kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

XX asr o'zbek adabiyotshunosligida Cho'lponning munaqqidlik faoliyati

Нажмите, чтобы узнать подробности

XX asr o'zbek adabiyotshunosligida Cho'lponning munaqqidlik faoliyati xususida

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«XX asr o'zbek adabiyotshunosligida Cho'lponning munaqqidlik faoliyati»

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyatchilikka qarshi kurashish fakulteti “Tezkor-qidiruv faoliyati” mutaxassisligi 104-guruh kursanti Abdug’aniyev Akobir Akmaljon o’g’li

XX asr o’zbek adabiyotshunosligida Cho’lponning
munaqqidlik faoliyati

(Adabiy-ilmiy tadqiqot)

Annotatsiya: Ushbu kichik ilmiy tadqiqotda Abdulahmid Cho’lponning tanqidiy qarashlari, xalqni ziyo uchun olib borishda tanqidning o’rni, tanqidiy maqolalarida ilgari surilgan g’oya va xulosalari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, tanqidlarning bugungi kundagi ahamiyati haqida yoritilgan.

Kalit so’zlar: XX asr tanqidchiligi, Abdulhamid Cho’lpon, “Adabiyot nadir?”, “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”, “Chig’atoy gurungi”, Rabindranath Tagor, “Ulug’ hindi”, tanqidlarning o’ziga xos xususiyatlari, Abdurauf Fitrat, “Chin sevish”, “Abo Muslim”, G’ulom Zafariy, e’tirof.

Творчество Чолпона в узбекском литературоведении ХХ века.

критическая деятельность

(Литературно-научные исследования)

Аннотация: В этом небольшом научном исследовании освещены критические взгляды Абдулахмида Чолпона, роль критики в ведении народа к просвещению, идеи и выводы, высказанные в его критических статьях, их характеристика, а также значение критики в наши дни.

Ключевые слова: критика ХХ века, Абдулхамид Чолпон, «Литература редка?», «Если жива литература – ​​живёт нация», «Чигатой Гурунги», Рабиндранат Тагор, «Великий хинди», характеристика критики, Абдурауф Фитрат, «Правда» любовь», «Або Муслим», Гулам Зафари, исповедь.

Cholpon's work in 20th century Uzbek literary studies

critical activity

(Literary-scientific research)

Annotation: In this small scientific study, the critical views of Abdulahmid Cholpon, the role of criticism in leading the people to enlightenment, the ideas and conclusions put forward in his critical articles, their characteristics, and the importance of criticism today are covered.

Key words: 20th century criticism, Abdulhamid Cholpon, "Literature is rare?", "If literature lives - the nation lives", "Chigatoy Gurungi", Rabindranath Tagore, "The Great Hindi", characteristics of criticism , Abdurauf Fitrat, "True love", "Abo Muslim", Ghulam Zafari, confession.





XX asr o’zbek adabiyotshunosligida munaqqidlik faoliyati o’zining “cheksiz” lik cho’qqisiga erishib, o’zidan ayni dorilomon kunlar uchun beqiyos adabiy-ilmiy meros qoldirdi. Bu yo’lda Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulahmid Cho’lpon, Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek, Abdulla Qahhor, Ozod Sharafiddinov singari buyuk iste’dod egalari “so’nmas quyosh” yanglig’ ijod qildilar. Ularning orasida Cho’lpon bu faoliyatga eng yosh paytida kirgan deb aytishimiz mumkin. Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon shoir, nosir, dramaturg, tarjimon, publitsist bo’lish bilan birga munaqqid, o’ziga xos qiyofali san’atshunos ham hisoblangan. Uning adabiy-tanqidiy maqolalari xalq ma’naviyatini shakllantirishda, adabiy-estetik didni o’stirishda, badiiy adabiyotimiz taraqqiyotida katta ahamiyatga ega. Yangi o’zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidi tarixini Cho’lpon adabiy-tanqidiy faoliyatisiz tasavvur etish qiyin. Chunki Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon maqolalarining ro’yxatini tuzib, bibliografiyasini e’lon qilgan N.Yo’ldoshev ko’rsatishicha, shoir 1914 - 1937-yillar mobaynida chop etgan adabiy tanqidiy maqolalar soni 70 ga yaqindir. Ularning orasida “Adabiyot nadir?”, “Muhtaram yozg’uchilarimizg’a”, “Adabiyot kechasi”, “Tarixning zafarli tafakkuri”, “Ulug’ hindi”, “Yozuvchilarimiz Chirchiq qurilishida”, “Ustodning xislatlari”, “Fuzuliyning pichinglari” kabi tanqidlari juda ham ommalashgan. Shu ma’lumotning o’ziyoq Cho’lponni munaqqid sifatida o’rganish muhim ekanini ko’rsatadi. To’g’ri, gap bu o’rinda son-sanoqdagina emas, maqolalarning ilmiy-nazariy qimmati haqida, albatta. Cho’lpon maqolalari esa, eng avvalo, ana shu jihati bilan qadrlidir. “Sadoi Turkiston” gazetasining 1914-yil 4-iyun sonida Cho’lponning dastlabki tanqidiy asarlaridan biri — “Adabiyot nadur?” degan maqolasi e’lon qilinadi. Uni yozganida Cho’lpon endigina 16 yoshda edi. Maqola shaklan ixcham bo’lsa-da, mazmuni g’oyat teran. 16 yashar o’smirning adabiyot haqida shunday tiyraklik bilan fikr yuritishi chindan-da, uning yuksak iste’dodidan dalolat beradi. Oddiy so’z bilan aytganda, hali bu yoshdagi go’dakning bu qadar falsafiy fikrlashi kishining ongini yanada tez ishlashga, shuningdek, fikrlashga unday oladi. “Adabiyot yashasa, millat yashar”,-bu qadar tiniq fikrlar faqatgina ilohiyot bilan bog’liq deb aytishimiz mumkin. Demakki, Abdulhamid haqiqiy tug’ma samoviy iste’dod egasidir. Cho’lpon bu yoshda yozgan she’rlari ichida teranlikda, chuqurlikda ushbu maqola bilan bahslasha, yoki tenglasha oladiganini uchratish qiyin (biri badiiy, ikkinchisi publitsistik mohiyatli bo’lsa-da). Shunga ko’ra, ehtimol, she’riyatdan ham ko’ra adabiy tanqidga qiziqish va u haqda astoydil o’y-fikrga berilish Cho’lponda ertaroq kechgan, ijodkorning ilmiy va badiiy salohiyati erta “yetilib pishgan” bo’lsa, ajab emas, degan taxmin ham bo’lishi mumkin. Burilish pallalarida har bir xalqning buyuk farzandlari, buyuk adiblar ana shu savolga javob izlagan
va hatto, xuddi shu sarlavha bilan maqolalar e’lon qilgan. Bunga ko’plab misollar keltirish mumkin. Zero, cho’lpon ham o’zbek xalqining ana shunday buyuk farzandlaridan biri edi. o’z davrida Cho’lponning bir qancha zamondoshlari ham “Adabiyot, san’at nima?” degan savollarga javob izladi. Ozar, qozoq, tatar, qirg’iz, o’zbek adabiyotlari o’z vaqtida yaxlit “Turkiston adabiyoti” deb yuritilgan. Yuqoridagi maqolasida Cho’lpon, avvalo, adabiyotning ijtimoiy mohiyati to’g’risida aniq va tiniq fikr yuritadi. Uning fikricha, adabiyot millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatini ta’minlaydigan omildir. Shu asosda u “Adabiyot yashasa-millat yashaydi”, degan juda katta va qat’iy xulosaga keldi. Yoki uni o’zbek xalqining tarixi mobaynida adabiyot haqida aytilgan eng muhim va aniq dasturiy fikr deb baholash mumkin. “Ha, to’xtamasdan harakat qilib turg’on vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo’lsa, maishat yo’lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdur. Adabiyot yashasa-millat yashar. Adabiyoti o’lmag’on va adabiyotning taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o’ydan, fikrdan mahrum qolib, sekin-sekin inqiroz bo’lur”,-deb xalq qayg’usida yongan edi. Cho’lpon Sharq klassiklari, arab, turk, hind yozuvchilarining asarlari bilan puxta tanish edi, u mustaqil o’qib-o’rganish oqibatida, o’zi yashagan davrdagi ma’rifatparvarlik va estetik g’oyalari ta’sirida g’oyat yuksak madaniy saviyaga erishdi. Cho’lpon adabiyotning obrazli tabiatini teran tushunib yetdi, adabiyot inson ruhiyatiga bog’liq hodisa deb qaradi, ya’ni “Adabiyot chin ma’nosi ila o’lgan, solgan, qaralgan, o’chgan, majruh yarador ko’ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singigan qora balchiqlarni tozalaydurg’on, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on, toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarni yorug’ va ravshan qiladurg’on, chang va tuproqlar to’lgan ko’zlarimizni artub tozalaydurg’on buloq suvi bo’lganlikdan bizga g’oyat kerakdur”. Cho’lponning o’ziga xos obrazli ifodalagan bu fikrlari nainki o’z davri, yoxud bugungi kunimiz, balki kelajak uchun ham hech qachon qimmatini yo’qotmaydi.

Cho’lpon o’zbek yozuvchilariga, ijodkorlar ahliga bir necha marotaba publitsistik murojaatlar qilgan. Ana shunday murojaatida, hayotni chuqur o’rganishga da’vat etadi. Xalq urf-odatlari, rasm-rusumlari qoloqligini tanqid qilish bilangina cheklanmaslikka undaydi. Xalq turmushining turli qirralarini badiiy ifodalashda tanqidning zo’rayib yoki bir yoqlama bo’lib ketishiga qarshi chiqadi. Yozuvchi fikricha, xalqdagi mavjud ulkan fazilatlar va hayotdagi ibratli tomonlar to’g’ri va aniq tasvir etilishi zarur. Uning bu kabi maqolalari xalqchillik ruhi bilan sug’orilgan. Tanqidchining fikricha, o’zbek qalam ahli va ziyolilari xalq hayotini chuqur o’rganishlari kerak, xalqning jaholatdan qutulishiga, yaxshi hayot kechirishiga yaqindan yordam berishi zarur. Bu mas’uliyatli ishni yozuvchi va ziyolilaming asosiy burchi deb biladi: “Bizga ko’p teatru, ro’mon kitoblari yozmoq kerakdurkim, bu qarz bir hovuch ziyoli yoshlarimiz ila ahli qalam ustalariga tushadir”. Cho’lponning “chin adabiyot” uchun kurashdagi faol xizmatlarini keyinroq chop etilgan maqolalaridagi “Chig’atoy gurungi” to’garagining faol a’zosi bo’lganligi va uni himoya etib yozgan fikrlari ham tasdiqlab turibdi. Maqolalardan birida adabiyotning “tugallanishi”, ya’ni takomillashishiga katta e’tibor berib, bunga “adabiyotga kira olmagan narsalarni shafqatsiz sur’atda maydondan haydash” va badiiy asar tilini soddalashtirish orqali erishilar deb hisoblaydi. “Ulug’ hindi” maqolasi Cho’lponning adabiy tanqidchi sifatidagi chuqur bilimini, mustaqil mushohadalarini, xalqaro miqyosdagi adabiy tajribalardan shu vaqtdagi o’zbek adabiyoti uchun fikr xos va muhim ekanini tushunib yetganini ko’rsatadi. Bu maqola, mohiyat e’tibori bilan zamonaviy jahon adabiyotidagi ilg’or tamoyillarni anglash va o’zbek adabiyotiga olib kirish masalasida o’z vaqtida o’sha butun Ittifoq miqyosi, hatto rus tanqidchiligida ham deyarli yo’q edi. Keyinroq uning R.Tagorga bag’ishlangan yana bir maqolasi e’lon qilindi. Cho’lpon Tagor ijodiga munosabat asnosida o’zbek adabiyotining rivoji qay yo’ldan borishi kcrakligi haqida qimmatli mulohazalarini bayon qiladi. Zotan uni mumtoz adabiyot yo’nalishi ham, mamlakatdagi davr adabiyotining yo’nalishi ham qoniqtirmayotgan edi. Cho’lpon R.Tagordek buyuk san’atkorlar tajribasidan kelib chiqib, yangi o’zbek adabiyotini yaratish masalasini yechishga harakat qiladi. Umuman, 20-yillarda yozilgan boshqa qator maqolalarida ham bu masalaga qayta-qayta munosabat bildiradi. Buning uchun, birinchi navbatda, Sharq bilan G’arb san’atlarini o’zaro uyg’unlashtirmoq va mazmun bilan shaklning muvozanatini uddalamoq kerak deb hisoblaydi. Zero, R.Tagor ijodidagi betakror milliy ranglar, Sharq va G’arb an’analarining sintezi Cho’lpon e’tiborini tortgan edi. Cho’lpon she’riyati va romanlarida Sharqqa xos shartlilik, ko’tarinkilik, donishmandlik, G’arbga xos psixologik realizm, xarakterlar mantig’idagi ochiqlik va o’ktamlik, ularni chuqur dalillash bor edi. Cho’lponning 20-yillardagi aksar muhim maqolalarida, shuningdek, “Ulug’ hindi” maqolasida ko’tarilgan asosiy muammo - yangi o’zbek adabiyotining ravnaqi masalasi edi. Cho’lponning sa’y-harakatlari batamom zoye ketishi mumkin emas edi. Uning bu boradagi izlanishlari, ilgari surgan ilmiy-estetik qarashlari uning o’z maslakdoshlari - Fitrat, Qodiriy, Elbek, Botu, Oybek, Mirtemir kabi ijodkorlaming poetik dunyoqarashiga, shubhasiz, o’z ta ‘sirini o’tkazdi, millatparvar adabiyot ixlosmandlarining shakllanishida muhim rol o’ynadi.

Cho’lpon tanqidchi sifatida qalam tebratar ekan, sira tor tanqidbozlik yoxud ilmpazlik yo’lidan bormadi, mayda guruhlar manfaatini ko’zlamadi, aksincha, hamisha adabiyot va san’atning xalqqa doir masalalari haqida fikr yuritdi, maqsadlarini millat madaniy taraqqiyoti uchun kurashga safarbar etdi.

Cho’lponning aksar maqolalari uchun xos bo’lgan xususiyat shundan iboratki, ularda:

1) o’zbek xalqining adabiyoti, madaniyati, san’ati jahondagi ilg’or xalqlarning darajasiga ko’tarish uchun kurash yotadi;

2) maqolalar mohiyatini millatparvarlik va badiiy teranlik masalalari tashkil etadi;

3) maqolalarda muallifning shoir qalbi tepib turadi.

Cho’lponga 20—30-yillarda endigina shakllanayotgan realistik adabiy tanqidchilikning o’ziga xos ijod turi alohida fan sifatida oyoqqa turishida muhim o’rin tutgan munaqqid sifatida qarashga to’la asos beradi. Cho’lpon tanqidchilikning taqriz, maqola va portret singari janrlarining yuzaga kelishi, qaror topishida alohida xizmat ko’rsatdi. Davrning professional tanqidchilaridan qolishmaydigan darajadagi maqola, taqrizlar yozdi. Cho’lpon adabiy tanqidda janriy rang-baranglikka intildi, qarashlarini turli shakllarda namoyon etdi. Bu jihatdan, uning taqriz janridagi kichik-kichik chiqishlari e’tiborni tortadi. Aksariyat taqrizlarini u o’zbek teatrida sahnalashtirilgan dramatik asarlarga bag’ishladi. Cho’lpon 20-yillarning boshlarida Fitratning “Chin sevish” va “Abo Muslim” dramalariga taqriz yozdi. Bularda ikki muammo:

1) dramatik asarning badiiy-estetik qimmatini ochish;

2) dramatik asarning sahna asariga aylanish jarayoni tufayli g’oyaviy-estetik ta’sirning mohiyatini ochish ko’zga yaqqol tashlanadi.

Chunonchi, tanqidchi Fitratning “Chin sevish” dramasi haqida yozar ekan, muallif ijodini baholashda faxr-u fazl usulidan foydalanib, quyidagi fikrlarni bildirdi: “Yaqinda o’zbek sahnasi ulug’ va ulug’ligi qadar yuksak va go’zal bir tomosha ko’rdi. Tanqid va taqriz qilishni men bajara olmayman. Biroq bu to’g’rida yozmoqlik menga tushganligidan ko’p huquq bo’lmagan qarashni yozib ketaman”. U dramaturg sha’niga mubolag’ali madhiya bitmaydi, lekin asar tomoshabinlar didini o’stirishi, bu teatrning katta yutug’i ekanini ta’kidlaydi: “…tomoshachi xalqimiz buyuk armonli zarif adabiy asarlarga ham tushunib keladir. Bu o’zbek sahnasining zo’r bingishi, shunday g’ururlanuv kerak”. Cho’lpon dramadagi obrazlarni tahlil qilar ekan, ulaming sahnada ijrosi masalasiga alohida e’tibor qiladi. Nuriddin rolini Uyg’ur yaxshi o’ynaganini ta’kidlaydi, lekin so’nggi parda ruhsiz chiqqanidan achinadi. “…o’zbek sahnasi yoshdir. Uning uchun munday zo’r narsalar balki og’ir bo’lar edi, — deb yozadi. O’zbek sahnasida hali yaxshi asarlar qo’yilishiga ishonadi. Fitratning “Hind ixtilolchilari” yozib tugatilganidan xabardorligini ma’lum qilarkan, uni sahnada ko’rishni orzu etadi. “Sahnamiz, jonlana , yuksala...” - deb hayajonini, ishonchini yakunlaydi. Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon Fitratning “Abo Muslim” haqida yanada dadilroq fikr yuritadi. “Tomoshabinga aralashguvchi qahramonlaming ko’pchiligi, ham tarixning eng chuvalgan davridan olinib yozilg’oni uchun tomoshaning so’nggiga uning natijasini to’la ko’rsataturg’on bir ko’rinush ortdirilg’on. Bu ko’rinush xiyla muvaffaqiyatlik tuzilgan”, - deb yozadi. Ayni vaqtda asarda Fitratga xos “so’z ustalig’i xiyla kuchlik” ligi, bu jihatdan tomosha “katta bir adabiy ahamiyatga molik” ekanini ta’kidlaydi.

Cho’lpon G’.Zafariyning “Halima” musiqali dramasini keng tahlil qiladi. 1922-yilda “Namozbozlar hayoti”, “Xiyonatkorlar jazosi”,
“Er-xotin”, “Arshin mol olon* haqida bir yola to’rtta maqola yozadi. Shuningdek, o’zbek sahnasida qo’yilgan “Gunoh”, “Uzun quloq bobo”, “Kovai ohangaron” kabi asarlarni ham diqqatdan qochirmadi — ular haqida taqrizlar yozib, yutuq va kamchiliklarini atroflicha baholadi. Bular bari Cho’lponning 20-yillarda adabiy va teatr tanqidchiligining faol jonkuyarlaridan biri bo’lgani, zamondosh dramaturglar ijodiga hurmat hamda adolat bilan yondashganini ko’rsatadi. Haqiqiy tanqidchi hech qachon o’z e’tiqodidan, qarashlaridan qaytmasligi, manfaatbozlikka, noxolislikka berilmasligi, hamisha haqqoniy, halol fikr yuritishi kerak. Cho’lponning 20-30-yillarda yozilgan aksar maqolalarida shu xususiyatlar xos ekanini ko’ramiz.

Xulosa qilib aytish mumkinki, shoir va nosir Cho’lpon o’zbek tanqidchiligida adabiy jarayonning sergak kuzatuvchisi, teran va haqqoniy fikrlaydigan, o’tkir muammolarni ko’tarib chiqadigan munaqqidlardan biri sifatida o’z o’rniga ega. Uning bu yo’nalishdagi merosi ham asrlar osha millat ravnaqiga xizmat qilaveradi. Muhimi, Cho’lpon Mustaqillik tufayli Vataniga, xalqiga qaytarildi, bundan buyon doimo xalqi, Vatani bilan birgadir. “Biron bir jamiyat ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaratishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz”, - degan birinchi Prezidentimiz
I.A. Karimov. Uning bu kabi fikrlari Cho’lponning ijodiy taqdiriga ham daxldordir. Umumiy qilib shuni ayta olamanki, Cho’lpon chin iste’dod egasi. U xalqning, millatning, o’z vatandoshlarining qayg’ularini, dard-alam va iztiroblarini o’zining she’rlariga solgan va millat hayotini ongini
va bugunini tiklash uchun, ularga yaxshiliklarni ravo ko’rish uchun hech qanday maqtovlar va noxolissliklarsiz, ohorlarsiz tandiq yo’lida qo’rqmay bora oldi. Biz yoshlar Cho’lponning bu kabi tandiqlarini ko’proq o’qishimiz, ulardan o’zimizga kerakli xulosalarni chiqarishimiz, ilgari surilgan g’oyalari bo’yicha bizlar ham “yosh munaqqid” lar sifatida yetilib, “chin iste’dod egasi” ning oruzlari ushalishiga sababchi bo’lishimiz darkor.
IIV Akademiyasining kursanti sifatida ayta olamanki, bugungi uchunchi renessans ostonasida turgan millatimizning ravnaq va porloq kelajagi uchun yuridik tanqid yo’lidan borish va qonunlarimizdagi fuqarolarning huquq
va erkinliklari, ularning konstitutsiyaviy va “zoti sharif” sifatidagi huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan bo’shliqlarni to’ldirishga intilaman. Mening fikri ojizimcha, har qanday inson men o’zbekman, men o’zbek farzandiman, men bugunman, men butun boshli millatman, men ertaning ishonchi - bugunning tayanchiman deb harakat qilar ekan, yurtimiz farovon va millatimiz yangidan yangi “Behbudiy” larga, “Fitrat” larga, “Avloniy” larga, “Cho’lpon” larga, “Qodiriy” larga boyib borgan bo’lar edi.

























FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. “Adabiyot nadir?” – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,

2. “Muhtaram yozg’uvchilarimizg’a” – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,

3. “Adabiyot kechasi” – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,

4. “Ulig’ hindi” – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,

5. “Tagor va tagorshunoslik” – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,

6. “Cho’lpon – millatimiz iftixori” – Q.Nasriddinov, A.G’oziyev,

7. “Cho’lpon nasrida kinoya” – M.Sheraliyeva,

8. “Cho’lponning ijtimoiy-siyosiy qarashlari” – T.Qozoqov,

9. “Cho’lpon she’rlarining ilmiy-tanqidiy matnini yaratish muammolari” – S.Islomova,

10. “Cho’lpon she’rlarining matniy tadqiqi va ilmiy-tanqidiy matnini yaratish” – S.Islomova

11. “Cho’lpon chindan murakkabmi?” – B.Akramov.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
XX asr o'zbek adabiyotshunosligida Cho'lponning munaqqidlik faoliyati

Автор: Abdug'aniyev Akobir Akmaljon o'g'li

Дата: 13.03.2024

Номер свидетельства: 647063


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства