Ona tili fanidan test savollari to’plami.
Modal so’zlar.
Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlarga nima deyiladi?
A)Modal so’zlar B)Yordamchi so’zlar
C)Undov so’zlar D)Taqlid so’zlar
2. Modal so’zlar gap tarkibida boshqa so’zlardan qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A)Nuqta B)Vergul
C)Tire D)Qavs
3. Modal so’zlar qanday ma’nolarni bildiradi?
A)Ishonch, gumon B)Gumon, quvonch, fikrning tartibi
C)afsuslanish D)A,B,C
4. Ishonch ma’nosini bildirgan modal so’zlarni aniqlang.
A)Ehtimol, chamasi B)Albatta, shaksiz
C)Darhaqiqat, xullas D)Demak, umuman
5. Gumon ma’nosini bildirgan modal so’zlarni aniqlang.
A)Albatta, shaksiz B)Ehtimol, chamasi, shekilli
C)Xullas, demak, umuman D)Avvalo, avvalombor
6. Tasdiq ma’nosini ifodalovchi modal so’zlarni belgilan.
A)Darhaqiqat,haqiqatan B)Xullas, demak
C)Umuman, albatta D)Attang, afsus
7. Achinish ma’nosini ifodalovchi modal so’zlarni belgilang.
A)Attang, afsus B)Xayriyat, attang
C)Masalan, jumladan D)Xullas, demak
8. Xayriyat so’zi qanday ma’no ifodalaydi?
A)Ishonch B)Gumon
C)Tasdiq Quvonch
9. Sof modal so’zlar berilgan qatorni toping.
A)Aftidan,chamasi,shekilli B)Afsuski,attang,albatta,avvalo
C)Avvalo,chamasi,umuman,shubhasiz D)Taxminan,shekilli,xullas,koshki
10. Vazifadosh modal so’zlarni ko’rsating.
A)Aftidan,xullas,avvalo,attang B)Chamasi,xullas,afsuski,attang
C)Umuman,avvalo,xullas,masalan D)Aftidan,chamasi,umuman,taxminan
11. Aftidan u yolg’on gapiryapti. Ushbu gapdagi modal so’z qanday ma’noni ifodalaydi?
A)Ishonch B)Gumon
C)Tasdiq D)Achinish
12. Berilgan gaplarning qaysi birida fikrning tartibini ifodalovchi gap berilgan?
A)Avvalo insonning qalbi go’zal bo’lmog’I kerak.
B)Afsuski, besh qo’l barobar emas.
C)Xayriyat odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
D)Xullas, biz ulug’ odamlarning farzandlarimiz.
13. Fikrni xulosalash ma’nosini bildirgan modal so’z berilgan gapni aniqlang.
A)Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’I kerak.
B)Afsuski, besh qo’l barobar emas.
C) )Xayriyat odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
D) Xullas, biz ulug’ odamlarning farzandlarimiz.
14. Ehtimol, ertalab o’ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. (O’.Hoshimov)
Ushbu gapdagi modal so’zlarning ma’nosini aniqlang.
A)Ishonch B)Gumon
C)Tasdiq D)Achinish
15. Berilga so’zlardan nechtasi modal so’zlar?
Attang, faqat, xayriyat, xullas, uchun, axir, hatto, masalan, umuman, demak.
A)Oltitasi B)Beshtasi
C)Yettitasi D)Barchasi