniq shakli hisoblanadi.

D) Fe’llarning munosabat shakllari fe’llarning vazifa shakllari deb ham nomlanadi.

  1. Odobli va adolatli insonning qalami odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtiradi, do’stlikni mustahkamlaydi.

Gapda qo’llangan yasama so’zlar miqdorini toping.

A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta

  1. Devor bo’ylab yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning so’nggi shu’lalari bilan oltinlanadi.

Gapda qaysi turkumga oid yasama so’zlar qo’llangan?

1) ot 2) sifat 3) ravish 4) fe’l

A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe’l qo’llangan?

A) Ko’klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.

B) Xadichaning uzunchoq sarg’ish yuzi qizardi.

C) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.

D) Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik.

  1. Qaysi ko’makchi fe’l yetakchi fe’lga birikib, harakatning davomli sodir bo’lishini ifodalaydi?

A) tashlamoq B) yubormoq

C) turmoq D) chiqmoq

  1. Qaysi gapda zamon qo’shimchasi shaxs-son ma’nosini ham ifodalagan?

A) Bugun ertaroq uxladim.

B) Yakshanba kuni choyxonaga borasiz.

C) Shimol tomondan salqin shamol esmoqda.

D) Akang armiyadan tezroq kelsa!

  1. Fe’lning zamon va shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi…

A) III shaxs xabar maylini ifodalaydi

B) II shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi

C) III shaxs shart maylini ifodalaydi

D) I shaxs maqsad maylini ifodalaydi

  1. Qaysi so’zlardan bir xil qo’shimchalar yordamida fe’l yasash mumkin?

A) do’st, eski B) foyda, kuch

C) egar, qulf D) ulug’, tinch

  1. Berilganlardan o’timli fe’lni toping.

A) qoldi B) qoldirdi C) qolishdi D) qolindi

  1. Qaysi gapda egalik qo’shimcha(lar)I qo’llanmagan? A) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi.

B) Bilganim naf keltirgay.

C) Tiling bilan dilingni bir tut.

D) Toshkent shahri o’n bitta tumandan tashkil topgan.

  1. Quyida bayon etilgan ilmiy mulohazalarning nechtasi to’g’ri?

1) jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllari shaxs va narsa otlariga qo’shilib, vositali to’ldiruvchini shakllantiradi.

2) jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllari o’rin otlariga qo’shilib, o’rin holini shakllantiradi.

3) jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllari payt otlariga qo’shilib, payt holini shakllantiradi.

4) jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllari otlarga qo’shilib, vositali to’ldiruvchi, o’rin holi va payt holini shakllantiradi.

A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to’rttasi

  1. Kechasi Saidiyning hujrasiga Kozimbek bilan A’zamjon keldi. Saida Kozimbekdan otasining sog’lig’ini so’radi.

Ushbu gaplarda qo’llangan turlovchi qo’shimchalar miqdorini toping.

A) 9 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 6 ta

  1. Qaysi javobda narsa oti yasovchi qo’shimchalar berilgan?

A) –oq, -gi, -don B) –qoq, -qin, -im

C) –kor, dor, -dosh D) –zor, -goh, -liq

  1. Qaysi qatorda ravish yasovchi qo’shimchalar berilgan?

A) –ay, -la, -lan B) –viy, -ki, -chan

C) –ona, -larcha, -lab D) –iston, -chi, -kor

  1. Qaysi javobda berilgan so’zlardan o’rin-joy otlari yasalmaydi?

A) olma, o’rik B) tosh, qum

C) jang, sayl D) qalam, sham

  1. Mavhum otlar ko’plik qo’shimchasi bilan qo’llanganda ko’pincha qanday uslubiy ma’no ifodalanadi?

A) ta’kidlash B) chamalash

C) hurmatlash D) umumlashtirish

  1. Imloviy jihatdan xato yozilgan otni toping.

A) Sog’liqni saqlash vazirligi

B) Toshkent traktor zavodi

C) Samarqand chinni zavodi

D) Xalqaro olimpiya qo’mitasi

  1. So’zlarga egalik shakllari qo’shilishi natijasida qanday tovush o’zgarishlari sodir bo’ladi?

1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi;

3) tovush ortishi

A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,3


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Тесты

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
Mustaqil so‘z turkumlari

Автор: Raxmatullayeva Dilafruz Ilhomjon qizi

Дата: 12.04.2020

Номер свидетельства: 546253

Похожие файлы

object(ArrayObject)#863 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(39) "Ona tilidan 4-sinf uchun test IV chorak"
    ["seo_title"] => string(39) "ona_tilidan_4_sinf_uchun_test_iv_chorak"
    ["file_id"] => string(6) "547563"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "testi"
    ["date"] => string(10) "1587487195"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства